Fazilatli inson
yoki “Döstlik” ordeni sohibi, qöqonlik Sohib ALIYEVning faoliyati va ibratli hayoti haqida
Insonni Parvardigor gözal şaklu şamoyilda, mukammal xilqat qilib yaratgan. Kimki imon va ezgu amallar bilan, ilm-maʼrifat izlab, mol-dunyo muhabbati va vaqtiçoğlikka maftun bölmay, volidai muhtaramasi hamda qiblagohiga ziyoda mehr-ehtirom körsatib, umr yöllarida çekiladigan maşaqqatlarga sabr-toqat qilib yaşasa, u haqiqiy gözal insondir. Yaqinda çop etilgan “Farğona geofiziklari yetakçisi” kitobi ana şunday kişilardan biri — fozillarga xos hayot keçirib, mudom yaxşiliklarga şoşilib umrguzaronlik qilayotgan qöqonlik Sohib Aliyevning hayoti, faoliyati, insoniylik fazilatlari va u haqdagi dil sözlaridan iborat.
Sohib Aliyev M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida tahsil olgan. Ötgan asrning elliginçi yillarida bu nufuzli dargohda öqiş hammaga ham emas, alohida iqtidorli yoşlargagina nasib qilardi.
U ana şunday oliy taʼlim maskanini tamomlagaç, mehnat faoliyatini Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ geofizika ekspeditsiyasida boşladi. Keyinçalik qariyb ellik yil Farğona geofizika ekspeditsiyasi boşliği vazifasida işladi. Bugungi kunda nafaqat soha fidoyisi, balki çuqur bilim va ibratli hayot tajribasiga ega bölgan nuroniydir.
Geofizika — fan va amaliyot tutaşgan, tahlil va tafakkur talab etadigan soha. U faqat tabiiy resurslarni topiş emas, balki ularni töğri baholaş, yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiluvçi ilm-fan asoslarini mustahkamlaş demakdir. Ana şu murakkab va şarafli soha rivojiga munosib hissa qöşgan mutaxassislar orasida Sohib Aliyev nomi alohida hurmat bilan tilga olinişi bejiz emas. Negaki, uning kasbiy yöli töla maʼnoda ilmiy izlaniş, texnologik amaliyot va işlab çiqariş tajribasining uyğun namunasi desak xato bölmas. Uzoq yillik mehnat faoliyati davomida mamlakatimizning turli mintaqalaridagi geofizik qidiruv işlarida faol iştirok etib, köplab kon va resurslarning aniqlanişiga bevosita hissa qöşgan.
“Sohib Aliyevning yuzidan nur, sözidan donolik taraladi, — deb yozadi Qöqon şahar hokimi Maʼruf Usmonov uşbu kitobda. — Uning hayot yöli yoş avlod uçun ibratdir. Höqandi latifimizning faxri bölgan Sohib Aliyev sadoqat, halollik, samimiyat va mehribonlik kabi beqiyos qadriyatlarni amalda körsatib kelayotgan yuksak maʼnaviyatli insondir”.
Qöqonda geofizika haqida gap ketsa, odamlar köz öngida Sohib Aliyev gavdalanadi.
— Sohib Aliyev geofizika sohasida çuqur bilimga egaligi, taşkilotçiligi, ğayrat-şijoati, insonparvarligi va rostgöyligi bilan tanilgan obröli hamda peşqadam rahbarlardan biriga aylangan edi, — deya sözladi ustozi, “Özbekgeofizika”ning sobiq boş direktori Toşpölat Bobojonov. — U Farğona geofizika ekspeditsiyasiga rahbarlik faoliyati davomida bu korxonaning şuhratini yuqori darajaga kötardi.
Mazkur risola “Umr bahori — bolalik”, “Qizğin mehnat jabhasida”, “Yetuklik pallasi”, “Hamkasb qadrdonlar”, “Döstlar dil izhori”, “Qarindoşlar, farzandlar va nabiralar ehtiromi” kabi olti bobdan iborat bölib, unda Sohib hoji ota Aliyevning ibratli umr yöliga nazar taşlanadi, insoniy fazilatlari haqida qalb izhorlari hikoya qilinadi.
“Döstim haqida yomon gap topa olmayman” deb nomlangan oçerkda şunday voqea hikoya qilinadi:
“Meni hamma onamga öxşatişadi, — dedi Sohib aka. — Onam rahmatli juda ham pazanda edi. Bizning hovlimizda heç kim ovozini balandlatib gapirmagan. Janjal ham bölmagan. Onam yoqimli talaffuz bilan çiroyli sözlarni topib gapirardi. Islomdan xabari bor ayol edi. Mahalla-köy, qöni-qöşnilar “otinça aya” deb hurmat qilişardi. Uyimizdan odam uzilmasdi. Ular köp masalalarda maslahat sörab onamning oldiga kelişardi. Onamga birov birovning ustidan arz qilsa, u uning fikriga qöşilmasdi. Ayam uçun yomon odam yöq edi. “Eson bölsin, qöy, bolam, u ham Allohning bandasi”, der edilar”.
“Otam rahmatli ham islom dinimizni yaxşi biladigan, Allohdan qörqadigan kişi edi, — dedi u hikoyasini davom ettirib. — Hamma ularni “Mulla Alijon” derdi. Arab alifbosini yaxşi bilardilar-da. Kam gapirardilar. Har kuni bomdoddan keyin bir soatlar çamasi ovoz çiqarib Qurʼon öqirdilar. Ovozi qorilarnikidek edi. Ha, kunimizni Qurʼon eşitişdan boşlardik. Şunça yillar ötgan bölsa ham, erta tonglarda otamning heç kimnikiga öxşamaydigan şirali ovozini, onamning şirin sözlarini, mehribon qöllarini soğinib qolaman. Qabrlariga borib ularni yöqlayman, duoi fotiha qilaman”.
Ha, Sohib Aliyev qançalar imon-eʼtiqodli insonlarning zurriyoti ekanini uşbu hikoya ham anglatib turibdi.
Şu oçerkda Sohib aka öğli Erkinning ismi qöyiliş tarixi haqida şunday hikoya qilgan:
“1969 yili Erkin Vohidovning “Yoşlik devoni” kitobi çiqqandi. Dadamga şu kitobdan “Özbegim” şeʼrini öqib bergandim. Dadam bu şeʼrdan nihoyatda taʼsirlandi. “Buni kim yozibdi?” deb söradi. “Erkin Vohidov”, dedim. “Agar öğil farzand körsang, ismini albatta Erkin qöyamiz”, dedilar şunda. Oradan bir neça oy ötib öğil kördik, otam aytganlaridek, çaqaloq ismini Erkin qöydik. Oradan yillar ötib, ustozim Toşpölat Bobojonov va Erkin Vohidov bilan uçovimiz bir dasturxon atrofida suhbatlaşib qoldik. Bölgan voqeani aytib berdim. Erkin aka öşanda juda xursand bölib ketgandi. “Qöqonga borib, adaşimni ziyorat qilaman”, degandi”…
Kişi kitobdagi şu kabi voqealarni öqiganda beixtiyor taʼsirlanib ketadi.
— Men ustoz Sohib Aliyev bilan doimo muloqotda bölib, iş jarayonida va hayotda qimmatli saboqlar oldim, tajribalar orttirdim, — dedi Farğona geofizika ekspeditsiyasi direktori Davlatjon Usmonov. — U dunyoqaraşi juda keng, insoniylik darajasi yuqori, samimiy inson va bağrikeng ustozdir. Şu bilan birgalikda u qattiqqöl, tartib-intizomga qatʼiy amal qiladigan, özining va özgalar vaqtini tejaydigan, haqiqatparvar rahbar hamdir. Ustozimiz iştirok etgan har qanday davra doim xursandçilik, hazil-mutoyiba, kulgi va xuşçaqçaqlikka liq töla böladi.
Men Sohib Aliyevga xöjalik işlari böyiça muovin bölib köp narsalarni örgandim, köp odamlarni tanidim, yaʼni juda katta maktabni ötadim. Bu bugungi kunda bajarayotgan vazifamda juda qöl kelmoqda. Yonimizda Sohib Aliyevdek maslahatgöy, yölboşçimiz borligidan benihoya mamnunmiz.
— Avtohalokatga uçrab kasal yotganimda jarohat asoratlari çidab bölmas darajada azob bera boşladi, — deb yozadi şogirdi, geologiya-minerologiya fanlari doktori Asqarali Örmonov. — Qilingan muolajalar taʼsiri sezilmaydi. Kayfiyatim juda ham yomon, ruhan qiyin ahvolda yotganimda ustozimiz Sohib Aliyev telefon qilib qoldi, ahvolimni salom-alikdanoq sezdi. Ança nasihatlar bilan kayfiyatimni kötardi va şunda birdan “Boris Polevoyning “Çin inson qissasi”ni öqiganmisiz?” deb qoldi. Men “Ha, öqiganman”, deb javob bersam, “Kitobini berib yuboraman, yoşlikda öqigan bölsangiz kerak, yana boşqatdan şuni öqing. Bular hali ötib ketadi, hammasi yaxşi böladi, judayam tuşkunlikka tuşmang-da, Asqarali”, dedi. Men kitobni şoşmasdan yana öqib çiqdim, haqiqatan ham maʼnaviy va ruhiy kuç bağişladi. Çunki şu bugungi holatimda kitob menga boşqaça taʼsir körsatdi, avvalo, Alloh xaloskordir va mehribondir, lekin uşbu kitob ham şu holatda menga ruhiy ozuqa bergan edi.
Ustozimiz nafaqada bölsa ham bizga maslahatgöy, suyançiq, har doim yordamlarini ayamaydi. Biz barça şogirdlari undan çeksiz minnatdormiz.
“Dadam doimo döstlariga sadoqatli inson, — deb yozadi öğli Erkinjon. — Dadam Prezidentimiz Farmoniga binoan “Döstlik” ordeni bilan mukofotlanganlarida döstlari: “Bu orden haqiqiy egasiga berildi. U kişi döstlik sözining maʼnosini öz hayoti bilan isbotlagan odam”, deb aytişgandi”.
Ha, Erkinjon töğri baho beribdi. Sohib Aliyev şunday insonki, u kişida olimning iqtidori, şoirning qalbi, muhandisning aniqligi, döstning sadoqati mujassam.
Nabirasi Feruz Aliyevning bobosini taʼriflab yozganlarini kişi befarq öqiy olmaydi:
“Men bilgan insonlar orasida şunday bir kişi borki, uning nomi menda çeksiz hurmat, samimiy tabassum, çinakam yetuklikka nisbatan behisob minnatdorlik tuyğusini bağişlaydi. Bu mening opoqim — bobomdir. U şunçaki otamning otasi emas, balki mening ustozim, haqiqiy erkak namunasi, katta oilamizning boşi va nafaqat bizning, balki köplab insonlarning hayotida çuqur iz qoldirgan tabarruk şaxs.
Bobom qöl urgan har bir iş aniq rejali, puxta öylangan va oxiriga yetkazilgan bölardi. Uning hayotga munosabati oddiy edi: hamma narsani öz vaqtida, halol va jon-dildan bajariş. U şoşma-şoşarlik, dangasalik va masʼuliyatsizlikni yoqtirmasdi.
Bolaligimdan uni “soat odam” deb eslab qolganman. Uning doimo öz kundalik jadvali bor edi va uydagi barça narsa u kişiga moslaşardi — qörquvdan emas, hurmatdan. Ular baqirmasdilar, talab qilmasdi, şunçaki öz namunasi bilan körsatardi. Biz, nabiralar esa buni tabiiy hol deb qabul qilardik. Bugun ham katta bölib, u örgatganidek, soatni 5-10 daqiqa oldinga qöyaman. Şunçaki oldindan tayyor böliş uçun. Şunçaki bobomga öxşab qadr-qimmat bilan yaşaş uçun.
U menga erkak bölişni örgatdi. Söz bilan emas, amal bilan. U ota, bobo, er, oila boşliği qanday bölişi kerakligini amalda körsatib berdi. Vaʼdaga vafo qilişda, halol bölişda, imkon qadar yordam berişda. Buning evaziga heç narsa kutmaslikda…
Bobomning eng yorqin fazilatlaridan biri uning yordam berişga doim tayyor turişidir. U heç qaçon boşqalarning muşkulotlarini çetlab ötmaydi. Odamlar bilişadiki, unga istalgan muammo bilan murojaat qiliş mumkin va u albatta yordam beradi. Manfaatsiz, şartsiz — şunçaki qölidan kelganiça.
Men aynan şu fazilatni özimda saqlab qolişni istayman. Men ham yordam berişim mumkinligini körganimda, rad eta olmayman. Çunki menda uning bir bölagi yaşaydi.
Bobom butun umrini ilm-fan va davlat taraqqiyotiga bağişladi.
U öz mehnati bilan mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qöşdi. Uning yutuqlari davlat darajasida eʼtirof etildi: bobom köp marta mukofotlandi, Prezidentimiz bilan bir neça bor uçraşdilar, şaxsiy tabriklar hamda medal va ordenlar oldilar. Bular quruq mukofotlar emas edi, ularning ortida işga baxşida etilgan hayot va umr turadi.
Hozir ham murakkab tanlov oldida turganimda, özimga savol beraman: “Bobom qanday yöl tutgan bölardi?” Javob esa ularning menga bergan ögitlari va tarbiyasidir — bular men uçun kompas kabidir. Boisi, u töğri yöldan adaştirmaydi. Şu sabab men uçun u doimo haqiqiy ibrat namunasi bölib kelgan va şunday bölib qoladi”.
Bu kitobda ibratli umr keçirayotgan sakson olti yoşli möysafid nuroniyning umr daftari, hayot maktabi haqida batafsil hikoya qilinibdi. Bu risolani yuragim entikib, havas bilan öqib çiqdim. Göyo ezgulik dunyosiga sayohat qilgandek böldim. Qani edi, unda yozilganlar oilalar davrasida mutolaa qilinsa, ayniqsa, yoşlarga yölçi yulduz bölib, katta maʼnaviy ozuqa bergan bölardi.
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi
aʼzosi.
