Ajrimlar: Şaxsiy fojiami yoki jamiyat inqirozi?
Nega oilalar parçalanyapti? Bu holatga kim javobgar: faqat er-xotinmi yoki…
Bu mavzu bugun jamiyatda tobora köproq muhokama qilinmoqda. Ajralişlar foiz hisobida köpaygan, nikoh va tuğilişlar soni kamaygan. Rasmiy statistika ortida esa faqat raqamlar emas, balki parçalangan oilalar, ruhan jarohat olgan bolalar va oğir hayotiy sinovlar bilan yuzma-yuz qolgan ayollar taqdiri turibdi. Ajrimga faqat oilaviy kelişmovçilik sifatida qaraş bugungi kunda yetarli emas. Bu — ijtimoiy, maʼnaviy va huquqiy muammolar kesişgan nuqta.
Muammoning ildizi
Mutaxassislar taʼkidlaşiça, ajrimlar sababini bir omil bilan izohlab bölmaydi. Iqtisodiy qiyinçiliklar, işsizlik, uy-joy masalasi, yoşlarning oilaga maʼnan tayyor emasligi, maʼnaviy muammolar, er-xotin örtasida muloqot madaniyatining zaifligi — bularning barçasi muammoni çuqurlaştiradi. Ayrim hollarda esa oila quriş masʼuliyatiga yuzaki qaraş, sabr va muammoni hal qiliş könikmalarining yöqligi munosabatlarning uzilişiga olib kelmoqda.
Afsuslanarli jihati şundaki, köplab oilalarda muammo ajrim darajasiga yetgunça heç qanday mutaxassis yordamiga murojaat qilinmaydi. Oqibatda kiçik kelişmovçiliklar katta fojiaga aylanadi.
Erta aralaşuv…
— Ajrimlarni kamaytirişda eng samarali yöl — profilaktika. Amaliyot şuni körsatyaptiki, oilalar bizga keç murojaat qiladi, — dedi Navoiy viloyat hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Malika Mamadiyorova. — Agar muammo boşlaniş bosqiçida psixologik, ijtimoiy va huquqiy yordam körsatilsa, köplab nikohlarni saqlab qoliş mumkin.
Mutasaddining taʼkidlaşiça, ajrimning oldini oliş bilan birga, ajrimdan keyingi hayot ham eʼtibordan çetda qolmasligi kerak. Ayniqsa, bolali ayollarni iş bilan taʼminlaş, kasb-hunarga yönaltiriş va huquqiy himoya masalasi hal qiluvçi ahamiyatga ega.
— Haftaning juma kunlari viloyatimizda “Oilaviy ajrimlarning oldini oliş kuni” sifatida belgilangan. Bu muhokamalarda Içki işlar, Adliya, diniy idora, oila va xotin-qizlar boşqarmasidan mutaxassislar ajrim yoqasidagi nizoli oilalar vakillari: er va xotinlar bilan gaplaşişadi. Ajrim muhokamasiga kelayotgan juftliklarning sözlarini eşitib, baʼzida hayron ham qolasiz. Ajraşişga, oilani parokanda etib, farzandlarni ota yoki ona mehridan mosuvo qilişga umuman arzimaydigan mayda-çuyda sabablar, bahonalar, sabrsizliklar. Tuşuntirişlar, muhokamalardan keyin ularning aksariyati yaraşib, bir-birini keçirib, uylariga qaytişadi. Ajrim muhokamalari mahallalar, tumanlar kesimida har hafta tegişli mutasaddi taşkilotlar vakillari iştirokida muntazam ötkazib kelinmoqda, — dedi Malika Mamadiyorova.
“Men kuçliman…”
— Bu yerga kelaman, deb heç qaçon öylamagan edim. Oilam, farzandlarim, uyim, işim bor edi. Turmuş örtoğimga işonardim, sabr qildim va yana uzoq vaqt. Lekin baribir bölmadi… Özimni yöqotib qöydim, oğriqlar, azoblar, tuhmat, haqorat va kamsitişlar har qanday odamni aqldan ozdirar ekan… — dedi navbahorlik 37 yoşli L. U hozir ayollar uçun möljallangan viloyat reabilitatsiya markazida ruhiy tiklaniş jarayonidan ötmoqda. Oliy maʼlumotli öqituvçi, maktabda işlaydi. Öqimişli. Pazandalik kurslarida öqigan, yana tikuvçilikka ham qöli kelişarkan. Bularni taʼkidlab aytişdan maqsad — bir oilani gullab-yaşnatişi mumkin bölgan oila bekasi.
U nega reabilitatsiya markazida? Er-xotin munosabatlarida jismoniy zöravonlik kuzatilgan (eridan muntazam kaltak yegan), oğir, yengil tan jarohatlari olgan. Erning zöravonligi va doimiy janjallar natijasida ayolda tuşkunlik, asabiylaşiş, boş oğriqlari va ruhiy beqarorlik holatlari kuzatilgan, ruhiyati izdan çiqqan. Holatini barqarorlaştiriş, zöravonlikdan himoya qiliş hamda ijtimoiy qöllab-quvvatlaş xizmatlarini körsatiş zarurati sababli u hozirgi kunda ruhiy, tibbiy, huquqiy hamda ijtimoiy yordam olmoqda.
2025 yilning 9 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Navbahor tuman sudining oçiq sud majlisida L.ning turmuş örtoğiga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59-2-moddasi 2-qismida körsatilgan huquqbuzarlik sodir etilgan deb topilib, unga uşbu modda bilan 15 (ön beş) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Xalq tilida bu “xotini erini qamatvorgan” deb aytiladi va, odatda, bunday vaziyatlarda oilani qayta tiklaş imkonsizdek. Rostdan ham şunday. Mazkur oila ajrim yoqasida va katta ehtimol bilan ular ajraşadi. Ayni kunlarda er va xotin alohida yaşamoqda.
Uning qismati yakka holat emas. Bugun bu kabi vaziyatlar jamiyatni jiddiy öylantirişi kerak bölgan ijtimoiy muammoga aylanib ulgurdi. Afsuski, aholi soni nisbatan kam bölgan Navoiy viloyati respublika böyiça ajrimlar körsatkiçida “yaxşi” örinlardan birini egallab kelmoqda. Yaʼni viloyat demografik (aholi soni) jihatdan katta hududlar qatoriga kirmaydi. Ammo nisbiy hisobda, yaʼni har ming nikohga töğri keladigan ajrimlar miqdori böyiça vaziyat ança taşvişli.
Viloyatda 2025 yilning 12 oyi davomida jami qayd etilgan ajrimlar soni 1376 tani taşkil etib, bu ötgan yilga nisbatan 118 taga oşgan. Nikohlar soni 7334 tani taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 204 taga kamaygan. Oilaviy ajrimlarning kelib çiqiş sabablari tahlil etilganda, eng köp sabablar sifatida uçinçi şaxslar aralaşuvi, farzandsizlik oqibatida, uzoq vaqt bir oila bölib yaşamaganlik (migratsiya), xiyonat, moliyaviy va moddiy qiyinçiliklar, tazyiq va zöravonlik sababli, nikohlanuvçilarning oilaga tayyor emasligi, spirtli içimlik va giyohvand moddalar isteʼmoli kabi omillar körsatib ötilgan.
Mutaxassislar bunday holatni tasodif emas, balki yana bir neçta yirik omillar yiğindisi sifatida baholaşmoqda.
Avvalo, iqtisodiy bosim. Viloyat sanoat hududi hisoblansa-da, işning oğirligi, smenali mehnat, ayrim hollarda eʼtiborsizlik oilaviy munosabatlarga salbiy taʼsir ötkazadi. Yoşlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi, nikoh oldidan psixologik tayyorgarlik, masʼuliyat, muammoni muloqot orqali hal qiliş könikmalari yetarli darajada şakllanmagani ajrimlarga olib kelayotgan asosiy sabablar sifatida tilga olinadi.
Aholining bandligi böyiça viloyatdagi vaziyatni mamlakatimizning boşqa hududlariga nisbatan rostakamiga juda yaxşi, deyiş ham mumkin. Navoiy — sanoat hududi, işlaşni istagan odam albatta iş topadi, diplomi bölmasa ham!
Yaqinda yana bir rasmiy statistika eʼlon qilindi. Aholi daromadlari va örtaça oylik maoş böyiça Navoiy viloyati respublikamizda Toşkent şahridan keyin ikkinçi örinda turarkan. Buni oddiy tilga “tarjima” qilsak, navoiyliklar respublikada poytaxtliklardan keyin eng köp maoş oladi, degani. Ğalati paradoks! Bu töqlikka şöxlik emasmikan?
Sud amaliyoti: Ajrim oxirgi qarormi?
Sudlar uçun ajrim eng murakkab toifadagi iş hisoblanadi. Çunki har bir qaror ortida inson taqdiri turadi.
— Sud taraflarni nikohdan ajratişga şoşilmaydi, — dedi Fuqarolik işlari böyiça Karmana tumanlararo sudi sudyasi Ğayrat Yakubov, — yaraştiriş çoralari qöllaniladi, tomonlarga vaqt beriladi. Ammo ayrim hollarda munosabatlar şunçalik buzilganki, ularni ajratib yuborişdan boşqa çora bölmaydi.
Sud amaliyoti şuni körsatadiki, bunda bolalar masalasi eng oğriqli nuqta. Ajrim nizolaridan oiladagi bolalar ruhiyatiga şikast yetadi, bu holat uzoq yillar davomida töğrilanmasligi mumkin. Yana ajraşişdan söng eng köp zarar köradigan tomon ayollar bölişiga qaramasdan, aksariyat hollarda taşabbus ulardan çiqadi, yaʼni sudga daʼvo arizalari kiritadiganlar ham, afsuski, ayollardir. Milliy qonunçiligimizga ajrimni murakkablaştirişi lozim bölgan özgartirişlar kiritiş vaqti kelgandir, balki. Misol uçun, ajrimdan keyin uy-joy, bolalar taʼminoti, mol-mulkni taqsimlaş va hokazo masalalarda tomonlarning masʼuliyatini oşiriş borasida yangiça qonun normalari amaliyotga tatbiq etilişi zarur.
Yuqoridagi vaziyatda oilani saqlab qolişning imkoni bölmasa, yana bir juftlik borasida mulohaza qilaylik.
Yoş er-xotinlar. Turmuş qurganiga bor-yöği 2 yil bölgan, bitta farzandi bor. Ayol şahardan qişloqqa kelin bölib tuşgan. Tabiiyki, qişloqda şahardagidek şaroit qiliş qiyin, agar moliyaviy yetişmovçilik bölsa. Ajrimning sababi şu. Xiyonat yöq, zöravonlik yöq va boşqa sabablar ham mavjud emas. Kuyov yolğiz öğil, ota-onani taşlab şaharga ketmaydi, kelin qişloqda yaşaşni istamaydi. Şugina…
Maqolada taqdiri muhokama etilgan ayollar uçun ajraşiş nafaqat oiladan ayriliş, balki jamiyat bilan yuzma-yuz qoliş ham bölgan. Ularning aytişiça, eng oğiri moliyaviy qiyinçilikdan ham köra, atrofdagilarning munosabati. Nima ham derdik, bu — mentalitet. Tan oliş kerak, jamiyatimizda ajraşgan ayollarga har doim past nazar bilan qaralgan, kamsitilgan. Psixologlarning taʼkidlaşiça, “ajraşgan” degan tamğa insonning öz-öziga bölgan işonçini ham sindiradi. Ammo kasb örganiş, iş boşlaş va qöllab-quvvatlovçi muhit uni hayotga qayta olib kiradi, jonlantiradi.
Bu tahlillar nimani anglatadi — mutasaddi taşkilotlar tomonidan töğri ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy yordam körsatilsa, ajrim ayolni sindirmaydi, aksinça, uni yanada kuçli qilişi ham mumkin!
Jamiyat uçun oqibatlar…
Demak, bu muammo faqat ikki inson munosabatining tugaşi emas. Bu jamiyat uçun ham yöqotiş. Ruhan yetim qolgan bola, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol, masʼuliyatdan qoçişga moyil şaxslar — bularning barçasi ijtimoiy barqarorlikka taʼsir qiladi.
Mutaxassislar taʼkidlaşiça, ayolni ayblaş yoki unga nisbatan salbiy munosabatni kuçaytiriş muammoni hal qilmaydi. Aksinça, qöllab-quvvatlaş, imkoniyat yaratiş va himoya qiliş orqali JAMIYAT özini himoya qiladi.
Demak, ajrimlarni faqat şaxsiy qaror sifatida baholaş töğri emas. Bu — jamiyatdagi maʼnaviy, iqtisodiy va huquqiy muhitning közgusi. Muammoni bartaraf etiş uçun erta profilaktika, oilaga tayyorgarlik, psixologik xizmatlar va ajrimdan keyingi qöllab-quvvatlaş tizimi mustahkam bölişi şart. Çunki ayolni tiklaş — bir insonni emas, butun jamiyat kelajagini asraş degani.
Demak, muammoni hal etiş faqat Oila va xotin-qizlar boşqarmalari, sud yoki turli rasmiy idoralar zimmasiga yuklanmasligi kerak. Oilaviy tarbiya, psixologik madaniyat va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimi muntazam kuçaytirilib borilmasa, raqamlar ham ortişda davom etaveradi.
Zero, bir oila buzilsa, butun borliq larzaga keladi…
Nima dedingiz?
Gulçehra BERDIYOROVA,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
