Gerb – bu davlatning ramziy tilidir
“Umumiy maʼnoda ozodligimizning dastlabki çorak asriga jiddiy qaraydigan bölsak, erkinligimiz nazariy, hurriyatimiz qaysidir maʼnoda “qaram mustaqillik”dek tuyular edi. Köça va xiyobonlarimizga osiladigan şiorlarimiz ham buni bot-bot eslatib turardi: “Yangi uy qurmay turib eskisini buzma!”. Aynan mana şu eskisini buzmay saqlab qoliş “anʼanasi” millat va davlat “kodi” maqomidagi milliy ramzlarimizda ham öz “tarovati va teran gözalligi”ni aks ettirişga ulgurdi. Deylik, mustaqillikka erişganimizdan keyin ham gerbimizdagi çambarakka alvon-la öralgan “iftixorimiz ramzi” bölgan paxta va ğalla tasvirlari özgarmadi. Nega? Holbuki, Prezidentimiz köp bor aytganlaridek, paxtadan oladigan daromadimiz öşa yillari bir milliard dollarga yetib-yetmagan. Şu holiça ham uşbu dehqonçilik mahsulotlari bizning ijtimoiy-maʼnaviy identligimizni belgilaşi kerakmidi? Biz öz asriy orzu-armonlarimiz, uluğ niyatlarimiz va bu jahondagi ruhoniy “özligimiz”ni şu ösimliklar siymosida körişimiz kerakmi?.. Albatta, bu mustaqillikdan keyin ham bir oyoğimiz mafkuraviy jihatdan sobiq tizim xarobalari uzra qolib ketganini anglatadi…
…Vaqt şuni körsatdiki, mustaqilligimiz va özligimizni ifoda etuvçi simvollarimiz — davlat ramzlarimiz mohiyatida ham ötgan asrning 90-yillaridagi siyosiy xavotir, qörquv va ikkilaniş tajassum topgan… Ayni mavzudagi sözimni yakunlab şuni aytişim mumkinki, bu olmon faylasufi Erix Fromm tasvirlagan “Ozodlikdan qoçiş” fenomeniga juda yaqin hodisa edi.
Aytilgan mulohazalar bizning tasavvurlarimizda bugun mamlakatimizning uç xil xarakterdagi körinişini aks ettirişi bilan nihoyatda ahamiyatli: “sovet Özbekistoni”, “postkommunistik Özbekiston” va “Yangi Özbekiston”…
Yuqoridagi iqtiboslar taniqli siyosatşunos Qudratilla Rafiqov tomonidan yozilgan “MILLAT ŞAVKATI” deb nomlangan publitsistik maqoladan olindi. Xabaringiz bor, şu yilning may oyi oxirlarida “Xalq sözi”, “Işonç” singari gazetalarda eʼlon qilingan uşbu maqola ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama mavzusiga aylandi.
Albatta, bu dunyoda özgarmaydigan narsaning özi yöq: ğoya ham, vosita ham eskiradi va kuni kelib zavol topadi. Milliy fikrat kamoli, davr şamoli va hayotning özi ularga zarur özgarişlarni kiritadi. Inson özgaradi, jamiyat özgaradi, davlat özgaradi. Şu bilan birga, uning özini anglaş şakllari, maʼnaviy va ramziy timsollari ham yangi mazmun bilan boyib boradi.
Davlat ramzlari — bayroq, gerb va madhiya — şunçaki rasmiy belgilar emas. Ular millatning özi haqidagi tasavvuri, tarix bilan kelajak örtasida qurgan maʼnaviy köprigi, xalqning orzu-intilişlari va ideallarini köz bilan öqiş mumkin bölgan tildir. Şu bois har qanday ramz öz davrining ruhi bilan hamohang bölgandagina xalq qalbida yaşaydi.
Tarixga nazar taşlasak, dunyodagi köplab davlatlar öz taraqqiyotining yangi bosqiçlarida ramzlarini qayta körib çiqqan. Bu yondaşuv ötmişni asrab-avaylagan holda, unga yangi mazmun beriş va milliy xotirani zamonaviy tafakkur bilan uyğunlaştirişga qaratilgan. Şu nuqtai nazardan qaraganda, yangi Özbekistonning davlat gerbi haqidagi mulohazalar ham tabiiy va qonuniy jarayondir.
Darhaqiqat, Özbekiston davlat gerbi — bu şunçaki bezak emas, balki millatning özini qanday körişi va kelajakni qay tarzda tasavvur qilişining ramziy ifodasidir. Bugungi global özgarişlar, yangi iqtisodiy va maʼnaviy ustuvorliklar şaroitida gerbni zamon ruhiga mos ravişda qayta körib çiqiş masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mulohazalarimiz aynan ana şu xususda.
…Uçinçi sinfda öqiydigan Anisa ismli nabiram kitobini tutqazib: “Bobo, qarab turing, men qaysi gerb qaysi davlatniki ekanini aytaman”, dedi. Uning uy vazifasi meni ham qiziqtirib qöydi. Şu bahona önlab mamlakatlar gerblarini kuzatdim. Rasmlarni tahlil qilayotib, paxta va buğdoyning qanday ekinligini söradim. U bir oz kalovlandi. Şunda beixtiyor öz gerbimiz haqidagi mulohazalarga çömdim, uni boşqa davlatlarniki bilan qiyosladim.
Gerb — muayyan davlatning asosiy rasmiy ramzi, şu davlat xalqining orzulari ifodasi. Gerbimizning tavsifi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi davlat gerbi töğrisida” deb nomlangan qonunda şunday berilgan: “Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi körinişga ega: toğlar, daryolar va söl tomoni buğdoy boşoqlaridan, öng tomoni esa çanoqlari oçilgan ğöza şoxlaridan iborat çambarga öralgan gullagan vodiy uzra quyoş zarrin nurlarini soçib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburçak tasvirlangan bölib, uning içki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo quşi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğini ifoda etuvçi çambar lentasining bantida “Oʻzbekiston” deb yozib qöyilgan.
Özbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli körinişida: Humo quşi va daryolar — kumuş rangida; quyoş, boşoqlar, paxta çanoqlari va “Oʻzbekiston” yozuvi — oltin rangida; ğöza şoxlari va barglari, toğlar va vodiy — yaşil rangda; çanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining ranglarini aks ettiruvçi uç xil rangda; sakkizburçak — oltin zarhal bilan hoşiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan”.
Detallar, ranglar, ijro uyğunligi bir qaraşda çiroyli, közni quvnatadi.
Gerb yaratişning yozilgan qonun-qoidasi yöq, lekin anʼanaviy, ilmiy va nafis tamoyillarini örganuvçi tarix fanining geraldika yönalişi bor.
Gerb — bu davlatning “belgisi” yoki “yuzi”, uni boşqalarga tanitiş vositasi. U rasmiy hujjatlarda, pasport va pullarda, davlat binolarida muzayyan etiladi. Unda davlatning tarixi, madaniyati va qadriyatlari, tabiiy boyliklari, xalqning milliy özligi jamlanadi. U bir közgu bölib, unda şaxs özini mamlakat, tarix va jamiyat qadriyatlariga uzviy boğliq va ularga singib ketgan holda köradi va his etadi.
Agar xalq öz ramzlarini anglamasa, u tarixiy xotirasidan uziladi. Gerb — milliy ruh oynasidir, şu bois uni tijoratlaştirişga yöl qöyilmaydi. Davlat gerbi mangulikka daxldor qadriyatdir. Uni tijoratdan muhofaza qiliş — millatning öz qadr-qimmatini himoya qilişidir.
Gerblar har doim faqat bezak belgisi sifatida emas, balki falsafa, hokimiyat va milliy ğoya, milliy identlikning ifodasi sifatida ham qabul qilinadi.
Buyuk mutafakkirlarning qaraşlariga köra, gerb — millatni tuşunişni istagan har bir kişi uçun oçiq bölgan, köz bilan öqiladigan kitobdir. U nafaqat ramz, balki millatning har uç zamon — ötmiş, bugun va kelajakdagi holatini birlaştiruvçi maʼnaviy köprikdir.
Men uçun davlat gerbi — rasmiy hujjatlardagi suvrat emas. U mamlakatlar hayotidagi muhim voqealarni esga solib turguvçi sermazmun kitob. Undagi tasvirlar orqali davlatning ijtimoiy adolat, erkinlik, kuç va tinçlik borasidagi ideallari akslanadi. Masalan, Xitoy, Braziliya, Tunis, JAR, Indoneziya, Panama, Xorvatiya, Avstraliya kabi qator davlatlar gerblarida tört, beş, olti, yetti, sakkiz qirrali yulduzlar aks etgan.
Yulduz — bu haqiqat nuri, maʼrifat va aql timsoli, insonni yuksaklikka çorlovçi, umid va işonç bağişlovçi ramz. U göyo zulmatda yöl körsatuvçi nur kabi insonni maqsad sari yetaklaydi.
Yulduz şakllarida ham çuqur maʼno mujassam.
Beş qirrali yulduz insonning barkamollikka intilişi, içki kuç va ğalabani anglatsa, olti qirralisi olamdagi qarama-qarşiliklar uyğunligini, osmon va yer, ruh va modda birligini ifodalaydi.
Özbekiston gerbidagi sakkiz qirrali (musamman) yulduz barqarorlik, uyğunlik va yaxlitlik ramzi, davlat va jamiyatning bir butunligini anglatadi, içidagi yarim oy va yulduz tarixiy meros, madaniy anʼanalar va ruhiy uzviylik, davlatimizning navqiron va porloq kelajagini akslantiradi, deb izoh beradi bizning şarhlovçilar.
Bir talay mamlakatlarning tuğrolarida öşa mamlakat faunasi — hayvonot dunyosiga xos jonivorlar suvrati mamlakatning eng muhim xususiyatlarini — kuç-qudrat, hokimiyat, erkinlik, donolik yoki tabiiy öziga xosligini aks ettirgan. Masalan, şer juda köp xalqlarda azaldan jasorat, mardlik va olijanoblik timsoli sifatida qabul qilingan. U hukmronlik va kuçni anglatsa, burgut osmon hukmdori sifatida erkinlik, qudrat, hurlik va ötkir nigoh alomatidir. Şu bois u dunyo gerblarida eng köp uçraydigan quşlardan biridir.
Papua-Yangi Gvineyadagi jannat quşi mamlakatning tabiiy gözalligi va boyligini anglatsa, Belarusda laylak poklik va milliy soflik ramzi sifatida talqin qilinadi.
Bu jonivorlarga muayyan ğoya yoki hayotiy falsafa yuklangan. Masalan, Avstraliya gerbidagi kenguru va emu quşlari faqat oldinga harakat qiliş ramzi deb tuşuniladi. Çunki bu jonivorlar orqaga yurişga moslaşmagan. Bu esa taraqqiyot, olğa intiliş va orqaga qaytmaslik ğoyasini ifodalaydi. Bunga qiyosan şer va yölbars singari hayvonlar timsoliga hokimiyat hamda kuç-qudrat kabi falsafiy ğoyalar singdirilgan.
Bizning gerbimiz kompozitsiyasi markazida saodatli hayot va erksevarligimiz ramzi sifatida Humo quşi tasvirlangan. Navoiy, Attor, Firdavsiy kabi mumtoz adabiyot ustunlarining asarlarida, xalq oğzaki ijodida Humo quşi baxt, omad va yuksaklik ramzi sifatida talqin qilinadi. Rivoyatlarga köra, u yerga kamdan-kam qönadi, doimo osmonda parvoz qiladi va kişi köziga taşlanmaydi. Xalq orasida “Humo soyasi tuşgan inson baxtli böladi”, degan qaraş keng tarqalgan.
Uning keng yoyilgan qanotlariga tinçlik, himoya va farovonlik; parvoziga xalqning yoruğ kelajakka intilişi sifatlari berilgan.
Humo — inson hurligi va qöl yetmas orzulari ramzi, uni tutib yoki qafasga solib bölmaydi.
Umuman olganda, jahon xalqlarida quşlarga köpinça hayot va farovonlik belgisi sifatida qaraladi (“quş muborak bölsin”, “quşdek yengil böling” kabi iboralarni bir eslang).
Hayvonlar esa tinçlik qalqoni, xalq kuç-qudrati, intilişlari timsoli sifatida namoyon böladi.
Davlat gerblarida ösimliklar dunyosi (flora) xalqning milliy özligi, tarixiy merosi va asosiy xöjalik yönalişlarini ifodalaydi. Masalan, zaytun va lavr şoxlari Janubiy Yevropa, Örta Yer dengizi mintaqasi, şuningdek, Janubiy Amerika va Afrikadagi bir qator davlatlarda ğalaba va şon-şaraf atributi hisoblanadi. Janubiy-Şarqiy Osiyo mamlakatlarida esa şoli tasviri farovonlik, rizq-röz va dehqonçilik madaniyatiga işora qiladi.
Gerbşunoslikda mamlakatning iqtisodiy salohiyati, jumladan, qişloq xöjaligi va sanoatiga oid işoraviy belgilar ham aks ettiriladi.
Xitoy gerbidagi tişli ğildirak hamda şoli va buğdoy boşoqlari işçi va dehqonlar birligini ifodalasa, Italiya gerbidagi tişli ğildirak mehnatga tayangan respublika tamoyilini anglatadi. Angola, Vyetnam va KXDR kabi davlatlar gerblarida esa sanoat va qişloq xöjaligining uyğunligi, ozodlik uçun kuraş ğoyalari singdirilgan.
Biroq şuni anglaş muhimki, gerblar — bu ötkinçi texnik belgilar töplami emas, balki abadiy qadriyatlar tizimidir. Şu sababli, iqtisodiyoti yonilği mahsulotlariga asoslangan davlatlar ham öz gerblariga neft minoralari yoki zamonaviy uskunalar tasvirini tuşirmaydilar. Zero, texnik vositalar vaqt ötişi bilan öz ahamiyatini yöqotişi mumkin, ammo gerbga singdirilgan milliy ideallar va hayot falsafasi öz ahamiyatini heç qaçon yöqotmaydi.
Masalan, gerbimiz (jumladan, Tojikistonning ham) çambaridagi paxta, buğdoy boşoği tasviri öz umrini ötab bölgan, kommunistik ğoyalar taʼsiridan butkul qutulmagan eskirgan anʼanaviy yondaşuv deb bilaman. Bu ösimliklar gerbdagi markaziy elementlarni örab, yer va mehnat davlatning poydevori ekanini taʼkidlab turadi.
Gerbimizda detallar orqali mamlakatimiz tabiati, xalqimiz maʼnaviy qadriyatlari yaxşi ifodalangan. Ammo uning dizayni eskirgan, unga yangi maʼno yuklaş lozim.
Çunki gerb oddiy logotip emas. U tarixiy xotira, davlat boqiyligi, xalq identifikatsiyasi bilan boğliq kuçli ramz. Şuning uçun davlat gerblarining özgarişi, odatda, muhim tarixiy voqealar — inqiloblar, hokimiyat almaşinuvi, mustaqillikka erişiş yoki ideologiya özgarişi bilan boğliq keçadi.
Hozirgi global geraldika tendensiyasida, ekspertlar fikriça, köp davlatlar agrar detallarni kamaytirib, köproq umumiy, abstrakt atributlar (geometriya, minimal timsollar, milliy totemlar)ga ötmoqda.
Paxta sovet davrida miyamizga “mehnat va farovonlik”, buğdoy esa “non, rizq, mustaqillik va oziq-ovqat xavfsizligi” ramzi sifatida singdirilgan. Bunday talqin bugungi kun realligiga, zamonaviy iqtisodiyotning köp tarmoqli, diversifikatsiyalaşgan xususiyatini qamrab olmaydi. Ular xalqning mehnat anʼanalarini körsatsa-da, yangi avlodning ilmu fan, texnologiya va taraqqiyotga bölgan intilişini, dunyoqaraşini gavdalantirmaydi. Darvoqe, bugungi kunda mamlakat taraqqiyotini sanoat, xizmatlar va innovatsion sohalar belgilamoqda. Birgina 2025 yildagi iqtisodiy körsatkiçlar (10 mln tonnadan ortiq ğalla va taxminan 4 mln tonna paxta) uşbu sohalarning yalpi içki mahsulotda hal qiluvçi, ustun örinni egallamayotgani, davlat kelajagini belgilovçi yagona omil emasligini körsatmoqda. Bu kabi agrar belgilar tegişli vazirlik emblemalarida mantiqiyroq körinadi.
Gerb — bu şunçaki rasmlar töplami emas, balki xalqning özi haqidagi tasavvuri, davlatning ruhiy “tili”dir. Şu nuqtai nazardan qaralganda, u millat özini qaysi yönalişda körayotganini ham körsatişi kerak. Çunki gerb kelajakka qarab turgan maʼnaviy yönaliş, uzoq yillar davomida ahamiyatini yöqotmaydigan universal ramz bölişi lozim.
Masalan, gerbda Özbekistonni ilmu maʼrifat va buyuk allomalar yurti sifatida tanituvçi timsollar bilan boyitiş, uning innovatsiya, texnologiya va zamonaviy taraqqiyot markaziga aylanişga qaratilgan strategik yönalişlarini timsoliy tarzda ifodalaş maqsadga muvofiqdir.
Umuman olganda, bu ramzlar davlatning bilim, maʼrifat va taraqqiyotni eng ustuvor qadriyat sifatida körişini anglatadi. Ana şunda, buyuk davlat arbobi Benjamin Franklin aytganidek, gerbdagi detallar tilga kiradi: quş erkinlik haqida sözlaydi, kitob maʼrifat taratadi, gulçambar esa xalqning şon-şarafini uluğlaydi. Bunday obrazlar har bir fuqaroga şaxsiy manfaatlardan yuqori turişni va davlatning buyuk ğoyasiga xizmat qiliş muqaddas burç ekanini eslatib turadi.
Har qalay, gerbdagi böşab qolgan örinlarni töldiradigan, xalqimiz tabiatini gavdalantiradigan jihatlarimiz köp. Masalan, baʼzi davlatlar anʼanalaridan ilhomlanib, gerb çambariga davlatimiz tarixi, qadriyatlari hamda maqsadlarini, milliy falsafani aks ettirguvçi şiorlarni (deylik, “Kuç — adolatda”, “Kuç — ilmda” va hokazo) muhrlaşimiz mumkin. Zero, Fransiya gerbidagi “Ozodlik, Tenglik, Birodarlik”, AQŞdagi “Köplardan — birlik” yoki Ispaniyadagi “Olğa, yana olğa”, Nigeriyadagi “Birlik va işonç, tinçlik va taraqqiyot”, Belgiya va Gaitidagi “Kuç birlikda” kabi kalimalar millatning yönalişini belgilab beradi. Bizning ramzimizda ham Amir Temur bobomizning “Kuç — adolatda” yoki maʼrifatparvar ajdodlarimizning “Najot — ilmda” kabi ölmas ğoyalari aks etsa, gerb şunçaki tasviriy yiğindi emas, balki haqiqiy milliy dasturga aylanadi.
Baʼzan özaro suhbatlarda gerbimizda turkiy xalqlarning boş böğini — kök böri aks etişi şart edi, degan armonli mulohazalar yangrab qoladi. Kök böri va Öğuzxon bir-biri bilan çambarças boğliq bölib, ularni ayri tasavvur etiş muşkul. Tarixnavis Abulğozi Bahodirxonning “Şajarai turk” yoki Mirzo Uluğbekning “Tört ulus tarixi”dan çiqadigan xulosa şulki, Öğuzxon aniq tarixiy şaxs emas, balki epik va afsonaviy qahramon bölib, uning “podşohlik davri” va “hududi” real emas, balki turkiy xalqlar tarixi va özini anglaşidagi mifologik tasavvurdir. Afsonalarga köra, Öğuzxon juda katta hududni egallagan. Uning “davlati” qadim Xorazm zamini, Eronu Ozarbayjondan to Anadolugaça bölgan yerlarni qamrab olgan deb tasvirlanadi.
Turkiy mifologiyada Öğuzxon (Öğuz-qoon) va Kök böri ilohiy kelib çiqiş va hokimiyatning asosiy ramzlari hisoblanadi. “Öğuznoma”da afsonaviy hukmdor Öğuzxon — turkiy qabilalarning bobokaloni sifatida tasvirlanadi. Rivoyatga köra, Kök böri nurdan yaralgan, qahramon sifatida tuğilgan va u sirtdan (oyoqlari buqa, bel qismi böriniki) quddusiy kuç sifatini beradi.
U hal qiluvçi paytlarda Öğuzxonga körinib, uning qöşiniga yöl körsatadi va ğalabalarni başorat qiladi. Afsonalarda u Öğuzxonni buyuk davlat barpo etişga boşlaydi. Öğuzxon Kök böri ortidan yurib, osmon irodasini bajaradi va şu tariqa öz hokimiyatini Yerdagi Tangri vakili sifatida mustahkamlaydi.
Bu mifologik juftlik turkiy xalqlar birligi, jangovar ruh, tabiat va osmon bilan boğliqlik hamda hukmdor hokimiyatining muqaddasligini ifodalaydi.
Özbek xalqining qadimiy dunyoqaraşi, mifologiyasi va folklorida böri (Kök böri) markaziy, muqaddas ramz darajasiga kötarilgan bölib, u turkiy etnoslarning şakllanişi bilan boğliq kuçli totemik (ajdodiy) eʼtiqodning asosi hisoblanadi. Bu eʼtiqod islom dini qabul qilingandan keyin ham urf-odatlar, til va xalq tasavvurida saqlanib qolgan.
Manbalarda, xalq tarixida ajdodlarimiz börini özlarining homiysi va hatto “ona hayvon” (Kök böri) sifatida uluğlaşgan. Börining şajara boşida turişi haqidagi miflar (masalan, “Kök böri” afsonasi) xalqning genetik va ruhiy asoslari bilan boğlanadi.
Böriga faqat yirtqiç sifatida emas, balki oilani, bolalarni, ov mahsulotini va daştdagi köçmançi hayotni qöriqlovçi ruh sifatida qaralgan.
Özbek etnik tarkibidagi “bayyuri” (boyböri) kabi uruğ nomlari börining totem ekanligini tasdiqlovçi töğridan-töğri dalildir.
Urf-odatlarimiz va folklorimizda böri timsoli yaşab qolgan esa-da, negadir uning badiiy obrazini yaratişga eʼtibor sust.
Börining totemik kuçiga bölgan işonç tuğuruq bilan boğliq marosimlarda yaqqol körinadi. Olimlarimiz tuğişda qiynalgan ayolga börining jaği (butun holda) qöyilişi, bolaning böyniga böri tişi yoki çanoğidan tumorlar taqilişini aytişadi. Yangi tuğilgan çaqaloqni börining jağidan ötkaziş (yettinçi kuni) uni baquvvat, böridek dovyurak bölişiga hamda ruhiy jihatdan “ajdod” homiyligiga işoniş bilan boğliq.
Qadimgi turk davridan boşlab, islomdan keyin ham xalqimiz orasida Böri, Böriboy, Börixöja, Böribek kabi ismlarning keng qöllanilişi — bu jonivorning insonga “begona” emasligini körsatadi.
Turkiy xoqonliklar (xunlar, Kök turklar) davrida böri boşi tasvirlangan bayroqlar hokimiyat va davlat qudratiga işora qilingan. Kavkaz xalqlarida böri hamon mustaqillik va kuçli şaxs ideali, jasorat, qahramonlik timsoli sifatida gavdalanadi.
Xullas, böri özbek xalq tasavvurida şunçaki yirtqiç emas, balki xalqning qadimiy ildizlari, ruhiyati, dovyurakligi va ajdodiy xotirasi bilan boğlangan muqaddas va totemik homiydir.
Şunga qaramay, Öğuzxon obrazi turk, ozarbayjon va turkmanlarning til va madaniyat jihatidan öğuz guruhiga mansubligi uçun uning nomi bu uç davlatda abadiylaştirilgan. Juda köp eʼtiborli maskanlarga u afsonaviy zotning nomi berilgan.
Ayni örinda biz Öğuzxonga eʼtibor qaratsak, yana bir uluğ turkiy xoqon Alp Er Töngani ham yoddan çiqarmasligimiz kerak. Qiliçu xanjar, nayzayu qalqon davlat qudrati, muhofazasining azaliy aslahalari-ku.
Böri bilan boğliq afsonalar köp.
Yozuvçi Oqiljon Husanov özining “Toğda ösgan bola” asarida börini yovuz emas, balki aqlli va instinkt bilan yaşaydigan mavjudot sifatida tasvirlaydi.
Çingiz Aytmatovning “Kunda” deb nomlangan asarida Akbara ismli böri tabiat qurboni sifatida naql qilinadi.
Yana bir asar — Jek Londonning “Qoziq tiş”ida har qanday mavjudotni, böri tabiatini tarbiya va mehr bilan özgartiriş mumkinligi inşo etiladi. Ammo R.Kiplingning Mauglisi (bolakay Dina Saniçar tarixiy obrazi) esa ertakdan boşqa narsa emas.
Har ne bölganda ham gerbimizdagi har bir detal mağzini yetti yoşdan yetmiş yoşgaça bölgan har bir vatandoşimiz beş qölday bilişi lozim. Ana şunda u davlatning qadriyatlari, tarixi va özligini vizual tarzda ifoda etuvçi ramziy til bölib qoladi.
Darvoqe, bugun siz bilan biz söz va matbuot erkinligi taʼminlangan Yangi Özbekiston degan yurtda yaşayapmiz. Yuqoridagi mulohazalarni esa qatʼiy bir “qonun” yoki “hukm” sifatida emas, balki, mulohaza, taklif örnida qabul qilişingizga şubha yöq. Zero, Vatandoşlarimizning bu boradagi fikr-öylarini, munosabatini bilişni istar edik.
Asqar HAYDAROV,
jurnalist.
