Bekobodlik fan arbobi
Bekobodning olis Quşçi qişloğida tuğilib voyaga yetgan Mirzabek Döstmurodov özining butun hayotini tibbiyotga, odamlarga yaxşilik va ezgulik ulaşişga baxşida aylagan elparvar inson edi, desak, ayni haqiqatdir. Bolaligidan har bir işga sinçkovlik va diqqat bilan qaraydigan bölajak şifokor öqib-örganişga iştiyoqi baland, zehnli inson bölib kamolga yetdi. Uning yuragida bir umr umid gullari barq urib turdi.
Mirzabek aka 1955 yilda Duşanbe şahridagi tibbiyot institutini tamomlagaç, uning butun hayoti tibbiyot sohasi bilan çambarças boğlandi. Izlanişga moyil yoş mutaxassis öşa yilning özida Moskvadagi akademik Burdenko nomidagi neyroxirurgiya ilmiy-tadqiqot institutining aspiranturasiga öqişga kirdi. Moskvada Boris Yegorov, Andrey Arend, Grigoriy Kornyanskiy singari akademik va professorlar qölida jarrohlik sirlarini mukammal örgandi. 1959 yilda neyroxirurgiya sohasida tibbiyot fanlari nomzodi unvonini oldi. Öşa yili Duşanbe şahriga qaytib, tibbiyot institutida assistent bölib işlay boşladi.
Taqdir taqozosi bilan Mirzabek Döstmurodov Andijon davlat tibbiyot institutida öqituvçi, kafedra mudiri vazifalarida xizmat qildi. Eng muhimi, institutda neyroxirurgiya bölimining taşkil etilişida jonbozlik körsatdi.
Uning ilmiy-ijodiy faoliyati ana öşa yillarda gurkurab rivojlandi. Moskvada akademik Yumaşev rahbarligida “Kökrak umurtqasining osteoxondrozi” mavzuida doktorlik işini himoya qildi va tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga erişdi.
Qahramonimiz Moskvada ham ibn Sino avlodlari nimalarga qodir ekanligini amalda isbotlab berdi.
Professor Mirzabek Döstmurodov Andijonda tibbiy soha rivojiga munosib hissa qöşdi. Malakali xizmat körsatuvçi neyroxirurgiya, travmatologiya, ortopediya bölimlaridan iborat şifoxona oçildi va bu dargohda kafedra mudiri bölib faoliyat yuritdi. Oliygohda travmatologiya, ortopediya sohasining taraqqiy etişiga boş-qoş böldi. Faoliyati davomida 60 dan ortiq ilmiy işlarni va “Miya exinokokkozi” nomli monografiyasini çop ettirdi.
Yetuk olim va şifokor bölib tanilgan bu insonning hayotida 1980 yili katta buriliş davri böldi. U kişini Şarof Raşidovning tavsiyasiga binoan Respublika travmatologiya va ortopediya institutiga direktor etib tayinlaşdi. Bu haqda uning özi “Yurakdagi umid gullari” nomli kitobida şunday yozgan edi: “Şoşilinç xabar bor. Siz 23 noyabr kuni Markazqöm kotibi Oqil Umrzoqoviç Salimovga uçraşasiz”, deyişdi. Men Toşkentga kelib, Salimov huzurida böldim. “Maslahatli gap bor”, dedi u kişi. Oqil Umrzoqoviçning yonida professor H.Vohidov ham ötirgan ekan. Söngra biz Salimov boşçiligida Şarof Raşidov oldiga kirdik. Men Şarof akani yaqindan birinçi bor körişim edi. Kişiga muloyim boqadigan, qiyofasidan mehribonligi sezilib turadigan bunday rahbar kamdan-kam böladi. Biz uning oldiga kirganimizda, u kişi telefonda viloyat, tuman firqa kotiblari bilan birma-bir gaplaşib, belgilangan rejalarning bajarilişini talab qilar, gap orasida qanday yordam kerakligini ham sörab qöyardi.
Öşa kuni Markazqöm kotibiyati majlisi böldi. Şarof aka meni kotibiyat aʼzolari bilan taniştirdi. Ular menga turli xil savollar berişdi. Javoblarim maʼqul böldi, şekilli, soğliqni saqlaş vaziri mamnun ötirar edi. U kişi menga travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekşiriş institutida röy bergan kamçiliklar haqida batafsil gapira turib: “Ana şu yerga rahbarlik qilasiz”, dedi. Şunday qilib, institut jamoasi bilan tanişdim va direktorlik vazifasini bajarişga kirişdim”.
Domlaning keyingi butun faoliyati travmatologiya va ortopediya sohasini tubdan yaxşilaşga qaratildi. 1982 yilda Özbekistonda birinçi marotaba Örta Osiyo mintaqasida travmatologiya va ortopediya sohasi böyiça fan nomzodligi dissertasiyasini yoqlaş uçun ilmiy kengaşni taşkil etdi. Uning rahbarligida 12 kişi fan nomzodligiga sazovor böldi. Bevosita domlaning taşabbusi bilan Örta Osiyo va Qozoğiston travmatologlari va ortopedlari qurultoyi ötkazildi.
Tajribali şifokor, zahmatkaş ustoz sifatida juda köplab yoş mutaxassislarga, travmatolog va ortoped şifokorlarga zarur maslahatlarini berdi, ularning ilmiy izlanişlariga kömaklaşdi. 1986 yilda uni Respublika nogironlarining mehnat qobiliyatini aniqlaş va tiklaş institutiga direktor etib tayinlaşdi. U TMEK va TNK şifokorlarining birinçi qurultoyini ötkazişga muvaffaq böldi. Tibbiy mehnat ekspert komissiyalari uçun qöllanma yaratildi.
Eng quvonçlisi şuki, Mirzabek Döstmurodovning davlat va xalq oldidagi xizmatlari munosib taqdirlandi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy va amaliy faoliyati hamda yoş kadrlarni tayyorlaşdagi xizmatlari uçun unga “Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi” faxriy unvoni berildi.
Professor Mirzabek Döstmurodov öz faoliyati davomida şikastlangan, kasallangan boş va orqa miyalarga eng murakkab jarrohlik usullarini qöllab, minglab bemorlarni muvaffaqiyatli davoladi. Uning ilmiy izlanişlari, yangi jarrohlik usullari tibbiyotda keng qöllanilmoqda. Uzilgan nerv tolalarini mikroxirurgiya usuli bilan tiklaş, miyadagi exinokokkoz pufaklarini aniqlaş, ularni yangi jarrohlik usuli bilan olib taşlaş, kökrak umurtqasida osteoxondroz kasalliklarini yangi usullar bilan aniqlaş va davolaş kabi ilmiy izlanişlari ommalaşib ketgan. Sönggi yillarda mohir şifokor Mirzabek Döstmurodov oyoq protezining mijoz oyoğiga mos tuşişi, uni bezovta qilmasligi uçun yangi jarrohlik usullarini qölladi. Bu ijobiy natijalar berdi. Töğri, hozirda tibbiyot sohasi keskin rivojlanib ketdi. Davolaşning yangi, zamonaviy usullari yaratilmoqda. Ammo bir narsa ayonki, hozirgi travmatologiya va ortopediya sohasida ham ustozlar yaratib qoldirgan boy tajribadan unumli va samarali foydalanilmoqda.
Professor Mirzabek Döstmurodovning Moskva, Toşkent, Duşanbe va boşqa şaharlardagi matbuot sahifalarida 200 dan ortiq ilmiy maqolalari çop etilgan. Zahmatkaş olim, tajribali şifokor yaratgan monografiyalar, ilmiy maqolalar jamoatçilik tomonidan katta qiziqiş bilan qabul qilindi va eʼtirof etildi. Ustozning önlab ilmiy kitoblari tibbiyot sohasida muhim dasturilamal bölib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, uning qalamiga mansub “Yurakdagi umid gullari” nomli xotiralar kitobi sevib öqilmoqda.
Bekobodning asl farzandlaridan biri, hamyurtimiz Mirzabek Döstmurodov mahoratli şifokor, bağrikeng inson, kamtarin döst sifatida el-yurt orasida hurmat-eʼtiborga sazovor böldi. Inson umri fasllarga monand ekanligini bosib ötgan hayot yöli misolida isbotladi. “Har bir fasl bizni öziça va özgaça siylaydi” degan jumlalar uning hayotiy şioriga aylandi. Turmuş örtoği Inobat aya bilan öğil-qizlarini el-yurt koriga yaraydigan yetuk farzandlar qilib tarbiyalaşdi. Farzandlar ham otalari izidan borişib, ularga munosib voris bölişga harakat qilişdi.
Özining kamtarligi, töğri söz va odamlarga mehribonligi tufayli köpçilikning mehrini qozondi. Mirzabek aka hayotda hamişa halol va pokiza yaşaşga intildi. Odamlarning oğirini yengillaştirişga harakat qildi. Turli xil kasalliklarning davosini topdi. Nogironlikni keskin kamaytirişga bor kuç-ğayratini sarfladi. Ana şunday ajoyib inson, tajribali olim Mirzabek Döstmurodov 2010 yili 85 yoşida Toşkent şahrida vafot etdi.
Ammo uning tibbiyot sohasidagi ğoyalari, yuragida gurkurab turgan umid gullari hamon barhayot. U kişi doimo “Baxtim — kişilar salomatligida” deya ğururlanib yaşagan. Agar u zot tirik bölganlarida ayni şu kunlarda 100 yoşni qarşilagan, bir asr bilan yuzlaşgan bölar edi. Xalqimiz yaxşidan boğ qoladi, deya bejizga aytmagan. Mirzabek Döstmurodov yaratgan boğ, tibbiyot gulşani hali uzoq yillar odamlar salomatligi yölida xizmat qilişi şubhasiz.
Yöllar har xil, fasllar turfa,
Oyni uzar inson qöllari.
Senga bölsin eng gözal tuhfa —
Yurakdagi umid gullari.
Tuğiladi yangi fikr, öy,
Bir tekismas hayot yöllari.
Heç sönmagay, döstim, bilib qöy,
Yurakdagi umid gullari.
Aşurali BOYMUROD,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
