Ham sururli, ham mahzun suhbatlar…

(Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, taniqli telerejissyor Qözijon Hakimovni eslab)

Xotira ruhidagi körsatuvlar tayyorlayotganimizda, Ozod domla (Özbekiston Qahramoni Ozod Şarafiddinov — I.R.) — heç biri bu qadar murakkab bölmagan XX asrda yaşab ham “…umrida heç kimni heç qaçon sotmagan” deya Maqsud Şayxzodani, uning maşhur misrasini eslardilar:

 

Ölganda yuz soat yiğlab

turgandan, —

Uni tirigida bir soat yöqlang!

 

Keksalik zahmati va xastalik azobini ijodni anglaş baxti bilan yengişga intilgan donişmand ustoz, oxiratingiz obod bölsin!

Dunyoning ötkinçiligi-yu, mehr-muhabbatning buyuk tilsimidan ogohlantirardilar göyo… Oradan deyarli qariyb çorak asr ötgan bölsa-da, bu sözlarning billuriy jarangi xuddi keçagiday yodimda. Öşanda tuşunmagan ekanman. Mana, hozir közimda yoş bilan eslayapman öşa kunlarni. Şu kulib turgan Quyoşning bir kun kelib, yonib ketişi-yu, olam zulmatda qolib ketişi, şu çeksiz koinotda dumalab-sumalab, qançadan-qança azobu uqubatni-yu xiyonatni, muhabbatni, insoniy şodliklarni yuk qilib çopib borayotgan zamin — Yer kurrasining ham bir kun kelib, çaqmoq çaqqandek portlab, yöq bölib ketişini… öylayman men ham. Musulmonman axir, sobitman, sobirman… Allohim, özing keçir, gunohlarim bor mening ham eʼtiqodimda, kemtiklarini töldir!..

Dunyoning omonatligini öylarkansan, odamlar oldidagi masʼuliyatni his qilarkansan oltmiş yoş arafasida… Bir oğiz şirin söz, çiroyli tabassum senga yuzma-yuz bölgan INSON zotiga qançalik kuç-quvvat, baxt va hayajon lahzalarini keltira olişini, şuni bir umr bilmay kör bölib, gohida baqrayib, gohida ters ögirilib ketganingga, “mağrur”, “yaltiroq”, “billur” bölib yaşaş naqadar notöğri ekanligiga afsuslar çekasan… Naçora, ortga qaytarib bölmaydigan narsalar ham bor bu olamda…

Ey, dunyoi dun…

Şoir Ramz Bobojon esa: “Xotira — ikkinçi umr”, deguvçi edilar. Çunki xotira bilan yaşaysan, unga suyanasan, madad olasan. Inson aynan xotirasi tufayli jonivorlar dunyosidan farqlanadi. Lekin ilm-fan buni isbotlagan ekan. Şundaymikan özi? Aytmatov asarlarida esa boşqa holat… Odamlardan köra mehribonroq, oqibatliroq börilar…

Turfa odamlar, turli voqea-hodisalarga duç kelganimda, ustozimiz Qözivoy akani eslayman. Sodda, töğrisöz, kuydi-pişdi, mehribon inson edilar… Soğinaman. Yuragimga oğriq kirib ketadi.

Özbek xalqi boy madaniyatining haqiqiy tarğibotçisi, televideniye rivojiga sadoqat bilan xizmat qilgan, yuzlab körsatuvlari Özbekiston televideniyesi “Oltin fondi”iga kiritilgan, Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, taniqli telerejissyor Qözijon Hakimovning ijodiy faoliyatidan, badiiy mahoratidan qançalik oziqlangan bölsam-da, bir satr ham qoralamagan ekanman. Afsuski…

“Ustoz otangdan uluğ”… Xalqimiz maqolining tub mohiyatini Aflotunda uçrataman: “Otang seni osmondan yerga tuşirgan, ustoz esa seni yerdan kökka olib çiqadi”. Qözivoy aka bizda televideniye istiqbolini körgan, ertangi kunga işongan — otaday mehribon, otaday bağrikeng ustoz edilar.

“Televideniye!” Biz iş joyimiz haqida şunday maʼlumot beramiz. Ilgari bu ohanraboni unça tuşunmasdim. Nega bu yerga hamma talpinadi, deya öylardim. Tan oliş kerak, televideniye şunday joyki, oddiy şifokor yo öqituvçi mehnatidan köra, hatto gazeta va radiodagi qalamkaşlardan ham işingiz tez körinadi. Aslida, özingizga yuklatilgan yumuşnigina bajargansiz, xolos. Lekin odamlar sizga katta bir işni döndirib qöygan kişidek qaraşadi…

Töğri, bugungi kunga kelib, globallaşuv bois biz anʼanaviy OAV yangi telekommunikatsiya vositalari — internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlardan köp jihatlarda ortda qolyapmiz. Lekin baribir televideniye — möʼjiza, u xonadonimizning aziz mehmoni, uyimiz töridan pastga tuşmaydi, közni oğritmaydi, işonçli, qadrdon! Axir Toşkentda tuğilgan u, kelajagi ançayin umid uyğotyapti. Har holda, men şunday umid qilaman. Muhtaram Yurtboşimiz axir Murojaatnomalarida aytdilar-ku: “Söz erkinligi va oçiqlik siyosatidan endi heç qaçon orqaga qaytmaymiz”, deb. Bu sözlar jarangi hali-hanuz quloqlarimizda. Rahmat sizga, Prezident!

Çindan ham televideniye — möʼjizadir, axir qayerga borsangiz, dunyoning qaysi davlati, mehmonxonasiga kirsangiz ham birinçi bölib pultga yopişmaysizmi? Şaxsan menda şunday. Ozod domla kitobni “birinçi möʼjiza” deb ataganlari holda, men dunyoning yettinçi möʼjizasi — Misr ehromlari oldiga borganimda, uni tan olgan holda, baribir: “Keçiring meni, Misr ehromlari, sizlarning möʼjiza ekaningizga şubham yöq, lekin men uçun televideniye — möʼjizadir”, deb baralla aytib keldim.

Qözivoy akani (u kişini şunday atardik. Aslida, ismlari — Qözijon — I.R.) ilk bor 1989 yilning yanvarida odatdagi haftalik majlisda körganman. Ozğin yuzdagi içiga kirib ketgan iyaklar nihoyatda jiddiy tus bersa-da, mehr-muhabbat töla katta-katta közlari qiyofani istarali qilib körsatardi. “Ey, közingni oçib qara, puşti közoynaklaringni yeç, unga yaqinlaşa körma-ya, baloga qolasan! Juda injiq, baqiroq odam”, “…bir janjal kötarsa, telestudiyaning tomini kötarib yuboradi”, degan ogohlantirişlarni ham eşitganman. Lekin işim yurişmay, tuşkunlikka tuşib yurgan kezlarimda birinçi bölib menga yordam qölini uzatgan, iş örgatgan ham öşa “maşhur janjalkaş” Qözivoy aka bölgan. Hatto murakkab janrdagi videofilmlarga ssenariylar yozişni ham işongandilar. Öşa yillardan xotira — talay videofilmlarimiz “Oltin fond”da qoldi. Yana… yana teatrlaştirilgan katta bayram tomoşalarini yaratiş böyiça şunday köp maslahatlar, tavsiyalar, yönalişlar berganlar. Axir bayram dasturlarini 70-90-yillarda ular tayyorlaganlar. “Yulduz-şou” esingizdami 1999 yil Yangi yil oqşomiga tayyorlangan?..

“Ilmira, siz körsatuvni tayyorlayapsizmi, yozuv jarayoni, tafsilotlarni, voqea-hodisalarni ipidan-ignasigaça xayolingizga dur marjonlarday tizib çiqişni örganing. Daftar tutib, hammasini yozib boring. Qayta-qayta körişdan erinmang, montajda dubllarning eng yaxşisini olişga harakat qiling”, derdilar. Ustozimiz şogirdlarining hammasida nafaqat televideniyega, balki hayotga ham halol munosabatni tarbiyalar va talab qilardi.

— Bayram dasturlarini yozişda birgina konsert dasturini bir smena yozgan paytlari ham bölgan. Maʼmura Ergaşeva, Şerali Jörayevlar “boşqa yozmang, çarçab qoldik” deb ötirib qolişgan paytlar bölgan, — deya eslagandi ustoz Anbara Otamurodova. — Dubl ustiga dubl… Yaxşi iş uçun vaqtni ham, soğliqni ham ayamasdilar.

Özim ham guvohman. Sanʼatkorlar yiğlab ham yuborişardi baʼzan… Asablar qaqşab ketsa-da, özlari ham, guruh ham joyidan jilmasdi. Montaj xonasida qariyb ikki kunlab qolgan damlari ham bölgan…

Barça Qözivoy akaning katta isteʼdod sohibi ekanini, televideniye faqat şunday odamlar evaziga yaşaşini yaxşi bilardi. Lekin 1980 yilning Yangi yil oqşomida ketib qolgan “siyosiy xato” uçun ularni katta idoraga “asl aybdor” sifatida olib borişgan va “qölidan iş kelmasa, bu joyni böşatib qöyiş kerakligini uqtirişgan” va ariza yozdirib, köçaga uloqtirib yuborişgan ekan. Öşanda birinçi infarktni olgan ekanlar beçora ustozimiz.

Qözivoy aka nekbin şaxs bölib, heç oğrinib gapirmasdi. Bu telerejissyor tasvirga tuşirmagan biror-bir sanʼatkor yöq edi. Hamma-hammani… isteʼdodi yalt etgan qöşiqçi yoki raqqosa çiqsa, xalqqa uning sanʼatini körsatişga intilardi. Çinakam xayrixohlik bilan qarardi. Lekin inja köngilning raʼyiga qarşi borilmasdi. Faqat u tanlagan odamlargina tasvirga olinardi.

Öşa paytdan buyon hali-hanuz bir afsona yuradi. 1976 yil. Navbatdagi “sʼyomka”dan söng maşhur bir artist “Xalqlar döstligi”dagi kvartiralariga olib borib, “Jiguli”sining kalitini tutqazibdi: “Qözivoy aka, sizga rahmat, siz tufayli şu darajaga yetdim, maşhur böldim, men yangisini olarman”.

Rejissyor esa inkor maʼnosida boş çayqagan…

Şunaqangi halol inson edilar.

1990 yili ustozga “Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi” degan yuksak unvon berilganida hammamiz xursand bölganmiz. Telestudiyaning hamma xonalarida bayram bölib ketgan. Diktorlar ham xursand, farroşlargaça hamma xursand bölgan. Hamma-hammamiz bayram qilganmiz. Xonalardan faqat yaxşi sözlar, tilaklar eşitilgan. Ota-onam ham: “Haqiqiy yaxşi odam oldi-da”, deyişgan. Şu voqea çin isteʼdodning haqiqiy maʼnoda tan olinişi edi.

1989 yilning noyabr oyidagi voqeani yodga olay. Mamlakatimizning öşa paytdagi rahbari Islom Karimov respublika paxta rejasi bajarilişi munosabati bilan yozilgan bayram dasturining barça ijodkorlarini Markaziy idoraga taklif qilganlarida, suxandon Raʼno Jörayevaga qarata: “Efirdagidan köra ham jozibador ekansiz”, Qözivoy akaga esa: “Heç özgarmabsiz, öşa Qaşqadaryo teatriga yangi kelgan paytingiz qanaqa bölsangiz, hali ham şunday qolibsiz”, degan ekanlar. Aytişlariça, muhtaram şaxsning bu gaplaridan hayajonlanib ketib, Qözivoy aka örinlaridan turişni ham bilmay, keyin bu holatni kulib-kulib eslab, “Eslarida ekanman!” deb gapirayotganda ham: “Yurtboşi-da… salavotlaridan hayajonlanib ketdim…” deb: “Mana, hozir ham şu voqeani eslasam, oyoqlarimgaça titroq bosadi”, derdilar. Ah, ustozim-a… Şunaqa samimiy bölganlar mening ustozim!.. Eʼtirofdan faxrlanar, işlari xalqqa manzur kelayotganidan xursand bölar, rahmatlarni quvonib eşitar, söng öziga xos tarzda alqab qöyardilar. Nazarimda, yana ham yaxşi işlaşni istardilar. Sönggi yillarda Mustaqillik va Navröz bayramlarining translyatsiyalarida jon-jahdlarini berib işladilar.

Mustaqillikning ön tört yillik bayram tantanasida men ham öşa boş maydonda edim. Ulkan sahnadagi tomoşani birinçi marotaba kuzatardim-u, yuragimning bir çetida — maydonning yonginasida turgan köçma televizion stansiyada ustozim işlayotgani, bir vaqtning özida katta maydonni qamrab oliş, bir neça önlab kameralar muhrlayotgan tasvirning eng gözali, eng jozibadorini, eng taʼsirçanini közdan qoçirmaslik, juda katta guruhni dirijyor singari boşqariş jarayonining maşaqqatini dildan his qilib, ezilib ötirardim.

Tantana nihoyasiga yetib, maydondan çiqayotganimizda Qözivoy aka köçma televizion stansiyadan çiqib, bir talay hamkasblar davrasida turgan ekanlar. Guruh ham, Qözivoy aka ham kötarinki kayfiyatda. Ikki oylik uzoq izlaniş va ikki soatlik tomoşa maşaqqatlarini ortda qoldirgan ijodkorning baxtli onlari edi bu. Öşa manzarada öz işi va hayotidan mamnun odamning qiyofasi körinib turardi.

Şu alpozda meni uzoqdan körib, qöllarini kötardilar.

— Qözivoy aka, zör! — dedim quvonç bilan.

— Hali körmadingiz-ku, — dedilar.

Tuşundim, yaʼni tantanani hali televizor orqali körmaganman.

— Yaxşi çiqqan, işonaman, tabriklayman! — dedim bor ovozim bilan.

Meni jilmayib kuzatganlar. Hali ham öşa tabassumni yuragimning bir qatida eslayman. Qandaydir kiçik syujet tayyorlayotgan bölsam-da, öşa tabassum meni taʼqib qilaveradi. Elbek Musayev, Lyubov Yuxnova, Ubay Burhon, Samad Pölatov, Bahodir Muhamedov, Larisa Inozemseva, Örol Ötayev… O, qançalar yuragimga yaqin edi bu odamlar! Qani ular bugun?..

Barça ustozlar singari şogirdlari bilan faxrlanardi. Esimda, şogirdlari Avaz Boqiyev haqida gapira turib: “U mendan ötib ketdi”, degandilar. Öz bilganlarini yaşirmay örgatganlari, bağrikengliklari boismi, köpçilik ularga ergaşardi. Şukrullo Ubaydullayev, Avaz Boqiyev, Ergaş Möminov, Baxtiyor Nuriddinov, Alişer Madrahimov, Mohigul Hamroyeva, Erkin Isomiddinov va yana önlab yoşlar… Vafotlaridan keyin “Qözivoy aka mening ham ustozim edi” deyişganida, “Tavba, şunça odamni ortidan ergaştiriş bir odamga oğirlik qilmaganmikin?” degan öy keçgandi xayolimda.

Aslida, Qözivoy aka odam ajratardi. Odamni odamdan ajrata bilardi. Şogirdlar halollikdan çekinguday bölsa, ismini tilga olişga ham or qilar, heç gapirmasdi.

Ustoz şaxsiy hayotda ham öz baxtini topgan inson edi. Rafiqasi Muborak Hakimova uzoq yillar “Özbekiston” telekanalining tonggi dasturida maʼmur bölib işlagan. Turmuş örtoğining oddiy odam emas, katta şaxsligini yaxşi tuşunar, çin dildan hurmat qilib, eʼzozlardi.

“Öğillaringiz yaxşimi?” — deb söragan kezlarimiz: “Ularni qarigan çoğimda topdim”, — deb quvonç bilan gapirardi-yu, “Ulğayganini körarmikanman?” deya jim bölib qolardi.

…Odam bir kunda ölmaydi, inson  bolasining ölimi ham tilsim. Hammamizni – şogirdlari, hali nihoyatda murğak farzandlari-yu, jondan sevgan televideniyeni  taşlab,  Qözivoy aka tösatdan vafot etdilar. Pensiyaga çiqqan birinçi kunlarining oqşomida bölgan bu voqea… Televideniyeni ham juda qattiq sevib bölmaskan… Şunga ham yigirma yildan ortiqroq vaqt ötibdi. Joyingiz jannatlardan bölsin, ustozim…

Nima ham deymiz, hammamiz Yaratgan ilkidagi bir bandamiz. Hayot esa qançalik şirin, murakkab va sirli bölmasin, insonga juda qisqa muddatga berilgan. Faqat kamdan-kam odamlargina özidan çiroyli va munosib iz qoldira oladi. Şogirdlar qaçon uçraşib qolsak, gaplarimiz, albatta, “Qözijon aka” tevaragida aylanadi. Xotiralarga boy, ham sururli, ham ezgin suhbatlardan söng öylanib qolaman. Ustozimga munosibmanmi? Televideniyega köz tikkan xalqqa-çi? Bizni el-yurtga tanitgan, oq yuvib, oq taragan televideniyemiz oldidagi masʼuliyatni his qilyapmizmi?

Şuni unutmasak, bas.

Ilmira RAHMATULLAYEVA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan