Umrning maʼrifatli manzillari
Taniqli folklorşunos olim, professor Umurzoq Jumanazarovning ilm-fan va taʼlim sohasidagi samarali faoliyati haqida
Olimning hayot yölini sanalar, lavozimlar va ilmiy unvonlar orqali tavsiflaş mumkin. Biroq bunday maʼlumotlar uning ilm-fan taraqqiyotidagi haqiqiy örnini töliq oçib bermaydi. Olim şaxsiyatining maʼnaviy-intellektual miqyosi, avvalo, u ilmiy muammoni qay darajada teran anglagani, mavjud bilimlarga qanday nazariy mazmun qöşgani va keyingi tadqiqotlar uçun qaysi yönalişlarni belgilab berganida namoyon böladi. Şu bois olim umrining qimmati ilmiy tafakkurda qoldirgan maʼrifiy izi bilan ham ölçanadi. Şunday bölsa-da, ustozning umr va mehnat, tinimsiz izlanişlar yöli haqida muxtasar töxtalib ötsak.
Umurzoq Abdurazzoqoviç Jumanazarov 1956 yili Samarqand viloyatining Bulunğur tumanida (hozirgi Jizzax viloyati Baxmal tumani) Loyqa qişloğida işçi-xizmatçi oilasida tuğildi. 6-örta maktabni (1963-1973) bitirgaç, Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika institutida (1973-1977) tahsil oldi.
U Samarqand davlat pedagogika institutida özining ilmiy-pedagogik faoliyatini 1977 yildan boşladi. Söngra ÖzR FA Alişer Navoiy nomidagi (sobiq A.S.Puşkin) Til va adabiyot institutining folklor bölimida laborant va ilmiy xodim vazifalarida işladi.
Umurzoq Jumanazarov 1984 yildan hozirgi vaqtgaça Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida katta öqituvçi, dotsent, professor, boşlanğiç taʼlim uslubiyati fakultetining dekani örinbosari, boşlanğiç taʼlim metodikasi, boşlanğiç taʼlim til va adabiyoti, boşlanğiç taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedralarining mudiri, özbek tili va adabiyoti fakulteti dekani lavozimlarda işladi. Ayni paytda boşlanğiç taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori lavozimida faoliyat körsatib kelmoqda.
Bulunğur dostonçilik maktabining epik anʼanalari gullab-yaşnagan hududda tuğilib, xalq ijodiyotiga mehr qöyib ulğaygan olim Özbekiston fan arbobi, yirik folklorşunos olim, akademik Töra Mirzayev ilmiy rahbarligi va maslahatçiligida “Özbek xalq tarixiy qöşiqlari (spetsifikasi, tasnifi va poetikasi)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini 26 yoşida, “Özbek tarixiy folklorining janrlari sostavi va ularning ğoyaviy-badiiy xususiyatlari” mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasini 35 yoşida himoya qildi. Özining folklorşunoslik sohasidagi izçil tadqiqotlarini oliy taʼlimdagi faoliyati bilan qöşib olib borgan olim 1986 yilda dotsentlik, 1993 yilda professorlik ilmiy unvonlarini olişga muvaffaq böldi.
Isteʼdodli folklorşunos olim sifatida tanilgan U.Jumanazarov hozirga qadar 16 ta monografiya, 21 ta öquv qöllanma, 26 ta uslubiy qöllanma va 350 dan ortiq ilmiy va ilmiy-nazariy, uslubiy hamda ommabop maqolalarini eʼlon qilganligi ham uning ğoyatda mehnatkaş va sermahsul ijodkor ekanligidan dalolat beradi. U özbek folklorida tarixiy qöşiq janrining genezisi, struktural tiplari va tasnifi, xalq baxşilari repertuariga taʼsiri, ğoyaviy-estetik vazifa badiiyatini örganişga doir fundamental tadqiqotlari bilan hayotiy voqelik va tarixiy haqiqatning xalq ijodiyotida poetik aks etişini yoritişga katta hissa qöşdi. Olimning “Jangovar yillar poeziyasi”, “Daʼvatkor xalq şeʼriyati”, “Jasorat va sadoqat talqini”, “Özbek xalq tarixiy qöşiqlari” (rus tilida), “Qöşiq: tarix va ijod”, “Tarix va xalq ijodiyoti badiiyati” kabi ilmiy monografiyalarida özbek xalq tarixiy qöşiqlarining janriy tabiati, voqelikni badiiy aks ettiriş tarzi va poetikasi masalalari atrofliça tahlil qilingan. Olim qadimgi turkiy yozma manbalardagi folklor materiallarini qiyosiy tadqiq etiş asnosida tarixiy qöşiq janrining şakllanişi va badiiy evolyutsiyasi jarayonlarini belgilaşga ham munosib hissa qöşgan. Uning bu yönalişidagi amalga oşirgan ilmiy izlanişlarining asosiy nazariy umumlaşmalari “Özbek folklori oçerklari” uç jildligining 1988 yilda çop etilgan birinçi jildida öz ifodasini topgan. Olimning özbek xalq qahramonlik qöşiqlari, doston va tarixiy qöşiqlarining qadimiy aloqalari, anʼanaviy xalq tarixiy qöşiqlarining badiiyati, variantlari hamda tarqalişiga oid maqolalari özbek xalq qöşiqlarining örganilişiga muhim hissa bölib qöşildi.
Özbek folklorşunosligida ötmişdagi real tarixiy voqelikni tasvirlaş xarakteri va mohiyati jihatidan tarixiy-qahramonlik, tarixiy-fantastik, tarixiy konkret va avtobiografik dostonlarga bölib tasniflanadigan özbek xalq tarixiy eposi böyiça yirik tadqiqotlardan biri ham U.Jumanazarov tomonidan yaratilgan. U özining “Özbek folklori va tarixiy voqelik”, “Xalq tarixi sahifalarini varaqlaganda”, “El suygan baxşining epik olami” singari monografiyalari hamda “Tarixiy doston va tarixiy qöşiq munosabatlariga doir”, “Doston va tarixiy voqelik”, “Tarixiy eposning turlari va hozirgi ahvoli”, “Xalq eposining tarixiyligi va tarixiy epos masalasi”, “Oysuluv” – sof tarixiy doston”, “Tarixiy dostonlar” kabi ilmiy-nazariy maqolalarida tarixiy dostonlarning janriy mansubiyatini belgilovçi asosiy mezonlar, tarixiy eposning tasnifi va tadrijiy rivoji bosqiçlari, xalq baxşilari repertuarida tutgan örni va poetikasi masalalarini keng kölamda örgandi.
Folklorşunos olimning ilmiy faoliyatida özbek xalq nasrining qadimiy janrlari – afsona va rivoyatlarni töplab, tadqiq etişga alohida eʼtibor qaratilgan. Ayniqsa, afsona va rivoyat janrlarining öziga xos hamda farqlanuvçi xossalarini belgilaşda olimning ilmiy konsepsiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. U qadimiy mifologik tasavvurlarning folklorga taʼsiri, tarixiy afsona va rivoyatlarning yuzaga keliş manbalari, etnonimik rivoyatlarda etnik jarayonlarning aks etişi, real tarixiy siymolar obrazining xalq nasridagi badiiy talqiniga oid bir neça monografiyalar eʼlon qildi. Özining oğzaki nasr janrlarining tarixiyligi masalasiga doir ilmiy qaraşlarini “Tarix, afsona va din”, “Xalq prozasi va ijtimoiy hayot”, “Toponimika va xalq prozasi” kabi önga yaqin fundamental tadqiqotlarida umumlaştirgan. U.Jumanazarov tarixiy qöşiq, doston, rivoyat va afsonalarni tadqiq etişni davom ettirib, özbek xalq tarixiy folklor janrlarining genezisi va badiiy rivoji qonuniyatlarini oçişga xizmat qiladigan jiddiy nazariy masalalarni örtaga taşladi. Olimning amalga oşirgan ilmiy tadqiqot işlari özbek folklorşunosligida mavjud materiallarga yangiça baho berilganligi, ularni yaxlit bir tizim asosida tahlil qilinganligi bilan alohida ajralib turadi. Ularga doston, rivoyat, tarixiy qöşiq janrlari tarkibidagi va ularning janriy bir turi bölgan tarixiy folklor namunalari jalb etilgan bölib, öşa janrlar doirasidagi janriy öziga xosliklarni yoritişga alohida eʼtibor berilgan.
U.Jumanazarov ilmiy işlar bilan birgalikda özi xizmat qilgan oliy öquv yurtining talabalarida yangiça fikrlaş va ilmiy dunyoqaraşni şakllantiriş, bilimlarning ezgulikka xizmat qilişi tamoyillarini singdirişga, ular uçun mustaqil işlaşga nazariy maʼlumotlar beruvçi 30 dan ortiq darslik va uslubiy qöllanmalarni yaratişga asosiy eʼtiborini qaratib kelmoqda. “Özbek bolalar adabiyoti”, “Ona tili”, “Bolalar adabiyoti va folklor”, “Jahon xalqlari adabiyoti”, “Turkiy xalqlar adabiyoti”, “Xalq pedagogikasi va xalq donoligi”, “Adabiyot va folklorning pedagogikaga uyğunligi”, “Boşlanğiç sinflarda didaktik öyinli maşğulotlarni uyuştiriş”, “Ona tili fanini öqitişda innovatsion-pedagogik texnologiyalar”, “Xalq dostonlari tilida lingvomadaniy birliklar”, “Baxşiçilik sanʼati va dostonçilik maktablari”, “Anʼanaviy termalar”, “Dömbira – baxşilar sozi” kabi qöllanmalar şular jumlasidandir.
U.Jumanazarov 2 ta xalqaro jurnal, 1 ta respublika ilmiy jurnallarining tahrir hayʼati aʼzosi.
2021-2022 yillarda U.Jumanazarovning hammualliflikdagi “Turkiy xalqlar adabiyoti” monografik tadqiqoti Turkiya va Germaniya mamlakatlarida naşr etildi. Şuningdek, öndan ortiq ilmiy-nazariy maqolalari xorijiy jurnallarda eʼlon qilindi.
U.Jumanazarov yoş kadrlarni tayyorlaş sohasida 1 nafar fan doktori (DsC), 5 nafar fan nomzodi, 2 nafar filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD)ga ilmiy rahbarlik qildi. 12 ta doktorlik, 23 ta nomzodlik va filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga rasmiy hakamlik qildi.
Yangi Özbekiston bunyodkorlari bölgan yetuk va barkamol avlodni şakllantiriş yölidagi katta xizmatlari, farzandlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun mamlakatimiz rahbarining 2023 yil 28 sentyabrdagi Farmoni bilan U.Jumanazarov II darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni bilan mukofotlangan.
Professor Umurzoq Jumanazarovning ilmiy ijodi özbek folklorşunosligining muhim yönalişlaridan biri — tarixiy qöşiqlar va tarixiy folklor janrlarini örganiş bilan uzviy boğliq. Olimning tadqiqotlarida folklor xalqning tarixiy tajribasi, ijtimoiy keçinmalari, qadriyatlari va voqelikka munosabatini mujassam etuvçi madaniy hodisa sifatida namoyon böladi. Bunday yondaşuv folklorşunoslikni faqat badiiy şakllar tahlili bilan çeklamay, uni tarixiy xotira, jamoaviy tafakkur va milliy özlik muammolari bilan boğliq holda tuşuniş imkonini beradi.
Professorning tarixiy folklor janrlari, ularning poetikasi va ğoyaviy-badiiy xususiyatlariga doir izlanişlari xalq oğzaki ijodining ijtimoiy-maʼnaviy vazifalarini oçişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Folklorda tarixiy voqeaning xalq tafakkurida qanday qabul qilingani, maʼnolantirilgani va avlodlar xotirasiga qanday kirib borgani aks etadi. Şu jihatdan professor Umurzoq Jumanazarovning ilmiy merosini tarixiy xotira, milliy özlik va badiiy talqin örtasidagi özaro boğliqlik asosida baholaş maqsadga muvofiqdir.
Tarixiy xotira — inson va jamiyatning öz ötmişi bilan aloqasini taʼminlovçi murakkab ijtimoiy-madaniy hodisa. Ötmişda sodir bölgan voqealar öz-özidan jamoaviy xotiraga aylanib qolmaydi. Ular muayyan ijtimoiy muhitda anglanadi, saralanadi, baholanadi va turli ramziy şakllar orqali avlodlarga uzatiladi. Tarixşunoslik voqealarni hujjatlar, dalillar, sabab va oqibatlar tizimida qayta tiklaşga intiladi. Folklor esa tarixiy voqeaning xalq tafakkuri va hissiyotidagi aksini, uning ijtimoiy-maʼnaviy talqinini saqlaydi. Şu sababli tarixiy folklorga tarixiy manbaning oddiy muqobili deb qaraş töğri bölmaydi. U faktni aynan takrorlamaydi, aksinça, voqeani xalqning qadriyatlari, orzu-umidlari, iztiroblari va ijtimoiy baholari asosida qayta maʼnolantiradi. Folklor matnida tarixiy hodisaning barça tafsilotlari saqlanmasligi mumkin, ammo jamoa ongi uçun muhim bölgan maʼnaviy mazmun, aksiologik baho va hissiy munosabat barqarorlaşadi. Şu maʼnoda tarixiy qöşiqni bir vaqtning özida ham badiiy asar, ham xalqning voqeaga munosabatini ifodalovçi madaniy hujjat sifatida örganiş mumkin.
Umurzoq Jumanazarovning tarixiy qöşiqlarning janr xususiyatlari va poetikasini tadqiq etişi ana şu murakkab ilmiy muammoni anglaş ehtiyojidan kelib çiqadi. Tarixiy qöşiqning badiiy tabiatini tahlil qiliş orqali xalq tafakkuri tarixiy voqeani qanday qabul qilişi, uni estetik obrazga aylantirişi va muayyan ğoyaviy xulosada umumlaştirişi oçib beriladi. Bu yondaşuvda tarixiy qöşiq xalq ongidagi davomiy maʼnaviy hayot sifatida talqin etiladi. Tarixiy voqea muayyan vaqt va makonda sodir böladi. Ammo uning ijtimoiy taʼsiri, maʼnaviy bahosi va ramziy maʼnosi keyingi davrlarda ham yaşaşi mumkin. Qöşiq, rivoyat yoki doston vositasida ötmiş hozirgi avlodning madaniy tajribasiga kirib keladi. Bunda folklor tarixiy davrlarni mexanik tarzda boğlamaydi, balki ötmiş mazmunini yangi avlodning maʼnaviy dunyosida qayta faollaştiradi. Mazkur jarayon tarixiy xotiraning bir marta şakllanib, özgarmas holda saqlanib qolmasligini körsatadi. Har bir avlod ötmiş merosini öz davrining savollari va ehtiyojlari asosida qayta anglaydi. Folklor matni ana şu jarayonda ham barqaror, ham harakatçan xususiyat kasb etadi. Unda tarixiy voqeaning muayyan izlari saqlanadi, ayni paytda bu voqeaning xalq ongidagi talqini turli davrlarda yangi maʼnolar bilan boyib borişi mumkin.
Umurzoq Jumanazarov tadqiqotlarida tarixiylik va badiiylikning özaro munosabati muhim metodologik ahamiyatga ega. Tarixiylik voqeaning muayyan zamon va ijtimoiy şaroit bilan aloqasini ifodalasa, badiiylik uning xalq ongida qayta işlanişi, obraz va ramzlar vositasida umumlaştirilişini taʼminlaydi. Bu ikki jihatni bir-biridan ajratib qöyiş folklor tabiatini biryoqlama tuşunişga olib keladi. Tarixiy folklorning mohiyati aynan voqelik va uning jamoaviy-badiiy talqini örtasidagi munosabatda oçiladi.
Olim ilmiy tafakkurining yana bir muhim qirrasi janr masalasiga munosabatida namoyon böladi. Folklorşunoslikda janrga köpinça asarlarni şakliy belgilariga köra tasniflaş vositasi sifatida qaraladi. Holbuki, janrning ijtimoiy va bilişga doir vazifasi bundan kengroqdir. U xalqning muayyan voqelikni idrok etişi, baholaşi va badiiy ifodalaşining tarixan şakllangan usuli hisoblanadi. Tarixiy qöşiq, rivoyat, afsona va doston voqelikni bir xil tarzda aks ettirmaydi. Ularning har biri tarixiy tajribaning muayyan qirrasini oldingi öringa çiqaradi. Qöşiqda xalqning hissiy munosabati va ijtimoiy kayfiyati kuçliroq namoyon bölişi mumkin. Rivoyatda voqeaning sabablari, oqibatlari yoki ibratli mazmuni ustuvorlik kasb etadi. Dostonda esa tarixiy hodisa qahramonlik ideali, xalq taqdiri va keng epik umumlaşma bilan boğlanadi.
Janriy tahlil orqali xalqning tarixiy voqelikni anglaş va maʼnaviy jihatdan özlaştiriş modellari aniqlanadi. Bu esa janrga şakliy belgi emas, balki badiiy tafakkur va ijtimoiy idrok şakli sifatida qaraşni taqozo etadi.
Umurzoq Jumanazarovning ilmiy izlanişlarida alohida janrlar tahlilidan tarixiy folklorning umumiy tizimini anglaş sari mantiqiy harakat kuzatiladi. Tarixiy qöşiqlarning janriy va poetik tabiatini tadqiq etiş keyinçalik özbek tarixiy folklorining janrlar tarkibi, içki munosabatlari va ğoyaviy-badiiy xususiyatlarini yaxlit tarzda örganişga olib kelgan. Bu holat bir mavzudan ikkinçisiga şunçaki ötiş emas, balki muayyan ilmiy muammoning içki mantiği böyiça çuqurlaşib boriş namunasidir.
Bugungi globallaşuv va raqamli kommunikatsiyalar şaroitida tarixiy xotira va milliy özlik masalalari yangi mazmun kasb etmoqda. Axborot oqimlarining kuçayişi, madaniy obrazlarning jadal tarqalişi va ommaviy madaniyat taʼsiri xalqlarning öziga xos maʼnaviy qiyofasini bir xillaştiriş xavfini yuzaga keltiradi. Bunday şaroitda milliy özlikni taşqi ramzlar yoki hissiy daʼvatlar bilangina saqlab bölmaydi. Uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy asoslarini ilmiy anglaş talab etiladi.
Folklor ana şu anglaş uçun muhim manbalardan biridir. U xalqning til boyligi, obrazli tafakkuri, axloqiy mezonlari va tarixiy tajribasini özida saqlaydi. Biroq bu meros zamonaviy avlod uçun öz-özidan tuşunarli bölib qolmaydi. Uni ilmiy tadqiq etiş, tarixiy kontekstini oçiş va bugungi maʼnaviy ehtiyojlar bilan boğlaş zarur.
Raqamli muhit folklor namunalarini saqlaş va tarqatiş uçun keng imkoniyat yaratmoqda. Ayni paytda matnning kontekstdan uzilgan holda tez tarqalişi uning mazmunini soddalaştirişi, tarixiy qatlamlarini xiralaştirişi yoki notöğri talqinlarga sabab bölişi mumkin. Raqamlaştiriş manbani ommalaştiradi, ammo uning maʼnosini avtomatik ravişda oçib bermaydi. Şu sababli fundamental folklorşunoslik tadqiqotlarining ahamiyati kamaymaydi, aksinça, yangi şaroitda yanada ortadi. Professor Umurzoq Jumanazarovning tarixiy folklorga bağişlangan izlanişlari şu nuqtai nazardan ham dolzarbdir.
“Umrning maʼrifatli manzillari” ifodasi inson umriga mazmun bağişlagan ğoya va qadriyatlarni anglatadi. Yetmiş yillik umrni baholaşda “Qança vazifalar bajarildi?” degan savoldan köra, “Bu faoliyat ilm va jamiyat tafakkurida qanday maʼno qoldirdi?” degan savol muhimroqdir. Professor Umurzoq Jumanazarovning ilmiy ijodiga nisbatan bu savolga uning tarixiy folklorni xalqning jamoaviy xotirasi, milliy özligi va maʼnaviy tajribasining badiiy ifoda şakli sifatida anglaşga qöşgan hissasi orqali javob beriş mumkin. Uning ilmiy izlanişlari xususiy folklor namunasidan tarixiy xotira muammosiga, janriy tahlildan milliy özlikni anglaş masalasiga, poetik xususiyatlarni örganişdan xalq maʼnaviy tajribasining ijtimoiy mazmunini oçişga olib boradi.
Şu kunlarda muborak yetmiş yoşini qarşi olayotgan zahmatkaş ustozga mustahkam soğliq, xotirjamlik, hamişa ilm va ijod zavqini tilaymiz.
Baxti OÇILOVA,
falsafa fanlari doktori,
professor.
