Muallim – millat maʼrifatining meʼmori

Har yili oktyabr oyining boşida yurtimiz özgaça kayfiyat bilan yaşaydi. Bu kayfiyatning nomi — minnatdorlik. Biz har bir inson hayotida ilk harfni örgatgan, birinçi savoliga javob bergan, ilk bor “sen buni uddalay olasan” deya işonç bildirgan muhtaram zotlarni eslaymiz. 1 oktyabr — mana şunday fidoyi insonlar, yaʼni ustoz va murabbiylarning kasb bayramidir.

Özbek xalqi azaldan “Ustoz otangdan uluğ” degan hikmatga amal qilib kelgan. Bu naql zamirida çuqur ijtimoiy haqiqat mujassam: jamiyat bugun qanday muallimni tarbiyalasa, kelajakda ana şunday jamiyatga aylanadi. Şu bois davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev Yangi Özbekiston poydevorini yaratişda taʼlim, ilm-fan va muallim maqomini davlat siyosatining ustuvor yönalişi darajasiga kötardi.

Prezidentimizning maʼruzalarini kuzatsak, ularda bir muhim fikr qizil ipdek ötadi: taraqqiyotning kaliti bilimli va zamonaviy fikrlaydigan avlodda, bunday avlodni esa faqat yuksak maʼnaviyatli hamda kasbiy jihatdan puxta muallimgina tarbiyalay oladi. Yurtboşimiz taʼlim tizimini Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş vazifasi bilan çambarças boğlaydi. Bu şunçaki şior emas, balki muallimga yuklangan tarixiy masʼuliyatdir. Zero, biz bugungi sinfxonalarda ertangi kunning olimlari, muhandislari, şoirlari va davlat arboblarini tarbiyalamoqdamiz.

Uşbu qaraşlarning asosiy mazmun-mohiyatini quyidagiça umumlaştiriş mumkin:

Birinçidan, muallim, Prezidentimiz aytganlaridek, jamiyatda eng hurmatli va obröli inson bölişi kerak. Bu tamoyil nafaqat maʼnaviy eʼtirofni, balki muayyan ijtimoiy va moddiy kafolatlarni ham közda tutadi: muallimning iş haqi, munosib turmuş şaroiti, ijtimoiy himoyasi va şaʼni hamişa davlat eʼtiborida bölmoği lozim. Zero, öz qadr-qimmati va nufuzini his qilgan muallimgina yoş avlodga işonç va ğurur bağişlay oladi.

Ikkinçidan, taʼlimning sifati muallimning saviyasi bilan belgilanadi. Har qanday islohot — xoh yangi öquv dasturi, xoh zamonaviy darslik yoki raqamli platforma bölsin — faqat muallim qölidagina jonlanadi. Şu sababli Davlatimiz rahbari pedagog kadrlarni tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş tizimini muntazam takomillaştirişni alohida uqtiradi.

Uçinçidan, taʼlim va tarbiya — ajralmas yaxlit jarayon. Bugungi dunyoda axborot şiddati içida ulğayayotgan bolaga faqat bilim berişning özi yetarli emas. Şu bilan birga, uni axborotni töğri saralaşga, Vatanga sadoqat hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptiriş şart.

Murabbiylik muallimlik maqomining ikkinçi qanotidir.

Törtinçidan, oliy taʼlim va ilm-fan rivoji jamiyatning intellektual salohiyatini belgilaydi. Universitetlar şunçaki diplom beruvçi maskanlar emas, balki yangi bilim yaratuvçi, yoşlarda tadqiqotçilik zavqini şakllantiruvçi yirik ilmiy markazlarga aylanişi darkor. Bu esa har bir professor-öqituvçining özidan muntazam ilm bilan şuğullanişni talab etadi.

Hayotdagi har bir ezgulik, har bir kaşfiyot va zafar zamirida öqituvçining maşaqqatli mehnati, matonati va çeksiz mehr-muhabbati mujassam ekanini haqli ravişda eʼtirof etgan Prezidentimiz ilm, taʼlim va muallim sözlarining qadrini yuksaklarga kötara turib, şunday taʼkidlagan edi:

“Insonning ongi, dunyoqaraşi özgarmasa, jamiyat özgarmaydi. Jamiyat özgarmasa, taraqqiyot ham bölmaydi. Odamlarning tafakkurini, şu asosda butun jamiyatni kim özgartira oladi? Yangi beruniylarni, xorazmiy va farğoniylarni kim kamolga yetkazadi? Bunday uluğvor vazifani, tom maʼnodagi tarixiy missiyani ado etişga faqat siz — ustoz va murabbiylar qodirsiz”.

Zamon talabi: yangi davr muallimi qanday bölişi kerak?

Bugungi maktab sinfxonasi yoki universitet auditoriyasidagi öquvçi va talabalar bundan yigirma yil oldingi tengdoşlaridan tubdan farq qiladi. Zamonaviy yoşlar axborotni kitobdan köra köproq smartfon orqali oladi, istalgan savoliga javobni bir lahzada qidiruv tizimlaridan topa oladi. Muallim bunday şaroitda endilikda “bilimning yagona manbai” bölib qola olmaydi. Biroq bu uning qadrini tuşirmaydi, aksinça, masʼuliyatini yanada oşiradi: pedagog endilikda bilimning odil hakamiga, töğri yönaltiruvçisiga va maʼnaviy mezoniga aylanmoqda.

Şunday ekan, zamonaviy pedagog öz faoliyatida quyidagi muhim fazilatlarni mujassam etişi zarur:

  1. Çuqur kasbiy va ilmiy bilim.

Öz fanini mukammal bilmagan muallim öquvçi oldida ham, öz vijdoni oldida ham ojizdir. Bugungi kunda bilim kölami ham şiddat bilan özgarmoqda: fan-texnika tezkor rivojlanib, keçagi bilimlar ertaga eskirmoqda. Binobarin, muallim umr böyi izlanuvçi, örganuvçi bölib qolmoği kerak. “Öqimagan öqituvçi boşqalarni öqitolmaydi” — bu oddiy, ammo özgarmas haqiqatdir.

Professor-öqituvçilar uçun bu talab ikki karra dolzarbdir. Ular şunçaki tayyor bilimni yetkazuvçi emas, balki öz sohasida ilmiy yangiliklar yaratuvçi tadqiqotçi bölişi şart. Agar talaba maʼruza qilayotgan ustozining muntazam ilmiy izlanişda ekanini, salmoqli maqolalar yozayotganini va nufuzli xalqaro anjumanlarda faol qatnaşayotganini körib tursa, unda darsga va ilmga bölgan ixlos hamda işonç yanada ortadi.

  1. Yuksak kommunikativ kompetentlik va nutq madaniyati.

Muallimning asosiy quroli — bu söz. Tibbiyotda şifokorning mahoratli qöli, harbiy sohada qurol qanday ahamiyat kasb etsa, pedagogikada jonli söz şunday qudratga ega. Söz sanʼatini egallamagan muallim bilimni ham mukammal yetkazib bera olmaydi.

Pedagogning nutq madaniyati nimalarda körinadi? Avvalo, adabiy til meʼyorlariga qatʼiy amal qilişda: töğri talaffuz, aniq ifoda va boy söz boyligida. Söngra fikrning mantiqiy izçilligi va ravonligida. Va nihoyat, yuksak muloqot odobida: dars jarayonida öquvçini diqqat bilan tinglay biliş, uning şaxsiyatini kamsitmaslik hamda tanqidiy fikrni hurmat va odob saqlagan holda yetkazişda namoyon böladi.

Bugungi pedagog uçun kommunikativ kompetentlik faqatgina çiroyli gapirişdan iborat emas. Bu — taʼlim oluvçilar bilan samarali muloqot örnata oliş, örinli savol beriş, bahs-munozaralarni yönaltira biliş, har bir şaxsning feʼl-atvoriga mos yondaşuv topiş va hatto raqamli muloqot (masofaviy taʼlim, ijtimoiy tarmoqlar) madaniyatini çuqur egallaş demakdir. Afsuski, amaliyotda dars jarayoni köpinça bir tomonlama zerikarli monologga aylanib qolmoqda. Vaholanki, bugungi talaba-yoşlar oddiy tinglovçi emas, balki muhokamalarning faol iştirokçisi bölişga intilmoqda.

Bu borada Şarq notiqlik sanʼati va milliy muloqot madaniyatining boy tajribasiga suyaniş maqsadga muvofiqdir. Mutafakkir bobomiz Alişer Navoiy sözni insonning maʼnaviy qiyofasi va asl mohiyatini körsatuvçi közgu deb taʼriflagan. Demak, ustozning har bir aytgan sözi yoşlar qalbida öçmas iz qoldiruvçi qudratli tarbiya vositasidir. Uşbu ulkan maʼnaviy meros bugungi pedagog uçun ham uslubiy, ham axloqiy manba bölib xizmat qiladi.

  1. Germenevtik qobiliyat: matn va inson ruhiyatini anglaş sanʼati.

Pedagogik faoliyatning köpçilik eʼtibor bermaydigan, ammo nihoyatda muhim bölgan jihati — bu anglaş va talqin qila biliş mahoratidir. Germenevtika, yaʼni tuşuniş va şarhlaş sanʼati, muallimga ikki asosiy yönalişda kerak böladi:

Matnni çuqur tuşuniş: Darslikdagi har bir mavzu, badiiy asar yoki tarixiy manba çuqur tahlil va şarhni talab qiladi. Muallim materialni yuzaki emas, uning içki maʼno qatlamlarini, tarixiy-madaniy zaminini anglagan holda öquvçiga yetkazişi lozim. Ayniqsa, özbek mumtoz adabiyoti va xalq oğzaki ijodini öqitişda bu sanʼat bebaho ahamiyat kasb etadi: Navoiy hikmati yoki xalq dostoni satrlari orasida yaşiringan teran maʼnolarni oçib beriş katta mahorat talab qiladi.

Öquvçini tuşuniş: Har bir farzand — alohida bir olam. Uning har bir xatti-harakati, sukuti yoki eʼtirozi zamirida nima yotganini his qila oliş — haqiqiy pedagogik mahorat namunasidir. Salohiyatli ustoz öquvçining faqat “nima deyayotganini” emas, balki “nima demoqçi ekanini” ham qalban tuşunadi.

  1. Raqamli savodxonlik va innovatsion tafakkur.

Davlatimiz rahbari taʼlim tizimini raqamlaştirişga va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etişga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Elektron darsliklar, onlayn taʼlim platformalari va sunʼiy intellekt vositalari öquv jarayonining ajralmas qismiga aylandi. Pedagog bu jarayondan çetda qolmasdan, aksinça, zamonaviy texnologiyalarni öz faoliyatining samarali vositasiga aylantirişi lozim.

Biroq bir muhim haqiqatni yodda tutmoq kerak: texnologiya — maqsad emas, balki vositadir. Agar muallimning qalbida öquvçiga nisbatan çeksiz mehr va kasbiga masʼuliyat bölmasa, eng zamonaviy interaktiv doska ham oddiy bir jihoz bölib qolaveradi. Sunʼiy intellekt ulkan maʼlumot bera oladi, ammo u şaxsiy ibrat körsata olmaydi, qalbda işonç uyğota olmaydi, insoniy mehr-muhabbat bağişlay olmaydi. Şu bois çinakam ustozning örnini heç bir algoritm egallay olmaydi.

Şu bilan birga, muallim yangi texnologiyalardan foydalaniş barobarida öquvçilarda axborotni tanqidiy baholaş könikmasini, akademik halollik madaniyatini va mustaqil fikrlaşni şakllantirişi şart. Bu davrimizning eng muhim pedagogik vazifalaridan biridir.

  1. Şaxsiy ibrat va maʼnaviy yetuklik.

Milliy pedagogikamizning oltin qoidasi şunday: muallim faqat sözi bilan emas, avvalo, öz hayoti va şaxsiy namunasi bilan taʼlim beradi. Öquvçi ustozidan şunçaki “rostgöy böl” degan pand-nasihatni emas, balki uning hayotiy töğrisözligini köradi; “mehnatsevar böl” degan daʼvatni emas, uning tinimsiz zahmatini kuzatadi.

Şu maʼnoda professor-öqituvçi, olim va murabbiy — bu jamiyatning maʼnaviy közgusidir. Uning kasbiy odobi, halolligi, muomala madaniyati, hatto kiyiniş va yuriş-turişi ham ulkan tarbiyaviy kuçga ega. Talaba oliy dargohda nafaqat fan asoslarini, balki komil inson böliş sirlarini ham örganadi.

  1. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyğunligi.

Globallaşuv davrida yoşlarimiz jahon madaniyatiga oçiq bölişi, xorijiy tillarni mukammal egallaşi va zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot bilan hamnafas yaşaşi zarur. Ammo ildizidan uzilgan daraxt uzoq yaşamaydi. Şu bois muallim yoş avlodda milliy özlikni anglaş, tarixiy xotiraga sadoqat va ajdodlar merosiga ehtirom tuyğusini tarbiyalaşi lozim.

Bu örinda xalq oğzaki ijodi, mumtoz adabiyotimiz, qadimiy yozma yodgorliklar, şu jumladan, arab yozuviga asoslangan eski özbek tilidagi noyob qölyozmalar va toşbosma manbalar bebaho maʼnaviy boylikdir. Afsuski, bugungi yoş avlod öz ajdodlari qoldirgan uşbu boy merosdan bevosita bahramand böliş imkoniyatidan hamon yetarliça foydalana olmayapti. Muallimning muhim vazifalaridan biri — yoşlarni mana şu boy xazinaga oşno etiş, ularda tarixiy manbalarni örganişga kuçli qiziqiş uyğotişdir. Öz ötmişini teran bilgan avlod kelajak sari dadil va işonçli qadam taşlaydi.

Muallim — ijodkor va tarbiyaçi

“Murabbiy” tuşunçasi tilimizda teran maʼnoga ega. Uning negizida turgan söz tarbiya qiliş, parvarişlaş va kamolotga yetkaziş maʼnolarini anglatadi. Demak, murabbiy faqat bilim beriş bilan çeklanmay, şaxs ongi va tafakkurini şakllantiradi. Ayniqsa, bugungi global axborot muhitida turli salbiy taʼsirlar köpaygan bir paytda maktab va oliy taʼlim muassasalaridagi murabbiyning masʼuliyati karra-karra oşdi.

Haqiqiy murabbiy quyidagi muhim könikmalarga ega bölişi şart:

öquvçi va talabalarning individual qobiliyatini öz vaqtida payqaş hamda rivojlantiriş;

soğlom maʼnaviy-ruhiy muhit yaratib, har bir taʼlim oluvçiga “sen qadrlisan” degan yuksak tuyğuni bağişlay oliş;

yoşlarni turli yot va buzğunçi taʼsirlardan himoya qilib, mustahkam axloqiy çegaralarni anglatiş;

ota-onalar bilan samarali hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş.

Bu jarayonda pedagogik takt va sabr-toqat hal qiluvçi ahamiyatga ega. Bolaga baqiriş emas, balki unga işoniş; jazolaş emas, balki tuşuntiriş; kamsitiş emas, balki rağbatlantiriş — mana şu çinakam milliy tarbiyaning asosidir.

Muallim va jamiyat: özaro masʼuliyat

Biz köpinça muallimdan köp narsa talab qilamiz. Biroq jamiyat ham öz navbatida ustoz oldidagi qarz va majburiyatlarini munosib bajarmoği lozim.

Davlatimiz tomonidan pedagoglarga yaratilayotgan ijtimoiy kafolatlar, oylik maoşlarning bosqiçma-bosqiç oşirilişi, zamonaviy öquv şaroitlarining barpo etilişi va muallim şaʼnini qonun yöli bilan himoya qiliş çoralari ana şunday yuksak eʼtibor va masʼuliyat ifodasidir. Lekin bu eʼtibor faqat huquqiy meʼyorlar doirasida çeklanib qolmasligi kerak. Oila, ota-ona va butun jamoatçilik ustozlarni eʼzozlaşi şart. Farzandi huzurida muallimni kamsitgan yoki uni obrösizlantirgan ota-ona aslida öz bolasining kelajagiga bolta urgan böladi. Zero, muallimni hurmat qilmagan bola heç qaçon ilm va maʼrifatni ham qadrlamaydi.

Şu bilan birga, ustozlarning özlari ham muallimlik şaʼni va nufuzini hamişa yuksak saqlamoği lozim. Obrö-eʼtibor buyruq bilan berilmaydi; u halol mehnat, teran bilim, yuksak odob va şaxsiy namuna bilan qölga kiritiladi.

Professor-öqituvçi: bilim va tafakkur yetakçisi

Oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan hamkasblarim xususida alohida töxtalmoqçiman. Bugungi kunda oliy öquv yurti professori yoki dotsenti bir vaqtning özida uçta ulkan vazifani bajarmoqda: u mohir öqituvçi, izlanuvçan tadqiqotçi va maʼnaviy yölboşçidir.

Oliy taʼlim tizimida yangi standartlar, kredit-modul tizimi, xalqaro hamkorlik va xorijiy universitetlar bilan qöşma taʼlim dasturlari keng yölga qöyilmoqda. Bu holat har bir professor-öqituvçidan yuqori darajadagi kasbiy mahoratni, çet tillarni mukammal bilişni hamda global ilmiy hamjamiyat bilan faol aloqada bölişni taqozo etmoqda. Ammo bu jarayonda eng asosiy mezon taʼlim sifatidir. Şunçaki hisobot uçun yozilgan maqolalar emas, balki soha rivojiga hissa qöşadigan haqiqiy ilmiy yangiliklar; quruq maʼruza emas, balki talabaning tafakkurini çarxlaydigan erkin munozaralar; reyting ketidan quviş emas, balki ilm oldidagi yuksak halollik eng ustuvor vazifa bölmoği lozim.

Yana bir muhim yönaliş — bu ilmiy rahbarlikdir. Yoş tadqiqotçini ilm yöliga boşlaş, unga çin maʼnoda yölçi yulduz böliş, halol va qatʼiyatli bölişni örgatiş katta maʼnaviy masʼuliyatdir. Mahoratli ustoz qölida kamol topgan şogird ertaga yangi ilmiy avlodni tarbiyalaydi. Çunki ilm maktablari aynan mana şunday vorisiylik anʼanalari asosida bardavom yaşaydi.

Muxtasar aytganda, bugungi muallim çuqur bilimli, keng fikrlovçi, notiqlik sanʼatini egallagan, tuşuniş va tuşuntira oliş mahoratiga ega, ilğor texnologiyalarni özlaştirgan, şu bilan birga milliy qadriyatlarga sodiq va şaxsiy ibrati bilan atrofdagilarga yöl körsata oladigan komil insondir. Bu — katta talab. Biroq muallimlik kasbi azaldan ana şunday yuksak şarafli yöl bölib kelgan: u oddiy vazifa emas, balki muqaddas burç va şarafli missiyadir.

Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, taʼlimga va muallimga qaratilayotgan eʼtibor — bu ertangi kelajakka qöyilgan eng işonçli sarmoyadir. Uşbu sarmoya öz mevasini berişi uçun har birimiz — ustoz ham, olim ham, ota-ona va butun jamiyat ham öz örnida yuksak masʼuliyatni çuqur his etmoğimiz lozim.

1 oktyabr bayrami munosabati bilan barça aziz ustoz va murabbiylarga mustahkam soğliq, oilaviy xotirjamlik va şarafli faoliyatlarida ulkan zafarlar tilayman. Sizning maşaqqatli mehnatingiz Vatan kelajagining poydevoridir. Siz kamolga yetkazgan har bir şogird Yangi Özbekiston qasrining mustahkam ğiştidir.

Ustoz millatning vijdoni, maʼrifat maşʼalidir. Uşbu maşʼal heç qaçon sönmasin!

Rahimboy JUMANIYOZOV,

pedagogika fanlari doktori, professor,

Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti rektorining axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi, matbuot kotibi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan