Yurtlar aro Bobur vasfi yölida…
2025 yil 18 aprelda Prezident Şavkat MIRZIYOYEV tomonidan Yangi Andijon şahrini Bobur nomi bilan ataş taşabbusi ilgari surildi. Bu taklif sönggi yillarda boburşunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yangi bosqiçga kötarilişiga yanada yaxşi zamin hozirlaydi. Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan Xalqaro Bobur nomli mukofot sohibi, arabşunos, boburşunos olim Şokirxon RUSTAMXÖJAYEV va yoş olima Elmira HAZRATQULOVA örtasidagi suhbatda sohaning ayrim masalalari va olib borilayotgan istiqbolli loyihalar haqida fikr almaşiladi.
Elmira HAZRATQULOVA:
— Ustoz, keling, suhbatni siz tahsil olgan maskanlar va Bobur siymosiga bölgan dastlabki qiziqişlaringiz haqidagi mavzudan boşlasak.
Şokirxon RUSTAMXÖJAYEV:
— Men 1959 yil Andijondagi 15-örta maktabning 10-sinfini yaxşi baholar bilan tamomlaganman. 1962-1965 yillari sobiq sovet armiyasi safida xizmat qilib, oxirgi yilning kuzida Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning şarq tillari fakultetiga qabul qilindim va 1969-70 yillari Misr Arab Respublikasida harbiy tarjimonlikda bölib, 1971 yili universitetning arab tili va adabiyoti mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tamom qilganman.
1971 yildan to 2002 yilga qadar Andijondagi 32, 37-örta maktablarda hamda Andijon davlat pedagogika institutida arab va fors tillaridan dars berdim. 2002 yildan buyon nafaqadaman.
1973-75 yillari Iroqda harbiy tarjimon, 1978-80 yillari Yamanning poytaxti Sano şahridagi “Aş-Şaʼab” — “Xalq” madrasasida rossiyalik muallimlarga va şifoxona tabiblariga tarjimon bölib işladim. 2002-2009 yillarda esa Saudiya Arabistoni mamlakatida meros masalalari yuzasidan faoliyatda bölganman.
1958 yili Andijonda Zahiriddin Muhammad Boburning podşohning 475 yilligi munosabati bilan Birinçi ilmiy anjuman bölib ötganida men 10-sinfda öqir edim. Anjuman 14-15 aprel kunlari şahar markazidagi Oxunboboyev teatri (hozirgi Bobur nomidagi Andijon musiqali drama va komediya teatri) binosida bölib ötgandi. Unda adabiyot fani ustozim Nodira opa bilan birga anjumanda qatnaşganimiz yodimda. Öşanda akademiklar Ibrohim Möminov, Qori Niyoziy, Xadiça Sulaymonova va taniqli boburşunos olimlardan: Aziz Qayumov, Botirxon Valixöjayev, Hoşimjon Razzoqov, Sabohat Azimjonova, maşhur geograf Hamidulla Hasanov va boşqalar, şuningdek, respublikaning öşa davrdagi köp oliy öquv yurtlari professor-öqituvçilari va talabalari hamda bir qança jamoatçilik vakillari qatnaşgan. Uşbu anjumanda, ayniqsa, H.Hasanovning “Bobur geograf va tabiatşunos olim” va S.Azimjonovaning “Boburning “Mubayyin” asari va “Xatti Boburiy” töğrisida” kabi çiqişlari katta taassurot qoldirib, Bobur podşohning ilm va fanga qiziqişi naqadar keng va mukammal bölgani bizga katta taʼsir qilgan.
Talabalik yillarimda Bobur podşoh siymosiga bölgan hurmatim yanada oşib, fakultetimizda arab, fors, urdu va hindiy tillari böyiça taʼlim olayotgan 1-5-bosqiç 20 nafar ilm toliblari bilan maslahatlaşib, bitiruv foto-vinyetkasi hozirlaş fikri tuğilgan edi. Öşa davrda odat şunday ediki, har qanday bolalar boğçasidan tortib to oliy öquv yurtlari talaba va ustozlariga qadar bitiruv yoki biror munosabat bilan tasvirga tuşirilgan foto-albom va vinyetkalarning eng yuqorisida proletariat dohiylari bölmiş Karl Marks va Vladimir Leninning suratlari turişi zarur bölgan, boşqaça bölişi mumkin emasdi… Biz öşa davrning yozilmagan qonunini özgartirib, vinyetkamizning eng yuqorisiga Bobur podşoh va Nodirabegimning suratlarini qöyib, har kafedramizdan ikki nafar professor-öqituvçilardan suratlarini kiritiş fikri tuğilgan. Tayyor bölgan suratning birinçisini fakultet dekanimiz professor Şoislom Şomuhammedov huzuriga olib kirganimda, bir nazar taşlaboq: “Marks qani, Lenin qani?! Olib boring, tezlik bilan özgartirib keling! Bu dohiylar bölmasa, men oddiy dehqon farzandi şunday ilmiy darajalarga va lavozimlarga yetişarmi edim?!” — deb aytganlari hanuz esimda muhrlanib qolgan…
Filologiya fanlari doktori, professor va dekanimizni tuşuniş qiyin emas edi… Naçora, öşa davr siyosati va tuzum talablari domlamizni ana şunday deyişga majbur qilgan edi-da! Öşa zahoti men dekanimizga: “Uzr, domla, biz qisqa öylabmiz. Biz, andijonlik talabalar hamda ustozlarimizni öylab, Andijonda tavallud topgan Zahiriddin Muhammad Bobur va şoira Nodirabegimlarning suratlarini qöyişni munosib deb bilgan ekanmiz. Xöp, yana uzr, bu xatomizni töğrilab, boşqa safar olib kelaman”, — deb dekanatni şamol tezligida tark etganim ham yoddan çiqmaydi… Axir u zamon — “rivojlangan sotsializmdan kommunizm sari ötiş davri” edi-da… Siyosat qattiq zamon edi. Partiya aʼzosi bölmasa, beş-olti işçiga brigadir böliş ham mumkin emas edi. Oliy öquv yurtlari va işlab çiqariş korxonalarini esa asti qöyavering…
Elmira HAZRATQULOVA:
— “Boburnoma”da islom va fiqh masalalariga doir maʼlumotlarga hamda bugungi izlanişlarga munosabatingiz? Bugungi kun islomşunosligi yana qanday rakurslarda bu asar bilan tadqiqot olib borişi mumkin?
Şokirxon RUSTAMXÖJAYEV:
— Bobur şahzoda birinçi ustozi — özining otasi Umarşayx Mirzo, qolaversa, katta bobosi Amir Temur Köragoniyning harbiy yurişlari haqidagi asar — “Zafarnoma”dan harb ilmi böyiça saboq olgan bölsa, bevosita fiqh ilmini juda köp fiqhiy ulamolarning kitoblaridan puxta egallagani maʼlum. Ammo biz bilgan “Boburnoma” kitoblarida ularning birontasi nomlari körsatilmagan. Balki, ular asl nusxa — “Vaqoyiʼ”ning yöqolgan sahifalarida bölgandir. Biroq Islom dinining asosiy beş ustun-ruknlari (Iymon-eʼtiqod, Namoz, Röza, Zakot va Haj) masalalarini töliq qamrab olgan “Mubayyin”dek mukammal asarni bu darajada nazmda aniq bayon qilib bera olgan fiqhiy alloma va söz ustasi — baloğatli fiqh olimi bölişi kerak…
“Mubayyin”da Islom dinining mazkur asosiy ruknlari Qurʼoni karim va Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam sunnatlari asosida çuqur bilimdonlik va yuksak badiiy mahorat bilan şarhlab berilgan. U asar özbek tilining boyligi va qudratini tölaligiça namoyon etadigan mumtoz adabiyotimizning yorqin namunasi sifatida ham qadrlidir.
Maʼlumki, Bobur Mirzo yaşagan örta asrlarda Islom madaniyati va ilmlaridan yaxşi xabardor böliş uçun arab, fors va albatta, öz ona tili — turkiy tillarni mukammal darajada biliş talab etilgan. Yaxşiyamki, umuman, ilmga çanqoq fitratda bunyod bölgan şahzoda Bobur mazkur uçala tilni ham yetarli darajada baloğat yoşiga qadar egallab olgan deya oliş mumkin. Zero, Bobur özining şoh asari “Vaqoyiʼ”ning boşidanoq yozişiça: “Tengri taoloning inoyati bilan va Hazrati On (1b) Sarvari koinotning şarofati bilan va çahoriyori bosafolarning himmati birlan seşanba kuni, ramazon oyining beşida, tarix sekkiz yuz töqson töqquzda Farğona viloyatida ön ikki yoşta podşoh böldum”, — deb boşlagani fikrimizga dalildir. Şu ondan boşlab, yoş şahzoda Bobur podşohning oğir qismati — taxt talaş janglari, amir va yaqin jigarlarining xoinliklari oqibatida taqdir qismati körgiliklari birin-ketin sodir bölişi oqibatida va nihoyat, Şayboniyxonning bosqini natijasida Movarounnahrni taşlab, Afğonistonga hijrat qilişga majbur bölgan edi. Natijada 70 kunlik farq bilan keladigan “ikki hayitni bir joyda ötkaza olmagani” kabi sinovli kunlarni boşidan ötkazgani ham maʼlumdir. Şeʼriyat sultoni Alişer Navoiy bobomizning “Yoşliğingda yiğ ilmning maxzanin, Qariliq çoği xarj aylağil oni” degan hikmatlari hozirgi yoş avlodga naqadar foydali pandu nasihat ekani haqida eslatma va tajriba maktabi böladi, deb öylayman…
Alohida taʼkidlaş joizki, Boburşohning beşinçi zurriyoti bölgan Avrangzeb hukmronlik davrida Hind diyori gullab-yaşnadi, kengaydi, Islom hukmlari hayotga töla tatbiq qilinib, fiqhiy ilm yanada rivojlandi. Natijada uning rahbarligida bir guruh ulamolar iştirokida arab tilida bunyod etilgan 6 jilddan iborat fiqhiy kitob — “Fatovoyi Olamgiriyya” to hozirgi kungaça deyarli butun Islom olamida asosiy qöllanmalardan biri bölib xizmat qilib kelmoqda. Baʼzi ulamolarning fikriça, şoh Avrangzeb “Xulafoi Roşidinlarning beşinçisi” deb taʼriflanadi.
Elmira HAZRATQULOVA:
— “Boburnoma” asari taniqli misrlik olima Mojida Maxluf tomonidan arab tiliga ögirilgani maʼlum. Biroq masala şundan iboratki, olima fors qölyozmasidan ham faol foydalangani aytiladi. “Boburnoma”ni asliyat tilidan töğridan-töğri arab tiliga ögiriş payti kelmadimikan? Har yili arab tili yönalişida yuzlab mutaxassislar oliy taʼlimni tugatmoqdalar…
Şokirxon RUSTAMXÖJAYEV:
— Ha, Maxluf Magida (Mojida Saloh Maxluf): 1953 y., Qohira) — yirik turkolog, Ayn-Şams dorulfununida bölim mudirasi, professor, Bobur va boburiylar haqida bir neça maqolalar tadqiqotçisi, “Boburnoma”ni birinçi bölib arab tiliga ögirgan turkşunos olima. Uning tadqiqotlari 20 dan ziyod arab mamlakatlari tarixşunos va ölkaşunoslari qöliga yetib borişiga muvaffaq böldi. Mojida Maxluf Özbekistonga bir neça bor taşrif buyurib, yirik anjumanlarda qatnaşib, arab va turkiy tillarda maʼruzalar öqigan va Xalqaro Bobur mukofoti sohibasi bölgan birinçi arab olimasidir.
Töğri, Yevropa boburşunoslari “Boburnoma”ni bundan uç asr muqaddam tarjima qilgandan keyin 300 millionga yaqin arab millatdoşlariga bu jahonşumul asarni birinçi bölib taqdim etişga muvaffaq bölgani har qanday olqişga va ehtiromga loyiq amal böldi.
Mojida Maxluf “Boburnoma” tarjimasiga yozgan muqaddimasida yozişiça, u ingliz olimasi Annetta Beverijning inglizça tarjimasi va turkiyalik olimlarning turkça tarjimalaridan foydalangan. Ammo fors tilidagi tarjimadan foydalangani haqida bizga maʼlum emas.
Vatanimizda har yili yuzlab arab tili mutaxassislari oliy öquv yurtlarida tahsil olib, bitirib, öz mutaxassisligi böyiça işlayotganlari haqida xabarimiz deyarli yöq. Çunki ÖzFA Şarqşunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan arab, fors va turkiy tillardagi behisob manbalarning tarjimasi bilan juda oz mutaxassislar — fidoyi şarqşunoslar şuğullanmoqdalar. Bu holda qölyozmalar fondidagi kitoblarni ona tilimizga tarjima qiliş uçun yana yuzlab yil kerak bölişi haqida bir manbada öqigan edim… Şarq tillari mutaxassislarini mazkur fondga taklif qiliş uçun ularni yetarli miqdorda oylik maoş bilan taʼminlaş zarur, toki u nodir mutaxassis sohiblari maoşi yetarli boşqa iş izlab, noyob kasblari bilan vidolaşmasliklari kerak, deb öylayman…
Elmira HAZRATQULOVA:
— 2014 yilda Bobur nomli xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda “Bobur va boburiylar bibliografiyasi” nomli naşringiz soha vakillari uçun ayni muddao böldi. Özim ham sohaga endi kirib kelayotgan paytlarimda internetda elektron şakli yöq tadqiqotlarni viloyatma-viloyat yurib axtarişimga töğri kelgan edi. Bugun soha bilan şuğullanuvçi tadqiqotçilar uçun bu bibliografiya oğirini yengil qiluvçi material sifatida asqatadi. Bibliografiyaning ğoyasi va bosib ötilgan maşaqqatli mehnat haqida sözlab bersangiz.
Şokirxon RUSTAMXÖJAYEV:
— Juda ham yaxşi va zarur savol… Aslida, mening Bobur podşoh bibliografiyasi bilan qiziqib qolişim bundan ilgariroq boşlangan edi. Bir paytlar B.Örinboyev va Q.Bozorboyevlarning Samarqandda (SamDU, 2000 yil) bosilgan “Bobur asarlari hamda uning hayoti va ijodi haqida Samarqand davlat universitetida mavjud bölgan naşrlar bibliografiyasi” deb nomlangan 16 betlik risolaçasi bilan tanişib qoldim. Bunda Bobur va u haqidagi asarlarning 100 ga yaqini tilga olingan edi, xolos. Keyinçalik ayni şu kitobça haqida Turkiyada bosilgan “Istambul Üniversitesi Edebiya Fakültesi Türk Dili ve Edebiyati Dergesi Cilt XXXV, 2006. Kurucu: Caferoğlu, Istambul, 2006, 289 s. / Çagatay Türkçesi Üserina Bir Bibliografiya Denemesi. S. 17-106”ni uçratdim va ularni noutbukda kirill, lotin va arab yozuvlarida bir fayl oçib, alifbo tartibida unga joylay boşladim.
Keyinroq bilsam, hanuzgaça Bobur va uning asarlari haqida bundan boşqa bibliografik maʼlumot tuzilmagan ekan. Bu kitobçalar menga şu işni davom ettirişga turtki böldi.
Arab diyorlaridagi tarjimonlik faoliyatim yakunlangaç, nafaqaga çiqdim va şundan boşlab, ona diyorim Andijondagi Bobur nomli viloyat kutubxonasida mavjud bölgan Bobur podşohga aloqador bölgan barça bibliografik maʼlumotlarni jamlay boşlagan edim. Kutubxona men uçun ikkinçi manzilimga aylandi va uning fidokor xodimlari mening boşlagan işimga qöllaridan kelgan yordamlarini ayamadilar hamda ularning fidokorona mehnatlari qadriga yetadigan bir xodimga aylana boşladim.
Kunlarning birida Andijonning Boğişamol dahasida Prezidentimiz taşabbusi bilan Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi uçun alohida bino barpo etilgani, Bobur nomidagi istirohat boği içida “Bobur va jahon madaniyati muzeyi” mavjudligi haqida xabar topdim va darhol boqqa borib, barpo etilgan boğ majmuasini birma-bir körib, yoşligimda körganim qup-quruq adirlik şunçalik boğ-roğlarga aylanganiga guvoh böldim.
Ana Bobur zurriyoti, ana zamonamiz boburiylari! Zero Bobur podşohning muborak qadami qay yerga yetsa — u joy boğ va sayrgohlarga hamda nodir meʼmoriy binolarga aylangan edi-ku… Bunga tarix şohid! Ilohim, Vatandoşimizning şu kabi obodonçilik va bunyodkorlik amallari toabad bardavom bölgay!
Mazkur muzeyga kirib, 1992 yildan boşlab Bobur nomidagi xalqaro ilmiy ekspeditsiya tomonidan bir neça yillik safarlari davomida Vatanimizdan va xorijiy mamlakatlardan olib kelingan xilma-xil tillardagi yuzlab nusxadagi nodir kitoblar bilan tanişib çiqdim. Maʼlum böldiki, uşbu muzeydagi mavjud kitob va ular haqida bibliografik maʼlumot risola şaklida hali naşr qilinmagan ekan.
Bu paytlarda fond rahbari — tinib-tinçimas inson Zokirjon Maşrabov navbatdagi çet el safarida ekanlar. Fursatni boy bermasdan şu fond faollaridan biri, ustozimiz Sayfiddin Jalilov domla huzuriga borib, bu haqda arzimni bayon etdim. Şu ondayoq domlamiz muzey mudirasiga meni taniştirib, “Jahon madaniyati va Bobur muzeyidagi adabiyotlar bibliografiyasi”ni tuzişga yordam berişni tayinladi va bir neça oy mobaynida mazkur 150 sahifalik kitob professor Hamidulla Boltaboyev muharrirligida Toşkentda 2011 yilda dunyo yuzini kördi va bu naşr muzeydagi 500 ga yaqin adabiyotlarni öz içiga olgan edi.
Bir yil ötib, uşbu bibliografiyaning ikkinçi, töldirilgan naşri paydo böldi. Unga Toşkentdagi Alişer Navoiy kutubxonasidagi adabiyotlar ham kiritildi, şuningdek, taniqli bibliograf Zuhra Berdiyeva bilan hamkorlikda 2014 yil 482 betdan iborat bölgan “Bobur va boburiylar bibliografiyasi” naşr etildi.
Elmira HAZRATQULOVA:
— Keyinçalik bu naşrni töldirgan holda Moskvada taniqli özbek tadbirkori Alişer Usmonov homiyligida katta adadda çop ettirilişiga erişdingiz. Bu kitob ham özbek ilmiy jamoatçiligi tomonidan haqli ravişda iliq eʼtirof etildi.
Şokirxon RUSTAMXÖJAYEV:
—Nukusdagi markaziy kutubxonada xodimlar bilan uçraşuvim butunlay boşqaça böldi. Ular meni qayerdan va nima maqsadda sayr qilib yurganimni bilişgaç, deyarli barçalari Boburşoh va boburiylar haqida qoraqalpoq, rus va özbek tillarida bor adabiyot va jurnallarni oldimga jamlab qöyişdi. Şu paytgaça bironta viloyat kutubxonasi xodimlari bunday iş qilmagan edi. Taajjub… Bundan taşqari, Nukusdagi universitet kutubxonasiga telefon qilişib, menga kerakli adabiyotlarni hozirlab qöyişni iltimos qilişdi… Ana, haqiqiy kutubxonaçilar, ana odamgarçilik, ana insoniylik, ana ilmga fidoyilik! Ofarin!.. Bu ajoyib kutubxonaçilar bilan xayrlaşib, aytilgan universitetga borsam, allaqaçon barça kitob, jurnal va zarur adabiyotlarni hozir qilib qöyişgan ekan. Tezlikda işim bitdi va ularga ham kitobimiz naşr bölsa, yetkazib berişni vaʼda qilib, xayrlaşdim.
Ertasiga tongdan Samarqandga yöl oldim. Tarixiy yodgorliklar bilan tanişib, viloyat kutubxonasidan va Samarqand davlat universiteti kutubxonasidan (ança boyroq ekan), maʼlumotlarni töplab oldim. Undan Navoiy, Guliston va Jizzax viloyat kutubxonalarida ham bölib, noutbukimni ança töldirib oldim. Oxiri yana Toşkentga qaytib, ona diyorim Andijonda çala işlarimni nihoyasiga yetkazdim.
Endi navbatdagi safarim Qozon şahriga böldi. Bu şaharda kenja öğlim Bahodirxon istiqomat qilar edi. Qozon kutubxonalaridan ham juda boy maʼlumotlar töplay oldim. Qozon milliy kutubxonasida saqlanayotgan N.I.Ilminskiyning 1857 yil 508 sahifada bosilgan “Baber-Name ili zapiski Sultana Babera” nomli asl matnda bitilgan “Boburnoma”ning arab yozuvidagi kitobini qölim bilan uşlab, muqaddas kitobni tavof qildim.
Keyin Sankt-Peterburg şahrida ham 2 oyça LDU kutubxonasi va Şarq fakultetining boy kutubxonalaridan kerakli maqolalarni töplab oldim. Undan keyin Ivanovo şahrida bir oy mobaynida (örtança öğlim Fuad u yerda yaşar edi) şaharning kattagina kutubxonasidan foydalandim.
Söng Moskvaga kelib, barça töplagan narsalarimni jamlasam, olti jildlik qölyozma paydo böldi: undan bir jildi — “Bobur va boburiylar bibliografiyasi” hamda 5 jild “Bobur va boburiylar. Qomusiy, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar töplami”.
—Ha, Rossiya Fanlar akademiyasi qoşida Tillar instituti binosiga közim tuşgan edi, öşa institutga bordim. Institut rektori öz joyida ekan, olti jildlik qölyozmamni oldiga qöyib, özimni taniştirdim va maqsadga ötsam, mendan darhol: “Bobur qaysi tilda ijod qilgan? Turkiymi?” — deb özi javob bera qoldi. Men: “Ha!” — deyişim bilan kotibasiga: “Bu kişini Anna Vladimirovnaning yoniga olib boring!” — dedi. Kotiba mening kitoblarimni kötarişib, institutning uzun yölaklari böylab “Oltoy tillari bölimi” deb yozilgan kabinetga yetaklab bordi. Kabinetda kiçikkina, ozğin, 50-55 yoşlar çamasidagi ayol ötirgan ekan. U salomimga alik olib, kitoblarimga bir nazar soldi-da, qayerdanligimni söradi. Aytdim. U darhol maqsadga köçib: “Bu asarlarni naşr qiliş uçun juda katta mablağ kerak böladi, nazaringizda biron kişi bormi?” — deb söradi. Men: “Bor, men u kişini bilaman, ammo u kişi bilan körişmaganmiz”, — deb javob berdim. U ayol şu onda: “Alişer Usmonovmi?” — deb söradi. Men tasdiq javobini aytdim.
Olima ayol darhol internetni yoqib, bir narsalarni qidira ketdi va topdi, şekilli, kompyuteriga bir sahifaça matnni töxtovsiz yozdi. 5-6 daqiqadan söng mening ism-şarifim va telefon raqamlarimni sörab oldi-da, “Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, filologiya fanlari doktori, professor Anna Vladimirovna Dibo” deb imzo çekkaç, menga qarab: “Ön-ön beş kundan keyin bir xabar olarsiz!” — dedi va agar xohlasam, kitoblarni qoldirib ketişim mumkinligini aytdi.
Men vodiylik beş-olti muhojir işçilar bilan Mitişçi rayonida bir xonadonda ijarada yaşar edim. Ularga bölgan voqeani sözlab bersam, ular: “Aziz birodar, ikki haftadan keyin yangi yil (2013) böladi, undan keyin yana ikki hafta bayram qilişadi. 15-20 yanvargaça bemalol Vatanga borib kelişingiz mumkin”, deb maslahat berişdi. Menga maʼqul böldi-da, Qozon şahrida istiqomat qilayotgan kenja öğlim Bahodirxon qorinikiga borib kelişni afzal bildim va Qozonga jönab ketdim.
Maslahatga binoan, 20 yanvarda Maskovga qaytib bordim va ilmiy rahbarim Anna Vladimirovna huzuriga kirib borsam, u: “Mana, vatandoşingizdan ötgan yil oxirlarida javob xati kelgan, siz qayerlarda yuribsiz?” — dedi. Uzr aytgan böldim… Köp ötmasdan, tadbirkor Alişer Usmonov şirkatida “Sanʼat, fan va sport” xayriya fondi boşliği bölib işlaydigan bir ayol xodim kirib keldi. U özini taniştirib, bir olti jildlik qölyozmaga, bir kamina oqsoqol-möysafidga köz taşlab: “Şu yoşingizda şunça kitoblarni tayyorlabsiz-a! Sizga taʼzim qiliş kerak!” — deb boşini sarak-sarak qildi. Ilmiy rahbar menga nazar taşlagan edi, men: “Keçirasiz, bizning Payğambarimiz: “Agar inson insonga taʼzim qiladigan bölsa, faqat ayollarning öz erlariga taʼzim qilişlarini buyurgan bölar edim, xolos!” — degan edilar. Bu aslo mumkin emas!” — degan böldim… Fond boşliği esa: “Har qalay, bu juda ulkan jasorat!” — deb qöydi.
Uning aytişiça, Alişer Usmonov: “Borib, ilmiy rahbarga ayting: mazkur kitoblarni eng yaxşi sifatli qoğozda, eng çiroyli muqovada naşr qilişsin hamda u kitobdan Islom hidi ufurib tursin! Ming nusxa bölsin, yarmini özlari tarqatişsin, qolgani bizga bölsin. Qança pul ketsa, ötkazib bering!” — deb buyuribdi.
Ana endi iş qizib ketdi… Şu kundan boşlab, sobiq Lenin, hozirgi Rossiya davlat kutubxonasida çala işlarimizni davom ettirdik. Şu kutubxonada bibliografiya bölimi mudirasi bilan şartnoma tuzib, bibliografiya kitobini naşrga tayyorlab berişga kelişib oldik. U bölğusi bibliografik kitobimizning har bir maqolasini birma-bir sinçiklab tekşirib, kerak joylarini tuzatib, töğrilab çiqa boşladi. Şu orada men kutubxonada biz töplagan maʼlumotlarga yana qöşimça maqolalarni kiritib borar edim. Bir yarim-ikki yil mobaynida bibliografiya kitobimiz qölyozmasi qayta tayyorlandi. Ilmiy rahbarimiz qölyozmani qayta körib çiqqaç, kitobni öşa paytdagi Moskvada eng sifatli hisoblangan maşhur “Şarq adabiyoti naşriyoti” bilan şartnoma tuzib, qölyozmani topşirdik. Naşriyot rahbari eng tajribali rassom, texnik muharrir va kompyuter dizayneriga tayinladi. Kitoblarni qisqa muddatda eng sifatli fin qoğozida va zarhal harflar bilan tilla rang muqovada, 2016 yil 124 bosma taboq hajm — 1183 sahifa, 1000 nusxada naşr etib, qölimizga tutqazişdi. Alhamdulillah!
Darhol kitobning bir boğlami — 3 nusxasini xayriya fondi rahbari Alişer Usmonovga yetkazib borgan edik, u kişi qabul qilib, kitobning qolgan hamma nusxalarini bizning ixtiyorimizga taqdim etdi. Biz çuqur minnatdorçilik bildirdik. Köp rahmat va taşakkurlar aytdik.
Şundan söng mazkur bibliografiya kitobimizni Moskvadagi Hindiston, Pokiston, Bangladeş, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Misr, Turkiya, barça Yevropa davlatlari, sobiq SSSRdan ajralib çiqqan barça respublikalar elçixonalariga tarqatib çiqdik. Germaniya va Xitoy elçixonalari bizdan rasmiy xat talab qilişdi, qolganlari indamay olib qöyaverişdi. Albatta, Markaziy Osiyo respublikalariga ham eltib berdik. Turkmaniston elçixonasi sira olişga rozi bölmasdan, oyoq tirab turib oldi. Xilma-xil tuzumlar va odamlarga duçor böldik, hammasi omon bölişsin. Kitoblarimizning yarim-yortisini elçixonalar orqali tarqatgan bölsak, bir qismini öz hisobimizdan bojxona xarajatlarini zimmamizga olgan holda, Toşkent şahriga olib kelib tarqatdik.
Elmira HAZRATQULOVA:
— 2023 yilda biz yana bir qutluğ naşrga guvoh böldik. Endi “Bobur va boburiylar. Qomusiy, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar töplami” 5 ta katta jilddan iborat körinişda ixlosmandlar qöliga yetib bordi. Ayting-çi, bu nufuzli naşrni amalga oşirişda qatnaşgan jamoa aʼzolarining iştiroki qanday böldi?
Şokirxon RUSTAMXÖJAYEV:
— Ha, aytmoqçi, beş jildlik kitobimizning 1-jildini 300 nusxada tayyorlab çiqardik, qolganiga navbat kelganida biz turgan davlatga sanksiyalar qöyilib, boy otamizning ham xorijdagi mol-mulklari ham çeklovga tuşişi oqibatida, xayriya fondi işi vaqtinçalik töxtab qoldi.
Va nihoyat, özimizning Bobur nomli xalqaro jamoat fondimiz Toşkentda öşa beş jildlik kitobdan 100 majmua çop qila olişga qodir böldi. Yana bu kitoblarning tuzuvçi-muallifi — kaminaga fondimiz va naşriyot bir neça majmuadan qalam haqi sifatida hadya qilişdi va ularning hammasini Toşkentdagi Alişer Navoiy kutubxonasiga topşirdim. Ular respublikamiz viloyat kutubxonalariga tarqatişga yordam beradigan bölişdi. Allohga şukur, imkon qadar qölimdan kelgani şu böldi… Ayrim yetmagan joylardan uzr sörayman, xafa bölişmasin, murosa qilişdan boşqa iloj yöq. Şunisiga ham şukur…
Elmira HAZRATQULOVA:
— Ayni kunlarda sizni Bobur ijodi bilan boğliq yana bir yirik luğat naşri ustida işlayotganingiz haqida eşitdik. Bu qanday loyiha? Agar sir bölmasa, qaysi taşkilotlar bilan hamkorlik qilmoqdasiz?
Şokirxon RUSTAMXÖJAYEV:
— Ha, töğri. Maʼlumki, şu kunlargaça Zahiriddin Muhammad Boburdan bizga oltita asar qolgan. Ularning barçasi eski turkiy tilda, yaʼni çet elliklar fikri böyiça, çiğatoy turkiysida yozilgan. Bu til tarkibida arabiy, forsiy, turkiy va möğuliy söz va iboralar ançagina bor. Bir qança olim va boburşunoslar tomonidan mazkur kitoblardan baʼzilariga izohlar berilgan, baʼzilar maxsus luğatlar tuzişgan. Ammo Bobur Mirzoning hamma asarlaridagi hozirgi qavm yaxşi tuşuna olmaydigan söz va iboralarni qamrab oladigan yagona luğat hanuzgaça tuzilganiça yöq, menimça.
Ammo Alişer Navoiy asarlari uçun marhum olimlarimizdan Porsoxon Şamsiyev va Sodiq Mirzayevlar tomonidan bundan 50-55 yil muqaddam “Navoiy asarlari luğati” nomi bilan maxsus luğat naşr qilingan va ular hozir kutubxonalarda kam topiladi. Ayrim navoiyşunos olimlar va sodiq muxlislari qölida saqlanib qolganlari bor, xolos.
Ammo Zahiriddin Muhammad Boburning barça asarlarini öz içiga qamrab oluvçi maxsus luğat tuzilganidan xabarimiz yöq. Şu kamçilikni imkon qadar töldiriş niyatida mazkur luğatni boşlaganimga ança bölgan. Endi, fursat yetdi, xolis duoda bölib tursalaringiz, Yaratgan Tangri taolo umr bersa, şu luğatni oxiriga yetkazib, tayyorlab, muxlislar qöliga topşiriş nasib aylasin.
Suhbatdoş:
Elmira HAZRATQULOVA,
Temuriylar tarixi davlat
muzeyi katta ilmiy xodimi.
