Asrlar soyasidagi hayot
Farğona vodiysi nafaqat hosildor tuproği, balki tabiatni sevgan insonlari bilan ham qadrlidir. Bu yurtda daraxtni oddiy ösimlik emas, balki hayotning nafasi, avlodlar xotirasi deb biluvçi odamlar köp.
Ekologiya sohasida köp yillar davomida mehnat qilgan ustozlarimizdan biri Baxtiyorjon Muratov yaqinda qadimiy Şahrisabz tomon safar qildi. U ziyoratdan qaytgaç, göyo könglida boşqaça tuyğular paydo bölgandi. Çunki u yerda oddiy daraxtlarni emas, ming yillik arçalarni körgan edi.
Aytişlariça, Şahrisabz toğlari bağrida ösib turgan ayrim arçalar bir neça sulolalar almaşinuviga, neça asrlik şamollaru qorlarga guvoh bölgan. Ularning tanasida vaqt izlari bor. Qadimiy şoxlari osmonga intilgança xuddi insonga sabr va bardoş haqida sözlayotgandek tuyuladi. Tabiatsevar mehmon ana şu arçalar qarşisida uzoq turib qolganini aytdi.
“Daraxtlar ham inson kabi xotira saqlaydi, — dedi u, — faqat ular gapirmaydi, lekin şamol esganida barglari bilan bizga nimanidir aytadi”.
Uning fikriça, ming yil yaşagan daraxtni köriş vaqt bilan yuzma-yuz turiş demakdir. Çunki bu arçalar Amir Temur zamonidan ham oldin unib çiqqan bölişi mumkin. Ular tarix kitoblariga siğmagan voqealarning jonli guvohlaridir.
“Farğona vodiysi asrlar davomida saqlanib kelayotgan qadimiy daraxtlari bilan ham maşhur. Bu daraxtlar viloyatning qadimiy qişloqlari, ziyoratgohlari, masjid-madrasalari, tarixiy boğlari va xiyobonlarida uçraydi, — dedi Özbekiston Ekologik partiyasi Farğona viloyat kengaşi axborot xizmati rahbari Bahromjon Madumarov. — Ular nafaqat tabiat yodgorligi, balki xalqning madaniy va maʼnaviy merosining bir qismi hisoblanadi”.
Farğona vodiysida uzoq umr köruvçi daraxt turlari orasida, ayniqsa, çinor muhim örin tutadi. Farğona deganda, avvalo, köz öngimizda baland va qadim çinorlar namoyon böladi.
Çinor — 800-1000 yilgaça yaşaydigan daraxt turi bölib, eng maşhur qadimiy daraxt hisoblanadi. Şuningdek, yonğoq, tut, arça ham uzoq umr köruvçi daraxtlar sirasiga kiradi.
Farğona tumanidagi eng gözal va sölim qişloq — Vodilda Özbekistondagi eng maşhur qadimiy çinorlardan biri qad rostlab turibdi. Manbalarda uning yoşi taxminan 800 yil deb keltiriladi. Daraxtning ulkan kovagiga bir vaqtlar kiçik dökon ham siqqan, degan rivoyatlar ham bor.
Şuningdek, Farğona vodiysining ajoyib toğli hududlaridan biri sanalgan Şohimardonda ham köp asrlik daraxtlar yaxşi saqlanib qolgan. Bu yerda 300-800 yillik çinorlar, yonğoqlar va arçalar uçraydi. Ayniqsa, Şohimardon soyi atrofi, Xöja Ahmad Valiy ziyoratgohi yaqinida, toğ yöllari va soy böylarida.
Qadimiy daraxtlar bu hududning ekologik barqarorligini taʼminlaş bilan birga, ziyorat va ekoturizm salohiyatini ham oşiradi.
Ha, tabiat bağrida olamga yaşillik, gözallik baxşida etuvçi daraxtlar insoniyatga salomatlik, toza havo yetkazib berib turişi bilan ham ahamiyatlidir. Daraxtlar nafaqat tabiat boyligi, balki xalqimizning ekologik merosi, kelajak avlodga qoladigan bebaho neʼmatdir. Asrlar davomida vodiy iqlimiga moslaşib, insoniyatga soya, havoga soflik va yurtga gözallik bağişlab kelayotgan bu ulkan daraxtlarni asraş har birimizning burçimizdir. Agar biz bugun tabiatga ehtiyotkor munosabatda bölsak, ertangi kun avlodlari ham Farğona vodiysining yaşil, fayzli manzaralaridan bahramand böladi. Zero, tabiatni asraş — kelajakni asraş demakdir.
Fotima MANSUROVA,
jurnalist.
