Xöqandi latif hunarmandlari
Qöqon qadim-qadimdan “Xöqandi latif” (“latif şahar”) deya taʼriflangan, nomi yetti iqlimga yetgan, öziga xos, gözal, betakror va beqiyos şahar. Bu qutluğ zaminda ne-ne uluğ zotlar, ilmu hunar egalari, olimu ulamolar, fozilu fuzalolar, şoiru yozuvçilar va ne-ne hunarmand ustalar-u, ne-ne kulollar yaşab ötmagan deysiz! Aslida, mamlakatimizning har bir göşasi va har qariç yeri aziz, muqaddas. Zero, aziz yerlarda aziz odamlar yaşaydilar…
Qöqon tarixini beş qölday yaxşi biladigan taniqli tarixçi olim, Qöqon davlat muzey-qöriqxonasi ilmiy xodimi Yahyoxon aka Dadaboyev (Muhammad Yahyoxon Xöqandiy) ning taʼkidlaşiça, qadimgi zamonlardan to XX asr boşlarigaça Qöqonda gançkorlik, zargarlik, misgarlik, qoğozgarlik, könçilik, mahsidözlik, döppidözlik, aravasozlik kabi 700 dan ziyod kasb-hunar turlari mavjud bölgan. Ana şu kasb-hunarlar içida yoğoç öymakorligi alohida örin egallagan.
— Yoğoç öymakorligi badiiy hunarmandçilik sanʼatining eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi, — deydi Yahyoxon aka Dadaboyev. — Bunda avval yoğoçga naqş çiziqlari çiziladi, keyin ana şu çiziqlar böylab işga kirişiladi: maxsus asbob-uskunalar yordamida naqş-bezak beriladi. Hosil bölgan börtma şakllar handasaviy (geometrik) yoxud islimiy (ösimliksimon) naqş-tasvirlar deyiladi.
Yoğoç öymakorligi hunarmand-ustadan köp va xöp qöl mehnati, nozik did, aniqlik va yuksak mahorat talab qiladigan iş. Har bir bezak, naqş-nigor özaro uyğun va hamohang tarzda bölişi kerak, albatta. Qöqonlik maşhur usta Qodirjon Haydarov (1899-1983)ning nevarasi Mirzayunus Umarov aytadiki, badiiy hunarmandçilikda, xususan, yoğoç öymakorligida girih, islimiy, pargari, madohil kabi xilma-xil naqş körinişlari mavjud.
— Girih forsça söz bölib, muammo, tugun, çigal maʼnolarini anglatadi, — deydi biz bilan suhbatda Mirzayunus Umarov. — Madohil arab tilida ostona, eşik, kiriş-çiqiş joyi degan söz. Pargari esa sirkulning şarqça nomi.
Maʼlumotlarga köra, Qodirjon Haydarov yoğoç öymakorligi böyiça nafaqat Qöqonda, balki mamlakatimizda ulkan maktab yaratgan, özidan boy moddiy-maʼnaviy meros qoldirgan, yuzlab va ming-minglab şogirdlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ustoz sifatida köpçilikka maʼlum va maşhur. Bu haqda yanada köproq va töliqroq maʼlumot olişni istasangiz, Muhammad Yahyoxon Xöqandiyning 2021 yilda Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan naşr etilgan “Xöqandi latif hunarmandçiligi” asariga murojaat qilişingiz mumkin. Uşbu asarda taʼkidlanişiça, “Haydarovlarning bobokalonlari asli şahrisabzlik bölib, ularning barçasi ustazoda hisoblanadilar. Bobolari Usta Nurmuhammad yetuk duradgor va öymakor usta bölgan. U kişi öz hunarini öğillari Najmiddinga örgatgan. Zör usta bölib yetişgan Najmiddinning dovruği butun Örta Osiyo böylab tarqaladi. 1865 yilda Xöqand hukmdori Sayyid Muhammad Xudoyorxon şaharning Afğonboğ mavzesida yozlik saroy qurdiradi. Yoğoç işlarini bajariş uçun Şahrisabzdan usta Najmiddinni taklif qiladi. Usta Najmiddin öğli Haydarali bilan birga saroy qurilişidagi barça turdagi yoğoç işlarini bajaradi…”
Usta Qodirjon Haydarov Toşkentdagi Özbekiston xalqlari tarixi muzeyi, Toşkent sirki binosi va Özbekiston Badiiy Akademiyasi körgazmalar zali eşiklarini yaratiş orqali yoğoç öymakorligining yuksak namunalarini yaratgan usta sifatida katta şuhrat qozondi. Şuningdek, Qöqon yoğoç öymakorligi sanʼati maktabini yaratiş, milliy anʼanalarni saqlab qoliş va uni rivojlantirişda Qodirjon ota Haydarovning xizmatlari beqiyos.
Qodirjon Haydarovning badiiy hunarmandçilik, xususan, yoğoç öymakorligi sohasidagi köp yillik halol va fidokorona xizmatlari munosib taqdirlandi. 1963 yilda Özbekiston xalq rassomi unvoni berildi: 1970 yilda Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati böldi. Vafotidan söng (1983 yil 15 dekabr) uylari muzeyga aylantirildi: Özbekiston Badiiy akademiyasi Qöqon tasviriy va amaliy sanʼat bilim yurti (kolleji) ga Qodirjon Haydarov nomi berildi.
Eng muhimi, çin maʼnoda aytganda ham, ramziy maʼnoda aytganda ham, bugungi kunda Xöqandi latifda maşhur usta Qodirjon Haydarov yoqqan çiroqlar yölçi yulduz kabi yoruğ nur soçib, porlab turibdi. Ustoz-şogird anʼanalari davom etmoqda. Ustaning nabiralari Mirzausmon, Mirzayunus, Hasanjon Umarovlar hamda ularning farzandlari Şamsiddin, Jahongir, Otabek, Jamşid, Abdulhakim, Abdurahmon, Abdulaziz va Şahobiddinlar, sodiq şogirdlari Salimjon Ergaşev, Abduğani Abdullayev, Mansur Jalolov, Nabijon Xuşnazarov, Burhon Abdullayev, Odil Jalolov, Rafiq Mahmudov, Ibrohim Sodiqov, Islom Karimov, Murod Abdullayev va boşqalar davom ettirib kelmoqdalar. Mirzausmon, Mirzayunus va Hasanjon Umarovlar Qodirjon Haydarov maktabi içra öz maktablarini yaratişga muvaffaq böldilar.
— Söngsöz örnida aytiş joizki, bugungi kunda yer yuzida rasman “Hunarmandlar şahri” maqomini olgan 27 ta şahar bor. Şulardan biri, şubhasiz, Xöqandi latif hisoblanadi. Qöqonliklar özlarining gözal, latif va betakror şahri muazzamlari bilan, mehnatkaş, mehmondöst, xuşfeʼl, mard va oliyjanob odamlari bilan haqli ravişda faxrlanadilar. Tadbirkorlik, işbilarmonlik, xususan, hunarmandçilik qöqonliklarning qon-qoniga singib ketgan, desak, aslo mubolağa bölmas. Bu borada amalga oşirilayotgan işlar kölami tobora kengayib, yuksalib bormoqda. Ustoz-şogird anʼanalari davom etmoqda. Zero, bu yoruğ dunyoda ilm-fan, ilmu hunar bor ekan, ustoz-şogird anʼanalari abadulabad davom etaveradi. Axir ilmu hunar — gavhar ila zar, degan gap…
Olimjon DUŞAYEV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
