Sinmagan haqiqat
yoxud uyuştirilgan ayblov asosida ozodlikdan mahrum etilgan IIB xodimining oqlanib, işga tiklangani haqida
Öşa kuni Munira turmuş örtoği, podpolkovnik Husniddin Abdullayevga bir neça marotaba qönğiroq qiladi. Javob bölavermagaç, alami kelgan Munira “endi mening ham javobimni kutsinlar”, degan maʼnoda uyali telefon apparatini öçirib qöyadi.
Mahkamada söroq qilinayotgan Abdullayevdan uydagilarini xabardor qiliş maqsadida yaqinlarining telefon raqamini söraşganida, xayoliga faqat turmuş örtoği Muniraning raqami keladi, xolos. Ammo afsuski, u bilan boğlanişning sira iloji bölmaydi…
Podpolkovnik Husniddin Abdullayev 1979 yili Andijon viloyati Asaka tumanida tuğilgan. 2001 yili IIV Yonğindan saqlaş oliy texnik maktabini tamomlagan. Mazkur taʼlim muassasasida turli lavozimlarda işlab, 2007 yili Toşkent şahar Şayxontohur tumani IIB HOOB MTP profilaktika inspektori vazifasida faoliyatini davom ettirgan.
Hayot yöli bir tekis emas ekan. Öşanda 2013 yil 11 sentyabr kuni edi. Husniddin Abdullayevning har doimgidek xizmat vazifasini bajariş jarayoni. Hujjatlarni tuman IIBga olib ketayotgan payti hududda yuradigan taniş yigitlardan biri şoşib kelib: “Aka, disk sotadigan dökon oçmoqçi edim, maslahatingiz kerak”, deb gapga tutadi. Inspektor şoşib turgan bölsa-da, buning uçun kerakli hujjatlar rasmiylaştiriş lozimligini, turli xildagi pornografik va diniy ekstremistik xususiyatga ega disklar sotuvi mumkin emasligini tuşuntirib, maşinasiga ötiradi. Yigit köça boşidagi dökongaça uning maşinasida birga çiqib olişni iltimos qiladi.
Manzilga yetgaç, tuşib ketarkan, inspektorga sovğa berib yuborişganini aytib, qölidagi selofan paketga öralgan pullarni tutqazadi. “Bu nima qilganing? Ol buni!” deb paketni yigitga qarata irğitadi. Yigit “Bu sizga”, deb turgan mahal sakkiz nafardan ziyod xizmat xodimlari maşinani örab olişadi va Abdullayevning qölini orqaga qayirib, Toşkent şahar prokuraturasiga olib ketişadi…
Munira işidan hayallayotgan turmuş örtoğidan avvaliga xavotir olmaydi, çunki xizmat vazifasi ölaroq, bunday holatlar bölib turardi. Şu bois ham uyali telefon apparatini yoqiş, undan xabar kutiş xayoliga ham kelmaydi. Keyinçalik vaziyatni bilganda esa özini özi iç-içidan koyidi.
— Otamning közida yoşni öşanda körganman, — deb eslaydi H.Abdullayev. — “Otajon, mehribonim, yiğlamang, mening aybim yöq… Bir kuni adolat qaror topadi, ammo buning uçun vaqt kerak. Iltimos, menga işoning!” deyolganman, xolos. Otam közlaridagi yoşni römolçasi bilan artarkan: “Oilangdan, farzandlaringdan xavotir olma. Soğliğingga qara”, dedi-da, çiqib ketdi.
Husniddin Abdullayevning oilada akasi, ukasi va birgina singlisi bor edi. Aka-ukalari ham ofitserlar, singlisining turmuş örtoği ham şu soha xodimi. Uning boşiga kelgan qora bulutlar aka-ukalarining emas, negadir kuyovining faoliyatiga soya solgandek böladi. Ariza va körsatmalarga asoslangan jinoyat işi hujjatlariga köra, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Şayxontohur tuman sudining hukmi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Jazo muddatining maʼlum bir qismini ötaganidan söng, ozodlikka çiqariladi.
— Ozodlikka çiqiş — çinakam quvonç, çeksiz baxt bölsa-da, ammo köp yillardan buyon yelkamni bosib turgan oğir yukdan xalos böliş dardi qiynardi. Negaki, baribir köpçilikning nazarida yuzim qora bölgan, munosabatlar ham şunga yaraşa edi, — deydi Husniddin Abdullayev.
Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudining kassatsiya instansiyasida sud jarayoni qaytadan körib çiqilib, sud hukmiga köra, uning harakatlarida jinoyat tarkibi bölmaganligi sababli töliq oqlanadi.
Şu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga çiqmay kelgan haqiqat tantana qildi. 2023 yilning noyabr oyida Içki işlar vazirining buyruği bilan xizmatga tiklangan Husniddin Abdullayev Çilonzor tumani böyiça IIOFMB 3-sonli içki işlar bölimi huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi profilaktika katta inspektori lavozimida iş faoliyatini davom ettiradigan böldi.
— Xizmat formamni yana kiyarkanman, rosti, könglim allaneçuk bölib, yiğlab olganimni ham yaşirmayman, — dedi lavhamiz qahramoni. — Yangi Özbekistonda Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi taʼminlanib, inson huquq va erkinliklari işonçli himoya qilinişiga işonardim. Xudoga şukr, oilam, yaqinlarim, kasbdoşlarim, mahalla-köy oldida yuzim yoruğ böldi.
Podpolkovnik Husniddin Abdullayev bugungi kunda Çilonzor tumani IIOFMB 2-sonli IIB boşliği lavozimida işlab kelmoqda. Unga iş joyiga yaqin bölgan hududdan barça qulayliklarga ega bölgan xizmat uyi berilgan. Turmuş örtoği Munira şu hududdagi 179-sonli maktabda ingliz tilidan dars berib kelmoqda. Ular Gulhayo, Azizbek, Lazizbek ismli farzandlarini Vatan xizmatiga kamarbasta insonlar etib tarbiyalaşmoqda.
Darhaqiqat, ayrim insonlar haqiqatni yaşirişga, uning yölini burişga urinadi. Baʼzan u çalkaşliklar içida közdan yöqolgandek böladi. Lekin haqiqatning umri uzun. U bir paytlar egilişi mumkin, ammo heç qaçon sinmaydi, vaqt ötgaç, baribir öz ovozini topib, yuzaga çiqadi. Xuddi lavhamiz qahramoni, podpolkovnik Husniddin Abdullayev qismati kabi. Uning qadamlari şubhalar soyasi ostida bosilgan bölsa-da, qalbidagi haqiqat uni yiqitmadi. Vaqt ötdi, sinovlar ötdi, ammo baribir haqiqat öz yölini topdi, öz sözini aytdi va qahramonimiz taqdirida adolat nurini körsatdi…
Sözimiz söngida yana şuni aytiş örinliki, bunday adolat tantanalari Prezident Şavkat Mirziyoyev iqtidorga kelganidan keyin röyobga çiqdi. Bu mamlakatimizda oçiqlik va şaffoflik siyosatining natijasidan albatta.
Adolat FAYZIYEVA,
IIV Birlaşgan tahririyati
muxbiri.
