Hukmdorning ibratli işlari: hiyla ila adolatli jazo
Temuriylar sulolasiga mansub hukmdorlar va şahzodalar içida ilmu fan, adabiyot bilan maşğul bölganlari ança. Ammo ular orasida Mirzo Uluğbek alohida ajralib turadi. Biz bu gal Uluğbekning fan taraqqiyotiga qöşgan hissasi töğrisida emas, insoniy xususiyatlari, ibratli işlari haqida töxtalişni maʼqul topdik.
Diyonatsiz qozining aybini qandaydir hiyla bilan topganligi va jazolaganligi töğrisidagi miş-mişlar ahli Movarounnahrni qoyil qoldirdi. Ana şu voqeadan söng omma, hukmdori bölgan Uluğbekning adolatparvarligiga qattiq işonib, unga ixlos qöydi…
1394 yilning 22 martida tavallud topgan Muhammad Tarağay bolaligidan bobosi Amir Temur, otasi Şohrux va ustozi Qozizoda Rumiydan yuksak tarbiya olgani bois, öz davrining yetuk fuzalosi bölib yetişgandi. Mirzo Uluğbek hayoti ( 1394-1449) davomida asosan, saltanat siyosati tufayli vaqtining köpini davlat boşqaruvi va uruşlar band qilsa-da, fan bilan şuğullanişga imkon topa oldi. “Ziji köragoni”, “Tarixi arʼba ulus” asarlarini yozdi. Buxoro, Samarqand va Ğijduvonda uçta madrasa bunyod qildirdi. 1424-29 yillarda Samarqandda muhtaşam rasadxona barpo ettirib, atrofiga Qozizoda Rumiy, Ğiyosiddin Jamşid, Ali quşçi, Muiniddin Koşoniy singari köplab allomalarni töpladi. Ularga zarur şart-şaroit yaratib berdi. Şunday katta işlarni qilgan hukmdor va allomaning öziyam doimo ilmga intilar, tarozining ilm pallasi siyosat pallasini bosib qöyardi.
Ğiyosiddin Jamşid şunga doir bir voqeani 1417 yili otasiga yozgan maktubida keltirib ötgan. Unga köra, kunlardan birida Uluğbek va allomalar otda ketayotib, 818 yil rajab oyining öninçi va ön beşinçi kunlari orasidagi ( milodiy 1415 yil 15-20 sentyabr) duşanba kuni yil mavsumining qaysi kuniga töğri kelişini aniqlaşadi. Uluğbek otda borganiça xayoliy hisob bilan quyoşning taqvimi öşa kuni bir daraja va ikki daqiqa ekanligini topadi. Keyin esa manzilga kelgaç, otdan tuşib qoğozga yozib hisob qilişganida, Uluğbek Mirzoning xayolan qilgan taqvimi töğri ekanligi oydin böladi. Bu holat hukmdorning quvvai hofizasi va aql-idroki şunçalik kuçli bölganini körsatadi. Şu bilan birga u davlatniyam olimona, adolatli ravişda boşqargan.
Zayniddin Vosifiyning “Badoyiʼ ul-vaqoiʼ” asarida şunga doir ibratli voqea keltiriladi:
Bir kuni Uluğbekning huzuriga nomaʼlum şaxs kelib arz qiladi:
— Hukmdorim! Bundan olti oy oldin Rum taraflarga safarga ketişda, beş ming aşrafiy aqça pulim bor edi. Pulimni şu şaharda biron kimsaga omonat qöyib ketmoqçi böldim. Uşbu şaharda qozidan boşqa diyonatli va insofliroq odam bölmasa kerak, deya öyladim. Şu bois öşa pulni oftobaga soldim va oğzini mahkam bekitib qoziga topşirdim. Safardan qaytgaç, qozinikiga borib omonatimni talab qilsam, u özini tanimaslikka olib, pöpisa qildi.
Uluğbek bu voqeani eşitib öylanib qoldi va dedi:
— Ertaga qozinikiga bormoqçiman. Sen ham bor va meni kutib tur. Qozinikidan çiqib otga minayotganda “dod-voy” kötar va bölgan voqeani bayon qil.
Ertasiga Uluğbek Mirzo qozini çaqirtirib:
— Ey , qozi! Men behisob naqd aqça, sandiq töla qimmatbaho mato va köza-köza oltinu javohir töpladim. Maqsadim, qazo qilsam, farzandlarim oğir ahvolga tuşib qolsa, şu boylik ularning yomon kuniga yarab qolar, deya öylayman. Şaharda bunday xazinani işonib topşiradigan biron işonçli odam yöq. Seni diyonatli deya xazinani topşirişga ahd qildim. Buni ikkimiz bilsak, bas! Zinhor boşqa odam eşitmasin.
Qozi Uluğbekdan bu gapni eşitib, iç-içidan suyundi, quvonganidan yuragi yorilişiga sal qoldi.
— Sen uyingga boraver, — dedi Uluğbek qoziga, — men izingdan çiqib, xazinani yaşiradigan joyni öz közim bilan körib kelaman.
Şu tarzda Uluğbek qozining uyiga bordi va “xazina”ni yaşiradigan joyni belgilaşdi. Hukmdor qozinikidan çiqib endi otga minayotganida, qoziga omonat qoldirgan keçagi odam kelib, “dod-voy” qila boşladi.
— Hukmdorim! — dedi u, — şu qozinikida omonat qoldirgandim. Lekin heç qaytarib olomayapman.
Buni eşitib qozini titroq bosdi, rangu-röyi öçdi. Içida öziça mulohaza qildi: “Bordiyu,uning daʼvosini rad etsam, podşohning işonçi yöqoladi.Oqibatda arzimas beş ming aşrafi( pul birligi) deb ulgurji davlatdan quruq qolaman. Yaxşisi, şu kazzobning omonatini qaytarib beray”.
Şundan söng qozi öşa odamga öşqira ketdi:
— Ey, battol! Nega dod solasan? Qaçon sen omonatingni mendan talab qilding-u, men yöq dedim? Diyonatli bir qoziga tuhmat qilgani qanday jurʼat topding?
Şunday qilib qozi ğulomiga “omonat falon joyda, tez borib bunga olib çiqib ber!”, — deb buyurdi.
Ana şu tariqa Uluğbek hiyla işlatib, qozidan omonatçining pulini olib berdi. Diyonatsiz qoziga “xazina”ni topşiriş örniga, uni jazoladi va işdan böşatdi. Hukmdor hayotida bölgan bu voqea Uluğbek Mirzoning yuksak tafakkurli olim va adolatparvar podşoh bölganini körsatadi.
Mirzo Uluğbek hayotining 40 yilini Samarqand taxtida ötirib, Movarounnahrni boşqarib ötkazdi. Qisqa umri davomida nafaqat siyosiy arbob, balki tarix va falakiyot ilmlarining zukko bilimdoni, bir neçta kuylar yaratgan bastakor hamda sozanda sifatida ham tarixda qoldi…
Bundan taşqari Uluğbek Mirzo (1394-1449) öz zamondoşlari orasida xotirasining kuçliligi bilan ham dong taratgan edi. Davlatşoh Samarqandiyning “Tazkirat uş-şuaro” nomli asarida Uluğbekning ana şu xislatiga oid misollar keltirilgan.Barça hukmdorlar singari şikorga ham ğoyat qiziqadigan Mirzo Uluğbek ov paytida biror jonivorga öq otib tekkizganida, öşa vaqtni eslab qolar, bu voqea qaysi kuni, qayerda sodir bölgani, qaysi jonivor ovlanganini daftarga bitib qöyardi. Tasodifan bir kuni öşa daftar ğoyib böladi. Qança izlasalar ham, amaldoru xizmatkorlar daftarni topa olmaydilar. Daftarni saqlovçilar sarosimaga tuşadilar.
Şunda Mirzo Uluğbek:
— Taşviş tortmangiz, men daftarga yozilganlarni boşdan oyoq bilurmen, — dedi va kotiblarni çaqirib, aytib turdi, ular esa yozib olişdi.
Xullas, ov ham köpayib, şikorda otilgan jonivorlar qayd etilaverib, yangi daftar tölay degan ediki, yöqolgan eskisi topilib qoldi. Şunda kosiblar yöqolgan daftar va yangidan Uluğbek aytib turib yozdirgan qaydlarni taqqoslab kördilar. Kotibu saroy amaldorlari Mirzo Uluğbekning farosati va xotirasiga tasanno aytişdi. Çunki qaysi hududda, qaçon, kimlar bilan qanday hayvon ovlanganini hukmdor yoddan aynan aytib bergan edi.
Xuddi şunga öxşaş boşqa bir ibratli voqeani Uluğbekning zamondoşi Şayx Ozariy (1382-1462) şunday hikoya qiladi:
“Men hijriy 800( milodiy 1398) yili Qoraboğda, uluğ Amir Temurning qissaxoni toğoim birlan birga erdim. Öşanda Uluğbek mirzoning xizmatiga tayin etildim. Öşa paytda hali yoş bola erdim va bir neça yil bolalikning şodu xurramligini şahzoda birlan birga keçirdim. U birlan birga öynardim, unga naqlu rivoyatlar aytib berar erdim. Şahzoda men ila yaqin döst va örtoq bölib qoldilar.
Hijriy 852 ( milodiy 1448) yili mazkur podşoh (yaʼni Mirzo Uluğbek) Xurosonni zabt etdi va Isfaroinga kelib tuşdi. Yoşlik ötib, qartayib qolgan erdim. Örnimdan turib podşohning huzuriga bordim. Meni uzoqdan faqiru taqvodor libosida kördi. Salom-alikdan keyin söradilar: “Ey, darveş, sen eski suhbatdoşimizga öxşaysen, qissaxonimizning jiyani ermasmusen?” Podşohning ötkir zehni, farosat va pok idrokidin lol qolib dedim: “Ha, janobi oliylari, öşa qissaxonning jiyani erurmen. Uluğbek Qoraboğda aytilgan hikoyatlar, Gurjiston ğazovati hamda Ozarbayjon ajoyibotlarini örtaga taşladilar”.
Ellik yildan keyin ham bolalik xotiralari, aytilgan hikoyatlarini aynan xotirada saqlab qolişga hammaning ham aql, quvvati yetmaydi. Mirzo Uluğbek esa öz davrining jangu jadallari, saroy öyinlarining fisqu fasodlari, ilmu nujum, falakiyot sirlari bilan ovoraligiga qaramay, bolalikdagi döstini, yuqorida aytilganidek, hatto oradan qança vaqt ötmasin, şikordagi qaysi jonivorni qaçon ovlaganini yodida saqlab qoliş darajasidagi inson edi.
U. BEKMUHAMMADOV
