Qirq bir atamaning muqobiliga şarh
Bugun milliy armiyamiz hayotida muhim va ayni paytda tarixiy ahamiyatga ega bölgan til islohotlari amalga oşirilmoqda. Uzoq yillar davomida harbiy sohada işlatilib kelingan köplab atamalar xorijiy, asosan, rus tili orqali kirib kelgan sözlar edi. Endi esa ularni özbek tilining tarixiy ildizlari va leksik imkoniyatlariga tayangan holda almaştiriş taklif etilmoqda. Taklif etilayotgan mudofaa sohasidagi 41 ta atamaning özbekça muqobillari esa heç birimizni befarq qoldirmasligi zarur.
Jumladan, armiyamizda keng qöllaniladigan “akselbant” sözini “zarhal boğ(iç)” atamasi bilan ifodalaş taklif qilinmoqda. Bu harbiy libosga taqiladigan, oltinrang iplardan töqilgan bezak. “Zarhal” sözi uning oltinsimon körinişiga, “boğ(iç)” esa yelkadan osilib turadigan şakliga töla mos keladi.
Şuningdek, harbiy inşootlarda uçraydigan “ambrazura” atamasini “şinak” sözi bilan almaştiriş taklif etilmoqda. Şinak — qadimdan turkiy xalqlarda qörğon, qalʼa yoki devorlarda duşmanni kuzatiş va öq uziş uçun möljallangan maxsus tuynukni anglatadi. Öylaymanki, bu atama ham tarixiy, ham maʼnaviy jihatdan juda mos.
“Ataka” sözi örniga “hamla”ni işlatiş ham töğri tanlov. Çunki hamla özbek tilida olğa taşlaniş, hujum maʼnolarida azaldan işlatilib kelinadi. Harbiy musiqa asbobi “baraban”ning “noğora” şakli ham bizga begona emas. Bu söz dostonu ertaklarimizda, ibora va naqllarimizda ham öz maʼnosini topgan. “Töydan oldin noğora çalma” – ayni fikrimizning isboti.
Front hududida himoyalaniş uçun quriladigan “blindaj” atamasi ham “panajoy” sözi bilan ifodalanmoqda. Uşbu söz ham öz maʼnosini töla oçib bera oladi. Şuningdek, harbiy amaliyotlarda tez-tez uçraydigan “blokada” sözini “qamal” atamasi bilan almaştiriş masalasi ham körilmoqda. Qamal – duşman hududini qurşab oliş, uni taşqi yordamdan uziş maʼnosini beradi. Tilimizda bu sözning “muhosara” şakli ham mavjud.
Nazorat punktlariga nisbatan işlatiladigan “blokpost” atamasi uçun “tösiqpost” sözi taklif etilmoqda. Bu atama ham tuzilişi, ham mazmuni jihatidan özini oqlaydi.
Şuningdek, taklif etilayotgan “bronejilet” örniga “zirhnimça”, “veщmeşok” örniga “yukxalta” sözlari ham qadimiy tilimizda faol qöllanilgan.
Intizomiy jazo ötaş joyi “gauptvaxta”ni “tutuqxona” tarzida ifodalaş taklif etilmoqda. Harbiy qismlarda vaqtinçalik hibsda saqlanadigan xizmatçilar uçun möljallangan uşbu joy tutuqxona sözi mohiyatiga töla mos keladi.
Boş kiyimlarga qadaladigan “kokarda” atamasi örniga “jiğa” sözini qöllaş ayni muddao bölardi. Çunki turkiy tilimizda jiğa boş kiyimlarni bezaşda işlatilgan ziynat, belgili buyumdir.
Oçiği, turkiylar azaldan jangçi xalq bölgani uçun tilimizda armiyaga oid köplab sözlarni bemalol topa olamiz. Masalan, berilayotgan taklifga köra “Lager”ni “jamloq”, “okop”ni “xandaq” sözlari bilan bemalol almaştirsak böladi. Ayniqsa, xandaq atamasi xalq tilida yaqin-yaqingaça amalda bölgan.
Armiyamizga rusçadan kirib kelganga öxşaydigan “payok” sözining asosida turkiyça “pay” özagi yotadi. -k esa ot yasovçi qöşimça. Uning örniga “ozuqa”, “kunlik yegulik” sözlari taklif etilmoqda.
Harbiylar olib yuradigan kiçik sumka — “planşet” örniga “yonçiq”, xavfdan ogohlantiruvçi signal – “trevoga” örniga “bong” sözimiz ham bor.
Şuningdek, “fortifikatsiya” atamasi “istehkom”, “furajka” esa ixçam boş kiyim sifatida “börk” sözi bilan ifodalanişi aytilmoqda.
Harbiy liboslardagi “şevron” “uqa” bilan, “emblema” esa tanituvçi maʼnosini beruvçi “tanuq” bilan, qurolning öq çiqadigan qismi bölgan “stvol” atamasini “öqquvar” sözi bilan ifodalaş taklif qilinmoqda.
Körib turganimizdek, bu takliflar tilşunoslar tomonidan çuqur örganilgan, tarixiy manbalarga tayangan holda muhokamaga qöyilmoqda.
Şaxsan men til mustaqilligini xalq uçun öta muhim zarurat deb qabul qilaman. Armiyamizda milliy tilning mustahkam örin egallaşi esa istiqlolimizning yana bir muhim belgisidir.
Şohsanam Niyozova,
tadqiqotçi
