Yuksak tafakkur – jamiyatni özgartiradigan kuç
Samarqand davlat çet tillar institutida dunyo tillarida erkin sözlaşa oladigan mutaxassislar tayyorlanmoqda
Bugun Özbekiston öz taraqqiyot yölining mutlaqo yangi, poydevor bosqiçini bosib ötmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Yangi Özbekiston ğoyasi va Uçinçi Renessans poydevorini bunyod etiş strategiyasi millatning uyğonişi, ijtimoiy-siyosiy hamda maʼnaviy hayotning tubdan yangilaniş jarayoni ekani isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylandi. Xöş, mana şunday tarixiy buriliş pallasida ommaviy axborot vositalari vakillari — jurnalistlarning örni va masʼuliyati nimalardan iborat?
Har qanday uyğoniş va yuksaliş davri adolat hamda şaffoflik poydevori ustiga quriladi. OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatyapmizki, bugungi özbek jurnalistikasi şunçaki rasmiy tadbirlarni yorituvçi “közgu” vazifasidan çiqib, jamiyat hayotidagi ötkir muammolarni dadil kötarib çiquvçi, mavjud kamçiliklarni röyirost tanqid qiluvçi kuçga aylandi.
Jurnalistlar davlat organlari va mansabdor şaxslarning xalq oldidagi hisobdorligini taʼminlaşga munosib hissa qöşmoqda. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş, byurokratiyani foş etiş va qonun ustuvorligini qaror toptirişda jurnalistik çiqişlar eng taʼsirçan qurol bölib xizmat qilmoqda. Negaki, söz erkinligi bor joyda rivojlaniş böladi; yaşirin iqtisodiyot va korrupsiya esa şaffoflikdan juda qörqadi.
Bugungi kun jurnalistining vazifasi — jamiyatda ilm-fan, maʼrifat va kitobxonlikni eng yuqori çöqqiga olib çiqişdir. Matbuot sahifalarida, efir va ijtimoiy tarmoqlarda yengil-yelpi kontentlar emas, balki yoşlarni çuqur muşohadaga çorlaydigan, ularda AT, tadbirkorlik va innovatsiyaga havas uyğotadigan materiallar köpayişi kerak. Jurnalist — millat tarbiyaçisi, yangi davr qahramonlarini kaşf etuvçi va ularni jamiyatga örnak qilib körsatuvçi mayoqdir.
Sir emaski, bugungi dunyo nafaqat iqtisodiy yoki harbiy, balki kuçli gibrid va axborot uruşlari maydoniga aylandi. Bunday şaroitda özbek jurnalistikasi milliy xavfsizlikni taʼminlaş va axborot xurujlariga qarşi kuraşişning oldingi safida turişi şart.
Jamiyatda sarosima va işonçsizlik uyğotişga qaratilgan har qanday yolğon (feyk) xabarlarga qarşi professional va tezkor faktlarni tekşiriş (fakt-çeking) madaniyatini şakllantiriş jurnalistlarning asosiy burçidir. Şu bilan birga, Yangi Özbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi va turistik salohiyatini xalqaro hamjamiyatga xolis hamda taʼsirçan tilda yetkaziş ham aynan OAV zimmasidagi masʼuliyatdir.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek: “OAV va jurnalistlar xalq bilan muloqotning eng taʼsirçan köpriklaridan biridir”. Uçinçi Renessans poydevorini mard, adolatli va öz kasbiga sadoqatli jurnalistlarsiz tasavvur qilib bölmaydi. Bugungi jurnalist şunçaki voqealarni bayon etuvçi emas, balki öz sözi bilan jamiyatni özgartiradigan, odamlarni ezgulikka va yuksalişga safarbar eta oladigan çinakam kuçdir. Ana şundagina biz közlagan buyuk kelajak poydevori mustahkam va ortga qaytmas tus oladi.
Renessans — bu, eng avvalo, tafakkur inqilobidir. Birinçi va Ikkinçi Renessanslar Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Nizomiddin Mir Alişer Navoiy, Kamoliddin Behzod singari buyuk bobokalonlarimizning intellektual salohiyati tufayli vujudga keldi. Uçinçi Renessans poydevorini qöyiş va Yangi Özbekistonni barpo etiş — bu faqat yangi binolar, zamonaviy infratuzilma yoki iqtisodiy körsatkiçlar bilan ölçanadigan jarayon emas. Bu, eng avvalo, inson tafakkurini, dunyoqaraşini va maʼnaviy qiyofasini yangilaş demakdir.
Tarix şuni körsatadiki, har qanday buyuk uyğoniş avvalo sözdan, fikrdan va haqiqatni aytişga jurʼat topgan ziyolilar safidan boşlangan. Şu maʼnoda, bugungi jurnalist zimmasidagi masʼuliyat oddiy kasbiy burçdan ança yuksak — u xalq tafakkurini şakllantiruvçi, jamiyat vijdonini uyğotuvçi va millat kelajagini yönaltiruvçi kuçdir.
Uşbu uluğvor maqsad yölida Samarqand davlat çet tillar institutida 2020-2021 öquv yilidan boşlab xalqaro jurnalistika yönalişi faoliyati yölga qöyilib, mutaxassislar tayyorlaşning mutlaqo yangi tizimiga asos solingani amaliy qadamlardan biri böldi.
Bugungi kunda xalqaro jurnalistika yönalişida jami 93 nafar talaba tahsil olmoqda. Ular şunçaki xabar yozuvçi şaxs emas, balki diplomat, siyosatşunos, tilşunos va eng muhimi, milliy ğoya tarğibotçisi bölişlari lozimligini juda yaxşi bilişadi. Şu bois öquv rejasiga kiritilgan fanlar röyxati talabalarda ham fundamental bilim, ham amaliy könikmalarni şakllantirişga qaratilgan.
Mazkur yönaliş talabalariga ijtimoiy-siyosiy va tarixiy fanlardan “Özbekistonning eng yangi tarixi”, “Falsafa”, “Dinşunoslik”, “Siyosatşunoslik”, “Diplomatiya va xalqaro munosabatlar”; kasbiy va amaliy fanlardan “Jurnalistika asoslari va tarixi”, “Milliy va jahon jurnalistikasi tarixi”, “Xalqaro jurnalistikada janrlar”, “Audiovizual jurnalistika”, “Fotojurnalistika asoslari”, “Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat masalalari”, “Davlat boşqaruv organlari bilan işlaş”; nutq va lingvistik mahorat fanlaridan “Medialingvistika va adabiyot”, “Özbek va jahon adabiyoti”, “Özbek tilining amaliy uslubiyati”, “Boşlovçi nutq texnikasi va mahorati”, “Notiqlik sanʼati”; raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi böyiça “Axborot texnologiyalari”, “Internet va kommunikatsiyalar tarixi”, “Mass-mediada kompyuter grafikasi”, “Media huquqi”, “Media etikasi”, “Media bilan işlaş” hamda “Favqulodda vaziyatlarda jurnalist xavfsizligi” fanlari çuqur öqitilmoqda.
Eng muhimi, institutning ixtisoslaşuvidan kelib çiqib, talabalarga xorijiy tillar intensiv tarzda örgatilmoqda. Bu esa bitiruvçilarning jahon axborot maydoniga töğridan-töğri çiqişini taʼminlaydi. Mazkur tizimli yondaşuv natijasi ölaroq, bugungi kunda uşbu yönalişni bitirgan yoş mutaxassislarning aksariyati nufuzli ommaviy axborot vositalarida, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining axborot xizmatlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Zamonaviy jurnalistikani yuqori texnologiyalarsiz tasavvur etib bölmaydi. Şu maqsadda institutda taşkil etilgan zamonaviy multimedia markazi talabalar uçun haqiqiy tajriba maydoniga aylandi. Markaz eng sönggi rusumdagi kompyuter texnikasi, professional foto va videokameralar, ovoz yoziş uskunalari, yoritiş vositalari hamda axborotni tahrirlaş uçun möljallangan maxsus dasturiy taʼminotlar bilan jihozlangan. Ovoz yoziş uçun maxsus akustik xonaning mavjudligi mahsulot sifatini professional darajaga kötaradi.
Multimedia markazining asosiy öziga xosligi şundaki, uning faoliyatida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan va ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Bu yerda nazariya va amaliyot uyğunligi taʼminlanib, muhim loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Bulardan birinçisi 12 tilli global kontent bölib, talabalar iştirokida ispan, italyan, nemis, fransuz, ingliz, rus, turk, arab, xitoy, koreys, yapon hamda özbek tillarida turli mediamahsulotlar, audiokitoblar tayyorlanmoqda. Bölajak jurnalistlar tomonidan asos solingan “Yangi Renessans” gazetasi, “Samarqand ziyosi” radiosi, “Muvaffaqiyat formulasi” dasturi hamda “Çegarasiz taxayyul” podkasti yoşlarning erkin fikrlaşlari va ijodiy mahoratini yuzaga çiqarişga xizmat qilmoqda.
Multimedia markazidan masofaviy taʼlim yönalişi talabalari uçun maxsus videodarslar platformasini yaratişda ham foydalanilmoqda. Professor-öqituvçilarning videodarslari tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga muntazam joylaştirib borilmoqda.
Hozirgi globallaşuv va virtual makon hukmronligi davrida ijtimoiy tarmoqlar nafaqat axborot va taʼlim manbai, balki yoşlar ongini zaharlaydigan illatlar poligoniga ham aylanmoqda. Internet makonidagi nazoratsizlik oqibatida köp vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda ötkazayotgan ayrim yoşlarda ijtimoiy manqurtlik, siyosiy savodsizlik, johillik, mutaassiblik, radikalizm va “ommaviy madaniyat” taʼsiriga kör-körona ergaşiş illatlari namoyon bölayotgani sir emas.
Institutimiz jamoasi uşbu maʼnaviy xavf-xatarlarga qarşi faqatgina maʼruzalar bilan emas, balki zamonaviy mediamahsulotlar orqali kuraşiş strategiyasini tanladi. Iqtidorli talabalardan taşkil topgan mediastudiya ijodkorlari tomonidan “Odob-axloq qoidalariga rioya qiliş — barçamizning burçimiz”, “Jinoyatçilik va huquqbuzarliklarga qarşi birgalikda kuraşamiz” hamda “Jaholatga qarşi maʼrifat” ğoyalari ostida turkum videoroliklar va ijtimoiy kontentlar tayyorlanib, tarmoqlarda keng tarğib qilinmoqda.
Mazkur media mahsulotlar yoşlarni ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtiriş bilan birga, “Vatanparvarlik, milliy ğurur va harbiy xizmatga şaylik”, “Yoşlarning axloqiy tarbiyasi va muomala madaniyati”, “Tarixiy va milliy özlikni anglaş, maʼrifatparvarlik”, “Kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş va tarğib qiliş”, “Mentalitetimizga yot illatlar va ğoyalarga qarşi kuraş hamda fakt-çeking (axborotning haqiqiyligini tekşiriş)”, “Töğrilik, halollik va korrupsiyaga qarşi murosasizlik”, “Ekologik madaniyat”, “Yaşil makon va yaşil iqtisodiyot ğoyalari”, “Soğlom turmuş tarzi va sport” kabi hayotiy hamda strategik mavzularni qamrab oladi.
Uşbu loyihalar nafaqat institut doirasida, balki butun viloyat va respublika miqyosida yoşlar tarbiyasiga ijobiy taʼsir körsatuvçi maʼnaviy qalqon vazifasini ötamoqda. Nazariy bilimlarning amaliyotda neçoğliq aks etişi soha mutaxassislarining tajribasiga boğliq. Şu bois institutda taşkil etilayotgan mahorat darslari va ijodiy uçraşuvlar tizimli tus olgan.
Xususan, taniqli jurnalist va adib — “Zarafşon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari boş muharriri Farmon Toşev, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi rahbari Şuhrat Oripov, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi rahbari Mannob Ibodullayev, ÖzAning viloyatdagi muxbiri Ğolib Hasanov, “Ovozi Samarqand” gazetasi boş muharriri Bahodir Rahmonov hamda taniqli jurnalistlar Akram Haydarov, Abdulaziz Yöldoşev, Abduğofir Yöldoşev kabi soha namoyandalari iştirokida ötkazib kelinayotgan seminar-treninglar, davra suhbatlari va master-klasslar ustoz-şogird anʼanasini davom ettiriş bilan birga, talabalar uçun haqiqiy ijod maktabi vazifasini ötamoqda.
Bunday muloqotlar ijodkor yoşlarning sohaga bölgan mehrini oşirib, ularda kasbiy masʼuliyat va jurnalistikaga xos könikmalarni şakllantirişga xizmat qilmoqda. Ustoz-şogird anʼanalarining bunday yuksak darajada taşkil etilişi talabalarning oliy öquv yurtining özidayoq zamon talab qiladigan kadrlarga aylanişiga zamin yaratayotir.
Bugun Samarqand davlat çet tillar institutida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan har bir yoşning közida ertangi kunga işonç, Vatanga muhabbat tuyğusini köramiz. Jurnalistika sohasiga qiziqayotgan, dunyo tillarida Yangi Özbekiston ovozini yangratişga şaylanayotgan bu iqtidorli yoşlardan umidimiz juda katta.
Biz Uçinçi Renessans poydevorini bunyod etar ekanmiz, bu yölda eng avvalo maʼrifatli, vatanparvar va masʼuliyatli avlodni tarbiyalaşimiz şart. Ana şunday salohiyatli avlodni voyaga yetkazişda esa taʼlim muassasalari, ayniqsa, jurnalistika kabi ijtimoiy fikrni boşqaruvçi soha vakillarini tayyorlaydigan dargohlarning örni beqiyosdir. Institutda yaratilayotgan ilmiy-ijodiy muhit, zamonaviy mediamakon va xalqaro jurnalistika taʼlimi tizimi bu uluğ maqsadning amaliy ifodasi.
Faxr bilan aytiş mumkinki, ertangi kun tarixini bugun yozayotganlar — qölida qalam, qalbida Vatanga sadoqat va ongida buyuk maqsad mujassam bölgan yoşlardir. Ular qançalik bilimli, mustaqil fikrli va maʼnaviy barkamol bölsa, Yangi Özbekistonning ertasi şu qadar nurafşon böladi. Çunki millatning buyuk kelajagi, avvalo, uning söziga, tafakkuriga va haqiqatni himoya qila oladigan farzandlariga tayanadi.
Bahodir XOLIQOV,
Samarqand davlat çet
tillar instituti rektori,
professor.
