Sanʼatga oşufta köngil

Inson qalbini junbişga keltiradigan, uni yayrab-yaşnatadigan, dardiga ham malham böladigan eng noyob xislat — kuy-qöşiqlar, desam, heç yanglişmayman. Odamning dunyoga kelişida ilk bora ovozini çinqiratib qiçqiradigan yiğisida ham özgaça sevinç bor, ruhiyat bor. Bu ilohiy tuyğu uning hayotga kelişidan barçani, ayniqsa, onasini ogoh etadi. Men buni tuğma sanʼatning dunyoga kelişi deb öylayman.

Yaqinda özining zamonaviy dizayn asosida çop etayotgan sifatli kitoblari bilan tanilib qolgan “SAHHOF” naşriyoti yana bir risola tuhfa etdi. Bu — qalami ötkir ustoz ijodkor Aşurali Jörayevning “Oltin ovozlar” nomli risolasidir. Bu kitobning öziga xosligi şundaki, unda özbek milliy qöşiqçiligining eng taniqli ustoz sanʼatkorlarining hayoti va ijodi mahorat bilan yoritilgan. Bu haqda yurtboşimiz alohida taʼkidlaganlaridek: “Buyuk şoir va mutafakkir Mir Alişer Navoiy bobomizning aynan “navo”, yaʼni musiqiy ohang degan sözni özlariga taxallus qilib, butun dunyoda şuhrat topganini barçamiz yaxşi bilamiz”.

Kuy va qöşiqqa astoydil köngil qöymay, ularning sirli olamiga kirmay turib, biror-bir fikr-mulohaza bildiriş aslo mumkin emas. Aşurali Jörayev ham qöşiqçilik sanʼatini jon-dildan sevadi. Hayotini, ijodini ularsiz aslo tasavvur ham qila olmaydi. Agar boşqa bir mavzuda qalam tebratayotgan bölsa ham doimo radio murvatini burab, özi sevgan hofizning qöşiğini yangratib qöyadi.

— Qöşiq mening ilhomimni jöş urdiradi, hissiyotimni oşiradi, fikrimni ravşanlaştiradi va yaratayotgan ijodimni mukammallaştirişga xizmat qiladi, — deydi Aşurali. — Yaxşi milliy qöşiq, u maqommi, suvorami, çinakam ilohiy möʼjiza, ular asrlar oşa xalqimiz qalbida mangu qoladi.

Kitob muallifi töplamga xalq sevgan, qöşiqçilikda öz maktabini yaratgan el eʼzozidagi eng taniqli hofizlarni kiritgan. Taniqli sanʼatkor, Özbekiston Qahramoni, Xalq artisti Munojot Yölçiyeva taʼkidlaganidek: “Sanʼatni yoziş uçun sanʼatni dildan his qiliş va seviş kerak. Bu sohani Aşurali aka yuksak mahorat bilan yoritib kelayotgan ijodkordir. Uning öziga xos qalami, aytar sözi bor”. Darhaqiqat, şunday.

Kitobda milliy özbek qöşiqçilik sanʼati rivojiga beqiyos katta hissa qöşgan va öz ovozi, betakror ijro uslubi bilan maktab yaratgan buyuk ustozlar — akademik Yunus Rajabiy, tengsiz hofizlar Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov, Maʼmurjon Uzoqov, Muhammadjon Mirzayev, Botir Zokirov, Faxriddin Umarov, Şerali Jörayev, Bobomurod Hamdamov, Otajon Xudoyşukurov, Ortiq Otajonov, Olmaxon Hayitova singari el sevgan sanʼatkorlarning ibratli hayoti, ijod yöli yuksak mahorat bilan tarannum etilgan.

Muallif ana şu maşhur sanʼatkorlarning ijod yöllari va barhayot qöşiqlari osmondagi yulduzlar misoli hamon porlab turganligini qayd etar ekan, ularni “oltin ovozlar” deb majoziy maʼnoda nomlagani bejiz emas, çunki bu noyob ovozlar eng yorqin, yoqimli va diltortar bölib, ular sanʼatsevar xalqimizning oltindan ham qimmat bebaho boyligidir.

Kitobda Aşurali Jörayev har bir maşhur sanʼatkorning hayoti va ijodi öziga xosligi, betakrorligi, ovozlaridagi noyob qoçirimlar, avjlar, ijro uslublaridagi yoqimli jozibani sanʼatşunoslardan köra mohir jurnalist sifatida xuddi jonli ijrodagidek unutilmas misralarda talqin qilişga intilgan. Ana şu qiyoslarning barçasi ijodkorning milliy qöşiqçilik sanʼati sirlarini puxta örganganligi, butun vujudini jon baxş etuvçi qöşiqlar sehri qamrab olganligini namoyon etadi. Bu risolaning yana bir ahamiyati şundaki, unda eng uluğ sanʼatkorlar bir kitobga töplanib, ularning butun bir dunyosi erkin tarannum etilganidadir.

Isteʼdodni kaşf etiş, uni öz vaqtida anglab, qöllab-quvvatlaş darkor. Ana şundagina isteʼdod egasining noyob fazilatlari, mahorat qirralari oçiladi, asl qiyofasi baralla namoyon böladi. Muallif kitobda taʼriflagan har bir sanʼatkorning tölaqonli fazilatini ana şunday talablar asnosida oçib beradi.

Elimizda milliy sanʼatga eʼtibor keyingi yillarda ança kuçaydi. Xalqaro maqom va baxşiçilik sanʼati anjumanlarining ötkazilişi, xalqaro “Lazgi” raqs festivalining keng nişonlanişi Yangi Özbekiston nufuzini yana bir bor dunyoga tanitdi. Ayniqsa, “Şaşmaqom”ning YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida eʼtirof etilişi sanʼatimiz nufuzining yanada yuksalişida juda ulkan tarixiy voqelik böldi.

Milliy sanʼatga bölgan masʼuliyat va talab azaldan maʼlum. Hatto Xorazm qöşiqçiligi va şöx musiqasi öziga xosligi va ularning yuksak darajada qadrlanişi köp voqealarda hikoya qilinadi. Feruzşoh davrida Xiva xonligida taniqli aʼyonlar yiğilişib, tez-tez mumtoz qöşiqçilar oqşomini taşkil qiliş anʼana bölgan. Kunlardan bir kuni ana şunday bazmlardan biri uyuştirilgan. Unda xon va aʼyonlar miriqib Xorazm suvoralarini, diltortar, şöx raqslarini eşitib va tomoşa qilib, ijroçilar mahoratiga tasannolar aytib ötirişgan. Bazm ançagaça çözilgan, buni his qilgan sozandalar ustozi qarasaki, xon közlarini yumib olib, çayqala-çayqala ötiribdi. Sozandalar yetakçisi xonni mizğib olyapti deb öylab, aytayotgan qöşiğining bir parçasini taşlab ötib ketgan, xon qöşiqqa mast bölib, butun vujudi bilan tinglayotganini ular his qilişmagan. Qöşiq tugagaç, xon bir mirşabni oldiga çaqirib, unga qandaydir topşiriq bergan. Xon sozandalarga minnatdorçilik bildirib, ular bilan xayrlaşgan. Sozandalarga heç nima demagan.

Sozandalar ustozi uyiga yetib kelib qarasaki, navkarlar xonadonining tomini buzayotgan ekanlar. Mirşabga: “Nega unday qilyapsizlar? Axir men hozirgina xonning huzuridagi bazm keçasidan keldim-ku!” degan. Mirşab esa: “Bu xonning topşiriği, biz bajaryapmiz, xolos”, deydi.

Ustoz qöşiqçi zudlik bilan xonning huzuriga qaytib borib, arzini aytibdi. Şunda Feruzşoh: “Sen suvorani aytayotganingda uning bir parçasini taşlab ötib ketding. Xöş, bu mumtoz qöşiqni buzib aytiş qanday bölar ekan?” debdi.

Sozandalar ustozi tezda öz xatosini tuşunib yetibdi va xondan bunday nomaʼqulçilikni qayta takrorlamasligini aytib, uzr sörabdi.

Mana sizga sanʼatga bölgan eʼtibor, mehr-muhabbat va talabçanlik! Öşa davrda hatto xonlar ham qöşiqlarning mohiyatini, uning mazmunini, ijrosining nozik qirralarini tuşunibgina qolmay, balki öta talabçanlik bilan nazorat qilişgan.

Aşurali nafaqat isteʼdodli yozuvçi va jurnalist, balki mehr-oqibatli sanʼat şaydosi ham. U rahmatli Bobomurod Hamdamovni jon-dildan hurmat qilar, qöşiqlarini keça-yu kunduz maroq bilan eşitardi. Ustoz sanʼatkor haqida öqişli risola yozib, hofizning betakror sanʼati, oltindan qimmat ovozini manguga muhrlagan edi. Hatto ötgan yili bir tadbir sabab Xorazmga borganida, ozgina vaqt topib, ustoz hofizning qabrini ziyorat qilib qaytganini aytgandi.

Ha, hayot davom etayotir. Kitob muallifi alohida taʼkidlaganidek, qöşiq sanʼati olamiga köplab öktam va şirali yoş ovozlar dadil kirib kelayotir. Ularning har birida takrorlanmas isteʼdod, öz yöli bor. Biz kelajak avlod haqida ham yanada qiziqarli va mazmunli yana bir kitob yaratilişi uçun muallifga jöşqin ilhom, teran fikr tilab qolamiz.

Jabbor RAZZOQOV,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan