Sunʼiy intellekt

har qanday kuçli vositalar singari u ham xavflardan xoli emas!

— Samadov?

— Labbay, ustoz…

— Qani, turib javob ber-çi, Nyutonning birinçi qonuni nima haqida?

Erinibroq örnidan turgan kursdoşim ustozga qarab:

— Haa… bu… obʼyektga taşqi kuç taʼsir qilmasa, u öz holida qoladi, — dedi biroz noaniq va işonçsiz ohangda.

— Barakalla, ötir. Sizlarga turinglar, javob beringlar deb savol bermasa, joylaringdan jilgilaring ham kelmaydi-ya. Özi talabalar Çat-ji-pi-tiga öxşaydi, savol bermaguningça javob bermaydi, bersang, bilsa-bilmasa, gapni olib qoçib gapiraveradi…

— Haa… Ustozlardan bu gapni tez-tez eşitaverib, hadeganda “zet avlodligimizni” taʼkidlayveradigan tanişlarning gap-sözlaridan quloğimizning ham diydasi qotdi. Xohlaymizmi-yöqmi, vaqt ötgan sayin tuşunyapmizki, bugun tanobini tortmasak, ertaga bizning tanobimizni tortib qöyadigan bilimlar bor.

Hozirgi kunda “ChatGPT” yoki boşqa sunʼiy intellekt tizimlari bilan işlaş – yangi avlodning kundalik tajribasiga aylangan. Ular bilim manbai va yordamçi sifatida, hatto ijodkor şerik sifatida hayotimizga kirib keldi. Ustozning: “Özi talabalar Çat-ji-pi-tiga öxşaydi, savol bermaguningça javob bermaydi…” degani nafaqat yumor, balki hayotiy haqiqat. Sunʼiy intellekt ham şunday: unga aniq savol berilmasa, foydali va asosli javob oliş qiyin. Şu bois bugun bizga kerak böladigan birinçi narsa – bilimni boyitiş va uni izlaşga tayyor bölişdir. Sunʼiy intellektning ijobiy tomonlari juda köp. Masalan: u katta hajmdagi maʼlumotlarni soniyalarda tahlil qilişi, murakkab hisob-kitoblarni tezlik bilan bajarişi va insonning ijodiy işlarini yanada boyitişi mumkin. Sunʼiy idrok yordamida tibbiyotda kasalliklarni erta aniqlaş, ilm-fan tadqiqotlarini tezlaştiriş, hatto til va madaniyatlarni birlaştiriş imkoniyati mavjud. “Google Scholar”, “Gemini”, “Kling AI” yoki “ChatGPT” kabi vositalar yordamida talabalar öz bilimini kengaytirişi, ijodkorlar yangi ğoyalarni şakllantirişi mumkin.

Sunʼiy intellekt allaqaçon insonlar hayotiga şu qadar çuqur kirib bordiki, hatto u bilan “turmuş qurganlar” ham bor ekan. Çet el OAVda bir neçta şunday holatlar muhokama markaziga çiqdi: ayrim insonlar sunʼiy intellekt asosida yaratilgan virtual hamroh bilan “rasmiy” munosabat örnatganini eʼlon qilgan. Masalan, AQŞ va Yaponiyada SI — sunʼiy intellekt-botlar bilan nikoh ramziy marosimlar orqali “qayd etilgani” haqidagi xabarlar jamoatçilikni ikkiga böldi — kimdir buni zamon taʼsiri desa, kimdir jamiyatdagi yolğizlik va ruhiy böşliqlarning oqibati deb hisobladi. Bu holat sunʼiy intellektning imkoniyatlaridan köra, insonning unga bölgan ruhiy boğlanişi qançalik kuçayib borayotganini körsatadi. Olimlar bunday jarayonni ehtiyotkorlik bilan tahlil qiliş lozimligini taʼkidlaşgan. Çunki sunʼiy intellekt insonni tuşunayotgandek tuyulsa-da, ammo u his qilmaydi, javobgarlikni zimmasiga olmaydi va haqiqiy ijtimoiy munosabatlarning örnini töliq bosa olmaydi. Şu jihatdan, sunʼiy intellekt bilan “munosabatlar” texnologiya taraqqiyoti bilan bir qatorda, insoniyat oldida turgan psixologik va axloqiy savollarning javobini köndalang qöymoqda.

Ammo, har qanday kuçli vosita kabi, sunʼiy intellekt ham xavflardan xoli emas. Salbiy tomonlari orasida notöğri yoki manipulyatsion maʼlumot tarqatiş, şaxsiy hayotga tajovuz qiliş, hatto ayrim iş örinlarini avtomatlaştiriş orqali qisqartiriş xavfi mavjud. Şu bois sunʼiy intellekt bilan işlaşda ehtiyotkorlik va tanqidiy tafakkur eng zaruriy vositalardan biri hisoblanadi. Odamlar öz bilimini faollaştirmasa, sunʼiy intellekt faqatgina kömakçi bölib qoladi, boşqaruv esa unga ötib ketişi mumkin. Şuningdek, aksariyat odamlar salomatlik yoki diniy masalalarda sunʼiy intellektga haddan ziyod işonib, notöğri maslahatlar oliş hollari ham uçrab turadi. Masalan, sönggi yillarda “ChatGPT” va boşqa sunʼiy intellekt tizimlari tomonidan berilgan notöğri tibbiy yoki ruhiy tavsiyalar natijasida, foydalanuvçilar salomatligini xavf ostiga qöygan holatlar qayd etilgan. Baʼzilari esa diniy masalalarda maʼlumot sörab, öz qarorlarini sunʼiy intellekt tavsiyalariga tayangan holda qabul qilgan. Bu holatlar olimlar va mutaxassislarni ogohlantiradi: sunʼiy intellekt yordamçi bölişi mumkin, ammo insonning tanqidiy tafakkuri, bilim va maslahatlarni haqiqiy manbalardan tekşiriş qobiliyati har doim birinçi örinda turişi lozim.

Kelajakda sunʼiy intellektning qanday rivojlanişi köp jihatdan bizning unga munosabatimizga boğliq böladi. Olimlar fikriça, sunʼiy intellekt insoniyat bilan hamkorlik qiluvçi, axloqiy va huquqiy çegaralarga rioya qiladigan tizimga aylanadi. Ilon Mask va Stiven Xoking kabi mutaxassislar sunʼiy intellektning salohiyat xavfini taʼkidlagan bölsalar-da, töğri boşqarilsa, u insoniyat tarixidagi eng katta yutuqlardan biriga aylanişi mumkinligini bildirganlar. Maşhur yozuvçi Ayzek Azimov sunʼiy intellektni nafaqat ilmiy-fantastik ğoya sifatida, balki insoniyatning axloqiy va masʼuliyatli munosabatini sinovdan ötkazuvçi vosita sifatida körgan. Uning maşhur “Uçta robot qonuni” – robotlar insonlarga zarar yetkazmasligi, inson buyruqlariga böysunişi va özini himoya qilişi lozim degan qoidalar – hozirgi kunda sunʼiy intellekt xavfsizligi va axloq meʼyorlari haqida olib borilayotgan ilmiy bahslarga bevosita taalluqli. Unga köra, robot heç qaçon insonga jarohat yetkazmasligi, hatto harakatsiz qoliş orqali ham insonning zarar körişiga yöl qöymasligi lozim. Robot inson tomonidan berilgan buyruqlarga böysunişi şart, ammo bu buyruqlar insonga jarohat yetkazişga sabab bölsa, bajarilmaydi. Şuningdek, robot öz mavjudligini himoya qilişga majbur, biroq bu himoya insonga jarohat yetkazmasligiga va inson tomonidan berilgan buyruqlarga böysunişiga qarşi kelmasligi kerak. Hozirgi vaqtda sunʼiy intellektning rivojlanişi aynan Azimovning ogohlantirişlarini tasdiqlayotgandek, texnologiya inson bilan hamkorlik qilsa, ilm-fan va taʼlimda inqilobiy özgarişlarni amalga oşirişi mumkin, ammo notöğri işlatilsa yoki inson tomonidan masʼuliyatsiz boşqarilsa, xavf va notöğri qarorlar keltirib çiqarişi mumkin. Kelajakda SI rivojlanişi Azimov keltirgan prinsiplarga amal qilsa, u insoniyat uçun haqiqiy şerik va yordamçi böladi, ilm-fan va taʼlimni boyitadi, murakkab işlarni osonlaştiradi va inson tafakkurini yangi darajaga kötaradi. Şu tariqa, fantastik hikoyalar bugungi kundagi texnologiya bilan uçraşib, sunʼiy intellektning ijobiy kelajagi faqat insonning masʼuliyatli yondaşuvi bilan boğliq ekanini körsatadi. Ayzek Azimovning “Öqituvçi odam bölgan ekan” hikoyasi sunʼiy intellekt kelajagi haqida başorat deyiş mumkin. Hikoyada robotlar va SI bilan töla muhitda ulğaygan bolalar tasvirlanadi, lekin ular haqiqiy bilim va axloqiy qadriyatlarni inson öqituvçilar orqali oladi. Şu bilan birga, hikoya texnologiya qançalik rivojlangan bölmasin, insonning taʼlimdagi roli va masʼuliyati ajralmasligini körsatadi. Hikoya SI tizimlari kelajakda qanday rivojlansa ham uning foydasi va xavfsizligi faqat inson tafakkuri va bilimli yondaşuvga boğliq ekanini körsatadi.

Şuningdek, bugungi kunda köpçilik sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan bexabar bölib, SI orqali yaratilgan video, rasm va boşqa kontentlarni haqiqiy va sunʼiy mahsulotdan ajrata olmayapti. Bu oddiy holatdek tuyulişi mumkin, lekin kelajakda sunʼiy intellektdan xabardor bölmaslik jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin: yolğon va manipulyatsion maʼlumotlar qurşovida qoliş, şaxsiy hayotga tajovuzlar, iş va karyera masalalarida qiyinçiliklarga duç keliş xavfi ortadi. Şu sababli, bugun SI bilan işlaşni biliş, tanqidiy tafakkur va texnologiyadan xabardor böliş kelajakda muvaffaqiyat va xavfsizlikning kaliti böladi.

Sunʼiy intellekt bugungi dunyoda nafaqat texnologik yutuq, balki insoniyat hayotini şakllantiruvçi kuçga aylanyapti. U bilim oliş, ijodiy işlarni boyitiş, murakkab jarayonlarni tezlaştiriş imkonini beradi, lekin uning xavfsizligi va foydasi faqat inson tafakkuri, axloqiy masʼuliyati va tanqidiy yondaşuviga boğliq. Şu bois bilimni faollaştiriş, texnologiyadan xabardor böliş va SI bilan masʼuliyatli işlaş nafaqat şaxsiy muvaffaqiyat, balki jamiyatning barqaror rivoji uçun ham zarur.

Farangiz ABRUYEVA,

Özbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar universiteti

talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan