O'zbek va tojik

Azal tojik va o'zbek,

Ahil-inoq bir ko'zdek.

Bir din ham diyonati,

Birodar-tug'ishgandek.

 

O'zbek va tojik asli –

Aka-uka – bir nasli.

Qiz bergan bir-biriga,

Yo'q hech bir begonasi.

 

Mehmondo'st, ko'ngli ochiq,

Qo'l yuvsang, tutar sochiq.

Mehr berib o'zgacha –

“Xush omaded” der tojik.

 

O'zbek tutib namak-non,

Ko'rsatar keng so'rini.

Mehmonga sadqa-joni,

So'yar qo'yning zo'rini.

 

To'y, ma'raka ham oshda

Ko'pkari-yu kurashda,

Qo'shiq aytish, o'yinda,

Doim oldi o'rinda.

 

Jomiy hamda Navoiy,

Har ikki elning faxri.

Suyib tinglanar birday

Sherali, Jo'rabegi.

 

Azal tojik va o'zbek,

Ahil-inoq, bir ko'zdek.

Bir din ham diyonati,

Birodar-tug'ishgandek.

Xolmo'min YoDGOROV

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 × 1 =