“Bilmam, adaşdimmi yo töğri qildim?”
Sarlavhaga qaraboq, hoynahoy, Özbekiston xalq artisti Zamira Suyunova ijrosida yangragan va muxlislar qalbidan muqim joy egallagan maşhur qöşiq haqida söz borsa kerak, deb öylagandirsiz. Nafsilamrini aytganda, maʼnaviy olamni boyitişda milliy qöşiqlarimizning ham öz örni bor. Biroq hozir gap bilib yo bilmay, balki, adaşgan holda, maʼnaviyatning yuksalişiga berilayotgan “zarbalar” haqida. Yanada aniqroği, söz masʼuliyati, aytayotgan axborotimiz, bildirayotgan fikrimiz maʼnaviyat daraxtining ildiziga bolta bölib tuşmasligi haqida.
“Faust”ni kim yozgan?
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlardan birida “A” harfi bilan boşlanadigan 5 ta davlatni sanab bering” degan savolning javobini eşitib, közlarimga işonmadim. Axir, “Avstraliya, Amerika, Antarktida, Azarbayjan, Amsterdam” deb javob bergan respondent unça-munça odam emas, naq millionlab obunaçiga va undan ham bir neça bor köproq kuzatuvçiga ega maşhur vayner edi-da…
Javobdan söng paydo bölgan birinçi savol şu böldiki, nahotki oliy maʼlumotli aktyor va rejissyor bölgan bu inson Antarktidaning qitʼa, Amsterdam esa şahar ekanini, qolaversa, özbek tilida “Azarbayjan” emas, “Ozarbayjon” deyilişini bilmasa… Axir bu farqlarni jöğrofiyadan jilla qursa, maktab öquvçisi darajasida xabari bor har qanday kişi yaxşi biladi-ku…
Boringki, endi bu odam bir vayn qilibdi-da, deb yuqoridagi holatga köz yumdik ham deylik. Lekin özining jurnalistika sohasi böyiça magistrlik diplomi borligini örni bölsa-bölmasa tiqiştiradigan, ham diniy, ham dunyoviy ilmi bor odam közingizga tik qarab turib notöğri axborot aytsa-çi?
Tan olaman, men ijtimoiy tarmoqda faol emasman. Biroq baʼzan şunday axborotlarga duç kelganimga azbaroyi andişa qilaman. Hozirgaça odamlar blogermi, jurnalistmi, diniy ulamomi yo olimlikka daʼvogarmi ekanini bilolmayotgan bu akaxonimiz özining navbatdagi “daʼvosi” bilan internetni “portlatdi”. Emişki, dunyoga maşhur “Faust”ni Gyote emas, Geyne yozgan ekan. Yana u janobning maʼruzalarini tinglab ötirgan izdihomga, jumladan, biz kuzatuvçilarga qarata “Siz “Faust”ni öqimagansiz, şuning uçun uni yozgan Geyneni ham bilmaysiz”, deyişiga ölasizmi?
Ehtimol, jahon adabiyotining “bilimdoni” suhbatidan bahramand bölganlar orasida yöq bölsa bordir, lekin uni ijtimoiy tarmoqda körganlar orasida uluğ nemis şoiri Gyotening maşhur asarini asliyatda öqimagan bölsa-da, dilbar şoirimiz Erkin Vohidov tarjimasidagi “Faust”ni öqiganlar ming-minglab ekani bu aqllining xayoliga ham kelmagan-ov…
“Qovun tuşiriş” borasida ayrim deputatlarimiz bilan bemalol bellaşadigan bu domlajon yaqinda yana bir bor xol qöydi. Emişki, uning muxlislaridan biri Dostoyevskiyning “Aqllilik balosi” haqidagi maʼruzalaridan masrurlanib, uni davom ettirişni söragan. Netongki, “badiiy tilda” gapirişini har suhbatida qayta-qayta takror etadigan, tilimizda “badiiy til” tuşunçasi yöqligini, balki “adabiy til” va “badiiy asar tili” tuşunçalari mavjudligini bilmaydigan magistr janoblari “Aqllilik balosi” Fyodor Dostoyevskiyning asari emas, balki Aleksandr Griboyedov qalamiga mansubligidan ham bexabardir.
“Samarqandga borsam men agar”
Yuqoridagi fikrlar ijtimoiy tarmoq atrofida bölgani uçun biroz bahsli bölişi mumkin. Çunki undagi axborotlar tahlil qilinmaydi, nazoratga olinmaydi va töğridan-töğri tarqatiladi. Lekin televideniye-çi? U ham nazorat doirasidan çiqib ketdimi? Televideniyedan tarqatiladigan axborot aholining ongini özgartiradigan darajada qudratga egaligi unut böldimi?
Bejiz bunday deyayotganimiz yöq. Aytiş joizki, “Madaniyat va maʼrifat” telekanali eng sevimli dasturlarni namoyiş etadigan, şu bilan birga, xalqimiz maʼnaviyatini boyitadigan, maʼrifiy ösişiga xizmat qiladigan kanallardan biri. Biroq ayrim körsatuvlarni körganda, fikrimiz teskari tomonga özgarib ketganini özimiz ham bilmay qolamiz.
“Qaqnus” xuddi şunday maʼrifiy körsatuvlardan biri. Uning boşlovçisidan tortib, mehmonlarigaça şeʼriyat ixlosmandlari qalbidan muqim joy olib ulgurgani ham bor gap. Biroq şunday suhbatlardan biriga taklif etilgan şoir va adabiyotşunos olimning Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Samarqandga borsam men agar” degan maşhur şeʼrini Xurşid Davron asari deb taqdim etsa, nima deyişni ham bilmay qolarkansiz…
“Ravşan” tarixiy asarmi?
“Siz efirdasiz” dasturi ham “Madaniyat va maʼrifat” telekanalining eng ommabop körsatuvlaridan biri. Uni mamlakatimizning 7 yoşdan 70 yoşgaça bölgan aholisi köradi, desam, lof emas. Çunki unda iştirok etuvçilar orasida boşlanğiç sinf öquvçilari ham, piri badavlat otaxonu onaxonlar ham borligiga köp bor guvoh bölganman. Şuning uçun ham bunday keng auditoriyaga ega körsatuvda yangragan axborot atomdan kuçli böladi. Şuning uçun ham ommaga taqdim etilayotgan har qanday maʼlumot ming bir çiğiriqdan ötişi kerak. Özimiz bilmagan maʼlumot yoki töğri deb bilgan xato xalqni çalğitişi, notöğri xulosaga olib kelişi mumkin.
Fikrlarim quruq bölib qolmasligi uçun birgina misol keltirsam. Mazkur körsatuv boşlovçisi savolni öqib eşittirarkan, sovrin uçun qöyilgan kitobni eʼlon qildi. Uning aytişiça, ğolibga “Ravşan” tarixiy asari nasib etarkan. Kamiga qöşib qöydi: “Mana, kitobning muqovasiga “Özbek xalq oğzaki ijodidan” deb yozilgan ekan. Demak, bu kitob tarixiy roman”. Men-ku millionlab muxlislar qatori, uni eşityapman, lekin u boşlovçi (yana özini telejurnalist sanasa kerak!) mening “dod” deb yuborganimni eşitdimikan?!
* * *
Eʼtibor qilgan bölsangiz, biz heç bir “qahramonimiz”ning ism-şarifini keltirmadik. Çunki maqsadimiz kimnidir yomonotliq qiliş emas. Aksinça, hamkasblarimizni, jumladan, söz bilan işlaydigan barça-barçani söz masʼuliyatini his qilişga çaqiriş. Toki, biz taqdim etadigan maʼlumot, yetkazadigan axborot yoki bildirayotgan fikrimiz, adaşibmi yo bilib-bilmagan holda, maʼnaviyat daraxtining ildiziga bolta bölib tuşmasin!
Temir QURBON.
