Maktublarda mamlakat taqdiri

Ayonki, Alişer Navoiyning “Munşaot” asari zamondoşlari Husayn Boyqaro va uning öğillari, ustozlari, döstlari hamda boşqa yaqinlariga yozilgan xatlari majmuasidan iborat.

Tarixdan maʼlumki, ön beşinçi asrning ikkinçi yarmi – töqsoninçi yillarda Husayn Boyqaro saltanatida ziddiyatli vo­qealar hukm surdi. 1497 yil Hisor uruşining tugaşi bilan ötkazilgan birinçi kengaşda Sulton Husayn mirzo katta öğli Badiuzzamonni Astrobod hokimligidan Balx viloyati hokimligiga ötkazadi. Astrobod boş­qaruvi ikkinçi öğli Muzaffar mirzoga topşiriladi. Bu Badiuzzamonga yoqmaydi. Ota va öğil örtasida ziddiyat kelib çiqadi. Ular hatto özaro töqnaşuvga tayyorlana boş­laşadi.   Bu markazlaşgan davlatni tanazzulga olib borişi mumkin edi. Şoir buning oldini oliş, xalqni qirğinbarot uruşlardan saqlab qoliş uçun ota-bola örtasida kelib çiqqan keskinlikni bartaraf etiş, şahzodalarni keliştiriş harakatiga tuşadi. Ular bilan birma-bir uçraşadi. Uzoqda bölganlariga xatlar yozadi. Navoiy bitgan maktublarining aksariyatida Husayn Boyqaro bilan doimiy aloqada bölib turgani namoyon böladi.   “Munşoat” asaridan 54 ta ana şunday xati örin olgan. Ayniqsa, Badiuzzamonga yozgan xatida alloma gapni uzoqdan boşlaydi, kelib çiqqan tuşunmovçilik yuzasidan qaraşlarini birma-bir bayon etib, şahzodani hayot voqealarini töğri baholaşga undaydi. Ota-onaga nisbatan hurmatda böliş haqida payğambarlar, uluğ allomalar, xususan, Sulaymon (a.v.s.)ning fikrlarini keltiradi. “Ota qodiri mutloq, ona roziqi marsum” (urf-odatlarimiz) ekanligini bayon etadi.

Şoirning ota-ona qadri haqida juda köp aşʼorlari bölsa-da, ularning heç birini qöşmaydi. Boşqa şoirlar şeʼriga murojaat qiladi. Xatda keltirilgan Adib Ahmad ruboiysida şunday satrlar bor:

Atoning xatosini bilgil savob,

Seni yuz balodin qutqarğay Xudo.

Ota gunoh qilganda ham, unga hurmat bajo keltirişni, örni bilan unga tuşuntiriş lozimligini aytadi. Ibrohim Xalilulloh bilan otasi Ozari buttaroş, Yusuf a.s. bilan otasi Yaʼqub (a.s.), Nöh (a.s.) bilan öğli Hom örtasida yuzaga kelgan noxuş voqealarni misol keltiradi. Otasi Nöh (a.s.)ning hurmatini joyiga keltirmaganligi tufayli Homning yuzi qora bölganligini eslatib, fikrini asoslaydi.

Dastlab Navoiy şahzodaga özi ham xayrixoh bölib kelgani, asarlarida unga bağiş­lab maxsus bölimlar ajratgani va nasihatlar qilganligini bayon etadi. Keyin Badiuzzamon yöl qöygan xatolarni birma-bir sanaydi. Avvalo, uning davlatga tegiş­li mulkni kengaşsiz, söroqsiz musodara qilayotganini asoslaydi. Agar şunday qiliş kerak bölganda ham oldin maslahat qiliş, kengaşiş lozimligini aytadi. Hatto bir örinda   qattiq tanbeh berib, şahzodani çuqurroq öylaşga majbur qiladi: şahzoda Astrobodda hokim bölib turganda otasi   Iroq mamlakatini bosib oliş uçun tayyorgarlik körayotgan, qöşin töplayotgan edi. U esa Iroq mamlakatini oldindan yaqin kişilariga bölib bergan böladi. Şoir şahzodaga şu voqeani eslatadi: “Hanuz heç yerda heç nima yöq bu nav suratlarkim, zohir böladur–Sizdan hayfdur”, – deydi.   Badiuzzamonning bunday yöl tutişi öziga va otasining harbiy qudratiga qattiq işonganidan bölsa kerak, albatta. Ammo Xurosonday bir tomoni qadim Hisori Şodmon va Qunduzga, ikkinçi tomoni Iroq va Ozarbayjonga çegaradoş bölgan qudratli mamlakat qöşiniga Iroqday kiçkina davlatni zabt etiş unçalik qiyin bölmasa-da, şahzodaning bu işi özboşimçalik edi. Keyin amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan harbiy harakatlar sir saqlanişi, duşman tomonidagilar undan xabar topmasligi lozim edi. Badiuzzamon harbiy qoidaga amal qilmay, Iroq hukmdorlarini sergaklantirib qöydi. U Xurosonning ğarbiy çegarasida bölgan qöşni Iroq mamlakati Husayn Boyqaro davlatining ğarbdagi muhim strategik ahamiyatga ega bölgan Astrobodga tahdid soliş yöliga ötdi.

Bu xavf asrning sönggi yillarida yanada kuçaydi. Husayn Boyqaro uni his etgani holda maʼlum muddat mamlakatning ğarbiy hududlarini mustahkamlaş maqsadida yaqin dösti Navoiyni Astrobodga hokim qilib qöydi. Amir Alişer bu yerdagi faoliyati davomida hukmdorga maktub yöllab turdi. Jumladan, Iroq haqida öz mulohazalarini şunday umumlaştiradi: “Iroqqa fahmlik, huşliq kişilar yuborib, doim xabar tutila tursa, arz qilar yösunliq xabarlarni arzadoşt qilib, yuqori yuborila turilsa, ul bobda ne hukm bölsa, anga köra qililsa”.

Navoiy 1488 yil Hirotga qaytgandan keyin ilgari hokim bölgan Amir Möğul yana Astrobod hokimligiga tayinlanadi. Biroq maʼlum muddat ötgandan keyin Husayn Boyqaroga qarşi iş tutgani maʼlum bölib qolgaç, bu vazifa Badiuzzamonga yuklanadi. Amir Möğul Iroqqa qoçadi. Sulton Yoqubbek unga öz amirlari qatoridan örin beradi. Amir Alişerning qöşni davlatga nisbatan huşyorlikni qöldan bermaslik haqidagi fik­ri asosli ekanligi namoyon böladi. Şahzoda Badiuzzamon hokim sifatida viloyatni yaxşi boşqaradi, hududlari sarhadini mustahkamlaydi.

Har bir hukmdor öz mamlakatini kengaytiriş payida bölganidek, Husayn Boyqaro ham mamlakatining ğarbiy çegarasidagi Iroq va şarqiy hududdagi Hisori Şodmon va Qunduzni qöşib olişni rejalaştirgan edi. 1496 yilning qiş oylarining boşida qöşin töplab, Hisori Şodmon tomonga yuriş boşlaydi. Qiş böyi Termizda qönim topib, Jayhundan ötişga tayyorgarlik köradi. Hisori Şodmon hukmdori Sulton Maʼsud daryo özanini kuzatib huşyor turgandi. Astroboddan Badiuzzamon öz qöşini bilan yetib keladi. U otasining Iroqqa qarşi hujumni keçiktirib, qadim Hisorga yuriş qilişidan mamnun emasdi. Xatlon viloyatiga yuborilgan Muzaffar mirzo duşman qarşiligiga uçramay, u yerlarni egallaydi. Amudaryoning çap sohilida joylaşgan Qunduz şahriga yuborilgan Badiuzzamon duşman istehkomiga hujum qilişdan köra, xandaq jangini maʼqul köradi. Qalʼa içkarisidagi Xusravşoh bilan bordi-keldi işlarini boşlab yubordi. Badiuzzamon öz qöşini bilan bu yurtga kelar ekan, saroyda bölayotgan fisqi-fasodlardan xabardor bölganligi uçun ham, bemalollik bilan harakat qiladi. Podşohga Badiuzzamon faollik körsatmaganday tuyuladi. Hisori Şodmonga qarşi uruş harakatlarini boşlab yuborgan Husayn Boyqaroning bu yurtni olgandan keyin Muzaffar Husayn mirzoni unga hokim qilib tayinlab, mamlakatning ikki muhim sarhadiga ikki öğlini qöyib, Xuroson mamlakati tinçligini taʼminlaşni közlagan bölişi mumkin. Biroq Husayn Boyqaroning 1496–1497 yilning bahorida Hisori Şodmonga (hozirgi Surxondaryo yurti ham uning tasarrufida edi) qilgan harbiy harakatlari natija bermadi. Uruş harakatlari özaro uruşmaslik va döstona munosabatda böliş haqidagi sulh bilan yakunlandi. Sulton Maʼsudning singlisi termizlik Xonzodabegimning qizi Bekabegim Husayn Boyqaroning Haydar ismli öğliga unaştirildi. Uruş kutilayotgan mamlakatda töy tantanasi boşlanib ketdi. Öz navbatida Husayn Boyqaro ham Sulton Maʼ­sudga qizlaridan birini berişga ahd qildi. Bir qaraganda mamlakatning şarqiy çegarasi öz-özidan mustahkamlandi. Ammo mamlakatning Ğarbiy sarhadidagi Astrobodga Muzaffar mirzo, Balx viloyatiga Badiuzzamon mirzo hokim qilib tayinlangaç, yuqorida aytilgan ota va öğil mojarosi   alanga oldi. Çunki Badiuzzamonning tönğiç öğli Mömin mirzoni xatna qilganda podşoh Astrobodni nabirasiga hadya etgan edi. Ota qarorini özgartirgani Badiuzzamonga yoqmadi. U otasining duşmanlari hamda Astrobodda turgan öğli Mömin mirzoga yuborgan xatlarida şaharni topşirmaslik, qöşin töplab, uruş harakatlariga tayyorgarlik körişni topşirdi. Hatto otasiga ham “Astrobodga odam yubormangiz, bermagayman”, — deb yozdi. Navoiy Badiuzzamonga yozgan maktubida, uşbu jumlalarni ham muloyimroq bitiş kerakligi, Badiuzzamonning öqigan namoz xutbasida otasi Husayn Boyqaro haqiga duo qilmaganligi, öz nişonining tuğrosidan otasining nomini çiqarib taşlaganligi notöğri ekanligini taʼkidlaydi. Otasi Sulton Husayn mirzo törtinçi avlodi bölişga qaramasdan, har juma kuni uluğ bobolari Amir Temur nomiga xutba öqittirişni kanda qilmasligini eslatadi. “Mirzoga (Husayn Boyqaro) ham duodan özga ne kelgay”,   degan gapga alohida urğu beradi. Xatda öz otalariga qarşi borgan tarixiy şaxslarning oqibati, xususan, Abdullatif mirzoning öz otasiga qarşi borib padari buzrukvorini qatl ettirgani va uning keyingi taqdiriga işora qiladi. Husayn Boyqaroning Badiuzzamonni qattiq yaxşi körişi, köz qoraçiğiday avaylab-asrab kelayotganini aytib şahzodani otasiga qarşi bormaslikka undaydi.

Bu voqealarni saroydagi iğvogarlar qattiq kuzatib turar, ota-öğil örtasidagi ziddiyatlarni yanada kuçaytiriş uçun bor imkoniyatlarini işga solişardi. Podşohni öğli Badiuzzamonga qarşi qiliç kötarişini istardilar. Ularning safida “Özini oqila tutar edi, vale beaql va purgöy xotin edi” deb Z.M. Bobur baho bergan Xadiçabegim ham bor edi. Bu kuçlar ota va öğilni bir-biriga gij-gijlab özaro munosabatlariga rahna solardi. Faqat Navoiy kabi podşoh yaqinidagi adolatli kişilargina ularni bu yöldan qaytişga undar, yaqinlaşib kelayotgan falokatning oldini olişga harakat qilardilar. Şuning uçun Navoiy xatida   özining Husayn Boyqaro va farzandlariga beğaraz xizmat qilganligi, saltanatni mustahkamlaş uçun bor imkoniyatini işlatganini yozarkan, Badiuzzamonni “özining joni kuyganda, özgalarning etagi kuymasligini” aytib qattiq ogohlantiradi. Öşa damlarda Xuroson davlati ustida qora bulutlar aylanib turar, yaqinlaşib kelayotgan talofatning oldini olişda özini masʼuliyatli sezgan şoir: “bu bir neça sözni tortinmasdan yozdim, maʼqul tuşsa, qabul qilarsiz, tuşmasa bu banda aytur sözni böynimdan ado qilmiş bölğayman”, deb şahzodani sergaklikka çorlaydi. Xatning söngida uni birovning, xususan, Husayn Boyqaroning topşiriği bilan emas, özining, içki tuyğusi bilan yozganligi, el-yurt oldida öz burçini bajarayotganini taʼkid­laydi.

Albatta, Badiuzzamon ustoz Navoiyning xatini öqib közlariga surtadi. Unda yozilganlarning barçasi haqiqat ekanligini his etadi. Ammo ziddiyatlarning yanada kuçayib borişi öz padariga qarşi qiliç kötarişga majbur qiladi. Husayn Boyqaro tomonidan yuborilgan elçilar ham vaziyatni yumşata olmaydi.

Vaziyat yanada keskinlaşganda Navoiy podşo bilan maslahatlaşib, Badiuzzamon huzuriga otlanadi. Butun mahoratini işga solib, şahzodani bu yöldan qaytişga köndiradi. Ammo saroydagi qora kuçlar ham tinç turmay, Navoiy Balxda işni, yuqorida aytilganidek, muvaffaqiyat bilan tamomlagan ham ediki, bundan bexabar Husayn Boyqaro “sulhning Amir Alişer taşabbusi bilan bölmasligini istovçi Nizomulmulk va uning tarafdorlari taʼsiri bilan Balx şahri amaldori Amir Isroil Barlosga, Badiuzzamon şahar çekkasiga çiqqanda, qalʼa darvozalarini berkitib, uni şaharga kiritmaslik haqida yozma buyruq jönatdi. Bu xat Badiuzzamonning qöliga tuşib qoladi. Natijada ota va bola örtasida mudhiş uruş boşlanadi. Bu maʼnosiz uruş köplab begunoh odamlarning joniga zomin böladi. Eng dahşatlisi: saroydagi fitnalar,   bevosita Xadiçabegimning hiylasi bilan Mömin mirzoning öldirilişi boşqa şahzodalar örtasida ham özaro ziddiyatlarning kuçayişiga olib keladi: “Boyqaro öğillari bir-biriga yoğiylaşdi”. Natijada umrining keksalik davriga qadam qöygan Husayn Boyqaroning bir-biri bilan yoğiylaşgan farzandlari öz tarafdorlarining qutqusi va qöllab-quvvatlaşi tufayli padari buzrukvorlariga qarşi izma-iz qözğolon kötaradilar. Mamlakatda oğir parokandalik yuzaga keladi. Ana şunday şaroitda ham Alişer Navoiy mamlakatdagi   mavjud ahvolni izga soliş yölida tinmay harakat qiladi.

Şarif YOQUBOV,

Termiz DU dotsenti,

filologiya fanlari nomzodi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan