Töy-maʼrakadagi ortiqça udumlar
yoki qaçon ortiqça sarf-xarajatlardan tiyilamiz?
Taniqli şoira Şarifa Salimovaning 2026 yil 14 yanvarda “Hurriyat” gazetasidagi “Töy – namoyiş emas, balki huquqiy-axloqiy kelişuvdir” sarlavhali maqolasini öqib, quyidagi fikrlarimni yozyapman.
Qaşqadaryo xalqi azaldan mehmondöst. Borsangiz, ötqizgani joy topolmaydi. Yoşu qarisi birdek izzatingizni joyiga qöyadi.
Har bir joyning öziga yaraşa urf-odati bor. Ammo menga Çiroqçi tumanidagi Aççi qişloğining ayrim anʼanasi yoqmadi.
Bugungi kunda hamma joyda töylar ixçamlaştirilayotgan bir paytda guvohi bölganim Aççi qişloğida hamon ikki kun töy bölarkan.
Birinçi kuni yigit tomondan ön-ön beş nafar ayollar, kuyov va jöralari qiz tomonga borişdi. Dasturxonga darhol şörva va oş tortildi. Har bir ayolning oldiga non va şirinlik qöyildi. Mato va römollar berildi. Tugunça qilib borgan ayollar tezda dasturxonga qöyilgan non va şirinliklarni tugib olişdi. Qolganlar ham berilgan matoga nonlarni öraşdi. Dasturxonda deyarli heç vaqo qolmadi. Lol qoldim.
Kuyov va kelin bir oy oldin FHDYOdan ötganligi uçun domla ularga nikoh öqidi. Söng kuyov, kelin va kuyovning jörasi çimildiq tutilgan uyga kirişdi. Kayvoni onaxonlar ularga oyna körsatişdi, şam yoqib, aylantirişdi. Söngra kuyovga molning töşini (ilik) olib kelişdi. “Töqqiz tovoq” odati boşlandi.
Dasturxonga töqqizta bölmasa-da, 5 ta likopçada şirinliklar qöyişdi. Bu marosim tugagaç, kuyov va jörasi tovoq uçun yangalarga pul berişdi. Kuyovjöra dasturxondagi şirinliklarni likopçasi bilan qöşib uydan olib çiqib ketdi. Likopçalarni ham olişi şartmidi?
Hovliga qilingan joyga erkaklar va ayollar yana ötirişdi. Dasturxonga göşt tortildi. Göştni yeb bölgaç, tovoqqa hamma pul taşladi. Bu qanday odat böldi?
Öşa kuni kuyovnikida bitta mol, ikkita qöy söyildi.
Ertasi kuni tong saharda törtta qozon osildi. Ertalabdan keçgaça qozonda pişgan taomlar mehmonlarga tortildi. Ayollar tovoqdagi oşdan biroz yeyişib, taomning ustiga non qöyib, tuguniga öraşdi. Har bir kelgan ayol bittadan tovoqni olib ketişdi. Endi uy sohibi yana yangi tovoq sotib oladimi?
Xonadon sohibasidan qiziqib söraganimda: “Har doim töylarimizda şu ahvol. Nimayam qilardik, udumimiz-da”, degan javobni oldim.
Keçqurun yoşlarning bazmiga keksa onaxonlar ikkitalab nevarasini yetaklab kelib, stulga ötirib olişibdi. Uzoqdan kelgan mehmonlarga joy topolmay xonadon sohibasi xijolat. Aslida, yoş bolaçalarga keçki bazmga nima bor?
Xonanda qöşiq aytişni boşlagandan davraning örtasi bolalarga tölib ketdi. Ota-onalar farzandlarini nazorat qilmay, özlari ham davrani heç kimga bermay rosa öynadi. Stolga qöyilgan noz-neʼmatlardan atrofda yurgan bolalar köz uzmaydi. Davraga raqsga tuşgani çiqişingiz bilan bolalar dasturxonni şip-şiydam qilib ketişadi. Yoki ötirib olib yeyişadi, içimliklarni heç narsa körmaganday yutoqib içişadi yoxud öğirlab qoçişadi. Uyalişmaydi ham.
Men ham qişloqda ulğayganman. Yodimda, maktab direktorimiz Sağdilla Ibragimov töy boşlanişi bilan qöliga mikrofonni olib: “Qani, öquvçilar uy-uyiga, dars tayyorlaşga! Birortangni töyda körmay! Taklifnoma berişganida töylarda yurasan! Qani kelinlar, bolalaringni olib uylaringga boringlar!” deya gapirganida, hammamiz tumtaraqay bölib jönab qolardik. Çaqaloğini kötarib yoki bolasini yetaklab kelib, stulga ötirgan kelinlar ham direktorimizning bu gapidan söng uyalişib, darhol joylaridan turib ketişardi.
Ertasi kuni direktorimiz şu töyda birorta öquvçini tanib qolgan bölsa, ertalab saf tortganimizda (lineykada), albatta, öşa öquvçini hammaning oldiga çiqarib izza qilardi. Sinf rahbarlarimiz ham bizlarning töylarga borişimizga qarşilik qilardi. Hozir ham, qani, şunaqa mard insonlar bormi? Töylarimizning fayzli ötişiga kim hissa qöşadi? Oqsoqollar qayerga qarayapti?
Qiziq, odamlar yillab mehnat qilib topgan pulini bir kunda sovurişi şartmi? Ikki kunlab töy qiliş kimga kerak? Aslida, şunaqa ortiqça urf-odatlarni özimiz çiqarmayapmizmi? Nega çiqimni kamaytiriş örniga özimizni yanada qiynayapmiz? Mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, oqsoqollar, qişloq kayvonilari nega jim? Bu yozilmagan “urf-odatlar”ni deb qança oila aziyat çekişini bilasizmi?
Qaçongaça Çiroqçida töylarda tovoqlar olib ketiladi? Bunday “urf-odatlar”ni kim nazorat qiladi?
Yana bir gap.
Yaqinda Farğona viloyati Özbekiston tumanining Rajabgardi qişloğiga bordik. Odamlari xuşmuomala, mehmondöst ekanligidan xursand böldik. Hattoki ularda hanuzgaça qöşninikiga mehmon kelsa, hamsoyalar bir tovoqda ovqat qilib, çiqib siylaş, mehmonni öz uylariga taklif qiliş odatlari bor ekan.
Hamkasbim Zulfiya opamning ovsini Rokiya opa har kuni ertalab ikkita issiq non va bir piyola qaymoq bilan siyladi. Keçqurun ham özlariga tayyorlagan taomlardan ilinib turdi. Boğlarida yetiştirgan uzumu olmalardan dasturxonimizga qöydi.
Kunlarning birida Zulfiya opam va ovsini Rokiya opa yaqinda vafot etgan ayolning “qirqi”ga borişdi. Qaytganlarida qöllaridagi tugunlarni körib hayratlandim. Çunki ular töydan qaytişmagandi, azadorlarning xonadoniga borişgandi.
Zulfiya opam darhol tugunlarni oçdi. Birida tört dona non, ustida bir hovuç şirinlik (konfet), ikkinçi tugunda esa non yopişda işlatiladigan rapida va yengça bor edi. Bu buyumlarni körib, töğrisi, ajablandim.
“Bizning qişloqda maʼrakalarda şunaqa buyum tarqatişadi”, deb izoh berdi hamkasbim.
Öylanib qoldim. Bugungi kunda bitta maʼrakani ötkaziş uçun ham falon summa ketadi. Kamiga yetimlarning rizqini qiyib, har bir borgan insonga tugunça berib yuboriş qaysi mantiqqa töğri keladi? Kim öylab topgan özi buyum tarqatişni? Tugunga ketgan sarf-xarajatni oilaning kamu köstiga sarflaşsa bölmaydimi? Qani bu yerda biror mantiq?
Samarqand viloyati Iştixon tumani Şayxlar qişloğida ham bir paytlar vafot etgan insonlarning yaqinlari maʼrakasida qadoqlangan kök çoy, kir sovun yoki atir sovun, soçiqça, piyola kabi narsalarni tarqatişardi. Odamlarning ayrimlari tarqatilgan bu narsalarni uylariga olib ketişmasdan, yöl çekkasidagi tutlar orasiga qöyib ketişganining guvohi bölganman. Xayriyatki, bugungi kunda bunday narsalarni tarqatiş yöq böldi. Marhumni qabristonga olib ketişdan oldin paçkalab pul tarqatiş odati ham bor edi. Bu “odat” deyarli yöqoldi. Ammo Farğonada hali ham maʼrakalarda buyum tarqatiş mavjud ekan.
Aslida, nega buyum tarqatiladi? Bunday qiliş qayerda yozilgan? Aza uç kun emasmi? Nega odamlar hanuzgaça özlarini qiynab, “yetti”, “payşanbalik”, “yigirma”, “qirq” deya dasturxon yozişyapti?
Aytilganlar ham uyalmasdan azadorlarnikiga borib, dasturxonga şerik bölyapti? Nega domla-xatiblarimiz şu haqda bong urişmaydi? Yoki aytişsa ham odamlarning özlari amal qilişmayaptimi?
Azador özi zörğa yaqinini qabristonga qöyib kelgan bölsa, yana şunça ketma-ket maʼrakalarni ötkazişi lozimmidi? Qaçon bunday bemaʼni odatlardan voz keçiladi?!
Xonbibi HIMMAT qizi,
jurnalist.
