Onam…

Muallif haqida:

Muhammad SIDDIQ Andijon viloyati Böston tumanida tavallud topgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

“Işq dardi”, “Yurt soğinçi”, “Pastlab uçgan turnalar”, “Musofir daraxt” nomli şeʼriy kitoblari çop etilgan.

Hozirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida işlaydi.

Keyingi paytlarda nima yozsam, öz-özidan onamga borib taqalaveradi. Yozmasam, yuragimga qadalgan soğinç tinçlik bermaydi. Aslida, onasini yöqotgan bir men emasman-ku. Birovlarning yuragini ezib yozmay qöya qolay deyman-u, baribir özim bilib-bilmay yana yozib qöyaveraman.

Keça tuşdan keyin bir iş bilan Sayyora Töyçiyevaga qönğiroq qildim. Opa ovozimni eşitişi bilan: “Voy, ukajon, öşa kuni sizga bilmay qönğiroq qilibman. “Yiği aralaş: “Yöldaman, onam…” degandingiz. Yuragim şuv etib ketdi…”

Opaning qolgan gaplari quloğimga kirmadi. Yaram yangilandi. Xayrlaşdimmi-yöqmi, bilmayman ham. Xonamning eşigini qulflab olib, közimda yoş, boşimda çarx urayotgan oğriqli xotiralarni yana qoraladim.

Paypoq

Har gal qişloqqa borsam, onamning qöllariga ozmi-köpmi pul tutardim. Onam pulni olib, yoş boladay quvonib ketar, falaj qöllarini soğ qölining ustiga qöyib, kaftlarini oçgança meni uzoq duo qilardi. Keyin öşa pullarni avaylab paypoğining içiga yaşirib qöyardi. Onamning paypoği içida mendan boşqalar bergan pullar ham bölardi.

Qaytar çoğim onam meni qöyib yuborgisi kelmasdi. Men bölsa, “Hozir qaytaman, köçada işim bor”, deb onamni çalğitmoqçi bölardim. Ammo onam hammasini bilib turardi. Keyin meni imlab yonlariga çaqirib, paypoği içidan bir siqim pul olib berardi. “Dovonda ovqatlanasiz bu pullarga”, — derdi.

O, bu pullar men uçun juda qadrli edi. Garçi çöntagimdan har doim şamol aylanib tursa ham, bu pullarni uzoq vaqt işlatmay saqlab yurardim. Ular bilan özimni dunyodagi eng boy odam his qilardim. Hozir öylasam, men uçun dunyodagi eng katta bank — onamning paypoği ekan. Baʼzan bu ötkinçi dunyo közimga onamning paypoğiçalik qadri yöqdek körinadi…

Dovon

Dovondan oşib ötiş men uçun har doim juda hayajonli keçardi. Nazdimda dovon ulkan-ulkan qoyalardan iborat katta toğlar edi. Endi payqab qoldim: aslida dovon bir tepalik ekan, xolos. Onamdan keyin undan oşib ötiş zavqu şavq bermay qöydi. Dovondan pastga eniş undan-da zavqli edi. Göyo u tarafida jannat boğlaridan biri bordek edi. Bularning hammasi onam bilan ketdi-qöydi.

Endi u yoqlarga borişni öylasam, köz oldimga birinçi galda Maslahattepa kelaveradi. Ilgarilari u joy körimsiz edi. Hozir u yerda jannat boğlaridan biri bor. Çunki u yerda onaizorim yotibdi…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan