Javobsiz qolgan savollar
Öşa paytda “Hurriyat” gazetasi tahririyati Milliy matbuot markazi (MMM, Navoiy köçasi, 16)da joylaşgan edi. Nogahon mamlakatda juda maşhur va taniqli zot Abdulla Oripov şu binoga tez-tez keladigan bölib qoldi. Keyin maʼlum bölişiça, markazning katta majlisxonasida respublika Milliy kuraş federatsiyasi turli yiğilişlar ötkazar, Abdulla Oripov şu muassasaga boş maslahatçi ekanlar. Ha, miqti gavdali, umrida birovning yoqasidan uşlab, kuraşga tuşganmi-yöqmi, nomaʼlum, lekin qattiqroq şamoldan ham hayiqib turadigan odam pahlavonlar bellaşuvi — buxoroça usuldagi özbek milliy kuraşi böyiça maslahatçi!..
Matbuot anjumanlarida baʼzan qatnaşib qolamiz, rostdan ham, yumuşlar köp bölar ekan. Kuraş millatning yuzi bölib, xalqaro arenalarga çiqayotgan, dunyoning juda köp mamlakatlarida aynan “Prezident kubogi” nomi bilan musobaqalar taşkil etilayotgan şaroitda salobatli insonning maşvarat boşida turişi ham tabiiyga öxşab körinadi.
Şunday qilib, ustoz bilan tez-tez duç bölişga töğri kelardi va imkoniyatdan foydalanib, qandaydir körinişda ijodiy yumuşlarni ado etiş (masalan, taniqli şoir bilan gazetaga suhbat tayyorlab beriş kabi) niyati ham paydo bölgani sir emas. Faqat buni şoir bilan batafsil gaplaşib, hal qiliş kerak böladi. Möʼtabar zotga unçalik yaqin emasman, şuningdek, uzoq ham emasman. Iş yuzasidan bir neça marta gaplaşganman, qolaversa, “Hazrat Sohibqiron” kitobimga söz boşi yozganlari ham bor gap (bu voqea finalining özgaça bir tavsifi bor, hozirça uning mavridi emas). Biroq şoirning vaqti hisobli, köplab taşvişlar (rais, deputat, jamoat arbobi va hokazo), şu tufayli unça-munça rejaga rozilik beravermaydilar.
Xullas, jami plyus-minuslarni hisob-kitob qilib (“Çiqmagan jondan umid” degandek, ham “taniqli inson bilan baqamti turay” deganga öxşaş çuçmal orzu bilan), savollar tuzadigan böldim va ularga batafsil javob olişni möljalladim (bunday holni “Kötara olmasang, qöşib boğla” deyişadi xalq tilida). Öylab-öylab, savollarni uç yönalişda tuzişga ahd qildim. Göyo bu suhbat mamlakat madhiyasi matnining muallifi, milliy şeʼriyatda öziga xos yöl oçgan, zamonaviy adabiyotning eng xalqçil va taniqli vakilining şaxsiyati va uning adabiyot, şeʼriyat haqidagi qaraşlarining mukammal (?!) ifodasi bölişi lozim edi. Albatta, ijodiy rejalar bilan tölib-toşib yurgan odamning har qança xayol surişga va orzu qilişga haqqi bor. Xullas, savollar quyidagiça böldi:
- Abdulla aka! Siz — şoirsiz, şuning uçun dastlabki savol “iş yuzasidan” bölsa, ajablanmaysiz. Novator şoirlardan biri “Miya va yurakning şunday xilvat joylari borki, ularga faqat şeʼr bilan kirib boriş mumkin”, degan ekan. Siz bu fikrni davom ettirib, yana nimalar deya olasiz?
- Ijodda köpinça maʼlum bir qoida — “Isteʼdodning 99 foizi mehnatdir” degan taʼrif ustunlik qilib keladi. Sizningça, öşa qolgan 1 foizi nima?
- Isteʼdodning juda köp taʼriflari bor. Jumladan, “Isteʼdod, bu — iroda” qabilidagi gap ham uçraydi. Şeʼriyat degan mahobatli qasr darçasini çertolmay, tortinib dunyodan ötib ketganlar qança… Öşa dargoh ostonasida qimtinib turgan ösmirni bugungi barkamol Abdulla Oripovga ösib yetguniça ötgan fursat nimalarga örgatdi?
- “Men — şoirman, istasangiz şu”, deya öz iroda va fikringizni eʼlon qilganingizda ijodning hozirgaça keçgan uzun yöli köz oldingizdan ötganmidi (çamalaganmidingiz)?
- Maʼlumki, Söz çegara bilmaydi. Şeʼrni esa begona tildagilar hatto ohangidan tuşunadi. Biroq özbek şeʼriyatida yangi nomlarni mahalliy hududlarga boğlab talqin qiliş (masalan, “özi yaxşi şoir, faqat aybi qaşqadaryolik-da” kabi) hollari ham bölgandi…
- Albatta, Alişer Navoiy qalam surgan tilda biror darajaga erişiş qiyin. Bu ham yaxşi, ham yomon. Şu maʼnoda hozirgi zamon özbek şoirlari Navoiyga qay darajada yaqindirlar va qay darajada uzoqdirlar?
- Agar şeʼriyatning böyini bir asr bilan ölçaydigan bölsak, ötgan yuz yillikda bu janr şakl, mazmun va şoir şaxsi nuqtai nazaridan neçoğliq özgardi?
- Abdulla aka! Har bir şoirning öz uslubi (demak, qiyofasi) bor, jumladan, Sizning ham. Şeʼrlaringizni emas, satrlaringizni minglab şoirlar mahsulidan ajratib oliş qiyin emas. Uslubingizning öziga xos jihati — Siz sözga ergaşmaysiz (köplab şoirlar qofiyani saqlaş uçun mantiqsiz misralar tuzadilar), balki sözni ergaştirasiz. Misralaringizda özbekça kalomlarning jamoli yanada oçilib, hatto portlab ketadi va baʼzan aforizm darajasiga yetadi. Bunday yuksalişning biror siri bormi? Siz uçun Söz nima? Mumkin bölsa, ijodiy tajribalaringizdan baham körsangiz…
- Baʼzan şeʼr bilimdonlari “Mahorat kamolga yetgaç, şeʼr yoziş qiyin emas. Uzuk yasagandek, dastgohdan çiqarib taşlanaveradi” qabilida mulohaza yuritadilar. Bu neçoğliq töğri?
- Bir yaşil vodiyda özbek tilida şeʼr aytuvçi jami şoirlar töplansa, ularga nimalar degan bölardingiz?
- “Şoir bölişing şart emas, biroq grajdanin bölişing şart” (Nekrasov) degan aqidaga munosabatingiz?..
- Şoirning ijtimoiy hayotga (yoki siyosatga) aralaşuvi ijodga, şaxsiy mayllariga teskari taʼsir etadimi? Bu isteʼdod uçun xavfli emasmi?
- Şoirning erkinligi, söz erkinligi, şaxs erkinligi bilan ijtimoiy tartiblar örtasida ziddiyat bormi?
- Siz şeʼr yaratganingizda har doim öquvçilaringiz köz oldingizda turadimi? Ularning saviyasi, dunyoqaraşi, munosabatini qanday baholaysiz?
- Xalqimizning juda köp fazilatlari qatorida soddalik va andişalilik juda börtib turadi. Öta soddalik — laqmalik. Andişaning bir çeti esa qörqoqlik, ikkinçi tarafi — xoinlik, deyişadi. Bu borada qanday meʼyorlarga amal qiliş kerak, deb bilasiz?
- Özbeklar dasturxonida noni yöqligidan, kiyimi yirtiqligidan, umuman, kambağalligidan şikoyat qilişni, yana ham börttirib aytsak, qaşşoqligini ovoza qilişni or deb biladi va bunday dardini köçaga çiqarmaydi. Şunday feʼl-atvorni ijobiy baholaş mumkinmi? Umuman, bunday xalqqa muomala, munosabat qanday bölişi kerak, deb taklif qilasiz?
- Şeʼrlaringizda yuragi qora, hasadgöy odamlarning qiliqlaridan ozor, ğiybat va miş-mişlardan nafratlaniş alohida börtib turadi. Siz şunday odamlarga köp duç kelganmisiz yoki xalqimizning tabiati şundaymi?
- Qörqoqlik heç qaçon oqlanmaydi, sirasini aytganda, bizning odamlarimiz nega bunça qörqoq?
- Millatni, xalqni kötariş alohida kasb kişilarining işimi yoki bu işni har kim özi bajarişi kerakmi? Ayni paytda bizda şu narsaga ehtiyoj bormi? Nima qiliş kerak, deb öylaysiz?
- Şoir, grajdanin, davlat arbobi sifatida öz faoliyatingizdan qoniqasizmi?..
Va yana boşqa savollar ham bor edi. Lekin savollarning mazmuni, darajasi şunday edi. Men şoir, davlat arbobi, şu yurt farzandidan javob olişni möljallagandim. Afsus, uni köngildagi suhbatdoşga taqdim etiş imkoni bölmagan. Bu holning sababi şundaki, avvalo, şoirni şunday xizmatga şay kayfiyatda uşlaş (tutiş) lozim bölardi, bu holning öziga xos jihatlari bor edi. Keyin esa, garçi adabiyotda bunday suhbatlar uçrab tursa ham, “narigi” tomon qanday tuşunadi, degan andişa ham yöq emas edi. Axir maşhur qöşiqçi şoirlarning biriga şunday qator savollarni yozib, qöliga berganimda, bir qur köz taşlab: “Uka, bizni imtihon qilmoqçimisiz?” degan, bundan ança mulzam bölgan edim. Xullas, u böldi-bu böldi, savollar taqdim etilmadi va kutilgan muloqot röy bermadi.
Köpçilik şu örinda özbek tilida ham kitob holida naşr etilgan va keng kitobxonlar örtasida ança maşhur bölgan bir asarni yaxşi eslasalar kerak. Albatta, gap maşhur qozoq şoiri Muxtor Şaxanovning taşabbusi bilan dunyo sevgan adib Çingiz Aytmatov örtasida röy bergan davomli suhbatlar samarasi ölaroq yaratilgan “Çöqqida qolgan ovçining ohi-zori” (Toşkent, “Şarq” naşriyoti, 1998 yil) kitobi haqida ketyapti. Kitob muqaddimasida Çingiz Aytmatov xotiralariga urğu berib qayd qilganidek, “gaplaşadigan odam ham” qolmayotgan yoki kamayib ketayotgan şaroitda, avvalo, bir-birini tuşunadigan ikki odamning topilişi ğanimat. Qolaversa, sözdek bebaho xazinaga munosabatlardan köngil tölmay turganda “ibtidoiy jamiyat tuzumidan beri yaşab kelayotgan qonuniyatlar” — öz sözining ustidan çiqiş va beburd bölib qolmaslikni köngliga tukkan suhbatdoşlarning kelajakka aytar “ohi-zori” böladi. Inçunin, “çin köngildan oçilib-soçilib gaplaşadigan, faqat sözning qadrini biladigan yoki maʼnosini tuşunadigan suhbatdoşga emas, balki ayni çoğda tinglaşni ham biladigan hamsuhbatga taşna”lik hukm surar ekan, menda ham nimadir işonç va reja bölgani rost.
Taassufki, bu hol röy bermagan, muloqot jarayonida har doim köngil istagi hisoblanmiş mavhum jumboqlarga yeçim topiş, mulohazalarni muhib va muxlislik şaroitida köpçilikka yetkaziş qabilidagi kayfiyat nasib etmagan bölsa-da, savollar orqali söz olamida öziga xos mislsiz natijaga erişgan nodir insonning keçinmalari bilan köplab iştibohlarga aniqlik kiritiş ilinji bor edi. Gözal şeʼriyatdan bahramand böliş boşqa, uning ijodkori botiniy olamiga nazar taşlaş boşqa. Zero, uluğ adib Qirğizistonda elçi bölib turgan M.Şaxanov bilan doimiy gurungdan “Ikkovimizning suhbatlarimizdan, özaro kaşfiyotlarimizdan… muloqot quvonçini iç-içimizdan his etib turardik”, tarzida mamnunligini eʼtirof etgan edi. Albatta, mulohazalar yetarli, örtada özbekça andişa ham bor: “Sen kim eding-u…” qabilida, ammo şu niyat amalga oşganida, bugungi puşaymonlikka ham hojat qolmagan bölardi.
“Çöqqida qolgan ovçining ohi-zori” kitobidagi yetti bölimdan joy olgan suhbatlar jarayonida turkiy xalqlar ötmişiga doir unça-munça tarixiy manbalarda uçramaydigan dalillar keltirilgan. Biri qozoqça, boşqasi qirğizça sözlab, hayot söqmoqlarida duç kelgan quvonç va musibatlarni yaşirib ötirmay, nogahon tuğilib qolgan fikr-mulohazalar, sözlarni asl holida öquvçiga taqdim etgan bu kitob adabiyotda munosib xazina bölib qolgani köp takrorlanadi. Ayni paytda jadidlardan keyin, oradan ötgan yillar davomida qança sinoatlarni keçirgan xalqimiz peşonasiga özligini anglatiş uçun ato etilgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov singari şaxsiyatlarning dil sözlari yillar yiqita olmagan milliy ğururning inʼikosi edi. “Javobsiz qolgan savollar” ham şu sirli dunyoga qayta nazar taşlaş umidida tuzilgan edi…
Mazkur maʼlum xotiralarni eslaş, şu örinda qayd etişdan murod — turli ötkinçi mulohazalarga berilib, ğaflat töriga bandi bölib ötirmay, vaqtdan unumli foydalaniş, ğanimat damlarni yelga sovurmaslik lozimligini yana bir marta taʼkidlaş istagidir. Zero, har doim, jumladan, bugun ham xuddi şunday ezgu amallarni bajariş ehtiyoji bor, faqat keçikmasak bas!
Darvoqe, yana bir gap. Yuqoridagi savollar bilan bugun qaysi ijodkorga röbarö böliş mumkin? Şuni ham öylayapman…
Hakim SATTORIY.
