Bizni ulğaytirgan qöşiqlar

Şu kunlarda uzoq yillar eslamagan, xotiramdan öçib ketayozgan baʼzi voqealar xayolimda tiklanyapti. Şu asnoda öşa voqealardan yana yangi mazmun-mohiyat, joiz bölsa, hikmat topyapman. Ota-onalarimiz hurmatiga sazovor bölgan buyuk insonlar qoldirgan maʼnaviy-madaniy meros yillar ötsa-da, öz qimmati va ahamiyatini yöqotmaganiga yana bir bor işonç hosil qilyapman. Çin ijod va çin odamiylik uyğunligidagi mehnat mahsulining qadri har doim baland bölişiga, tildan-tilga, qalbdan-qalbga ötib, avlodlar oşa yaşayverişiga amin bölyapman. Ana şunday his-tuyğular meni öşa xotiralarni siz bilan ham bölişişga undadi.

Qişloğimizda bir yoş yigit bölardi. U doim töylarda içib, janjal çiqarar, muştlaşib çarçamagunça uyiga qaytmasdi. Bobom qişloqdagi töy-maʼrakalarga boş böladigan oqsoqol bölgani sababli bir kuni uyimizga ovulning kadxudolarini yiğdi, öşa yigitni ham çaqirdi. Maqsad unga pand-nasihat qiliş, kerak bölsa, tanobini tortib qöyiş edi. Biri yaxşi gap bilan unga tuşuntirişga harakat qilsa, ikkinçisi aççiqroq gapirib koyirdi. Şunda yiğilganlardan biri:

— Komiljon akaning qöşiğini eşitmaganmisan? — dedi unga qarab.

Har yigitning aslin bilay desangiz,

Maʼrakada ötirib turişin köring.

— Ha, şunday degan u kişi. Sen töy-maʼrakalardagi yuriş-turişing, qiliqlaring bilan butun qişloqda şarmanda bölyapsan-ku, taşqaridan kelgan mehmonlar oldida qişloğimizning ham obrösini tökyapsan.

Bu gapga boşqalar ham qöşildi. Şu ikki satr atrofida qança gaplar aytildi. Oxiri yigit boşini eggança, özgarişga vaʼda berib çiqib ketdi.

Töğrisi, hali yoş bola bölsam-da, bu sözlarni men ham köp eşitgandim. Ayniqsa, şöx, bezori öğil bolalarga nisbatan, ularga odob beriş maqsadida aytilardi. Bu satrlar Maxtumquliga tegişli ekanini kimdir bilar, kimdir bilmas edi-yu, lekin Komiljon Otaniyozov aytganini hamma bilardi.

Aslida, köp bolali, kam-köstimiz ham şunga yaraşa oila edik. Faqat otam qassoblik qilgani uçun oş-ovqatimiz şohona bölmasayam, ğaribona ham emasdi. Bir kuni onam dasturxonga un oşi (oddiy suvga ugrani qaynatib, qatiq bilan aralaştirib içiladigan taom) olib keldi. Bolalar hammamiz bir çetga tizilib, aftimizni buriştirgança dasturxonga qayrilib ham qaramasdan ötiraverdik. Şunda otam yonimizga keldi-da:

— Komiljon akaning bir qöşiği bor, — dedi. Keyin:

Otaliqning molin boqdim bahorda,

Özi turmay uyğotadi saharda,

Pişirgan oşlari közing yoşinday,

Çaqmoq toş nonini berar nahorda, —

deya xirgoyi qildilar şu qöşiqni.

— Çaqmoq toşday qattiq, tişingni sindiradigan nonni yeyiş osonmi, közning yoşiday ovqatni içib böladimi? Lekin oçlik, yöqçilikda şunga majbur bölişgan. Komiljon aka ana şuni qöşiq qilib aytgan, — dedi va özi dasturxonning boşiga borib ötirib, ovqatga qöl uzatdi. Otamizning bu gaplaridan söng beixtiyor barçamiz dasturxon atrofiga tizildik. Töğrisi, ana şu ovqat bizga juda şirin tuyulgandi öşanda. Öşa-öşa un oşini yaxşi köraman…

Har kuni keçqurun soat sakkiz yoki töqqizlarda edi, adaşmasam, Xorazm telekanalidan Qalandar baxşi Yormatovning dostonlar ijrosidagi konserti berilardi. Uni butun oila jamuljam bölib tomoşa qilardik. Hammamizning nigohimiz ekranga qadalar, goh Bozirgon taʼrifi, goh Göröğlining mardligi, oşiq Ğaribning sadoqatli muhabbati, Şohsanamning gözalligi bayon etiladigan dostonlarni birimiz bobomning tizzasiga, birimiz otamizning tizzasiga suyanganimizça jon quloğimiz bilan tinglardik. Ammo baxşi dostonning eng qiziq joyiga kelganida töxtatib, tomoşabinlar bilan xayrlaşardi. “Oşiq Ğarib torini qölga olib, Şohsanamga şunday degan ekan”, degan joyida töxtab qolgan dostonning davomini eşitiş uçun “Ğarib Şohsanamga nima degan ekan?” degan xayol bilan ertasi kuni keçqurungi vaqtni oşiqib kutardik. Har bir öğil öşa dostonlardagidek alp, botir, qörqmas bölişga, har bir qiz undagi malikalardek gözallik va aql-farosatni özida mujassam etişga harakat qilardi.

Yetti-sakkiz yoşlarda edim. Otajon Xudoyşukurov qişloğimizga sunnat töyga keldi. Töy qilayotgan oila öta kambağal, uzoq yillar farzandsizlikdan keyin körgan öğliga el-ulus kömagi bilan “qurli” töy qilişayotgan edi. Töyga boş bölayotgan bobomning keçasi halloslab kelgani, “Yur, senga Otajondan duo olib beraman”, deb meni uydan olib çiqib, goh kötarib, goh yetaklab olib borgani heç esimdan çiqmaydi. Keng dalada odamlar doira şaklida davra bölib ötirar, örtada gulxan yonib turar, hofiz davra böylab aylanib qöşiq aytardi. Şu tobda uning ovozi butun qişloğimizga eşitilib turardi. Davrani aylanib bölgaç, u yonimizga keldi-da, tizzasini bukib oldimga ötirdi. “Şu qizçami aytgan nabirangiz?” dedi bobomga. Demak, bobom unga nabiramni olib kelaman, deb aytgan ekanlar-da.

— Ha, öğlim, şu nabiramni bir duo qilgin, ilohim, sizlarday martabali bölib yursin, — dedi bobom unga iltijoli qarab. Otajon Xudoyşukurov çin dildan duo qildi va yonida turgan katta tugundan bir römolni tortib olib, yelkamga öradi. U römolning nomini bizda “saçoqli matr” deyişardi.

Töyning ertasiga nonuşta paytida bobom Otajon Xudoyşukurov töyda tuşgan pullar-u matolarni uy egasiga qoldirganini, kambağal, yetim-yesirlarga tarqatib berganini, hofizning har bir ibratomuz sözi-yu, xatti-harakatini tinmasdan gapirar, “ilmi ziyoda bölsin”, “umri ziyoda bölsin” deb duo qilardi. Keyin bilsam, hofiz menga bergan römolidan töyga borgan onaxonlar, qizlar, kelinçaklarning köpiga tarqatgan ekan. Butun qişloq ahli nafaqat uning qöşiqlari, balki insoniyligi, saxiyligi, suhbatida bölganlar aql-zakovatini ança paytgaça aytib yurişdi.

Eng qiziği, biz tomonlarda hali-hanuz Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudoyşukurov kabi sanʼatkorlarning u yoki bu davralardagi suhbatlarda aytgan maqolsifat, dono sözlarini eslaşadi. Demak, ular köp öqigan, örgangan, eng muhimi, xalqqa aytadigan sözni öylab, aql çiğiriğidan ötkazib aytişgan.

Xullas, biz qöşiq orqali hikmat eşitib, sanʼat orqali maʼnaviyatni, maʼrifatni anglab, xonişlari köngillarni zabt etgan hofizlarimiz timsolida insoniylik, mukammallik va komillikni körib, şunga qarab özimizni önglab ulğaygan ekanmiz, degan xulosaga kelyapman şu kunlarda.

Bu bilan bugun undoq, bugun mundoq demoqçi emasman. Faqat hozirgi yoş avlodning ham yillar ötib, bir uluğ yoşga yetganida el-ulusga, nabiralariga öz davridagi sanʼat, maʼnaviy muhit va jamiyat haqida his-hayajon, ğurur va iftixorga tölib aytadigan iliq xotiralari köp bölişini istayman.

Nazira MATYAQUBOVA,

Özbekistonda xizmat körsatgan

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan