Tergovçining har lahzasi sarguzaşt
yoxud haqiqatning közlariga tik boqib…
Tergovçining iş jarayonidagi har bir qarori ortida özining hayot-mamoti bilan birga oilasining osoyiştaligi, tizimdagi iş maromi, qöying-çi, butun bir jamiyatning adolatga işonçi va işonçsizlik ehtimoli turadi. Şu bois bu soha faqat bilim va tajribani emas, çuqur mulohaza, xolislik, fidoyilik, yuksak vijdon va alohida qobiliyatni talab qiladi.
Namangan viloyati Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi boşliği, kapitan Rahmatullo Abdurahmonov faoliyati bilan tanişuv jarayonida şularni angladim. Va yana tuşunib yetdimki, aynan şu kasb öz egasini tanlar ekan.
2013-2014 yillarda Rahmatullo harbiy xizmatda bölib, özini IIV Akademiyasida tahsil olişga tayyorlagandi. El-yurt osoyiştaligi uçun butun borliğini safarbar etiş, hamişa huşyor va jismonan şay turiş unga odat böldi. Harbiylar va içki işlar xodimlarining murakkab faoliyat yöli haqida öqiganlarini hayot bilan soliştirdi.
2018 yilda leytenant unvoni bilan iş boşlagan yigitning nigohlarida bir maqsad bor edi: “Haqiqat, adolat yölida xizmat qiliş”.
Uyçidagi suriştiruv jarayonlari, Uçqörğondagi jinoyatlarni oçiş bilan boğliq murakkab vaziyatlar va viloyat boşqarmasining qatʼiy talablari Rahmatulloning irodasini tobladi. Kasbga sadoqat, adolatga işonç, haqiqatga ixlos bilan tik qaraş va yurtga muhabbat uni har qadamda rivojlantirdi.
Mana, endilikda Mingbuloq tumani Içki işlar bölimining tergov bölinmasiga rahbarlik qilayotgan R.Abdurahmonov faqat topşiriq bajaruvçi emas, qonun bilan kafolatlangan huquq va burçlari doirasida öz bilim va tajribasiga suyangan holda mustaqil iş yuritmoqda.
U har bir murojaatni diqqat-eʼtibor bilan eşitib, har qanday mazmundagi masalani şaxsiy dardiday qabul qiladi.
Tergovçi sifatida jinoyat işini faqat örganmaydi, çuqur tahlil qiladi, sidqidildan tuyğulari bilan his qiladi, voqea içida yaşaydi, insonga xos murakkabliklarni nazardan qoçirmagan holda yuragidan ötkazadi.
Yodida, oddiy çorva öğriligi körinişidagi iş. Gumonlanuvçi qölga olingan, aybiga töliq iqror, hujjatlar ham badastir.
Ammo kapitan Rahmatullo Abdurahmonov könglidagi şubha arimayapti. Avvaliga öz-özini tahlil qildi. Har holda, bu içki sezgi tarzidagi şunçaki badgumonlik emasmi?
Qayta tergovga kirişdi.
Tergovçi bu safar öğrilik harakatining har bir vaziyatini qadam-baqadam nazardan ötkaziş bilan rosmana yaşab ötdi. Telefon sözlaşuvlarini örganib, har bir aloqa mazmunini sinçkovlik bilan tekşirdi. Şu tariqa tahlil orqali bölib ötgan jinoyatda “uçinçi şaxs” — X.Z.ning iştiroki aniqlandi.
Agar iş faqat töplangan hujjatlarga tayanib yakunlanganida, asosiy aybdor ozodlikda bölar va yana jinoyat urçişi mumkin edi. Rahmatulloning bilimi va professionallik tajribasi tufayli jinoyat yorqin oçildi.
— Tergovda işga heç qaçon bir taraflama yondaşib bölmaydi, – dedi u. — Şaxslar, detallar nazardan qoçirilmasligi kerak. Agar tergovçi xolislik tarozisini töğri uşlamasa, tamom. Bu noxolislik yanada katta va fojiali jinoyatlarga sabab bölişi mumkin.
Bugun Rahmatullo Abdurahmonov boşçiligidagi çekka bir tumandagi IIB tergov bölinmasi xodimlari uçun “fuqaro murojaati” kundalik vazifalarni bajarişgina emas, heç bir inson huquqining poymol bölmasligini taʼminlaş. Xalq vakillarining adolatga bölgan işonçini yanada mustahkamlaş va şu tariqa hayotidan roziligini kafolatlaş.
Agar tergovçining vijdoni toza bölsa, uning har bir harakati, har bir işi haqiqat va adolatning eng töğri yölini belgilaydi. Bu fikr Rahmatullo Abdurahmonovning amaliy faoliyatiga ham töla mos keladi.
Qahramonimizning bizga ortiq vaqt ajratolmasligining sabablarini qisqa muloqot jarayonidayoq tuşungandek böldik. U hamkasblari bilan qandaydir reja böyiça “köz suhbatini” ham ötkazgandek böldi.
Balki, yana bir mudhiş jinoyatning ildizini oçiş va qonun tarozisiga soliş jarayoniga kirişayotgandir. Har holda, uning oldidan könglim tölib çiqdim. El-yurt osoyiştaligi yölidagi jonbozlik, huşyorlik va yana tergovçilarga xos fidoyilikni özimda ham his qilayotgan edim.
Mingbuloq tuman IIBdan qaytarkanman, tegişli tartibdagi murojaat bilan qahramonimning maʼlumotnomasiga köz taşladim. Eʼtiborimni tortgan va yodimda qolganlari şu: Namangan viloyati Mingbuloq tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi boşliği kapitan Abdurahmonov Rahmatullo Abdullajon öğli oilada tört qizdan keyingi yolğiz öğil. Oilali, ikki nafar farzandi bor. Xizmat faoliyati davomida 11 marotaba rağbatlantirilgan…
Navbatdagi tergov işini yakunlagaç, Rahmatullo Abdurahmonov bilan yana körişişni, u bilan işlayotgan ahil jamoaning muvaffaqiyatlari haqida kengroq va batafsilroq yozişni niyat qildim.
Jahongir TÖXTASINOV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
