Milliy va xalqaro akkreditatsiya – majburiyat emas, ammo…
Kuni keça Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Termiz davlat universiteti hamkorligida videokonferensiya şaklida ötkazilgan kengaytirilgan yiğiliş oliy taʼlim muassasalarini milliy va xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorlaş, taʼlim sifatini oşiriş hamda zamonaviy talablar asosida faoliyat yuritiş masalalariga bağişlandi.
Unda oliy taʼlim muassasalari oldida turgan ustuvor vazifalar, sohadagi yangi qonunçilik hujjatlarining ijrosi, taʼlim natijasiga yönaltirilgan yondaşuvni joriy etiş, şuningdek, xalqaro standartlarga moslaşiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Milliy va xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik masalalariga bağişlangan maʼruzalarda akkreditatsiya jarayonlariga rasmiy tekşiruv sifatida emas, balki universitetlarning içki rivojlanişini taʼminlovçi samarali mexanizm sifatida yondaşiş zarurligi taʼkidlandi.
— Akkreditatsiya — bu nazorat emas, balki taraqqiyot vositasi, universitetning öz-özini xolis baholaşi va kelajak rivoji uçun yöl xaritasidir, — deya qayd etdi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul Törayev öz maʼruzasida.
Yiğilişda, şuningdek, akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlikda kafedralar, professor-öqituvçilar va taʼlim sifatini nazorat qiluvçi tuzilmalarning özaro hamkorligi hal qiluvçi ahamiyatga egaligi alohida taʼkidlandi. Taʼlim dasturlarini qayta körib çiqiş, sillabuslarni yangilaş, baholaş tizimini şaffof qiliş hamda akademik halollikni taʼminlaş umumiy vazifa ekani qayd etildi.
Yiğiliş doirasida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti professori O.Jörayev tomonidan oliy taʼlimda sunʼiy intellekt va zamonaviy yondaşuvlar mavzusida maʼruza taqdim etildi. Unda taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalaniş, talabalar bilim va kompetensiyalarini aniq natijalar asosida baholaş, şuningdek, xalqaro akkreditatsiya talablariga mos taʼlim modellari haqida söz yuritildi. Mazkur tajribani mahalliy taʼlim tizimiga moslaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Şu bilan birga, Termiz davlat universiteti taʼlim sifati nazorati bölimi tomonidan milliy akkreditatsiya tizimi, uning asosiy talablari hamda amaliyotda uçraydigan muammolar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi. Taʼlim sifatini baholaşda hujjatlardan köra, real natija, dars jarayoni va talabalar fikri muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
— Bu yiğiliş akkreditatsiyani faqat rahbariyat yoki tekşiruvçi organlar faoliyati sifatida emas, balki har bir öqituvçining kundalik işi bilan bevosita boğliq jarayon ekanini yana bir bor körsatdi. Ayniqsa, xalqaro tajribada ilgari surilayotgan “Bitiruvçi nima qila oladi?” degan yondaşuv biz uçun juda muhim signal böldi. Endi dars mazmuni, baholaş tizimi va talabalar bilan işlaş uslubini aynan şu nuqtai nazardan qayta körib çiqişimiz zarur, — dedi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti katta öqituvçisi A.Eşqorayev.
Bir söz bilan aytganda, kengaytirilgan yiğiliş milliy va xalqaro akkreditatsiya jarayonlari oliy taʼlim muassasalari uçun majburiyat emas, balki sifatli taʼlimni taʼminlaş, raqobatbardoş bitiruvçilarni tayyorlaş va jamiyat işonçini mustahkamlaşga xizmat qilişini yana bir bor namoyon etdi.
Belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş orqali universitetlarning xalqaro maydonda munosib örin egallaşiga işonç bildirildi.
Zahiriddin TÖRAYEV,
Termiz davlat muhandislik va
agrotexnologiyalar universiteti
Axborot xizmati rahbari.
