Adabiyotşunosligimiz bahodiri

“Ismlar kökdan enadi”, deydilar. Haqiqatan, odamning ismi va qismati, odatda, uyğun keladi. Filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimning kelbati ham pahlavonlarga xos. Özining sözlariga köra, bobosini Karim dav deb ataşgan ekan. Jismonan qoruvli ekani nasabdan ötgan bölsa kerak. Bahodir ziyoli oilada tuğilgan: otasi Nurmat Karimov maktabda fizika-matematikadan dars bersa-da, şeʼriyatga muhabbati baland bölgani, dars jarayonida öquvçilarning toliqqan tafakkuriga dam beriş uçun şeʼrlar öqib bergani, onasi Ziyoda bibi hamşira sifatida el dardiga malham qöygani haqida yozadi.

Demak, ota-bobolari jismonan baquvvat, tabiiyki, maʼnan halol-pok, vijdonli va ziyoli insonlar bölgan. Bahodirjon bolaligidanoq kitobga oşno tutingan, tuman gazetasida çiqişlar qilib turgan. Uning qalbida adabiyotga muhabbat uyğonişi va ilm yölini tanlaşida ana şu oilaviy va maktab muhitining örni katta bölgani ayon.

Döstning eskisi yaxşi

Uşbu naql hayot sinovlari asosida aytilgan va ayni haqiqatni ifodalaydi. Bahodirni talabalik kezlaridan yaxşi bilaman. Birinçi tanişuvdanoq u menda oqköngil va samimiy, ilmsevar sifatida taassurot qoldirgan. Hozirgi Özbekiston Milliy universiteti özbek filologiyasi fakultetida bir kurs farqi bilan tahsil olganmiz. Tabiiyki, talabalik davrimiz birga ötgan. U universitetning faol talabalaridan edi. Öqişni bitirgaç, men Özbekiston Fanlar akademiyasi Hamid Sulaymonov nomidagi Qöl­yozmalar instituti aspiranturasiga qabul qilindim. Bir yildan keyin bitirgan Bahodir “Hozirgi özbek adabiyoti” kafedrasi aspiranti böldi. Biz tez-tez körişib, fikrlaşib turardik.

1999 yili ustoz Begali Qosimov va öşa kezdagi dekan, professor Qozoqboy Yöldoşev taklifiga köra, Milliy universitetning özim öqigan fakultetiga işga keldim. Bahodirjon bilan bir dargohda faoliyat olib bordik. Öşa yili uni “Özbek adabiyotşunosligi va adabiy aloqalar” kafedrasiga mudir etib tayinlaşdi. Özidan oldingi kafedra mudiri, professor Laziz Qayumov domlaning hurmatini neçoğliq örniga qöyganini butun universitet ahli hozirgaça yaxşi sözlar bilan xotirlaydi. 2003-2006 yillari fakultet dekani sifatida özining boşqaruv salohiyati yuqori ekanini körsatdi. Fan doktori ilmiy darajasini beruvçi kengaşni boşqardi. Men 2004 yili doktorlik dissertatsiyamni ana şu kengaşda himoya qilganman. Bahodirjon rahbarlik va odamiylikni uyğun olib bordi.

Tabiiyki, nohaqlik va közböyamaçilikka toqat qila olmas, bu kabi illatlarga duç kelganda, xarakterini körsatar edi. Uç yil obrö-eʼtibor bilan işlagandan keyin dekanlikni menga topşirgan. Buni hayot deydilar: baʼzan bir-birimizni töğri tuşunmagan yoki muayyan vaqtlarda kimlarningdir taʼsirida bahslaşgan, aytişgan bölişimiz mumkin. Biroq ikkalamiz ham Haq va haqiqat, ilm va maʼrifat yölidan oğişmadik.

Jadidşunos aʼmoli

“Himmati va saboti bölmagan millatning haqqi hayoti yöqdir” – Abdurauf Fitratga tegişli çaqmoqday ötkir bu fikr Turkiston jadidlarining hayotiy aʼmoli edi. Menimça, jadidşunoslik bilan şuğullangan odamda ham ana şu ikki fazilat bölişi şart va zarur. Uning himmati – özini şu sohaga töliq bağişlay olişi bölsa, saboti – bu yöldagi har qanday qiyinçilikni huzur deb qabul qilişidir. Men Bahodir Karimning jadidşunoslikka oid tadqiqotlarida ana şu xususiyatlar jamuljam ekanini köraman. U ilmga jadidşunos sifatida kirib keldi va uşbu soha uning ilmiy faoliyatida eng asosiy örinni egallaydi. Nomzodlik dissertatsiyasini jadid munaqqidi Vadud Mahmud ilmiy-adabiy merosi böyiça himoya qilgaç, butun salohiyatini ana şu sohaga safarbar etdi. Olimning ilk tadqiqotlariyoq fakt va maʼlumotlarning birlamçi manbalardan olingani, tahliliy quvvati baland ekani, ifoda uslubining tiniq va ravonligi bilan alohida ajralib turardi. U Vadud Mahmud adabiy-tanqidiy merosini birinçi bölib ilmiy muomalaga olib kirdi. Uning navoiyşunos, fitratşunos, fahmida mezoni, könglida insofi bor munaqqid ekanini yangidan-yangi maʼlumotlar, çuqur tahliliy fikrlar orqali dalilladi. Vadud Mahmudning ötgan asr 20-yillarida “Ilmiy-adabiy vazifalar qarşisida”, “Alişer Navoiy”, “Navoiy uçun”, “Navoiygaça turk adabiyoti” kabi maqolalarida buyuk mutafakkirni turkiy til va adabiyotning otasi sifatida taniştirganini aniqladi. “Alişer Navoiy” maqolasida uluğ şoir yaşagan muhit, tarjimai holi va tarbiyasi, mutasavvifligi, ilmiy-adabiy şaxsiyati borasida muhim fikrlar bildirilgani haqida yozdi.

Jadid munaqqidining fitratşunosligi, umuman, zamondoş şoiru adiblar ijodiga munosabatini ham çuqur örgandi. Bahodir Karimning aniqlaşiça, Vadud Mahmud tadqiqotlarida “…şaxsiy manfaatlarga yon beriş kayfiyati sezilmaydi. Asarning maqtovga loyiq taraflari uluğlanadi, kamçiliklaridan köz yumilmaydi”. Ayni şu xususiyat Bahodir Karim tadqiqotlariga ham xos ekanini taʼkidlaş kerak.

U jadid matbuotining sarğaygan sahifalarini muttasil mutolaa qildi, ulardagi fikr va maʼno javohirlarini joriy imloga ötkazib, ommalaştirişda sabot va zako namunasini körsatdi. U birlamçi manbalar asosida Vadud Mahmud “Tanlangan asarlar”ini, “Çölpon va tanqid” töplamini naşr ettirdi. Jadid adabiyotining Mahmudxöja Behbudiy, Ismoilbek Gasprali, Abdulhamid Çölpon, Abduqodir Şakuriy, Abdulla Avloniy, Nazir Töraqul va Sidqiy Xondayliqiy kabi namoyandalari haqida yangi ilmiy qaraşlarni bildirdi. Uning biror maqolasi yoki kitobi yöqki, adabiyotşunoslikka yangi fakt va maʼlumotlar olib kirilmagan yoki çuqur tahliliy fikrlar aytilmagan bölsin.

Olimning 2025 yili “Özbekiston” naşriyotida bosilgan “Behbudiy va boşqalar” kitobi ham jadidşunoslik rivojida alohida örin tutadi. Turkiston jadidçilik harakati karvonboşisining (Begali Qosimov taʼbiri – N.J.) millat va din ahlining boşçisi ulamo ekani, ilmsizlik, qoloqlik, beparvolik, dangasalik, fikrsizlik, loqaydlik kabi illatlar tanazzulga olib kelişi, millat ixtilofidan dilxun va maʼyus bölişi milliy matbuot naşrlari, xususan, özi taʼsis etgan “Oyna” jurnali materiallari asosida tahlil etiladi. Behbudiyning yoş avlod istiqboli, tarixga munosabat masalalaridagi qaraşlariga ilmiy va ijodiy tafakkur uyğunligida munosabat bildiriladi. Bahodir Karim uçun ilm şunçaki qoğoz qoralaş emas. Yaqin ötmişimiz – jadidçilik harakati va jadid adabiyotini örganişdan uning asl maqsadi – Vatan va Millatning buguni va kelajagiga xizmat qiladigan ötli-çöğli fikrlarni millat yoşlari ongi va qalbiga joylamoqdir. Quyidagi fikrlar ana şu maqsadda yozilganiga şubha yöq: “Behbudiyning olam hodisalariga munosabati zamirida örnak bor.  Uning döst bilan duşmanni ajrata biliş tamizi orasta. Öz qaraşlarining isboti uçun keltirilgan dalillari kuçli. Behbudiyning mezoni – tarozisi toşlarining içi kovak emas. Şuning uçun ham uning maqolalari tarkibida önlab Şarq allomalarining ismlari, asarlarining nomlari keladi. Ayni çoğda ­dunyoga taniqli Arastu, Aflotun, Suqrot singari faylasuflar esga olinadi… Behbudiy hazratning dunyo tamadduni, dunyo olimlari va dunyoga maşhur kitoblar bilan tillaşuvida, ogohligida, hayqiriğida juda katta dard, juda katta orzu va maʼno bor. Bugun tarjimaiholşunoslik maşmaşalaridan biroz balandlab, Mahmudxöja Behbudiy hazrat yozganlarini sinçiklab, sözma-söz, satrma-satr öqiş, uqiş va u zoti şarifning qalbini butkul anglaş zamoni keldi”. Olimning bu kabi haroratli sözlari ilm ahlining asosiy vazifalaridan bölgan fikr tarbiyasiga xizmat qilişi jihatidan ahamiyatlidir.

Qodiriyşunoslikning yangi bosqiçi

Bahodir Karim – bugungi qodiriyşunosligimiz bayroqdori. “XX asr özbek adabiyotşunosligida talqin muammosi (qodiriyşunoslik misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi germenevtik metodning nazariy asoslari hamda qodiriyşunoslikning mamlakatimiz va xorijdagi tadrijiy takomili teran tadqiq qilingani bilan alohida ahamiyatga ega. “Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin”, “Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur”, “Qodiriy nasri – nafosat qasri”, “Abdulla Qodiriy fenomeni”, “Abdulla Qodiriy” (Risola. “Jadidlar” turkumida) kabi kitoblarida buyuk adib nasri va badiiy publitsistikasining yangi qirralari haqida ohorli ilmiy-nazariy qaraşlar bildirilgan.

U Abdulla Qodiriy asarlari va qodiriyşunoslik qonuniyatlarini işonçli manbalar asosida tahlil etdi. “Ötkan kunlar” romanining dastlabki naşrlarini sözma-söz, harfma-harf qiyoslab çiqdi. Bahodir Karim özi körmagan fakt va maʼlumotga işonmaydi, albatta tekşirib köradi, muqoyasa etadi, tahlil qiladi, şundan keyingina xulosa çiqaradi – uning yutuqlari sababi ham şunda. Uşbu fazilati bois özigaça qodiriyşunoslar yozgan köplab risola va monografiyalarda takrorlanib kelgan birinçi marta “Ötkan kunlar”dan olingan parçalar “Inqilob” jurnalining 1922 yilgi sonlarida bosilgani haqidagi fikr asossiz ekanini dalilladi. Ilm ahli orasida yurgan, lekin ilmning içida yaşamagan köpçilik uçun xos bir loqaydlik bor: biror kitobdagi fakt yoki maʼlumotni indamay olib, takrorlayveradi. Yuqoridagi ğalati maşhur fakt ham ana şu tarzda kitoblardan kitoblarga ötib kelgan. Bahodir Karimning aniqlaşiça, roman avvalidagi olti fasl mazkur jurnalning 1922 yilgi sonlarida emas, 1923 yil 9-10 qöşma soni 19-51-betlarida, yana olti fasli bir yillik tanaffusdan söng 1924 yil 11-12-sonlarida çop etilgan. “Çaqimçilik” fasli Çölpon tartib bergan “Adabiyot parçalari” töplamining 15-21-sahifalarida bosilgan.

Bahodir Karim sinçkov matnşunos sifatida romanning jurnalda bosilgan varianti hamda 1925-26 va 1933 yilgi naşrlarini qiyoslab örganadi. Jurnalda tilga olingan Otabekning bobosi Musobek ismi bugungi naşrlarda uçramasligini, bu nomda adib estetik ideali mujassam ekani, qahramonlarini payğambarlar nomi bilan ataşi ularga salobat bağişlaşi, toza insonlar toifasiga mansubligiga işora etişi taʼkidlanadi. Mavjud matnlarda faktik va mantiqiy xatolar (“Uzuk bilakka taqiladimi?” “Toşkandmi yoki Toşkent?”, “Sözlar örin almaşganda”, “Yumşagan keskinlik” sarlavhali qismlar), yozuvçi badiiy niyati notöğri ifodalanişi kabi jihatlarga xolis ilmiy munosabat bildiriladi. Bahodir Karim “Ötkan kunlar” matni xatolardan xoli, adib variantiga yaqin va mukammal holda çop etilişini istaydi. Modomiki, qölxat nusxasi yöq ekan, asarning dastlabki uç naşri – “Inqilob” jurnalidagi, 1925-26 va 1933 yilgi bosmalari asosidagi uyğun matnini hozirlaş zarurati haqida yozadi. Bu boradagi tahlillar katta mehnat va zahmat, teran idrok va zako evaziga yuzaga kelgani aniq.

Olim qodiriyşunoslikka tutilmagan fakt va dalillarni, çuqur tahliliy qaraşlarni va öziga xos talqinlarni olib kirdi, bu yönaliş rivojiga yangi ruh bağişladi. Ötgan asr avvalidagi adabiyotşunoslik misolida badiiy ijodga vulgar sotsiologik usuldagi yondaşuv badiiyatning noyob durdonasi bölgan “Ötkan kunlar” misolida eʼtirofdan eʼtirozga, mafkuraviy xatolar izlaşdan siyosiy ayblovga, undan uluğ şoiru adiblarni qatağon girdobiga taşlaşdek haqsizlik va zulmga olib kelgani tahliliy asosda isbotlanadi. Ustoz va zamondoş adabiyotşunoslar qaraşlari metod va metodologiya, xususan, germenevtik talqin xususiyatlari asosida nazariy baholanadi. Bahodir Karim qodiriyşunoslikni satrma-satr, sahifama-sahifa örganib, ilmning sönggi yutuqlari asosida baholadi. Tatar Zarif Başirdan qozoq adibi Muxtor Avezovgaça, amerikalik Edvard Olvort, uning şogirdi Eden Nabi va Xristofor Maykl Murfidan “Ötkan kunlar”ning olmonça naşriga söngsöz yozgan Niota Tun, ikki sahifalik maqola muallifi Rudolf Radler hamda özbek adabiyotşunoslariga yaxşi taniş professor Ingeborg Baldauf va Zigrid Klaynmixelgaça bölgan olimlaru ijodkorlarning birinçi milliy romanimizga munosabat bildirilgan monografiya, dissertatsiya va maqolalarini professional tahlil etdi, zarur umumlaşmalar çiqardi. Özbek va jahon nasrida Qodiriy fenomenining tutgan örnini belgilab berdi.

Zamonaviy adabiy jarayon tahlili

Har bir adabiyotşunos olim özi yaşayotgan davr adabiyotini teran tadqiq qilişi, adabiy jarayonga munosabat bildirişi, uning asosiy tendensiya va qonuniyatlarini baholab borişi şart va zarur. Bahodir Karimning “Ruhiyat alifbosi”, “Ğafur Ğulomning “Şum bola”si” kabi kitoblari, Özbekiston Xalq yozuvçisi Xayriddin Sultonning “Köngil ozodadir” kitobiga yozgan sözboşisi va önlab tahliliy maqolalari ana şu masalalarga bağişlangani jihatidan eʼtiborga loyiqdir.

