Azamat çinorlardan biri

Özbekiston xalq yozuvçisi, Davlat mukofoti laureati, mohir söz ustasi Odil Yoqubov özbek adabiyoti boğida tan olingan azamat çinorlardan biri hisoblanadi. Uning har bir asari — u roman böladimi, qissa böladimi, dramami, publitsistik maqolami — barçasi eʼlon qilinişi bilan darhol eʼtiborga tuşardi.

1963 yilda yozilgan, adibni elga tanitgan “Muqaddas” qissasini öquvçilar yutoqib öqiganlarini körganman. Qissa, ayniqsa, yoşlar qölidan tuşmasdi, davralarda u haqida qizğin bahslar ketardi. Pokiza maʼsuma qiz Muqaddas obrazi şunçalar işonçli va hayotiy tasvirlangan ediki, hatto bir öquvçi asarni öqib, qattiq hayajonlanibdi. U yozuvçiga murojaat qilib, özining bekobodlik ekanini bildirib, unda Muqaddasni Bekoboddan topiş, u bilan tanişiş istagi tuğilganini, turar joyini aniq aytib berişini söraganiga guvoh bölganman.

Şunda Odil aka xijolat bölib: “Qarang-a, özini yozibman-u, qayda turişini söraş esimdan çiqibdi-ya…” — deb qutulgandi.

Inson dardini yoritib beriş, körsatiş, uni avaylaş tuyğusi adibning hamma asarlarida balqib turadi. Zamon murakkabliklari, mafkura iskanjalari siquvida ijod qilganiga qaramay, adib nozik adabiy usullar topib, haqqoniy ruhda yozilgan asarlar yaratişga erişdi, adabiyotimizni boyitib berdi. “Uluğbek xazinasi”, “Diyonat”, “Köhna dunyo” romanlari, qator qissalari ana şular jumlasidandir.

Odil Yoqubov töğrisöz adib edi, soddafeʼl, oçiq qalbli inson bölgan. Köp safarlarda birga bölganmiz, ijodiy suhbatlar qurganmiz.

Samarqandda “Uluğbek xazinasi” romanining qizğin taqdimoti ötkazilganda men hamrohlardan biri edim. Safarda xuşçaqçaq hamroh, latifalardan zavqlanib ketsa, maroq bilan kulganidan katta-katta közlari yoşlanib ketardi. “Buni hayot deydilar!” — degan optimistik sözlar Odil akaga tegişli.

Odil aka şaxmat şaydosi edi. Işdan sal böş qolgan paytlarida odamoxun adib Sunnatulla Anorboyev bilan şaxmat maydonida qizğin “jang qurardilar”. Biz tomoşa qilardik. Kiriboq, Odil akaning şaxmat maydonidagi vaziyatini taxtaga qaramay turib ham biliş mumkin edi. Agar u stol tagida öng oyoğini öynatib tebratib turgan holda, raqibiga mağrur qarab: “Buni hayot deydilar!..” deb dam-badam gapirib turgan bölsa, tamom: beçora Sunnatulla Anorboyevning işi çatoq!.. Aksinça bölsa, Odil akam oyoğini ham tebratiş esidan çiqqan holda muk tuşib taxtaga tikilgan, ovozi ham çiqmas edi…

Kaminaga bir neça yillar Odil aka bilan birga xizmat qiliş nasib etgan. Ötgan asrning 70-80-yillarida Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida işlardik, Odil aka naşriyotning boş muharrir örinbosari, kamina esa boş muharrir edim.

1973 yil qişi bölsa kerak, biz bir kuni işdan keyin Odil akam bilan Navoiy köçasi böylab uyga piyoda ketdik. Atrofda oppoq qor… Yoruğ bir keça. Havo yoqimli edi.

Adib “Uluğbek xazinasi” romani xayollari bilan band edi, butun vujudi bilan şu tobda XV asrni kezib yurardi. U bölajak roman voqealaridan hikoya qildi, Uluğbek, Ali Quşçi va boşqa qahramonlardan söz oçdi, asarni qanday yozajagini söylab berdi. U yangi asar zavqidan mast edi. Yozuvçi hayotida yurak-bağri yangi asar sehri bilan tölib-toşgan, u haqda kimgadir yorilgisi, könglini böşatgisi kelib turgan şunday baxtli lahzalar bölib turadi.

Tez orada roman qoğozga tuşdi, avval “Şarq yulduzi” jurnalida eʼlon qilindi, keyin kitob bölib çiqdi, boşqa tillarga tarjimalar qilindi. Ha, adabiyotimizni (Maqsud Şayxzodaning “Mirzo Uluğbek” tragediyasini hisobga olmasa) badiiy yuksak, öziga xos asar bilan boyitdi.

Odil Yoqubovning döstlari köp edi.

Atoqli özbek adib va olimlari: akademik Matyoqub Qöşjonov, maşhur ijodkorlar Şukrullo, Pirimqul Qodirov, Abdulla Oripov, Pirmat Şermuhamedov va boşqa bir qator adiblar uning hamsuhbatlari edilar.

Çingiz Aytmatov bilan bordi-keldilari borligini bilaman. Çingiz Aytmatov va Odil Yoqubovlar bir-birlaridan tez-tez xabar olib turadigan, bir-birini qöllab-quvvatlaydigan yaxşi döstlar ekanini aytib ötmoq joiz. Avvalo, ular eskidan hamsaf, tengqur, qolaversa, bir neça yillar Markaziy Osiyo xalqlari assambleyasida birga hamkorlik qilişgan edilar. Ikki adibning bir-birlariga hurmatlari juda samimiy, ijodlariga bölgan munosabatlari ham maqtovga sazovor, boşqalarga ibratli edi. Ibratli joyi şuki, har ikki adib ham bir-birlarining yangi asarlari eʼlon qilinişi bilanoq öqib çiqardilar, quvonardilar va öz fikrlarini bir-birlariga yetkazardilar, örtoqlaşardilar.

Birgina misol keltirib ötaman. 1973 yilda yozilgan Odil Yoqubov qalamiga mansub “Uluğbek xazinasi” nomli tarixiy romani tez orada maşhur bölib ketdi, öquvçilarning sevimli asarlaridan biriga aylandi, qöldan tuşmay qoldi.

Çingiz Aytmatov döstining asarini öqib çiqib, unga maktub yölladi. Uşbu maktub “Yoşlik” jurnalining 1993 yil 4-5-sonlarida eʼlon qilingan edi. “Yaxşi asar haqida söz yuritiş quvonçlidir, — deb yozgandi maktubida Çingiz Aytmatov. — Bu yuksak va benihoya betakror asar, özining badiiy qimmati bilan ham eʼtiborga molik tarixiy roman meni qattiq hayajonga soldi. Hayajonimning asosiy sababçisi — roviylikning sehrli usuli, biroq buning barçasidan taşqari sening asaringni öqib turib, men uluğ turkiy ğururni (taʼkid bizniki — M.A.) his etdim. Uluğbek bizni hamişa oqlovçi kuç, u bizning dardimiz va dunyo haqida fikr yuritişga huquq beradigan yuksak tajribaviy iztirobimizdir…”

Qanday ajoyib, samimiy sözlar!

Çingiz Aytmatov özbek döstini katta va jiddiy ijodiy muvaffaqiyati bilan tabriklar ekan, har qanday davrning öz Uluğbeklari bor, degan xulosaga keladi, Uluğbekning maşaqqatli hayoti va uluğvor fojiani boşidan keçirgani, u öz davrining hamma qabul qilgan tartib-qoidalariga qarşi isyon kötargan şaxs ekanligini taʼkidlaydi. “Ziyoli va haqgöy Insonning fojiasi Uluğbek şaxsi va taqdirida keçgani”dan va bu taqdir “Uluğbek xazinasi” romanida işonarli yoritilganidan bağoyat taʼsirlanganini aytadi.

Odil Yoqubov yoşlar adabiyotiga katta qiziqiş bilan qarar, hamişa ularni rağbatlantiriş yölini tanlardi. Yangi asarlar muhokamalarida iştirok etar, öz tajribalarini yoşlar bilan baham körardi. Kaminaning “Sarbadorlar” tarixiy romani muhokamasi böldi. 1989 yil 1 dekabr kuni edi.

Zalni adabiyotimiz darğalari Matyoqub Qöşjonov, Said Ahmad, Böriboy Ahmedov, Odil Yoqubov, Mirmuhsin, Pirimqul Qodirov va Begali Qosimov, Pirmat Şermuhamedov, Xayriddin Sultonov, Tohir Qahhor, Maşrab Boboyev singari boşqa adiblar töldirib ötirar edilar. Köpçilik sözga çiqdi. Roman mavzusi yangi ekani taʼkidlandi. Muhokama qizğin ötdi, muallif uçun köp yaxşi fikrlar aytildi. Men bu fikrlarni yozib oldim, keyin romanni naşrga tayyorlaşda foydalanajagimni aytib, minnatdorligimni bildirdim.

Muhokamadan keyin Odil akam meni tabriklab, közlarini qisgança, yarim hazil aralaş şivirladi: “Bunday… Temurbek bilan Saroymulkxonimni bir-biriga uçraştirmaysizmi!..” Men ham hazil bilan javob berdim: “Agar ular istasalar… uçraştiraveraman!..” Maroq bilan kulişdik.

Odil aka köp öqir edi. Esimda bor, Uyuşmaga raislik qilgan yillari iş stoli ustida imzo qöyilişiga muhtoj har xil hujjatlar bilan birga, albatta, kimningdir yangi asari qölyozmasi yarim oçiq holda turgan bölardi.

Odil Yoqubov yuz yoşga kirdi. Bu birinçi yuz yoş, xolos, hali bunday qutluğ sanalarga sanoq ham yetmay qolişi şubhasiz.

Özbekiston xalq yozuvçisi, Davlat mukofoti laureati Odil Yoqubov, ustozlar Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Çölpon, Muso Toşmuhammad öğli Oybek, Abdulla Qahhor, Şuhrat, Pirimqul Qodirov singari uluğ adiblar safida turadigan yorqin qalam sohibidir.

Muhammad ALI,

Özbekiston xalq yozuvçisi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan