Nodir komandirning qismati

Hozir ham Qamaşi va Çiroqçi tumanlarida yaşovçi keksa yoşdagi kişilarga bu nom yaxşi taniş. Çunki ular bu inson töğrisida bobo va momolaridan qariyb afsonaga aylangan voqealarni köp bora eşitişgan.

Darhaqiqat, ötgan asrning 20-yillarida Qoratepaning Döstberdi qişloğida çöponlik qilib yurgan öspirin yigitning oradan yillar ötib, el-ulusning tinçini qöriqlaydigan jasur otryad komandiriga, odamlarning yaxşi yaşaşlari uçun qayğuradigan adolatli rahbarga aylanişi haqiqatan ham ertakdagi voqealarga öxşab ketardi-da öşa dolğali yillarda…

Buxoro amiri Said Olimxonning taxtni taşlab, afğonga qoçişi şörolar hukumatining amirlik hududida özining yangi hokimiyatini örnatişga imkon yaratib berdi. Şu bilan bir qatorda mamlakatning turli burçaklarida öşa paytda “bosmaçi” deb nomlangan uyuşmagan tödalarning paydo bölişi esa qizillar uçun yangi muammolarni keltirib çiqarmoqda edi.

Şörolarning Çiroqçi tumanidagi masʼul idorasi boşliği Mirzapoyon Ravşanov asli qoratepalik bölib, Nodir bilan tengdoş jöra edi. U Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan ziyoli kişi bölib, u yangi tuzilayotgan harbiy otryadga heç ikkilanmay, garçi kasbi-kori oddiy çöpon bölsa-da, polvon kelbatli, davralarda örnini bermaydigan çörtkesar va adolatparvar yigitni jalb etdi.

Şuni taʼkidlaş lozimki, öşa yillarda örmonga öt tuşsa, hölu quruq barobar yonadi, deganlaridek, çekka qişloqlarda öz manfaati uçun öziga töq xonadonlarning mol-mulkini talaydigan tödalar ham paydo bölgan va ularni odamlar “çönqaymalar” deb ataşardi. Ana şunday talonçi tödalar kunlarning birida Sançiqul qişloğida yaşovçi usta Norqobilning uyiga bostirib kirib, uning mol-mulkini tortib olib, özini otib ketişgan. Oradan bir neça kun ötgaç, xuddi şu qişloqdan tuman moliya idorasi boşliği bölib işlaydigan Ibrohim Şernazar öğlining xonadoniga ham bosqin uyuştirilgan va faqatgina uy sohibasi Hilol momoning sezgirligi va topqirligi tufayli oila aʼzolarining jonlari omon qolgan. Bunday köngilsiz holatlar, ayniqsa, çekka daşt qişloqlarida tez-tez sodir bölib turardi öşa yillarda…

* * *

Nodir Pardayev Çiroqçi tumanida 1919 yildan 1923 yilgaça otryad komandiri bölib, talonçi tödalarga qarşi kuraş olib bordi va Töra manqa, Jabborbek, Rustambek boşliq tödalarni tuman hududidan haydab çiqardi.

Şuni taʼkidlaş lozimki, Nodir Pardayev öşa davr siyosatini yaxşi tuşunadigan kişi bölgan. U taşkil topayotgan şörolar davlatining niyati mustamlakaçilik ekanligini allaqaçon anglab yetgandi. Şuning uçun ham qurolli tödalarga iqtisodiy noçorlik yoki qutqu tufayli qöşilib qolgan yigitlarni darrov payqar, ularni bir-ikki kun hibsda saqlagaç, qatʼiy vaʼdasini olgaç, qöyib yuborar, hatto özining şafqatsizligi bilan nom taratgan Rustam qörboşining ölimga hukm qilinişini muddatli qamoq jazosiga almaştirişni amalga oşirgan edi.

Oradan uzoq yillar ötib, Özbekistonda xizmat körsatgan öqituvçi Jalil Haydarov Qayqi qişloğidagi töyda bexosdan Rustam qörboşi bilan uçraşib qoladi. Şunda sobiq qörboşining Nodir komandir haqidagi: “Bunday mard odam onadan qayta tuğilmasa kerak”, deganini qişloqdoşlariga sözlab bergan ekan. Xuddi şunga öxşaş eʼtirofni taniqli jurnalist va adiba Guljahon Mardonova ham sözlagandi.

— Onamning otasi Xudoyqul boy Çim qişloğining davlatmand kişilaridan bölgan. Şörolarning quloqlaştiriş siyosati boşlangaç, bobomni ham surgun qiliş uçun Çiroqçidagi hibsxonaga olib borişgan. Bobomni yaxşi tanigan Nodir komandir voqeadan xabar topgan va yölini topib, u kişini qamoqdan ozod qilgan va tezda oilasi bilan Tojikistonga jönab ketişi kerakligini aytgan. Bobom oilasi bilan ön yil özga yurtda umrguzaronlik qilgan. Bu haqda onam va toğamning közlarida yoş bilan aytganlari hamon yodimda.

Nodir Pardayevning el-ulus osoyiştaligi yölidagi xizmati eʼtirof etilib, uning nomiga “komandir” sözini qöşib aytiş haqidagi maxsus qaror va 12-14-raqamli guvohnoma Qaşqadaryo viloyati arxivida saqlanmoqda.

Yana bir gap. Öşa yillarda Nodir komandir qöl ostida xizmat qilgan yigitlardan biri Usmon Jiyanov ham jasorati uçun “Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlangan.

* * *

1925 yildagi saylovda Nodir Pardayev Döstberdi qişloq şörosi raisligiga saylandi. U çekka qişloqda yaşovçi dehqonlarni yerli qiliş, qişloq bolalarini savodli qiliş işlariga eʼtibor qaratdi va bir neçta maktablar qurilişiga boş-qoş böldi.

1929-1931 yillarda Çiroqçi tumani militsiyasi boşliği, söngra Çiyali qişloq şörosi raisi vazifalarida işladi. 1934 yilda esa uni Çiroqçi tuman ijroiya qömitasi raisi etib tayinlaşadi. Yangi rais qöşni Yakkaboğ va Şahrisabzgaça bölgan böz yerlarni özlaştirişga alohida ahamiyat beradi va oradan bir yil ötib, paxta va ğalla rejalari ortiği bilan uddalanadi.

1935 yilda u respublika Markaziy Ijroiya qömitasi qurultoyida iştirok etib, sözga çiqadi va erişilgan yutuqlar bilan bir vaqtda muammolar köpligini aytadi. Hukumat aʼzolaridan Qaşqadaryo ustidan köprik qurilişiga eʼtibor qaratişlarini söraydi. Özining jöşqinligi va ğayrati bilan atoqli şoir Ğafur Ğulom nazariga tuşadi va köp ötmay, ijodkorning u haqidagi “Nodir komandir” nomli oçerki markaziy gazetada bosilib çiqadi.

Oçerkdagi Ğafurona quyma satrlarga eʼtibor bering:

“Suyagi mehnat bilan qotgan, kunlari va tunlari eziliş, suriliş va kuraş bilan ötgan bu ğolib qahramonning keksa tarixi dostonlar va romanlar yaratiş uçun keng mavzudir. Döstberdi qişloğining qaşşoği Parda aka bu azamat öğlining diydori bilan quvongan, ne-ne maşaqqatlar bilan topgan bir burda qoq non bilan uni boqib voyaga yetkazgan” (Ğafur Ğulom. Tanlangan asarlar. 7-tom. Toşkent, “Fan” naşriyoti, 1987 yil).

* * *

Ammo, ming afsuski, oddiy xalq orasidan çiqqan mard va halol bu inson ham 1937 yilda esa boşlagan maşʼum qatağon şamoliga duçor böldi. U Fayzulla Xöjayev va Akmal Ikromovlarning izdoşi deb, Qarşi şahridagi Odina masjidi, yaʼni şörolar qamoqxonaga aylantirgan turmaga taşlanadi va mislsiz qiynoqlar iskanjasida jon berdi. Yana şuni taʼkidlaş lozimki, öşa maşʼum yillarda Nodir komandirning “dumi” degan soxta ayblov bilan Qoratepa qişloq şörosining raisi Mahmatqobil Avazov, Naymansaroy qişloğidan oddiy dehqonlar: aka-uka Şodi, Turniyoz, Pirnazar Jumanazarovlar ham qatl qilingan.

Garçi Nodir Pardayev işida jinoyat alomatlari yöqligi sababli 1938 yildayoq oqlangan bölsa-da, aybsizligi haqidagi xat 1962 yilning 11 dekabrida uning oilasiga yetib kelgan.

Ha, bir varaq jonsiz qoğozdagi xabar, eng avvalo, uning muşfiq ayoli va ota diydoriga töymagan öğil va qizlari yuragidagi dardga malham bölolmasa-da, otalarining unutilmas nomi el-ulus xotirasida yaşayotgani taskin berardi, albatta…

Örolboy QOBIL.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan