Mehribon ustoz
Özbek maʼnaviyat dunyosida köp qatori yana bir odam bor. Katta adib, katta jurnalist, taşkilotçi, köplab kitoblar muallifi, sahna asarlari egasi, tinib-tinçimas, yor-birodar, ustoz-şogirdlariga ğamxör, davlatimizning eng muhtaşam dargohlaridan tortib, köplab gazeta-jurnallarda işlagan, aksariyat rahbar bölgan, jamoatçilik faoliyati ham öta ibratli, öta samimiy, döst-yorlarga mehribon bir inson bor. Aslida bundaylar köp, lekin bu kişim alohida, öziga xos, birovga öxşamaydigan. Yoşi sakcondan oşganiga ham ança böldi. Hamon tetik, sezgir, söraşganda qöling qisirlab ketadi. Topolmadingiz-a? Töğri, bunday kişilar köp-ku, dersiz, lekin bu inson çindan ham boşqaça, öziga xos! Yana bir sirni oçaman: hamma bilan “Mehribon” deb söraşadilar, murojaat qiladilar.
Ha, endi topdingiz.
Bu inson köplab ahli ijodning dösti, akasi, ustozi — Tölqin Muhiddin (Qozoqboyev).
“Men 1940 yil 28 noyabrda Toşkent şahrining “Eski şahar” qismida tavallud topganman, – deb yozadi muallif öz xotiralarida. – Xonadonimizda buvim (dadamning onalari) Surmaxon oyim, adajonim Muhiddin ota, onajonim Lazokatxon, otamning ukalari Möminjon amakim bilan yaşardik. Otam Marğilonda 1911 yili tuğilgan ekan. Ulğayib, iş yuzasidan Toşkentga köçib kelişgan. 1939 yili 16 yoşli onajonimga uylanganlar. Öşanda onamning hujjatini 18 yoşga özgartirib, 27 yoşli otamga turmuşga çiqarişgan ekan. Öşanda otam Toşkent şahar Matbuot jamiyati raisi bölganlar. Şu orada Ikkinçi jahon uruşi boşlangan. Otam uruşga safarbar qilingan. Xayrlaşayotib onajonimga: “Men uzoği bilan 1 yilda qaytaman. Agar qaytmasam, taqdir-da, öğlim otasiz, yarim yetim ösmasin, sizning turmuşga çiqişingizga ruxsat” degan ekanlar. Şunda onajonim yiğlab, otamning yelkalariga boş qöyib: “Unday demang, qança bölsa kutaman”, – degan ekanlar.
(Töğrisi, mana şu joyga kelganda nafasim içimga tiqilib qoldi. Mana sizga özbek ayolining mardligi, vafosi!)
1943 yilgaça otamdan xat kelib turgan. Keyin “M.Kazakbayev bedarak yöqolgan” degan şum noma kelibdi. Onajonim otamni 2009 yilgaça 69 yil kutganlar. Mening kunim bitib, boqiy dunyoga ketsam, janozani otang bilan menga birga öqit derdilar… Vasiyatlarini bajo keltirdik.
Qiziq, baʼzan qiyinçilik, yetimlik körganlar tirişqoq, dadil, mustaqil bölib ulğayişadi. Hayot uçun, kelajak uçun kuraşga ertaroq çoğlanişadi. Qahramonimiz ham şunday. Sirtdan bölsa-da, ikki universitet, bir institutni tugatib, uçta diplom oladi. Jurnalistlar uyuşmasi, Yozuvçilar uyuşmasi va hatto Teatr arboblari uyuşmalariga aʼzo böldilar.
Eng qiziği, eng eʼtiborlisi va eʼtiroflisi, mening nazarimda, öndan ortiq gazeta va jurnallarga boş muharrirlik qilganlaridir. Men ham şu sohaning içida bölganim uçun buni unikal hodisa deb baralla ayta olaman. Nazarimda, bunaqasi bölmagan! Qoyil qolmasdan iloj yöq.
Endi buning orasida yana siyosiy jarayonlarda ham faol böldilar. Partiya-sovet taşkilotlarida işlaganlar, Markazqömning tuzini içganlar, mafkura sohasida yetakçilardan bölganlar. Har holda, bu maktablar ham mafkurasidan qatʼi nazar, kişini tarbiyalaydi, çiniqtiradi, bosim bilan işlaşga örgatadi, muomala madaniyatini, subordinatsiya, kezi kelsa, qatʼiy çoralar köriş, pişiq-puxtalikka örgatadi.
Yana men bilganim, ularning “Qalbi kasbiga monand döstlar davrasi” deb nomlangan döstlar oyda bir uçraşib turadigan qadrdonlar davrasi, gap-gaştagi bölardi. Bu davrani 25-30 yildan beri bilardim. Yoşlari ötib, siyraklaşib, keyingi 1-2 yilda töxtab qolibdi. “Bu yoği telefon bazm, telefon gaştak”, dedi ustoz ğalati bir xörsiniq bilan, yuragidan bir nima uzilib ketgandek bölib. “Mayli, bizning ötirişlarga sizni faxriy qilib qöşib olamiz”, dedim harna vaziyatni yumşatiş uçun. Oqsoqol bir nima böldi-yu, halqumiga bir nima tiqilganday turib qoldi. Sezilar-sezilmas közlariga yoş kelganday böldi.
…Tölqin aka bilan biz “Yoş leninçi” (hozirgi “Yoşlar ovozi”) gazetasida tanişganmiz. Öqişni bitirib, yöllanma bilan radioga işga kelgandim. Umuman radioni bilmadim, tuşunmadim. 5 yil talabalik davrim yoşlar gazetasida ötgandi-da. Buning ustiga, ovozim sal ğöldiraganroq, mikrofonga gapirib, keyin radioda eşitsam, özim ham nima deganimni tuşunmasdim. Lekin eşittirişlar matnini yaxşi yozardim. Tajribali diktorlar öqiy boşlaşdi. Hatto buyuk Qodir Mahsumov ham 1-2 radioinssenirovkalarimni öqigan. Öşanda yoş bölganmiz, hozir nega öşalarni magnit lentasiga yozib, özim uçun olib qolmaganman deb afsuslanaman. Xullas, radiodagi rahbarlarimdan bölgan tajribali ustoz Saidakbar Saidolimov bir kuni meni alohida töxtatib, şunday dedi:
— Işlaringizga eʼtiroz yöq, faqat bu yer sizning joyingiz emasligidan biroz qiynalayapsiz. Xohlasangiz, özingiz doim amaliyot ötkazgan yoşlar gazetasi rahbariyati bilan gaplaşaman, sizning joyingiz öşa yerda…
Şu yösin Tölqin akaning qöliga kelib qolgandim (lekin hali ham radioni yaxşi köraman. Juda köp döstlar orttirganman. Zör futbol jamoamiz ham bölardi).
Gazetada Tölqin aka bilan köp işlolmadik. Aka kötarilib ketdilar. Lekin köp körişardik. Bizni endi futbol birlaştirardi. Bizning “Ijodkor” komandamiz bor edi. Özim uç taşkilotçilarining biri edim. Xurşid Döstmuhammad, Alişer Madrahimov, Abror Imomxöjayev, Mirza Abdullayev (köplari esimdan çiqib ketibdi), Muhammadjon Ahmedov (rahmatli), Maşhur Maʼmur Nazarov darvozada. Hatto viloyatlarga ham çiqib futbol öynar, sanʼatkorlarni olib borib, konsertlar ham uyuştirardik. Tölqin akaning “Tong” komandasi bor edi. Unda özlari teng rahbar, ijodkorlardan iborat edi. Eng esda qolarlisi, bir gal tarixiy voqea yuz berdi: bu ikki jamoaning öyini “Paxtakor” markaziy stadionida ötgan. Orasida konsert, maşhur artistlarni çaqirganmiz. Haqiqiy bayram bölgan. Şunda Tölqin aka ğalati iş qilganlar. Bir taym “Tong”da, bir taym “Ijodkor”da öynaganlar. Bir-ikkita “aqllilar” hayron bölganda, özlari bir oğiz gap bilan hammasini tinçitib qöyganlar.
– Men özim asli “Tong”danman. Lekin ijodkorman. Şu sohada işladim, yana kelib işlayapman. Nima gapinglar bor? – dağdağa emas-u, qatʼiy ohangda gapirişni ham qotirardilar. Baʼzan şu kiçkinagina, ixçam gavdada şunça vajohat borligidan ham qörqib ketasiz, ham tan bervorasiz.
Tinib-tinçimas bu odam tinib-tinçiydigan uluğ yoşda ham tinib-tinçimaydi. (Bu qaytariq emas, bu urğu!) Bor bölsinlar!
Kitoblar, esdaliklar, xotiralar yozişlarini bilardim. Lekin aka yozgan kitoblarning qator-qator, içida hatto “yostiqdaylari”ni ham körib, qoyil qoldim. Mana, men bilganlarim “Qalbi kasbiga monand döstlar davrasi”, “Mehribonlarim”, “Nomardni ham mardga aylantirgan ustozlar” (esselar), “Öçmas bitiklar” kabi xotira, esselar, “Saodatning jasorati” deb nomlangan ulkan, 40 ta dramadan iborat kitobi, “Ikki öt orasida” qissa va hikoyalari… Oçiğini aytaman: ularning hammasini hali öqib çiqa olganim yöq. Balki şunda yana mavzuga qaytarmiz.
Söng söz örnida:
Ustoz, hormang, siz hamişa bizga örnak edingiz!
Hatto, ayniqsa, hozir!
Umringiz uzoq bölsin!
Xabarim bor, yangamiz bilan muborak haj ziyoratiga borib keldingiz. Qöşa qarib, yuzlardan oşib yuring!
Ahror AHMEDOV,
“Şarq” NMAK boş muharriri.
