Harbiy jurnalistika: rivojlaniş bosqiçlari
Dunyoda keçayotgan notinçliklar, harbiy nizolar va xususan, kommunikatsiya jarayonini yangi darajaga olib çiqqan axborot uruşlari davlatlar xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan omil sifatida namoyon bölmoqda. Medianing kommunikativ makon dinamikasini belgilovçi hamda siyosiy tuzum xarakterini aks ettiruvçi vositaga aylanayotgani davlat, jamiyat va şaxs uçun turli darajadagi xavf-xatarlarni keltirib çiqarmoqda. Bunday şaroitda harbiy jurnalistikani rivojlantiriş, şuningdek, uruş va harbiy nizolarga boğliq kommunikativ omillarning OAVga taʼsir jarayonlarini tadqiq etiş dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Şu nuqtai nazardan, filologiya fanlari doktori Alijon Safarovning “Harbiy jurnalistika taraqqiyotiga kommunikativ hodisalarning taʼsir etiş omillari” nomli monografiyasi alohida eʼtiborga loyiq. Tadqiqotçi harbiy jurnalistikaning yangi fenomen sifatidagi xususiyatlarini aniqlaş, jangovar harakatlar mediatizatsiyasida kommunikativ strategiyaning öziga xosliklarini örganiş va tezkor harbiy axborot almaşinuvida ijtimoiy institutlarning örnini yoritiş orqali soha evolyutsiyasiga kommunikativ hodisalarning taʼsirini atrofliça tahlil qilgan. Mazkur masalalar bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Monografiya törtta bob, ön ikkita fasl va kiçik xulosalardan iborat. Monografiyaning “Özbekiston harbiy jurnalistikasi evolyutsiyasiga kommunikativ hodisalarning taʼsiri” deb nomlangan birinçi bobida tadqiqotçi jurnalistikada kommunikatsiya tuşunçasi va uning tavsifi, Turkiston muxtoriyati va mustabid tuzum örnatilişi davridagi milliy hamda harbiy naşrlarning ğoyaviy taʼsirçanligi masalalarini tahlil etadi. Bundan taşqari, kommunikativ makondagi dinamik özgarişlarning harbiy jurnalistika taraqqiyotidagi muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatiga töxtalib ötadi.
Ikkinçi bobda esa “Harbiy nizolarda kommunikativ hodisalarning muhim omillari”ning ilmiy-nazariy asoslari va yuzaga keliş mexanizmlari, harbiy töqnaşuvlarning kommunikativ xususiyatlari hamda öziga xosliklari örganilib, muhim ilmiy xulosalar çiqarilgan. Tadqiqotda Rossiya, AQŞ va Özbekistonning mudofaa doktrinalari, BMT Nizomi va 1949 yilda qabul qilingan Jeneva konvensiyalari tahlili asosida harbiy nizolarning huquqiy negizi tadqiq etilgan. Monografiyada harbiy mojaroga “davlatlar örtasidagi yoki davlatning içki qarama-qarşiliklarini harbiy kuç qöllagan holda hal etiş şakli” deya taʼrif berilgani tadqiqotning ilmiy ahamiyatini yanada oşiradi.
Tadqiqotning uçinçi va törtinçi boblari “Mudofaa siyosatida axborotning ijtimoiy ahamiyati” hamda “Ziddiyatli vaziyatlardan media mahsulot tayyorlaşda jurnalist mahorati va faoliyatining öziga xosligi” deb nomlanadi. Uşbu boblarda harbiy axborot almaşinuvida ijtimoiy institutlarning örni hamda mudofaa siyosati tarğibotida media obrazlarni şakllantirişning muhim tamoyillari qiyosiy tahlil asosida puxta örganilgan. Muallifning favqulodda vaziyatlardan reportaj tayyorlaş va axborot manipulyatsiyasiga oid çuqur tahlillari qimmatli ilmiy takliflarni ilgari surişga xizmat qilgan.
Tadqiqotçi Sariosiyo va Uzun tumanlarida 2000 yilda yuz bergan qurolli nizolar haqida “Vatanparvar” va “Xalq sözi” gazetalarida çop etilgan reportajlar, xususan, ÖzA muxbirlari tomonidan tayyorlangan materiallar misolida diqqatga sazovor kuzatuvlarni amalga oşirgan. U milliy kontentda “nafrat tili”ning zoomorf metaforalarga asoslangan ğayriinsoniy jihatlarini, qarğişga asoslangan ğayriaxloqiy jihatlarini, şuningdek, stereotiplar va yorliqlar yopiştiriş, qörquv va ğazab uyğotiş, duşmanga umumiy ayblovlar qöyiş bilan boğliq ijtimoiy aspektlarni aniqlagan va tasniflagan. Bu natijani monografiyaning muhim ilmiy yangiligi sifatida eʼtirof etiş lozim.
Şu bilan birga, Özbekistonda sodir bölgan qurolli nizolar bilan boğliq milliy kontent tahlil qilingan bölsa-da, reportaj tayyorlagan jurnalistlarning kasbiy mahorati bilan boğliq jarayonlar işda tölaqonli aks etmaganday tuyuladi. Şuningdek, Surxondaryo voqealarini tahlil qiliş jarayonida dunyoning boşqa qaynoq nuqtalarida sodir bölgan xuddi şunday voqeliklar bilan soliştirilganda, bizningça, tadqiqotning qimmati yanada ortgan bölar edi.
Milliy harbiy jurnalistikamizning evolyutsion rivojiga qurolli töqnaşuvlar bilan boğliq kommunikativ hodisalarning taʼsirini, harbiy nizolar şaroitida kommunikativ omillarning örnini va mamlakat mudofaa siyosatida axborotning ijtimoiy-axloqiy tafakkur tendensiyalarini zamonaviy yondaşuvlar asosida tadqiq etişga zarurat ortib bormoqda. Şu munosabat bilan quyidagi mulohazalarni bildiriş mumkin:
– işda jadid matbuotidagi mudofaa va armiya masalalariga oid manbalardan misollar keltirilgani tahsinga loyiq, biroq ularning qaysi olim tomonidan tabdil qilingani körsatilsa, monografiyaning ilmiy ahamiyati yanada oşardi;
– “CNN effekti” konsepsiyasining milliy modulini audiovizual jurnalistikaga boğlagan holda amaliy takliflar berilsa, maqsadga muvofiq bölardi;
– işda ayrim juzʼiy uslubiy xatoliklar uçraydi, baʼzi örinlarda ilmiy uslubdan biroz çekiniş va publitsistik ruhga beriliş holatlari közga taşlanadi.
Umuman olganda, butun dunyoda harbiy jurnalistikaning tadrijiy rivojida kommunikativ omillarning örni, harbiy nizolarda kommunikativ hodisalarning muhim tamoyillari hamda uruş va tinçlik şaroitida axborotning ijtimoiy-axloqiy ahamiyati böyiça keng kölamli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Oçiğini aytiş kerakki, kommunikatsiya jarayonini yangi bosqiçga olib çiqqan axborot uruşlari bugungi kunda davlatlarning milliy xavfsizligiga jiddiy xavf tuğdirmoqda. Ilgari radio va televideniye orqali olib borilgan manipulyativ jarayonlarning bugungi kunda internet hamda ijtimoiy tarmoqlarga faol köçişi global xavfsizlik uçun tahdidga aylandi.
Monografiyada harbiy töqnaşuvlarning kommunikativ fenomen sifatidagi xususiyatlari, jangovar harakatlar mediatizatsiyasida kommunikativ strategiyaning öziga xosliklari aniqlangani va harbiy axborot almaşinuvida ijtimoiy institutlarning örni atrofliça örganilişi mazkur fundamental tadqiqotning ilmiy-amaliy qiymatini sezilarli darajada oşiradi.
Şu örinda, umumiy xulosalardan kelib çiqib, ayrim taklif va tavsiyalarimizni bildirib ötmoqçimiz:
Monografiyada Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi harbiy ziddiyatli nizolarga oid matbuot materiallari tahlil qilingan. Bizningça, qöşimça ravişda “Özbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida berilgan reportajlar tahlilidan ham foydalanilsa, tadqiqot yanada boyir edi.
Uruş va nizolar bilan boğliq milliy kontent tayyorlaşda dunyoning yetakçi telekanallari tajribasini qiyosiy örgangan holda yondaşiş zarur.
Ilgari surilgan uşbu tavsiyalar tadqiqotning mazmun-mohiyatiga salbiy taʼsir körsatmaydi, aksinça, uning ilmiy-amaliy qiymatini oşiradi deb hisoblaymiz.
Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan izçil islohotlar jarayonida mustaqilligimiz hamda tinç va osoyişta hayotimizning işonçli qalqoni bölgan Qurolli Kuçlar şakllandi, natijada mamlakatimizning mudofaa salohiyati tobora oşib bormoqda. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan “Xalq va armiya — bir tanu bir jon” degan ezgu milliy ğoya millatning vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlamoqda. Bunday şaroitda armiyadagi izçil islohotlar mohiyatini jamoatçilikka kengroq tuşuntiriş hamda zamonaviy tahdid va xatarlarga qarşi ijtimoiy immunitetni mustahkamlaş nihoyatda zarurdir. Mazkur jarayonning OAV orqali aholiga xolis yetib borişida şaffoflik va oçiqlik muhim örin tutadi. Şu sababli mamlakatimizda harbiy jurnalistikaning ilmiy-nazariy asoslarini şakllantiriş, mudofaa va milliy xavfsizlik siyosatidagi şaffoflikni hamda unda harbiy OAVning örnini tadqiq etiş bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Professor vazifasini bajaruvçi Alijon Safarovning mazkur monografiyasi ayni şu jihatdan yuksak ahamiyatga ega.
Tadqiqotçi ziddiyatli vaziyatlardan media mahsulot tayyorlaşda jurnalist mahorati va faoliyatining öziga xosligi, xususan, favqulodda şaroitlardan reportaj tayyorlaş va axborot manipulyatsiyasiga doir tahlillari orqali muhim ilmiy takliflarni ilgari surgan. Masalan, u Iroq uruşi bilan kirib kelgan yangi tendensiyani “qurolli nizoni keltirib çiqariş va olib borişda mediani qöllaşning “CNN” teskari effekti” deb nomlaşni taklif etadi.
Şuningdek, monografiyaning diqqatga sazovor ayrim xulosalari sifatida quyidagilarni keltiriş mumkin:
a) tadqiqotda harbiy mavzularni yoritişda gender masalasini ham inobatga oliş lozimligi körsatilgan. Ayniqsa, ayol jurnalistlarning ekstremal şaroitdagi iştiroki, ularning kasbiy himoyasi va media etikasi nuqtai nazaridan örganilişi işning amaliy ahamiyatini oşiradi;
b) işning takliflar qismida mamlakatning xalqaro media imiji, harbiy nufuzi hamda barqarorlik reytinglaridagi örnini yuksaltirişda harbiy jurnalistikaning ahamiyatini mustahkamlaş böyiça, yaʼni qaysi içki va taşqi axborot kampaniyalari samarali natija berişi mumkinligiga alohida eʼtibor qaratilgani ayni muddaodir.
Şu örinda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 81- va 82-moddalaridan iqtibos keltiriş örinlidir:
“81-modda.
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq iş olib boradilar.
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlaş, oliş, undan foydalaniş va uni tarqatişga bölgan huquqlari amalga oşirilişini kafolatlaydi.
Ommaviy axborot vositalari özi taqdim etadigan axborotning işonçliligi uçun javobgardir.
82-modda.
Senzuraga yöl qöyilmaydi.
Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi”.
Asosiy Qonunimizning bu qatʼiy moddalari matbuot va OAVning Yangi Özbekistonni barpo etiş hamda Uçinçi Renessans poydevorini qurişdagi yuksak vazifasini kafolatlaydi.
Karim NORMATOV,
IIV Malaka oşiriş instituti professori,
tarix fanlari doktori,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi
aʼzosi, politolog.
