Xususiy ayblov instituti

Mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni barpo etiş borasida tizimli islohotlar amalga oşirilmoqda.

Inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar ayrim jazo çoralarini qilmişning xususiyatiga, jazolaşdan közlangan maqsadga erişiş uçun yetarliligiga qarab qayta körib çiqiş zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.

Şundan kelib çiqqan holda ötgan yil 10 iyul kuni “Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Qonun qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga ayrim huquqbuzarliklar uçun qilmişning xususiyatidan, jazolaşdan közlangan maqsadga erişiş uçun yetarlilik nuqtai nazaridan kelib çiqqan holda maʼmuriy javobgarlikni bekor qilişga qaratilgan tegişli özgartirişlar kiritildi.

Şuningdek, maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni yuritiş amaliyotiga xususiy ayblov institutini joriy etiş nazarda tutildi.

Şu munosabat bilan maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi ayrim toifadagi işlar faqat jabrlanuvçining arizasiga köra yuritilişi belgilandi.

Qonun bilan MJtK 2693-modda (Jabrlanuvçining arizasiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisida iş yuritiş) bilan töldirilib, uşbu Kodeksning 40, 41, 44, 45, 46, 461, 52-moddalarida, 612-moddasida (bundan korxonalar, muassasalar, taşkilotlar mustasno), 1933-moddasida hamda 2022-moddasining birinçi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar jabrlanuvçining huquqbuzarni javobgarlikka tortiş haqidagi arizasiga köra javobgarlikka sabab bölişi haqidagi qoida kiritildi.

Şuningdek, jabrlanuvçi noçor ahvolda bölganligi, voyaga yetmaganligi, huquqbuzarga qaram bölganligi tufayli yoki boşqa sabablarga köra öz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini özi himoya qila olmaydigan alohida hollarda vakolatli organning mansabdor şaxsi jabrlanuvçining arizasisiz ham maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni yuritişni boşlaşi şartligi nazarda tutildi.

Bundan taşqari, MJtKning 61-moddasi birinçi va ikkinçi qismlarida va 612-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat uluşi mavjud bölmagan korxonaga, muassasaga, taşkilotga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilganda mazkur korxona, muassasa, taşkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boşqaruv organining arizasiga köra javobgarlikka sabab bölişi bilan boğliq norma qabul qilindi.

Uşbu Qonun huquqiy taʼsir çoralari asossiz qöllanilişining oldini olişga, fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini yanada kuçaytirişga xizmat qiladi.

Otabek RAVŞANOV,

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi

boşqarma prokurori,

Rustamjon QUVANOV,

Toşkent şahar prokuraturasi bölim boşliği.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan