Özbekiston — tinçlik tomonda!
Bugun Özbekistonning xalqaro maydondagi tinçliksevar siyosati, tinçlikparvarlik yölidagi strategik maqsadlari özining yangi bosqiçiga kötarildi. Jahon ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatayotganlarimiz — yer yuzining turli mintaqalarida yuz berayotgan vayronagarçiliklar, inson qadr- qimmatining toptalişi, bundan, ayniqsa, ayollarning, bolalarning, norasida gödaklarning jabr körayotgani qalblarimizni dahşatga soladi.
Yillar ötib, vayronalarning örnida hali yangi binolar, yangi imoratlar, balki, yana qad rostlar, böy körsatar. Lekin zavol bölgan umrlar, taqdirlarning, begunoh insonlarning hayotini heç narsa bilan qaytarib bölmaydi. Bugungi global dunyo va unda inson ongi uçun, tafakkuri uçun bölayotgan kuraşlar, turli maʼnaviy tahdidlar, geosiyosiy maydondagi manfaatlar töqnaşuvi bizni tom maʼnoda ogohlikka, huşyorlikka daʼvat qiladi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining kengaytirilgan yiğilişida şunday degan edi: “Özi kim tomondasan” degan kuçli sörovlar böladi. Men ularga qarab, men Özbekiston tomondaman, xalqim tomondaman deb aytaman”. Bu gaplar bugun dunyo siyosiy jihatdan yangiça tus olayotgan pallada Özbekiston Respublikasi Prezidentining qatʼiy siyosiy prinsipi, tamoyili ölaroq namoyon bölmoqda. AQŞ Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Davlatimiz rahbari Davosda Xalqaro Tinçlik kengaşining Nizomini imzolaş marosimida iştirok etgani, Tinçlik kengaşiga rasman aʼzo bölgani dunyo hamjamiyatining tinçlik siyosatida Özbekistonning ham öz ovozi, öz sözi, öz imzosi borligidan yorqin nişonadir. Ha, ötgan haftada davlatimiz özining kuçli siyosiy irodasini namoyon etdi! Buyuk ajdodlarimizning erk uçun, Vatan uçun, mustaqillik uçun keçgan kuraşlardagi şonli xitoblari avj pardada yangradi! Öşa kun xalqimizning tarix kitobida jasorat va matonat sahifasi bölib manguga muhrlandi!
Tinçlik kengaşiga Özbekistonning aʼzo bölişi bugun Özbekiston – AQŞ munosabatlaridagi taʼlim, tibbiyot, iqtisod sohasidagi hamkorlikdan közlangan maqsadlarni amalga oşirişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu hamkorlik aloqalari keyingi paytlarda yangi bosqiçga kötarilgani, har ikki mamlakat Prezidentlari ötgan yili bir neça bor uçraşib, juda katta investitsiyaviy loyihalarni közlagani xalqimizning turmuş farovonligini oşirişda yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Ammo bu yirik sarmoyaviy dasturlarni amalga oşiriş uçun, albatta, eng avvalo tinçlik kerak!
Biz öttiz sakkiz millionlik buyuk xalqning tinçligi uçun imzo çekkan Prezidentimizning yonida turib, biz ham, özbek ziyolilari, özbek onalari, özbek xalqi bölib tinçlik uçun, davlatimizning suverenitetini, mustaqilligini asraş uçun daxldor ekanimizni yurakdan his qilamiz. Va bu daxldorlik tuyğusini yoş avlodning qalbida ham kamol toptirişga özimizni masʼul deb bilamiz. Tinçlik eng oliy baxt, eng oliy saodat ekanligi va uni asramoq yuksak burç ekanligi haqida bong urib, buni öz sözimiz, asarlarimiz bilan yetkaziş yelkamizdagi ulkan vazifadir.
Şunça qirğin, qiron yetar, bas,
Sanoği yöq qurbon yetar, bas,
Nola, afğon, armon yetar, bas,
Tinçlik uçun imzo çekamiz!
Murğak joni sarson bolalar,
Aziz joni arzon bolalar,
Giryon, nolon, hayron bolalar…
Tinçlik uçun imzo çekamiz!
Közyoşlari ummon onalar,
Hasratlari osmon onalar,
Fiğon, isyon, xazon onalar…
Tinçlik uçun imzo çekamiz!
Yiğlab uçar yarador quşlar,
Yerni quçar yarador quşlar,
Motamsaro, azador quşlar…
Tinçlik uçun imzo çekamiz!
Ğaflat içra fursat ötmasdan,
Jaholatga rağbat yetmasdan,
Yeru osmon yonib ketmasdan,
Tinçlik uçun imzo çekamiz!
Safsatasi siylov öziga,
Dangal aytib şartta yuziga,
Imzo çekar özbek söziga:
Tinçlik uçun imzo çekamiz!
Jasoratu buyuk ahd ila,
Bobomeros şiddat, şaxt ila,
Özbekiston bölib jahd ila,
Tinçlik uçun imzo çekamiz!
Özbekiston tinçlik tomonda!
Tinçlik uçun imzo çekamiz!
Sayyora SAMANDAR,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi,
“Şuhrat” medali sohibasi.
