It sotaman
(Hajviya)
Muratboy NIZANOV,
Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi.
TAHRIRIYATDAN:
Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi, taniqli adib va kinodramaturg Muratboy Nizanov 1951 yilda Kegeyli tumanidagi Oqtuba qişloğida tuğilgan. Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. Uning “Şunaqasiyam böladi”, “Nişona”, “Kulgim keladi”, “Odam kuldirgani uçun”, “Sizga bölmaydi”, “Özga sayyorada yetti kun”, “Aqçagul”, “Oxirat uyqusi”, “Duşman”, “Oşiq bölmagan kim bor?”, “Havo kemasidan ikkovlon”, “Muhabbat qöşiği” kabi 40 ga yaqin kitoblari qoraqalpoq va özbek öquvçilari qalbidan çuqur joy olgan. Asarlari asosida suratga olingan filmlar orasida “Tank” badiiy filmi özbek kino sanʼatining oltin fondidan munosib örin egallagan. U bugun Yangi Qoraqalpoğistonni bunyod etiş yölida fidokorona mehnat qilayotgan zamondoşlarimiz hayoti haqida asarlar yozmoqda. Eʼtiboringizga adibning “Hurriyat” gazetasiga yuborgan yangi hajviyasini havola etdik.
Özingiz bilasiz, bizning şaharda bozorning turi köp: dehqon bozori, kiyim bozori, mol bozori, eski-tuski bozori… Lekin it bozori yöq ekan. Közi oçilar-oçilmasidan sut berib boqqan bir gurji itim bor edi. Şuni sotişga majbur bölib qoldim. Har kimga aytsam:
— Qanday it? — deb söraydi.
— Gurji.
— Voy, qöysangiz-çi… Uni bir rus kampirni topib sotmasangiz, kim olardi? Gurjidan odam hayiqmasa yo mol hurkmasa!
Tavakkal qilib bozorga çiqarişni niyat qildim. Bir burçagidan boşini çiqarib, kiçikroq yöl sumkamga solib oldim. Birinçi töxtagan joyim mol bozori böldi. Qarasam, bizning gurji bu yerda umuman közga körinişi mumkin emas. Bördoqi sigirlarning töpiğiga ham yetmaydigan gүrjini kim xayoliga keltiradi? Uning ustiga, oldingi oyoqlari bilan yer qazib, bir neça tanalar turibdi. Şoxi bilan bir ildirsa, oqterakning uçidan aylanib ketişi turgan gap.
Qöy-eçki bozoriga bordim. Yerga ötirib, biroz bel-böynimni yozay deb sumkaning oğzini oçgandim, it otilib çiqib, qöylarning orasiga özini urdi. Böldi tomoşa!
Qöy-eçki bozorining çangi osmonga çiqdi. Bir zumda kim eçkisini topolmay yuribdi, kim qöçqorini. Men har yoqqa alanglab, itimni izlayman. Sirtdan közga taşlanmaydi. Qaysi joyda qöylar qattiqroq osmonga sakrasa, öşa tomonga yuguraman. Men borgunimça qöylar yana boşqa joyda sakraşadi. Buning ustiga, bozorda bizning gurji sabab kötarilgan şovqin ham jonimga tegib, butun badanimdan sovuq ter çiqdi.
— Bizning eçkini ber!
— Qayerda sening eçking? Özimniki!
— Boş jipidan tanib turibman, aka! Beraman-beraman de!
— Ha, dunyoda şunday arqon qurib qoldi, deb öyladingmi?
— Ey, mana bu qöçqor kimniki? Tortsang-çi qöçqoringni! Men bu yerga qöy qoçiriş uçun kelganim yöq!
Birovlar nima bölayotganini tuşunmay hayron. Menimça, ular xaridorlar bölsa kerak.
— Nima? Nima böldi özi?
— Nima töpolon?
— Ey, birov bozorga iti bilan kelganga öxşaydi!
— Qanaqa esipast özi? Peşonasini yoriş kerak!
— Közimga körinsa, itining kunini boşiga solardim!
Bularni eşitib turib, itimni qanday izlaşimni bilmay qoldim. Lekin topib olib ketmasam bölmaydi. Qöylar töda-töda bölib, goh darvozaga, goh devorning duç kelgan joyiga urilib qoçişyapti.
Hisobini topdim. Men ham eçkisini yöqotgan odam bölib qoldim.
— Yöl-yöl eçki körmadingizmi?
— Quloğida qurtdek tiligi bor yöl-yöl eçkimi?
Bu belgilar bizning gurji itning belgilari edi. Tilimda — yöl-yöl eçki, könglimda — gurji it, terlab-pişib izlab yuribman.
Bir payt qölimga tuşdi-yov. Urinar-surinar sumkaga tiqdim-da, bozordan çiqişga tuşdim. Xudo yorlaqab, kaltak yeb qolmadim. Sirtimdan aytganlari bölmasa, töğri yuzimga kelib heç kim sökmadi.
Yelkamni qisib, tovuq bozoriga bordim. Kurka tovuq bilan şayton tovuqning örtasiga ötirib oldim. Gurji itim sumkadan çiqişga urinib, tinmay tipirçilaydi.
“Oğzi kuygan qatiqniyam puflab içadi”, deyişadi-ku. Öldirib qöyaymi? Har ehtimolga qarşi kerak bölar, deb uyda kompyuterda “It sotaman” deb katta harflar bilan yozdirib olib çiqqandim. Vaqti-vaqti bilan şuni körsatib qöyaman. Biror odam eʼtibor bersa, qani edi!
Köp ham emas, oz ham emas, ikki soatça ötirdim.
— Qaytgan molda xayr bor, qayta qolaylik, — dedim itimga. — Nasibang bölsa, keyingi bozorni körarmiz.
Şu orada özim tengi, ozoda kiyingan bir ziyoli kişi tabloni körib qoldi.
— It qani? — dedi menga.
Men iyagim bilan sumkani körsatdim.
— Çiqar, köraylik.
Tovuqlar hurkib ketmasmikan deb qörqa-pisa sumkadan oldim. Lekin uyda tovuqlar it bilan aralaşib yuradi-ku. Örgangan. Hurkmadi.
— Qança aytasiz? — dedi bölajak xaridor.
— Qaydam? Bundan oldin it sotib körmagan bölsam…
— Şunda ham bozorga olib kelganingizdan keyin niyat qilgan narxingiz bordir… Uyda bir erkatoy aqlligim bor — gurji it desa, özini tomdan taşlaydi. Bölmasa, buningizga bir quyon ovlatay, deb turibmanmi?
— Ilgari Odessada it bozoriga borib qolgandim. Şunda oğzi katta, dumi kalta bir itga uç ming dollar aytayotganini körganman.
— Ey, jöra, dollarlarning boşini oğritib nima qilasiz? Mana bu gurjingiz taroziga tortganda ikki kilo çiqsa çiqadi, çiqmasa yöq. Şunga yaraşa narxini ayting.
Xullas, u oladigan böldi, biz sotadigan böldik.
— Endi bozorning öz qoidasi bor, — dedim xaridorga. — Mol sotganda aybini aytmasam, savdo harom böladi.
— Ha, ha, — deb maʼqulladi u. — Qanday aybi bor bu beçoraning?
— It sudlangan!
— Nima?!
Xaridorning oğzi oçilib qoldi.
— Qörqmang, qöying. Juda xavfli jinoyat qilmagani uçun afv etilgan.
U meni tirsagimdan tortib, nariroqqa çiqardi.
— Tuşuntiribroq ayting, nima özi bu — “sudlangan”, “afv etilgan”?
— Buning tarixi bunday. Rostini aytsam, sotgim ham kelib turgani yöq. Özim bir kiçkina köçada yaşayman. Köçamizda ön bir xöjalik bor, xolos. Bizning bu gurji öşa ön bir xöjalikning hammasini qöriqlaydi. Köçaning u boşidan köringan odamni bu boşigaça kuzatib çiqadi. Uning hurganiga birov eʼtibor beradimi-yöqmi, baribir huraveradi. Lekin bir yaxşi odati bor: tişlamaydi.
Baxtga qarşi, bir kuni ğazablanib, qöşnimning bolasining bilagidan tişlab olibdi. Unda ham ayb bolaning özida. Gurjining burniga çöp tiqib qoçgan ekan.
Qöşni bolasini yetaklab uyimga keldi.
— Itingiz quturmaganmidi? — deb söradi mendan. Lekin aççiqlanmadi.
— Yöq, undaydan omon. Bir oyligida veterinar nazoratidan ötkazib, hamma hujjatlarini olib qöyganman. Kerak bölsa, körsatay.
— Yöğ-e, şartmas. Işonaman-ku. Şunday bölsa ham bolamni doktorga olib borib körsatay. Özing bilasan-ku, ötgan yili mikroavtobusda bir koreys ayolni özining muşugi tişlab öldirib qöygan.
— Töğri, ehtiyotda foyda bor. Birga yur desangiz, birga boray.
— Yöq, özim körsataman.
Körsatganga öxşaydi. Tuşdan keyin hayvonlarni muhofaza qiliş jamiyatidan bir odam keldi.
— Itingiz quturmaganmidi? — dedi u.
— Yöq.
— Veterinarga körsatib turibsizmi?
— Körsatib turibman.
— Hujjatlarini olib keling.
Olib keldim. Körib-körib, heç kamçilik topa olmadi.
— Nega boğlab qöymagansiz? — dedi oxiri.
— Tuğilganidan beri heç boğlanmagan edi.
— Boğlanmagan bölsa, endi boğlaysiz. Tegişli tartibda jarima ham tölaysiz!
Xodim surbetlarça pulni körsatib, jarima yozib berdi. Hatto közimning oldida itni boğlatdi. Ilgari arqon tegib körmagan beçora osmonga sakrayapti, yer tirnayapti, arqonni çaynayapti. Rostini aytsam, özimning rahmim kelib ketdi.
Ertalab veterinariya bölimidan bir doktor qiz keldi.
— Itingiz boğlanganmi? — dedi darvozani qiya oçib turib.
— Boğlangan, kelavering.
U ham hujjatlarni birma-bir körib çiqdi. Keyin:
— Emlaş qilaman, — dedi.
— Ha, yaqinda özi emlangan edi-ku.
— Har ehtimolga qarşi. Bundan quturib ketsa, biz javob beramiz.
Emlaş pulini tölab, doktorning qaytişi uçun taksi çaqirib berdim. Albatta, taksining puli ham bizdan ketdi.
Tuşdan keyin uçastkovoy inspektor keldi.
Uning it bilan unça işi yöq edi.
— Uyda yaşirib saqlab qöygan qurol-yaroğingiz yöqmi? — dedi menga jinoyatçiga qaragandek tikilib.
— Yöq. Umuman, qurol degan narsani uşlaşga qörqaman.
— Giyohvandlik narsalaridan nima bor?
— Heç narsa!
— Özingiz piyonista emasmisiz?
— Yöğ-e! Ora-sirada çanqagan vaqtim bir bokal, yarim bokal pivo içaman.
— Pivo ham alkogolga kiradi. Albatta, asosiy masalaga kelaylik: itingiz nega qöşningizning bolasining qölini tişladi?
— Qayerdan bilayin? U it bölsa…
— Menga qarşi gapirmang!
Rostini aytsam, qöşnimdan qattiq aççiğim keldi. Militsiyaga aytmasa nima qilardi?! Keyin bilsam, it tişlagan holat böyiça doktorlar tegişli joylarga xabar berişga majbur ekan.
Bundan keyin inspektor uyga kelmadi. Evaziga kun ora özim uning idorasiga boradigan böldim. Bormasam, keyin janjal böladiganga öxşaydi.
Inspektor menga mana şu hujjatlarni töplab kelişni topşirdi: iş joyimdan tavsifnoma, oylik iş haqim haqida maʼlumotnoma, ilgari sudlanmaganim haqida içki işlar bölimidan maʼlumotnoma, öng va çap tomondagi qöşnilarimdan mening tartibli odam ekanligim haqida işonç xati, mahalla raisining tasdiği bilan qöy oğzidan çöp olmaydigan darajada yuvoşligim haqida maʼlumot, uyda xotinim bilan janjallaşmasligim, bolalarim maktabda yaxşi baholarga öqişi haqida tavsifnoma, xullas, gazdan, tokdan, suvdan, çiqindidan qarzdor emasligim haqida ham maʼlumotnomalar oldirdi. Bularning hammasiga ikki hafta vaqtim ketdi. Işdan ham eşitmagan baqiriğim qolmadi. Lekin gurji itimning parvoyi palak. Qöşnining bolasini men tişlagandek, butunlay özim aybdor bölib qoldim.
— Endi bu masala bitdimi? — dedim inspektorga eng oxirgi söragan maʼlumotnomasini olib borib berayotganda.
— Uni sud hal qiladi! — dedi u.
— Hali sudga ham boramanmi?
— Boriş tugul, sudlanasiz ham!
Oradan bir yarim oy ötib, sudga çaqirildim. Işdan sörab çiqişim juda qiyin böldi. Usiz ham kun ora iş qoldirib, ança yomon otim çiqqan.
Endi:
— Sudga çaqirişgan ekan, — desam hamma mendan gumonsiraydi.
— Itning sudi böladigan edi, — desam, mabodo inspektor eşitib qolsa…
Xullas, sudga bir soat keçikib bordim. Ijroçi meni yölakda uçratdi.
— Sizning itingizning sudi bölib ketdi, — dedi u.
— Qanday xulosaga kelindi?
— Xavfli jinoyat qilmagani uçun keçirim berildi. Lekin jarima tölaysiz. Buyruq uyingizga poçta orqali boradi.
Xullas, şu gurji itning ovora-sarsonidan uç oy tinçim buzildi. Göyo şuni sotib, qutulib qolay debman!
Xaridor gurjini sotib oliş uçun pulini qölida siqib turgan edi. Asta-sekin qaytarib, çöntagiga soldi-da, “ol, yaxşi” ham demay közdan ğoyib böldi.
Beçora gurji itni yana sumkaga solib uyga qaytdim. Olamiz desangiz, uyga keling, sotaman.
Lekin aybi bor: sudlangan, ammo juda xavfli jinoyat qilmagani uçun afv etilgan…
Adiba UMIROVA
özbek tiliga ögirdi.