“Ruhiyat alifbosi” kitobi beş fasldan tarkib topgan: nasr, nazm, metod, tanqid va ustoz adabiyotşunoslar haqidagi maqolalar. Kitob mustaqillikning dastlabki ön yilida yozilgan qissalar tadqiqi bilan boşlangan. Olim mazkur davr qissalari son-sanoq va hajm eʼtiboridan salmoqli ekanini taʼkidlaşi barobarida, badiiy kaşfiyot darajasidagilari köp emasligiga taassuf bildiradi. Maqola qissaçilikning oddiy obzori emas, unga xos adabiy-estetik qonuniyatlar aniqlangani, milliy qissalarimiz yangi közqaraş asosida tadqiq qilingani bilan ahamiyatlidir. Muallif qissalarni aniq tasnif asosida örganadi: 1) modernizm namunalari sifatida taqdim etilgan (bu borada olimning şaxsiy nuqtai nazari bor); 2) diniy-falsafiy, diniy-tasavvufiy, diniy-mifologik unsurlar iştirok etgan hamda 3) anʼanaviy qissalar. Modernizm namunalari sifatida taqdim etilgan Nazar Eşonqulning “Qora kitob”, “Tun panjaralari”, Şodiqul Hamroning “Qora kun” va Uluğbek Hamdamning “Yolğizlik” asarlari tahlili olimning nazari tiyrak va tafakkuri teran ekanini, badiiy nasr qonuniyatlarini iç-içidan bilişini körsatadi.

Nasrdagi şakliy izlanişlar va ularning formalist olimlar tomonidan baholanişi,  milliy nasrimizdagi yangi tajribalar, xususan, hayot va ölim hodisasining ramziy tasviri dunyo adiblari asarlari bilan qiyosiy tahlil etilgani (Xurşid Döstmuhammad va Dino Butsatti), Nazar Eşonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi va olmon adibi Henrix Byollning “Mening ğamgin yuzim” hikoyasining Qudrat Döstmuhammad tarjimasiga doir ilmiy qaraşlar, mazkur uç hikoya koordinatalar tekisligidagi asarlar sifatida baholanişi Bahodir Karimning muttasil izlanayotgan va ilmiy tajribalar qozonida qaynayotgan adabiyotşunoslardan ekani isbotidir. Xayriddin Sultonning “Köngil ozodadur…” qissasini olim nasrdagi nazokat namunasi sifatida talqin etadi. Yozuvçining Ğulom obrazi misolidagi topilmasi, yaʼni uning köhna adabiyot bilan şuğullanadigan kişi, butun öy-xayoli, vujudi bilan “Zarbulmasal”ga singib ketgani bilan boğliq tasvirlar mohiyati oçiqlanadi. Adaş Karvon qissasini ham yozuvçi ijod laboratoriyasiga kirib tahlil etadi. Ijodkor nasrida takror va juft sözlarning sanʼat darajasidagi ifodasidan tovuşlar  uyğunligini taʼminlagani hamda adabiy tilga xos bölmagan til qatlamlari personajlar nutqini xususiylaştirişda, qahramonning individual tomonlarini namoyon etişda katta ahamiyatga ega ekaniga diqqat qaratadi. Adibning sözni sanʼat darajasida qöllay oliş va epik tasvir yaratiş mahorati xolis baholanadi.

Fozil Zohid, Şavkat Rahmon, Aʼzam Öktam, Qutlibeka, Axtamquli va Guljamol Asqarova şeʼrlariga doir tahliliy fikrlari Bahodir Karimning nazmni inja his etib, teran tahlil etadigan şeʼrşunos ekanidan darak bersa, metod va adabiy tanqid haqidagi qaraşlari nazariyotçi munaqqid sifatidagi salohiyatini körsatişi bilan qimmatlidir. Matyoqub Qöşjonov, Şarif Yusupov, Ozod Şarafiddinov, Umarali Normatov, Norboy Xudoyberganov, Begali Qosimov hamda Baxtiyor Nazarov hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqidagi maqolalari yoş adabiyotşunos va munaqqidlar uçun zarur xulosalar berişiga köra katta ahamiyatga ega.

U adabiyotning nazariy masalalari bilan ham jiddiy şuğullanib keladi. “Adabiyotşunoslik metodologiyasi” qöllanmasi bu jihatdan alohida ajralib turadi. Qöllanmada sotsiologik va biografik metodlardan psixologik va formal metodgaça, struktural va lingvistik metodlardan germenevtik metodgaça asosçisi kimu qaysi eldan ekanigaça, muayyan metodning genezisidan nazariy qonuniyatlarigaça, badiiy adabiyot rivojiga taʼsiridan tadrijiy takomiligaça bölgan masalalar puxta örganilgan. Jahon va özbek adabiyotşunosligidan misollar keltirilib, tahlil etilgan.

Antologiya tuziş osongina iş emas. Buning ustiga, bu işni bajargan odam çekkan zahmatlari evaziga, odatda, rahmat örniga taʼna eşitadi, eʼtirof örniga eʼtirozlarni tinglaşiga töğri keladi. Qaysidir ijodkor antologiyaga kirmay qolgan bölsa bormi, tuzuvçi naq baloga qoladi. Olim ötmiş va zamonaviy adabiyot antologiyalarini tuziş borasida ham samarali iş olib bordi. Uning ğoyasi va taşkilotçiligida tuzilgan “XX asr özbek şeʼriyati antologiyasi”, “XX asr özbek hikoyasi antologiyasi”, “XX asr özbek mumtoz adabiyotşunosligi antologiyasi” va “XX asr adabiy tanqidi antologiyasi” bugungi kunda ilm va ijod ahlining iş stoli ustida turişi, muntazam mutolaa etilişi zarur bölgan kitoblardir.

Ustozlik maqomi

Olimning olimligi faqat ilmiy-nazariy tadqiqotlariyu çiqargan kitoblari va maqolalari bilangina belgilanmaydi. Haqiqiy olimlar yoş avlod qalbini maʼrifat yoğdusi bilan munavvar etiş va ilmdagi yölini davom ettiradigan munosib izdoşlar – şogirdlar yetiştirişga ham alohida eʼtibor qaratadi. Professor Bahodir Karim olim bölişi barobarida universitet muallimi hamdir. Uning darslarini talabalar katta qiziqiş bilan tinglaydi. Notiqlik mahorati, sözni taʼkidlab, urğulab qöllaşi maʼruzalariga özgaça ruh bağişlaydi. Taʼlim qaçon rivojlanadi? Qaçonki ilmdagi eng sönggi yutuqlar dars jarayoniga olib kirilsa. Bahodir Karim ilm qozonida qaynayotgan olim sifatida adabiy jarayonning tomir urişini yaxşi his qiladi. Uning rivojlaniş tendensiyalarini xolis baholaydi. Qaysi yönalişda kamçiliklar kuzatilsa, unga töğri taşxis qöyib, takomilga yetkaziş yöriqlarini bera oladi. Şuning uçun iqtidorli talaba yoşlar unga şogird tuşişni istaydi. Bugungi kunda olim önlab fan doktorlari, fan nomzodlari va filologiya fanlari böyiça falsafa doktorlari yetiştirgan hurmatga sazovor ustozdir. Respublikaning qaysi hududiga bormasin, şogirdlari atrofida parvona. Uning izdoşlari oilada ham borligi, ayniqsa, quvonarli: ikki qizi adabiyotşunoslik sohasida filologiya fanlari böyiça falsafa doktori.

Olim jamiyat hayotida ham faol iştirok etadi. “Maʼrifat ulaşib” loyihasi doirasida respublikamizning turli hududlariga – “xalq içiga quçoq oçib boradi” (Çölpon taʼbiri – N.J.). Yozuvçilar uyuşmasi Adabiy tanqid kengaşida birga faoliyat yuritamiz. Matbuot va televideniye orqali ham muttasil maʼrifat tarqatadi. Bahodir Karimning fan va taʼlim rivojiga qöşgan hissasi munosib taqdirlangan. “Xalq taʼlimi aʼloçisi”, “Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” kabi eʼtiroflar buning dalilidir. Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Ukraina, Turkmaniston va Qozoğistonda ötkazilgan xalqaro anjuman hamda tadbirlardagi iştiroki hamda  “Maxtumquli Firoğiyning 300 yilligiga” medali sovrindori ekani uning xalqaro miqyosda ham hurmatga sazovor olimlardan ekanini tasdiqlaydi.

Uning serqirra faoliyatini bir maqola doirasida tölaqonli yoritiş imkonsiz. Ilm odami uçun ayni kamolot pallasi hisoblangan oltmiş yoşni qarşilayotgan döstim, katta olim Bahodir Karimga – adabiyotşunosligimiz bahodiriga uzoq va barakali umr, yangidan-yangi ilmiy zafarlar tilayman.

Nurboy JABBOROV,

filologiya fanlari doktori,

 professor.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan