Dual taʼlim – kasb va texnologiyani boğlovçi strategik köprik

Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar markazida, avvalo, inson kapitaliga sarmoya kiritiş, raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş va oliy taʼlim sifatini xalqaro darajaga olib çiqiş masalalari turibdi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida ötkazilayotgan yiğilişlarda, qabul qilinayotgan qaror va farmonlarda taʼlim tizimini iqtisodiyot tarmoqlari bilan çambarças boğlaş, ilm-fan, taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytiriş ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda.

Yaqinda davlatimiz rahbari raisligida yoqilği-energetika tarmoğini rivojlantirişning ustuvor vazifalariga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişida ham energetika sohasi uçun zamonaviy bilimga, yuqori kasbiy malakaga hamda amaliy könikmalarga ega muhandis kadrlar tayyorlaş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Bu vazifalar nafaqat energetika sohasi, balki butun oliy taʼlim tizimi oldiga mutlaqo yangi talablarni qöymoqda. Bugungi mehnat bozori endi şunçaki diplomli mutaxassisni emas, balki birinçi iş kunidanoq işlab çiqariş jarayoniga moslaşa oladigan, zamonaviy texnologiyalarni boşqaradigan va muammolarni mustaqil hal qiliş qobiliyatiga ega kadrlarni talab etmoqda.

Demak, oliy taʼlim muassasalarining asosiy vazifasi endi faqat nazariy bilim beriş bilangina çeklanmaydi. Universitet talabani iş joyiga tayyor mutaxassis sifatida yetkazib berişi lozim. Ana şu ehtiyoj dual taʼlim tizimini joriy etişni davr talabi darajasiga olib çiqmoqda.

Dual taʼlim — bu şunçaki oddiy amaliyot emas, balki taʼlimning yangi falsafasi, universitet va işlab çiqarişning yagona maqsad yölidagi hamkorligidir. Uşbu tizimda talaba bir vaqtning özida ham universitetda nazariy bilim oladi, ham korxonada amaliy faoliyat yuritadi. Natijada bilim va amaliyot örtasidagi uziliş barham topadi. Talaba öqiş davrining özidayoq mehnat muhitini his etadi; jamoada işlaş, masʼuliyatni zimmaga oliş hamda texnologiyalarni amalda qöllaş kabi muhim kompetensiyalarni şakllantiradi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi bu yönalişning neçoğliq samarali ekanini yaqqol namoyon etmoqda. Ayniqsa, Germaniya Federativ Respublikasida dual taʼlim nafaqat kasbiy taʼlim, balki muhandislik va texnik oliy taʼlimning ham asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi. Mazkur mamlakatda iş beruvçilar, universitetlar va davlat örtasidagi hamkorlik mustahkam huquqiy va iqtisodiy mexanizmlar asosida taşkil etilgan. Şu bois Germaniya sanoati uçun tayyorlanayotgan kadrlar mehnat bozori talablariga töliq javob beradi.

Yaqinda Özbekiston oliy taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya tarkibida Germaniya Federativ Respublikasida bölib, uşbu tizimning amaliy samaradorligini bevosita örganiş imkoniyatiga ega böldik. Myunxen va Yuqori Bavariya Hunarmandçilik palatasi, Frankfurt şahridagi “MHT Mold & Hotrunner Technology AG” korxonasi, Potsdam amaliy fanlar universiteti hamda boşqa nufuzli muassasalarda taşkil etilgan uçraşuvlar bizga bir haqiqatni yana bir bor anglatdi: raqobatbardoş universitet, avvalo, raqobatbardoş işlab çiqariş bilan hamnafas yaşaydi.

Germaniyada talabalarning katta qismi aynan dual taʼlim orqali mutaxassis bölib yetişadi. Universitetda olingan har bir nazariy bilim korxonadagi amaliyot orqali mustahkamlanadi. Har bir laboratoriya maşğuloti işlab çiqariş ehtiyojlaridan kelib çiqib taşkil etiladi, ilmiy tadqiqotlar esa korxonalarning aniq muammolarini hal qilişga qaratiladi. Bu esa universitetni iqtisodiyotning haqiqiy drayveriga aylantiradi.

Safar davomida erişilgan kelişuvlar Farğona davlat texnika universitetida ham dual taʼlim tizimini yanada takomillaştiriş böyiça yangi imkoniyatlarni oçdi. Xususan, Germaniyaning qator universitetlari va sanoat korxonalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvi, malaka oşiriş, qöşma ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi. Eng muhimi, biz Germaniyadan tayyor modelni emas, balki uning asosiy tamoyillarini olib qaytdik. Çunki har bir mamlakat özining iqtisodiy ehtiyojlari va milliy taʼlim tizimidan kelib çiqqan holda dual taʼlimni şakllantiradi. Bizning vazifamiz esa uşbu ilğor tajribani milliy şaroitimizga moslaştirişdan iborat.

Ayni paytda Farğona davlat texnika universitetida bu borada aniq amaliy işlar olib borilmoqda. Jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda energetika yönalişida tahsil olayotgan 3-4-bosqiç talabalari uçun dual taʼlim elementlari bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda. Endilikda talabalar elektr tarmoqlari, podstansiyalar va zamonaviy energetika obʼyektlarida öz mutaxassisligi böyiça işlab çiqariş jarayonlarida bevosita qatnaşib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitiş imkoniyatiga ega bölmoqdalar.

Şuningdek, Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş hamda taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini yanada mustahkamlaş maqsadida “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati bilan ham dual taʼlimni rivojlantiriş böyiça hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida 30 nafar talabaning işlab çiqariş amaliyotini tizimli taşkil etiş, gaz taʼminoti sohasining dolzarb muammolari böyiça qöşma ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş, innovatsion işlanmalarni amaliyotga joriy etiş hamda mehnat bozori talablariga javob beradigan yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, talabalarning yozgi taʼtil davrini mazmunli va samarali ötkazişini taʼminlaş maqsadida ular bilan mehnat şartnomalari imzolanib, haq tölanadigan işlab çiqariş amaliyotiga jalb etildi. Bu esa yoşlarning öz mutaxassisligi böyiça amaliy tajriba orttirişi, mehnat jamoasiga moslaşişi, kasbiy könikmalarini mustahkamlaşi va kelgusidagi mehnat faoliyati uçun zarur kompetensiyalarni egallaşiga xizmat qilmoqda.

Bu taşabbuslar faqat bitta universitet yoki bitta tarmoq manfaatigagina qaratilgan emas, balki mamlakatimizda oliy taʼlim mazmunini tubdan özgartirişga xizmat qiladi. Çunki kelajak universitetlari şunçaki diplom beruvçi muassasa emas, balki iqtisodiyot uçun yangi texnologiyalar, innovatsion ğoyalar va yuqori malakali kadrlar yetkazib beruvçi intellektual markazga aylanişi lozim.

Bugun energetika, maşinasozlik, quriliş, kimyo, axborot texnologiyalari kabi barça texnik sohalar jadal rivojlanmoqda. Bu sohalarga keçagi bilim bilan emas, ertangi texnologiyalarni boşqara oladigan mutaxassislar kerak. Bu vazifani esa dual taʼlimsiz töliq hal etib bölmaydi. Şu maʼnoda, dual taʼlim — davr talabidir. U oliy taʼlimning sifati va nufuzini oşiradi, bitiruvçilarning bandligini taʼminlaydi, iş beruvçilarning kadrlarga bölgan ehtiyojini qondiradi hamda universitetlarning iqtisodiyot bilan aloqasini mustahkamlaydi. Eng muhimi, mamlakat taraqqiyoti uçun inson kapitalini yangi bosqiçga kötaradi.

Universitet jamoasi Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oşiriş, Germaniyaning ilğor tajribasini milliy taʼlim tizimiga moslaştiriş, dual taʼlimni yanada kengaytiriş va işlab çiqariş bilan hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş yölida barça imkoniyatlarini safarbar etadi. Zero, Yangi Özbekistonda oliy taʼlim tizimini isloh qiliş va rivojlantiriş jarayonining boş maqsadi ham ana şunday — bilimni amaliyot bilan, kasbni zamonaviy texnologiyalar bilan uyğunlaştirgan, özgarib borayotgan mehnat bozori talablariga mos va raqobatbardoş avlodni tarbiyalaşdir. Bugun dual taʼlimning izçil joriy etilişi, taʼlim va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikning yangi bosqiçga kötarilayotgani, ilm-fan va innovatsiyalarning amaliyot bilan uyğunlaşayotgani uşbu maqsadlarning hayotdagi amaliy ifodasidir.

Eng muhimi, bu jarayonda talaba oddiy taʼlim oluvçidan zamonaviy kasb egasiga, kasb egasidan esa yangi texnologiyalarni yaratib, ularni boşqara oladigan mutaxassisga aylanib bormoqda. Bu esa biz közlayotgan taraqqiyotning eng muhim natijasidir.

Yangi Özbekistonda oliy taʼlim tizimini isloh qiliş va rivojlantiriş natijasida “Muvaffaqiyat formulasi: bilim – kasb – texnologiya” zanjiri tobora hayotda özining amaliy va samarali ifodasini topmoqda. Bu zanjirning har bir böğini mustahkam bölsa, mamlakatimiz iqtisodiyoti uçun zarur bölgan yangi avlod mutaxassislari, muhandislari va zamonaviy kasb egalari kamol topadi. Bugun biz qurayotgan taʼlim tizimi — ertangi taraqqiyot poydevoridir. Ana şu poydevor qançalik mustahkam bölsa, Yangi Özbekistonning kelajagi ham şunçalik farovon va barqaror böladi.

Rustam TOJIYEV,

Farğona davlat texnika universiteti rektori,

texnika fanlari doktori,

professor.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan