Buyuk adibning ehtiroslarga boy romani
Kolumbiyalik maşhur adib Gabriel Garsia Markes (1927-2014) öz vaqtida Lotin Amerikasidagi nomdor ommaviy axborot vositalari — “El Heraldo”, “Momento”, “El Espectador”, “El Universal”, “Prensa Latina” kabi gazeta-jurnal va agentliklarda muxbir, şarhlovçi va reportyor sifatida qalam tebratgan. Sohada orttirgan boy tajribasi (tört yuzga yaqin maqola, oçerk va reportaj) buyuk yozuvçi adabiy uslubining şakllanişiga ulkan taʼsir körsatganki, jurnalistlikni “dunyodagi eng gözal kasb” deb sidqidildan ardoqlagan.
Jahon adabiyotida “fusunkor realizm” deya atalgan yangi adabiy oqim asosçilaridan biri bölgan adibning “Yolğizlikning yuz yili”, “Buzrukning kuzi” romanlari, “Oşkora qotillik qissasi”, “Polkovnikka heç kim xat yozmaydi”, “Tökilayotgan yaproqlar” kabi qissalari hamda köplab hikoyalari özbek kitobxonlarining ham maʼnaviy mulkiga aylangan.
“Hurriyat” gazetasi muxlislari eʼtiboriga bir jöz havola etilayotgan “Avgustda uçraşamiz” romani — yozuvçining sönggi asari, ijodining zafarli yakuni. Bu haqda adibning farzandlari Rodrigo va Gonsalo Garsia Barça asarning 2024 yili çop etilgan ilk naşriga yozgan söz boşisida şunday samimiy satrlarni öqiş mumkin:
“Hayotining sönggi yillarida otamizga xotirasi pand bera boşlagan edi. Bu dard, tasavvur qilişingiz mumkinki, barçamiz uçun oğir sinov bölgan. Buyuk adibning özini esa mudom poydor bölib kelgan zahmatkaşlik qobiliyati va yoziş imkoniyatidan mahrumligi hammasidan köproq umidsizlikka solar edi. Bir kuni bizga aniq va lönda qilib — har holda padarimiz öşa kunlari hali buyuk yozuvçiga xos ğayrat-şijoatidan ayrilmagan edi — şunday degani yodimizda: “Xotira — mening xomaşyom va iş qurolim. Usiz qolgani — bir pul”.
“Avgustda uçraşamiz” romani — otamizning barça judoliklarga qasdma-qasd davom ettirgan sönggi ijodiy izlanişlari mahsuli. Bu jarayon aqliy qobiliyati asta-sekin sönib borayotgan çin mukammalparast sanʼatkorning iztiroblarga töla zahmatlaridan iboratdir. Qadrdonimiz, hassos noşir Kristobal Pera uşbu asarga yozgan izohlarida roman matnining köplab tafsirlari tarixini batafsil (bizdan köra yaxşiroq) darj etgan. Bizga esa otamizning qatʼiy hukmi maʼlum edi: “Bu asar sayozroq çiqdi. Uni çop etişdan voz keçiş kerak”.
Biz voz keçmadik. Umidimiz şul ediki, nedir qarorga kelmoğimizni oliy hakam — vaqt körsatadi. Otamiz vafotidan ön yil ötgaç, asarni qaytadan öqib çiqdik va unda jozibali fazilatlar kutganimizdan ham bisyorligini kaşf qildik. Tan olişimiz zarur: adibning yirik romanlaridan farqli ölaroq bu asarida takomiltalab joylari yöq emas. Tişga tegadigan ayrim örinlar, reza noaniqliklar bor. Ammo mutolaaga oşufta köngillarga Gabriel Garsia Markes nasridan bahramand böliş saodatini his qilişda ayni notekisliklar aslo monelik qilmaydi. Ahli kitob çeksiz xayolot, behad jozibali til, maroqli roviylik, inson ruhiyatini qat-qatigaça anglaş-tuşuniş, bandasiga xos noyob keçinmalar va ojizliklar, ayniqsa, muhabbat bobidagi samimiy iztiroblarga möl-köl oşno böladi. Muhabbat esa buyuk adib ijodining boş mavzusi bölgani maʼlum.
Şunday qilib, romanni tağin öqib çiqdik, asar endi bizga ön yil avvalgidan köra mukammalroq va jozibaliroq tuyuldi va öyladik: mabodo xastalik dardmand yozuvçi matnni yanada takomillaştirişi uçun tösqinlik qilgan bölsa-çi? Muayyan nuqsonlariga qaramay, asari mukammal ekanligini anglab yetiş imkonini bermagan bölsa-çi? Adib muxlislarining könglini oliş orzusidan kelib çiqib, ortiqça mulohazalarni nari surdik va otamizga bergan vaʼdamizdan köz yumişga ahd qildik. Asar kitobxonlarga manzur bölsa, rahmatli otamiz biz, farzandlarini keçiradi, degan umiddamiz”.
Alqissa, romanning çop etilişi katta şov-şuvlarga sabab böldi. Qisqa muddat içida önlab mamlakatlarda köplab tillarga tarjima qilindi. Markesning şoh asarlari qatoridan joy olgan uşbu romandan endi özbek kitobxonlari ham bahramand bölayotgani qutluğ voqeadir.
Asar qahramoni — sohibjamol Anna Magdalena Bax har yili avgust oyida onasining qabrini ziyorat qiliş uçun orolga boradi va bir keçada boşqa odamga aylanib qoladi. Ğaribgina musofirxona mayxonasida kuy-qöşiq tinglab, köngil oçadi. Köngil oçiş bilan boğliq kutilmagan sarguzaştlar ehtiroslarga boy “Avgustda uçraşamiz” romaniga xos eng yorqin jihatlardir.
Avgustda uçraşamiz
(romandan bir jöz)
Gabriel Garsia MARKES,
Nobel mukofoti sohibi
(Kolumbiya)
Ayol ön oltinçi avgust, juma kuni soat uçlarda orolga paromda keldi. Jinsi şim, şotlandça katakli köylak, yalang oyoğiga poşnasi past odmigina tufli kiygan, qölida atlas soyabon va sumkaça tutgan, safar sumkasi esa yagona yuki edi. Bandargohda qalaşib yotgan taksilar orasidan dengiz tuzi şörini xiyla quritib qöygan, köhna maşinani tanladi. Haydovçi u bilan sinaştadek salomlaşdi va devori qamiş aralaş guvaladan kötarilib, tomlari palma yaproqlari bilan yopilgan uylar, çöğday qum qoplangan köçalari jaziramada qaynab yotgan poyonsiz obi bahrga qaragan ğaribgina qişloq oralab ulovini yeldirib ketdi. U korridada buqaga qarşi hujumga şaylangan jangçi singari özini ğildiraklar tagiga taşlaşdan qaytmaydigan loqayd xinzirlar va qip-yalanğoç bolakaylarga çap beriş uçun ne bir çaqqonliklar körsatib borar edi. Qişloq kanorasida poşşoyi xurmo daraxtlari bezab turgan xiyobonga burildi, plyajlar va mehmonxonalar yoqalab, oçiq dengiz va moviy qarqaralar daydib yurgan körfaz orasidan ğizillab ötdi va nihoyat ğoyat eski, ğoyat xarob musofirxona oldida töxtadi.
Mulozim yozib töldirilgan hujjat bilan peştaxta yonida kutib turgan ekan, faqat imzo çekiş va uning qölidan körfazga qaragan ikkinçi qavatdagi yagona xonaning kalitini oliş qolgan edi. Ayol zinalarni juftlab bosganiça, yuqoriga şitob kötarildi. Yaqinda sepilgan bölsa kerak, siçqondorining hidi dimoqni teşay deydi. Ikki kişilik bahaybat karavot qariyb butkul egallagan, jihozlari ğaribdan-ğarib xonaga kirdi. Safar sumkasidan bejirimgina pardoz qutiçasini hamda sahifalari töliq kesib oçilmagan kitobni olib, orasiga fil suyagidan yasalgan piçoqni tiqdi-da, tumba ustiga qöydi. Puşti rang şoyi köylagini yostiq ostiga yaşirdi. Çarx urayotgan quşlar surati muhrlangan ipak römoli, yengi kalta oq köylagi, xiyla urinib qolgan kedasi ğuslxonadan joy oldi.
Öziga oro beriş uçun avval öng qölidagi nikoh uzugi va erkakça soatini yeçib, pardoz stoliga qöydi. Apil-tapil yuzini çayib, yölda qöngan çang-ğuborni yuvib taşlagan böldi. Peşinda közi ilingan ekan, lanjligi ketdi. Artinar ekan, ikki marta tuqqaniga qaramay, hamon tirsillab turgan böliq siynalarini közguga soldi. Kaftlarining qirrasi bilan yonoqlarini orqaga tortgan edi, navjuvonlik çoğlaridagi kabi tekislanib ketdi. Böynidagi ajinlarini eʼtiborsiz qoldirib, nima ham qila olardi, birpas avval, tuşlikdan keyin paromda tozalagan sadafdek tişlariga nigoh taşladi. Tuklari toza qirilgan qöltiğiga xuşböy obi muşkin surtib, çöntagiga nasl-nasabining boş harflari — “AMB” tikilgan yengilgina paxta köylagini kiydi. Hindu soçlarini yelkasigaça tuşirib taradi va quşlar suvratlangan jiyak bilan turmakladi. Nihoyat, lablariga odmi lab böyoği surib, körsatkiç barmoqlarini tupugi bilan namladi va tutaşgan qoşlarini tekislagan böldi. Quloqlari ortiga “Maşriqona daraxt” atiridan yengilgina purkaganidan söng közgudagi öz ruxsoriga — ikki farzandning onasiga, umr şomi balqiy boşlagan ayolga yuzlandi. Pardoz-andoz yölamagan tarang terisi asalni eslatsa, buğdoy rang qovoqlari ostidan çaqmoqday közlari jilva soçardi. U göyo har bir hujayrasiga norozi nigohiyu mazammati bilan baho berib çiqdi va şu tobda özini qanday his qilayotgan bölsa, xuddi şunday — barnolarning barnosi deb topdi. Qöliga uzuk va soatini qaytadan taqar ekan, keç qolayotganini angladi: olti daqiqasi kam tört. Şunday bölsa-da, yana bir lahza töxtab, körfazning qaynoq mavjlari uzra osmonda ohista suzib yurgan qarqaralarni soğinç bilan tomoşa qilişni öziga ep kördi.
Kiraverişdagi banan daraxtlari ostida taksi kutib turardi. Haydovçi sörab-netib ötirmay, xurmo daraxtlari örab turgan xiyobonni ortda qoldirib, mehmonxonalar örtasidagi qurilişi çala yotgan maydonni makon tutgan yoymaçilar bozoriga ötdi va gul sotuvçi ayolning oldida töxtadi. Omonat kursida mudrayotgan sambitday zanji ayol maşina signalidan seskanib ketdi, öziga kelgaç, orqa örindiqda ötirgan juvonni darhol tanidi va jilmayib qöydi. Nimalarnidir tinimsiz bidirlagança, atay tayyorlab qöyilgan sambitgul dastasini unga uzatdi. Bir neça mavzedan keyin taksi ötkir qirrali xarsanglar oralab tepalik sari keskin kötarilib ketgan va köz ilğab-ilğamaydigan yölkaga burildi. Issiqdan billurdek tovlanib turgan tiniq havoda Karib dengizi mayin yastanib yotardi. Sayyohlar bandargohi böylab köngiloçar yaxtalar saf tortgan, soat törtda jönaydigan parom şaharga qaytib ketmoqda edi. Tepalikda ğaribgina qabriston osoyiş topgan. Ayol zang bosgan eşikni yengilgina itarib oçdi-da, qölida — guldasta, yovvoyi öt bosib yotgan qabrlar oralab ketdi. Örtaroqda tarvaqaylab ketgan seyba — paxta daraxtini möljal olib, onasining qabrini topiş oson edi. Jaziramada qizib ketgan rezina tagçarmga qaramay qirrador toşlar oyoğiga qattiq botardi, atlas soyabonni-da pisandiga olmay qöygan oftob esa ayovsiz olov purkaydi. Butalar orasidan bexosdan otilib çiqqan bahaybat kaltakesak ayolning qarşisida taqqa töxtadi, u bilan köz uriştirgaç, qoçib qoldi.
Ayol sumkasidan rözğor qölqopini olib, kiydi. Onasining nasl-nasabi va sakkiz yil avval vafot etgan sanasi bitilgan sarğiş marmarni topguniça uçta qabr toşini artib çiqişiga töğri keldi.
Ayol bu yerga har yili ön oltinçi avgust kuni, bir paytda, bir maşinada keladi, bir sotuvçidan gul sotib oladi va onasining qabrini bir dasta barq urib turgan sambitgul bilan ziyorat qiladi. Ziyoratdan söng, to ertasi kuni ertalab soat töqqizgaça, yaʼni birinçi parom bandargohdan jönab ketguniça boşqa qiladigan işi qolmaydi.
Ayolning nasl-nasabi — Anna Magdalena Bax. Yoşi qirq oltida. Yigirma yetti yilki, bir-biriga köngil qöygan va birinçi xuştori bölgan yigitning nikohida baxt-iqbolga çulğanib yaşaydi. Anna Magdalena hali bokira qiz, sanʼatşunoslik fakulteti talabasi ekanida turmuşga çiqqan. Marhuma onasi Montessori — taʼlim uslubidagi boşlanğiç maktabida el-yurt hurmatini qozongan muallima ediki, yuksak obrö-eʼtibori va xizmatlariga qaramay, umrining oxirigaça mansab zinapoyalaridan kötarilişdan boş tortib kelgan. Anna Magdalena onasidan oydek serjilva közlarini, tabiatan kamgapligini, kamsuqumligini va vazminligini bezab turuvçi aqlini meros qilib olgan edi.
U musiqaçilar oilasidan. Fortepiano öqituvçisi bölgan otasi qirq yil davomida mahalliy konservatoriyaga rahbarlik qilgan. Eri musiqaçilar sulolasidan, dirijyor, keyinçalik ayni lavozimni, yaʼni öz ustozining örnini egalladi. Yigirma ikki yoşida Milliy simfonik orkestrda violonçel ustasi sifatida nom qozongan iqtidorli öğlining şaxsiy konsertida Mstislav Leopoldoviç Rostropoviçdek maşhuri olam uni tik turib olqişlagan. Ön sakkiz yoşli qizi esa har qanday musiqa çolğusini sayratişni bir tinglaşdayoq özlaştirib olişdek noyob qobiliyat sohibasi. Faqat ayni qobiliyatini uyda tunamaslikning bir yöli deb bilişi çatoq. Jaz surnayçisiga oşiqu beqaror bölib qolgan maşşoq qiz ota-onasining hayhaylaşiga qaramasdan, Faqir karmelitlar tariqatiga kirib, rohibalikni tanlagan va soçini taqir qirdirib taşlagan.
Muallima onasi qazosidan uç yil avval şu orolga dafn etiliş istagini bildirgan edi. Anna Magdalena marhum volidasini qabrigaça kuzatib kelmoqçi bölganida, uni bu yöldan qaytarişgan, özining ham bunday judolikka bardoşi yetmaydigandek tuyulgan. Oradan bir yil ötgaç, otasi uni orolga birga olib kelib, onasining qabriga oqiş marmar toş qöydirgani yodida. Osma motorli qayiqda kam deganda tört soatga çözilgan yöl azobidan Anna Magdalenaning bölari bölgan: quturgan dengiz bir soniya tinçiy demagan. Şunday bölsa-da, uni barqutday yam-yaşil örmon etagigaça zarrin qum soçilgan plyajlar, quşlar çuğur-çuğuri va körfaz uzra sokin qanot qoqayotgan qarqaralar hayratga solgani rost. Biri maşhur şoir, ikkinçisi mamlakat prezidentligiga saylanişiga bir baxya qolgan sergap senatorning kindik qoni tökilgan makon bölişiga qaramay, ikki palma daraxti örtasiga osilgan tör belançakda, oçiq havoda tunaşiga töğri kelgan qişloqning abgorligi Anna Magdalenaning könglini xira qilgan edi. Dinamit şaşkasining bexosdan portlaşi ölaroq, qölidan ayrilgan qora tanli möloq baliqçilar köpligi yuragini ezgan. Lekin qarangki, qabriston yastanib yotgan tepalikdan namoyon bölgan jahoniy latofatni körib, onasining orzu-irodasini anglaganday böldi. Ayni zamin bu yoruğ dunyoda u özini yolğiz his qilmaydigan yagona xilvat göşa. Anna Magdalena volidasini mangu osoyiş topgan şu joyida qoldirişga va har yili bir dasta sambitgul bilan ziyoratga kelib turişga qaror qilgani şundan.
Avgust — jazirama avjga çiqib, jalalar ğulusi tinmaydigan oy. U tabiatning ayni injiqligini ixlosga aylangan ziyorat asnosidagi sinov deb bilardi. Taşrifini kanda qilmas va ziyoratni albatta tanho özi ado etardi. Bir gal qoidani buzdi, buvisining qabrini körmoqçi bölgan bolalarining xarxaşasiga doş berolmadi va ularga qöşilib özi ham rosa taʼzirini yedi. Qoronği tuşmasidan qayiqda yölga çiqdilar va bolakaylar vahimayu dengiz kasalligidan ğoyat holdan toydi. Öşanda, şukrki, ular orolda oçilgan birinçi, yaʼni senator davlat mablağiga qurdirib, keyin öz nomiga ötkazib olgan ilk mehmonxonada tunaşga muvaffaq bölgan edilar.
Anna Magdalena Baxning köz öngida oynavand imoratlar yildan-yilga qoyadek yuksalgandan-yuksalib, qişloq esa tobora ğariblaşib borardi. Taqdirga tan bergan motorli qayiqlar safdan çiqib, ularning örnini kema-parom egalladi. Suziş avvalgidek — tört soatdan kam emas, lekin sovutkiç, musiqa va yengiltabiat qizlar paydo bölgan. Endilikda qişloqqa faqat Anna Magdalena boş suqadi.
U mehmonxonaga qaytgaç, tör hoşiyali lozimçasidan boşqa bor kiyimini yeçib, özini karavotga taşladi va jaziramani zörğa qaytarayotgan osma bodkaşning parraklari ostida, orasiga piçoq tiqib qöyilgan kitobni oçib, mutolaaga berildi. Kitob Brem Stokerning “Drakula”si edi. Qöliga durdona asar tuşib qolganidan quvonib, hali yölda, paromda yarmigaça berilib öqigan edi. Endi esa kökragida kitobi bilan uxlab qoldi va ikki soatdan keyin qoronğida, terga botib, juda oçiqib uyğondi.
Mehmonxona mayxonasi keçki soat öngaça işlardi, tamaddi qiliş uçun pastga tuşdi. Bu paytda mijozlar odatdagidan köproq, ofitsiant ham yangiga öxşardi. Odatiga köra, avvalgi yillardagidek, vetçinali va pişloqli qovurilgan sendviç hamda sutli qahva buyurdi. Yemak olib kelişlarini kutib ötirganida, mazkur mehmonxona orolda hali yagona musofirxona mahallari, bu yerga kelib-ketib yurgan keksa sayyohlar orasida ekanini sezib qoldi. Mulat qizça maʼyus qöşiğini kuylar, allaqaçon keksayib, közlari butkul xira tortib qolgan kunda-şunda Agustin Romero esa mehmonxonaning oçiliş marosimida yangragan mayin-muloyim musiqasi bilan eski pianinoda unga jör bölardi.
Rus tilidan
Qulman OÇIL tarjimasi.
