Xalqparvar murabbiy
Yaxşi insonning ikki qöli ham töğri bölişi kerak.
Özbek xalq maqoli.
Inson hayotida şunday şaxslar uçraydiki, ularning nomi tilga olinganda qalbda hurmat va minnatdorlik tuyğulari uyğonadi. Bunday insonlar öz mehnati, fidoyiligi va gözal fazilatlari tufayli boşqalarning mehrini qozonadi, hayotida öçmas iz qoldiradi.
Keksalarimiz: “Yaxşi insonning qadri uning amallarida namoyon böladi”, deyişadi. Judayam topib aytilgan gap! Zero, bunday insonning har bir işi, har bir sözi va muomalasi odamlarga yaxşilik ulaşişga xizmat qiladi. Bunday möʼtabar inson bilan bir safda mehnat qiliş, yelkadoş böliş, heç bölmasa, oddiy suhbatidan bahramand bölişning özi katta baxt hisoblanadi. Çunki bunday ezgu fikrli insonlar atrofidagi kişilarni ham ruhlantiradi, ham yaxşilikka çorlaydi. Aziz Oppoqoviç Törayev ana şunday şarif insonlar sirasiga kiradi.
Şarafli umr bayoni
Darhaqiqat, mehribon ustozning hayot yöli mehnatsevarlik, matonat va insoniylik fazilatlari bilan bezalgan. Hayot unga davrning yirik davlat arboblari — Usmon Yusupov va Şarof Raşidov kabi rahbarlar bilan bevosita birga faoliyat yuritiş, ularning eʼtibori va işonçini qozoniş imkoniyatini berdi. Bu esa katta masʼuliyat va yuksak işonç (sadoqat) ramzi edi.
Aziz Oppoqoviç köpçilik uçun nafaqat hamkasb yoki rahbar, balki çin maʼnodagi ustoz va maslahatgöy bölib kelgan. U kişining mehribonligi, samimiyligi va odamlarga bölgan hurmati köplab yurtdoşlarimiz taqdirida öz aksini topgan. Şu bois bu insonni qadrlaydigan, hurmat qiladigan va ustoz deb bilganlarning soni judayam köp.
U kişining hayoti davomida şakllangan maʼnaviy-maʼrifiy muhit, mehnat va tarbiya maktabi qançadan-qança kişilarni kamolga yetkazdi. Bu maktabdan ötganlar bugun turli sohalarda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelişmoqda. Ular orasida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritayotganlar, jamiyat ravnaqiga xizmat qilayotganlar va el hurmatiga sazovor bölganlar köplab topiladi.
Şuning uçun ham Aziz Oppoqoviç Törayevning hayot va mehnat yöli haqida söz yuritiş — faqat bir inson taqdirini emas, balki mehnat, sadoqat va insonparvarlikka bağişlangan ibratli umrni yod etiş demakdir.
Adolat nigohi
Ustozning tabiati va hayot yöli haqida muşohada yuritar ekanmiz, uning pok niyati, beğubor qalbi va ezgulikka yöğrilgan amallari köz oldimizda gavdalanadi. Uning har bir sözida hayotiy hikmat, har bir nasihatida esa insonni komillikka çorlovçi maʼno mujassam. Şu bois ustozning suhbatidan bahramand bölgan har bir şaxs qalbida yaxşilik yanada böy körsatadi.
Bu tabarruk odam bilan yaqindan tanişiş baxti menga buyuk davlat va jamoat arbobi, xalqimiz qalbidan çuqur joy olgan Şarof Raşidov haqida yozilgan “Biz bilgan va bilmagan hazrati inson” nomli kitob tufayli nasib etdi. Kitobni naşrga tayyorlaş jarayonida masʼul muharrir sifatida iştirok etiş men uçun katta şaraf va ayni paytda yuksak masʼuliyat edi.
Mazkur vazifani sidqidildan ado etişga intilar ekanman, ustoz bilan keçgan har bir muloqot, muhokama qilingan har bir fikr va qalamga olingan har bir voqea zamirida ulkan hayotiy tajriba va çuqur donişmandlik mujassam ekanini angladim. U har bir masalaga sinçkovlik bilan yondaşar, har bir voqeaga haqiqat va adolat mezoni bilan baho berar edi.
Şu jarayonlarda men nafaqat kitob ustida işladim, balki hayotning öziga xos saboqlarini ham oldim. Ustozning fikrlaş tarzi, insonlarga munosabati va voqealarga teran nazar taşlaş qobiliyati menda çuqur taassurot qoldirdi. Bu esa, tan olib aytişim kerak, men uçun unutilmas hayot maktabiga aylandi.
Tafakkur karvonboşisi
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, teran hayotiy tajriba sohibi, professor, maʼnaviyat va maʼrifat yölida umrini baxşida etgan fidoyi ustoz — Aziz Törayev 1936 yilda Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida mehnatkaş dehqon oilasida tavallud topgan. Oddiy oila muhitida ulğaygan bölsa-da, u qalbida ilmga çanqoqlik, yurtga muhabbat va insonlarga xizmat qiliş tuyğusini erta şakllantirdi.
Aziz Törayev butun mehnat faoliyati davomida yoş avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşni özining eng muqaddas burçi deb bildi. Uning köp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida minglab şogirdlar hayot yölini topdi, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşuvçi yetuk kadrlar sifatida kamolga yetdi.
Tarix fanining yetuk namoyandasi sifatida u xalqimizning boy ötmişi, milliy merosi va maʼnaviy qadriyatlarini çuqur örganib, ularni keng jamoatçilikka yetkazişda samarali mehnat qildi. Ilmiy izlanişlari, maʼruzalari va hayotiy tajribasi orqali köplab yoşlarda ilmga, tarixga va milliy özlikni anglaşga qiziqiş uyğotdi.
Aziz Törayev nafaqat talabalar va şogirdlar uçun ustoz, balki atrofidagilar uçun mehribon maslahatçi, kamtarin suhbatdoş, muhimi, bağrikeng inson sifatida ham katta hurmat qozongan. Ustozning samimiyligi, xokisorligi, odamiylik kabi ezgu fazilatlari köplar qalbida çuqur iz qoldirgan.
Bugungi kunda ham ustoz jamoatçilik işlarida faol iştirok etib, respublika “Mehr-muruvvat” jamoat fondi rahbari sifatida insonparvarlik ğoyalarini hayotga tatbiq etiş, ehtiyojmandlarga kömak beriş va yoşlarga maʼnaviy madad körsatiş yölida samarali faoliyat yuritmoqda.
Quyida qariyb bir asrga yaqin mazmunli umr yölini bosib ötayotgan, ikki farzandning mehribon otasi, nabiralarining ardoqli bobosi bölgan zamondoşimizning hayot tajribasi, latif va daqiq fikrlari, şu bilan birga, ibratli mulohazalari bilan yaqindan tanişamiz.
“…Hayotiy saboqlar…”
Men uçun, hayot akademiyasi, bu — möʼtabar yurtdoşlarimizning mazmunli va zavqli turmuş tarzi, xolis ögitlari va samimiy munosabatlarining umumlaşmasidir. Zotan, yaxşi insonlar borki, yaxşilik ölmaydi, ezgulik abadiy yaşaydi.
* * *
Yaxşilar hayotiga ibrat közi, xolislik nazari, saboq nigohi bilan boqmoq lozim. Öşanda senga ham ulardan bir nasiba tegsa, ajabmas…
* * *
Umrni yaşab ötiş barobarida kişi özini goh dono, goh nodon, goh öqimişli, goh savodi yöqdek his etib borarkan. Eng asosiysi va muşkuli, bu — özingni anglaş ekan…
* * *
Hayotda heç bir narsa osonlikça qölga kiritilmagan, kiritilmaydi. Bunga şubhang bölsa, marhamat, barça azizu mukarram insonlar hayotiga, buyuk ajdodlaring tarixiga nazar sol. Şunday ekan, oqil insonda yaşaşdan maqsad özidan öçmas iz qoldirişdir. Bunga esa, avvalo, kişining öz-öziga qattiq işonmoği, oldiga aniq maqsad qöymoği, butun iqtidori hamda salohiyatidan unumli foydalanmoği, va albatta, bu yölda tinimsiz mehnat qilmoği lozim böladi…
* * *
Halollik va mehnatsevarlik nuqsonsiz işlaş siridir.
* * *
Yoşlarga va zurriyotlarimga nasihatlarim:
— Qöling oçiq, tiling şirin, vijdoning toza bölsin.
— Hayotni ongli yaşaşda, döst tanlaşda ogoh böl! Zero, aynan uşbu omillarga eʼtiborsizlik kişining umri davomida köplab adaşişlariga sabab böladi.
— Yolğonni, garçi u senga katta foyda keltirsa ham, işlatma, kam bölmaysan, keyin puşaymon bölmaysan.
— Yoşlikni imkoniyat, soğliqni omonat, umrni fursat deb bil. Öşanda ulardan oqilona foydalanişing zarurligini yanada kuçliroq his etasan.
— Yaxşi inson, işonçli döst bölişga harakat qil, öşanday böl va umring oxirigaça öşanday bölib qol…
* * *
Yon daftardan:
Har gal onam hayotining sönggi damlarini eslasam, közim jiqqa yoşga töladi. Beçora, muştipar volidamiz umrining oxirgi daqiqalarigaça Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan akam — jigarbandining nomini takrorlay-takrorlay vafot etganlar…
* * *
Baʼzan, qiziq, bolalarim bunçalik soddadil, bunçalik işonuvçan bölişmasa, deb öylanib qolaman…
* * *
Men qiz nabiramni şunday erkalayman: sen men uçun onamsan, qizimsan, nabiramsan. Öşanda uning şahlo közlari yanada porlab ketadi…
* * *
Ha, Aziz Törayevning hayot yöli — fidoyilik, maʼrifatparvarlik va insonparvarlikning yorqin namunasidir. Şu kunlarda muhtaram va möʼtabar ustozimiz Aziz Oppoqoviç Törayev muborak 90 yoşni qarşilaş arafasida. Uning bosib ötgan umr yöli yoş avlod uçun ibrat maktabi, ustozlik faoliyati esa ezgulik va maʼnaviyatga xizmat qilişning yuksak namunasi bölib qoladi.
Obiddin MAHMUDOV,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi
aʼzosi.
Tahririyatdan:
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyovning joriy yil 18 iyundagi farmoniga binoan atoqli olim, jonkuyar ustoz Aziz Törayev mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantiriş yölidagi köp yillik fidoyi xizmatlari, qolaversa, tavalludiga 90 yil tölişi munosabati bilan “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Ulkan eʼtirof, samimiy ehtirom qutluğ bölsin, ustoz!
