Bugundan qoniqiş, ertadan — faxr

Har yilning sönggi kunlari “Yil davomida nimaga erişdim, nimaga erişolmadim?” degan savol va yangi yil rejalariga doir orzu-umidlar bilan ötadi. Inson hayoti şundayki, u qançadan–qança yutuqlarga erişmasin, ğoliblik çöqqilariga kötarilmasin, baribir, yanada salmoqli marralarni közlaydi, quloçini katta yozadi. Oldinga qarab intiliş şiddatini susaytirmaydi. Hayotning yozilmagan qonunlaridan biri şunday.

2025 yil mamlakatimiz tarixida eng yorqin, sermahsul, dunyo miqyosida faqat bugun emas, kelgusi yillarda ham rasman eʼtirof etiladigan yil bölib qoladi. Içki va taşqi siyosatda, xalqaro aloqalarda, iqtisodiyotda, odamlar turmuş tarzi, yoşlar ong-tafakkurida yuz bergan özgarişlarni yodga olişning özi bu yilni keyingi töqqiz yilning Bobo yiliga aylantiradi.

Közlagan maqsadlarimizga izçillik bilan erişmoqdamiz, dunyo jamoatçiligi köz öngida Yangi Özbekiston degan mamlakat jadallik bilan qad rostlayotir, bu mamlakatning oliy insoniy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlari, şarafli rejalari şakllanmoqda.

Millatning bugungi va ertangi qudrati uning sandiqda asrayotgan mablağida emas, ilmiy-texnikaviy tafakkuri, imon-eʼtiqodi, uluğ ajdodlar yöliga sadoqati, zamonaviy ilmlarni puxta egallayotgan yoşlarimiz qölga kiritayotgan yutuqlarda namoyon bölişi şundoqqina körinib turibdi.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatimizdagi ön mingdan ortiq maktablarga 10 million nusxa kitob yetkazib beriş közda tutilgani biz, ijodkorlar uçun ham faxrli, ham masʼuliyatlidir. Negaki, yoş kitobxonlar qöliga yetib boradigan asarlarning maʼnaviy-maʼrifiy taʼsirçanligi ğoyat katta ahamiyatga ega. Bu tabarruk işni Yozuvçilar uyuşmasi bir neça yillardan beri izçil amalga oşirib kelmoqda. Kitobxonlik borasidagi yangi vazifa — hurmatli Prezidentimizning taşabbusi bilan maʼnaviy-maʼrifiy yönalişdagi jurnallarning örta maktablar kutubxonalariga bundan buyon ham bepul yetkazib berilişi tarbiya işiga, xususan, kitobxonlik saviyasining oşişiga sözsiz xizmat qiladi. Bu esa yangi 2026 yilning muhim yutuqlaridan biri böladi, albatta.

Ahmadjon MELIBOYEV,

“Jahon adabiyoti” jurnali

boş muharriri.

 

Omonlik bölsa…

Mamlakatimizda davom etayotgan islohotlarning 2025 yilgi samarasi haqida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida batafsil söz yuritildi.

Qöşimça qiliş mumkin bölsa, aytay. Birinçisi: qonuniylikni saqlaş yölida erişilgan har bitta voqea Vatan va jamiyatimiz ravnaqi yölida xizmat qilmoqda, deb aytiş mumkin. Ikkinçisi: davlatimiz rahbarining uzoq va yaqin xorij davlatlariga önlab safarlari va ötkazgan muloqotlari nihoyatda maroqli bölmoqda. Uçinçisi: xalqaro aniq fan olimpiadalarida öğil-qizlarimizning muvaffaqiyatlaridan boşimiz osmonga yetmoqda. Umuman, har bir vatandoşimizning yutuği xalqimiz, Vatanimiz va islohotlarimiz yutuği hisoblanadi.

Ötgan yil şaxsan kaminaga ijod borasida favqulodda omadli keldi. Abdulla Qahhor haqidagi “Qahr” qissasi, Xudoyberdi Töxtaboyevning bolaligidan hikoya qiluvçi “Bolajon bobomning bolaligi” qissasi hamda Jeyms Joys hayoti va ijodiga bağişlangan “Joys” roman-essesi çop etildi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi şafeligida salmoqli “Tanlangan asarlar”im bosmadan çiqdi.

Omonlik bölsa, ijodiy rejalar katta.

Xurşid DÖSTMUHAMMAD,

yozuvçi.

Masʼud kunlar hali oldinda

Maqsud Şayxzoda bir şeʼrida zamonning tez ötişiga faylasufona nazar solib, şunday degandi:

Yillar ötar:

Duşanba,

           seşanba, çorşanba kabi…

 

Ha, zamon yugurik kelar ekan. Mana, haş-paş degunça 2025 yilni ham kuzatadigan bölib turibmiz. Xudoga şukur, 2025 yilning bahori möʼtadil, yozi xiyla issiq, kuzi esa juda serbaraka keldi. Dekabr boşlanguniça havo iliq, yoqimli bölib turdi. Dehqonlar dalada har qança hosili bölsa, bafurja yiğiştirib oldi, yopilmagan tomlar ham bemalol yopilib, qişga taxt qilindi.

Katta hayot — mamlakatimizning qöşni davlatlar, şuningdek, jahon ayvonidagi örni esa yanada barqarorlaşayotganini körib turibmiz. Ehtimol, biz bu jarayonlarning içida yaşab kelayotganimiz uçun özimizga hali unça sezilmayotgandir, ammo oradan ön, yigirma yillar ötgaç, uning kölami, zalvori yaqqolroq namoyon böladi, inşoolloh.

Biz şuğullanadigan adabiyot, madaniyat sohasida ham işlar xuddi şunday omadli böldi, nazarimda. Birgina, balki, juda “juzʼiy” misol keltiradigan bölsam, men hali Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida, hali Milliy kutubxonada, yana boşqa joylarda bölib ötayotgan önlab, yigirmalab kitob taqdimotlarida qatnaşdim, bir qança ajoyib asarlar maydonga kelayotganiga şohid böldim. Abdulla Qahhor aytganidek, özbek adabiyotining kelajakda buyuk adabiyot bölişiga işonib boryapman.

Gazetxon birodarlarimizga hisobot tariqasida aytayki, ötayotgan 2025 yilda ikki kitobim naşr etildi, önlab maqolalar çop qildirdim, uç kitobga masʼul muharrir böldim. Hozir 2026 yilda çop etilişini möljallab, naşriyotlarga ikki kitob topşirganman. Yana ikki kitob taxt bölyapti.

Bundan taşqari, “Özbekiston – Qirğiziston” döstlik jamiyati rahbari sifatida qilingan katta-kiçik işlar, Qirğizistonga mehmon bölib borib yoki Özbekistonga kelgan qirğiz döstlarimiz bilan ötkazgan yiğin-anjumanlar, bu jamiyatning “Oqbura” saytida eʼlon qilingan qirqqa yaqin ilmiy-maʼrifiy maqolalarim ikki qardoş el örtasidagi adabiy-madaniy birodarlikni yanada kuçaytirişga xizmat qiladi, deb umid qilaman.

2026 yil ham har birimizning, butun mamlakatimizning hayotida qut-barakali yil bölib kelsin, yaratgan Egam el-yurtimizga qöldan kelganiça xizmat qilişimizni, har bir halol va sofdil insonga mehnatlari röyobga çiqişini nasib etsin, deb tilayman.

Zuhriddin ISOMIDDINOV,

adabiyotşunos olim.

Bu riştalarni uzib bölmaydi

Keça tuşimga onam kiribdi. Heç kirmagan edi. Qandaydir mendan xafadek körindi. Gaplarimga ham javob bermadi. Hayron böldim. Hayotligida onam meni juda yaxşi körar edi. Yeru kökka işonmasdi. Keyin onam menga “singillaringdan xabar ol” dedilar va ketib qoldilar. Yarim tunda uyğonib ketdim. Sira özimga kelolmasdim.

Öylab qoldim:

Ötib borayotgan 2025 yilda singillarimni yöqladimmi? Ularning holidan xabar oldimmi? Şu öylar menga sira tinçlik bermasdi. 2025 yil köz öngimdan ötdi. Nimalarga ulgurdim-u, nimalar çala qoldi? Ijodda katta yutuqlarga erişgan, katta-katta tanlovlarda ğolib bölganim yoki maqolalarim bilan tilga tuşganim hammasi bir tomon-u, singlimni yöqlab bormaganim bir tomon edi.

Aytişingiz mumkin, singilni yöqlaşdan ham yuksakroq narsalar bor-ku! Yurtda qança ijobiy özgarişlar, izçil islohotlar, xalq ruhiyatidagi yangilanişlar va turmuşdagi yuksalişlar muhim emasmi? Şunça hayotbaxş yangilanişlar turganida dabdurustdan siz singilni yöqlaşni ustun qöyyapsiz, deyişingiz mumkin. Balki sizning gaplaringizda ham jon bordir, ammo yurtimizda amalga oşirilayotgan “inson qadri uçun” tamoyili diyorimizda yaşayotgan har bir inson qadrini kötariş, imkoniyatlarini yuzaga çiqarişga kömaklaşiş, hayot darajasini yuksaltirişni taqozo etadi.

Demak, gap qadr haqida ketar ekan, bu işni eng avvalo öz singlingizni, opangizni, aka-ukangizni yöqlaşdan boşlaş kerak, aslida. Hadisi şariflarda buğdoyni payhon qiliş katta gunoh, lekin singilni yöqlaş uçun yölni yaqin qiliş maqsadida buğdoyzorni payhon qilgan aka keçirilar ekan. Özi, aslida, mamlakatdagi barqarorlik, tinçlik, totuvlik, millatlararo inoqlik qadrdonlar örtasidagi riştalarning mustahkamligi bilan çambarças boğliq.

Biz barpo qilayotgan Yangi Özbekistonni bir oila deb bilsak, içki ruhiyat va içki tafakkurning yuksakligi, qadrdonlarni qadrlaşdan boşlanadi. Öz aka-ukasi yoki opa-singlisining, ota-onasining qadriga yetgan odam boşqalarni ham eʼzozlaydi. Ana şunday gözal tuyğuning yurakda niş urişi esa singilni yöqlaşdan, uni himoya qiliş va muvaffaqiyatlaridan quvonişdan boşlanadi.

2026 yil mamlakatimizda Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili deb eʼlon qilingani zamirida qadrdonlikni, aholi örtasidagi qadrdonlik riştalarini mahkam boğlaş, mahallada yaşayotgan har bir odamning orzu-intilişlarini röyobga çiqariş, mahallalarni obod va gözal körinişga keltirişdek maqsadlar mujassam desak, sira mubolağa qilmagan bölamiz. Yana bir gap: Davlatimiz rahbari ham qadrdonlikni, xalqlar örtasidagi hamjihatlikni juda qadrlaydi. Buning isboti sifatida ilgari bir-biri bilan boriş-keliş imkoniyati çeklangan Markaziy Osiyo davlatlari xalqlari örtasidagi döstlikni taʼminlaş uçun ulkan saʼy-harakatlar amalga oşirildi. Bugun butun Markaziy Osiyo xalqlari qöllarini duoga oçib, Prezident Şavkat Mirziyoyevni alqaşmoqda, uzoq umr tilaşmoqda. Bilsangiz, ilgari bir ariqning narigi tomoni Tojikiston, bu tomoni Özbekiston bölib, aka singilni, uka opasini yoki qavm-qarindoşlar yaxşi va taşvişli kunlarida bir-birini yöqlay olişmasdi.

2026 yilda ham xalq ruhiyatida, tafakkurida zohir bölgan gözal fazilatlar — bir-birini qadrlaş, inson insonga döst degan tamoyil bardavom bölişini tilab qolaman. Şu lahzalarda singlimga qönğiroq qildim.

— Akajon, sizmisiz? Qançalik soğingan edim sizni! Kelyapsizmi? Kuyovingizga aytay, tayyorgarlik köray, jiyanlaringiz qançalik quvonadi! Akajon, men sizni yaxşi köraman…

Faxriddin BOZOROV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan