Dabdaba va isrofgarçilik qaçongaça davom etadi?

“Töy – namoyiş emas, balki huquqiy-axloqiy kelişuvdir”

 sarlavhali davra suhbatini öqib…

(“Hurriyat”, 2026 yil 14 yanvar, 2-son. Muallif: Şarifa Salimova)

Hayot, umr… Har ikkisi benazir neʼmatdir. U insonga Alloh tomonidan beriladi. Lekin hayotning ham, umrning ham öziga xos va mos zalvori bor. Bu yukni oila deb atalmiş mustahkam qörğon kötaradi. Ana şu qörğonni quriş uçun, umr bekatlarida quvonçli sanalarni döstu yorlar bilan birga baham köriş maqsadida  töy-tomoşalar qilinadi.

Töy haqida söz aytganda odamzoddagi orzu-havas tuyğusini köz oldimizga keltiriş joiz. Xalqimizda “Bolani beşikka sol, sepini sandiqqa sol” degan naql bor. Bejiz aytilmagan. Çunki gödak bilan birga ota-ona könglida ne-ne  orzu-havaslar uyğonişi ham sir emas.

Ayniqsa, buvijonlar niyati doim ezgu böladi. Har nabira körganda köngli zavqqa töladi. Allohga şukr qilib, “Zora töyingni körsam” deya şirin niyat qiladilar.

Bu şirin niyatga yetganlar bor, yetmaganlar ham bor. Avvalo, uşbu niyatdan heç kim bebahra bölmasin deymiz. Har bir töy şakli-şamoyili öşa davr muhitidan kelib çiqadi. Bir paytlar ota-bobolarimiz davrida bitta sandiq, ikkita körpa va ikkita körpaça kelinga sep hisoblangan. Bu haqda onajonlarimizdan köp eşitganmiz. U paytlar kelin moli bilan emas, iymoni, odobi, iffati bilan baholangan. Lekin oilalar baxtli yaşaşgan. Ajrimlar deyarli bölmagan. Hozir-çi?

Davr özgardi. Odamlar dunyoqaraşi ham şunga monand özgarib bormoqda. Tarix taraqqiyot sari ildamlamoqda. Insonlar örtasidagi mehr-oqibat, sadoqat va xiyonat, şodlik va qayğu, havas va hasad, yana, ehhe, qança tuyğularni yelkasiga ortgan ona zamin yuguryapti, çopyapti. Vaqtning barakasi ketgan, deymiz. Şunday şoşqin davrning töylari esa aql bovar qilmaydigan darajada dabdaba, isrofgarçilik bilan ötyapti. Kelinlar endi odobi bilan emas, balki ota-onasining mansabi, davlati, unga ajratilgan xonalar qanday bezatilişi, sepiga qarab baholanyapti.

Keyingi paytda töylar yana avjiga çiqyapti. Yana öşa puldorlar, zamonamiz boylari qilişyapti buni. Ulardan qolişmaslikka harakat qilayotganlar qarzga botib bölsa ham dabdabaga urinyapti. Afsuski, köp hollarda davlat boşqaruvidagi amaldorlarning, tadbirkorlarning farzandlari töqlikka şöxlik qilişmoqda. Örtahol kambağalning bolasi esa töy qiliş uçun olgan qarzini tölaş imkoni yöqligidan janjal çiqib, ajraşib ketişayotgan hollar ham yöq emas.

Şunday ekan, töy marosimlarini ixçamlaştirib, hamma uçun bir xil şakl va tartibga soluvçi Nizom, tartib  işlab çiqilib joriy qilinsa, maqsadga muvofiq bölar edi.

Aslida, töy jamiyatni taşkil qiluvçi oila poydevoridir. Oila jamiyat içidagi jamiyat hisoblanadi. Şu maʼnoda töyga oylab tayyorgarlik köriş, intiqlik bilan kutiş jarayonida yuklatilayotgan masʼuliyatni ham unutmaslik darkor.

Töyga zavqlaniş, maroqli dam oliş, töy egalari quvonçiga şerik böliş uçun boramiz. Lekin sanʼatkorlar ham buni töğri tuşunişsa, koşki edi. Baʼzan dabdabali va quruq şovqinli töydan keksalarning boşi oğrib, qon bosimi kötarilib qaytiş holati yuz bermoqda. Oçiğini aytadigan bölsak, heç bölmasa, töyda jonli ijro qilişsa, maqsadga muvofiq bölardi. Fonogrammani qöyib davrani aldab, göyo xoniş qilişadi. Ovoz kuçaytirgiçning gumburlaşidan qöşiq sözini anglab bölmaydi, faqat şovqin eşitiladi. Yoşlar uçun buning ahamiyati yöqdir, lekin töyda örta yoşlilar va keksalar ham böladi. Şu bois dasturga maqom qöşiqlarni ham kiritiş zarur. Şu yöl bilan yoşlarda sanʼatning toji bölmiş maqomga mehr uyğonsa, köngildagidek böladi.

Töy — bu yigit va qizning orzusi uşalgan kun,

Qadamlari ostiga poyandoz töşalgan kun.

Baxt tilaydi ularga dil-dildan yoru döstlar,

Ezgu niyatin aytib, qalbini böşatgan kun.

Afsuski, özini körsatib, maqtançoqlik bilan töy qilayotgan öşa odamning uyida bir dona kitob topilmaydi. Ularning ayrimlari farzandlari kamolini öylaşmaydi. Ilmli, bilimli qilib, yurt koriga yaraşiqli bölişini orzulaşmaydi. Hunar egallab, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilişini, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanişini öylaşmaydi. Köproq töyni dabdabali ötkazib, maqtanişni bilişadi. Ularning nazarida töy hayotdagi asosiy udum. Bilʼaks, ajrimlarning köpi şularga daxldor.

Keyingi paytlarda isrofga yöl qöyiladigan boşqaça töyni ham öylab topişdi odamlar. Haj va Umra ziyoratidan qaytgaç, oş berib, ziyofat qiliş urfga kirdi. Lekin diniy kitoblarda bu haqda heç qanday maʼlumot yöq. Din ulamolari ham buni inkor etişadi. Yuqori tabaqadagi kişilar (bu sözni aytişdan çöçimayman) yiğilganlarning har biriga sovğa-salom ulaşişini aytmaysizmi? Xullas, nazarimda, döppini boşdan olib, öylab köradigan davr keldi.

Kamxarj, ixçam töylar bizga yaraşadi. Oşib-toşib ketayotganlar esa muhtojlarga yordam berib, saxovatpeşalik qilsalar, el orasida mehr-oqibat kuçayar edi.

Töy orqali oila bunyod etiladi. Prezidentimizning “Oila — mehr va baxt qörğoni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho neʼmat bor, insoniy qadr-qimmat va maʼnaviyat bor. Oilaviy baxt bu — eng uluğ saodatdir”, degan sözlari har qanday qalbni junbişga keltiradi. Oilaning boşlanğiç qadami — töy. Şunday ekan, uni har tomonlama maromiga keltirişimiz, mazmunan boyitib, esda qoladigan ixçam yöllarini topişimiz lozim. Şunday ötkazişimiz kerakki, kelin-kuyovning köngli bir-biriga çambarças boğlansin, toki ular orasiga raxna tuşişiga örin qolmasin. Bu borada mahallalar ham faollaşişi zarur. Ayniqsa, keksa otaxon-onaxonlarning mahallalarda töy haqidagi suhbatlarini bardavom uyuştiriş yaxşi natija berişiga işonaman.

Muqaddas ABDUSAMATOVA,

 Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi,

mehnat faxriysi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan