“Temirçi”ning yağmosi
(Birinçi maqola)
Insoniyat taraqqiyotida ğildirakning ixtiro qilinişi qanday muhim vazifani bajargan bölsa, temirning topilişi ham şunday ahamiyat kasb etdi. Boyköl atrofida kun köruvçi turkiy qavmlardan biri örmon yonğinidan keyin hosil bölgan toşning erigan qoldiqlariga eʼtibor qaratdi. Töğrisi, bu massa dastlab Osmon va Yerning tutaşişidan hosil bölgan ilohiy neʼmat deb qaralgan, unga siğinişgan, qurbonliklar qilişgan bölişlari mumkin, keyin esa uni egiş, çöziş, bir-biriga ulaş mumkinligini kaşf qilib, ehtiyoj uçun foydalanişga ötişgandir. Axir u hozirgaça kulbalar tiklaşda asosiy quriliş aşyosi hisoblangan tuproq va yoğoçdan ança afzal edi-da.
Şunday qilib, temir istifodaga kirib keldi, u xitoy manbalarida alifboda “r” harfi bölmaganidan “temuje, temuçi” tarzida qayd qilindi. Azbaroyi tabiat hodisalarini farzandlariga ism qilib qöyişga odatlangan xalq bu sözni naslining davomçilariga ham taqay boşladi. Ammo keyinçalik “Çingizxon” rutbasi bilan dunyoga maşhur bölgan bolakayga “Temuçin” ismining qöyilişi töğridan-töğri bu sözga boğliq emas. U tuğilgan kun otasi Yesugey boşqa qabilani yenggan va uning yölboşçisi Temuçin-Ugeni asir qilib olib kelgan edi…
Xullas, tuğilişidan şov-şuvli voqealar içida bölgan Temuçin — Çingizxon jahon tarixida eng köp eʼtiborni tortgan şaxslardan hisoblanadi. Yigirma bir yil hukmronlik qilgan jahongirning hayot yöli şunçalik ziddiyatlarga töla bölganidan baʼzan bir kişining bunçalik qarama-qarşi dunyoda yaşaganiga işonging kelmaydi. U haqdagi solnomalar, tarixlar, keyinroq yaratilgan turli janrdagi asarlarda ham ana şu ziddiyatli ruh saqlanib qolgan. Qisqasi, uning hayot yöli şunçalik rang-barang va möʼjizalarga boyki, uni bir xazina bilib, ulkan saboq-darsxona sifatida örganişadi; unga taqlid qiliş, uningdek böliş esa mumkin emas, Çingizxon butun borliği bilan takrorlanmas siymo.
Ana şunday mavhum tasavvurlarni oydinlaştirişda Vladimir Petroviç Çerevanskiy (1836-1914 yillar)ning “Ikki tölqin” asari ança asqatişi mumkin. 1898 yilda ilmiy maqsadlarda kam nusxada çop etilgan 2 qismli asarni taniqli ijodkor Amirqul Karim tarjima qilib, naşr etdi. Amirqul Karim jurnalistikada katta maktabni ötagan, “ÖzA”da ijodiy guruh rahbari, “Hurriyat” mustaqil gazetasida boş muharrir bölib işlagan. Ötgan asrning 90-yillarida dolzarb mavzudagi reportajlari, maqolalari bilan tilga tuşgan edi. Şuningdek, u tarjimada ham özini körsata olgan, ayniqsa, V.Visotskiy şeʼrlarini mahorat bilan özbekçalaştirib, muxlislar mehrini qozongan edi… “Yoş kuç” jurnalida işlab yurgan yillari dastlabki ijodkorlardan bölib, şonli tariximiz yuzasidan qalam tebratdi, ayniqsa, Temuriylar şarafiga doir köplab bitiklar yaratdi, tarjimalar qildi. Ana şunday yetarli tayyorgarlik bilan V.Çerevanskiy asarlari tarjimasiga kirişdi. Bu xizmati bilan maʼnaviyatimizdagi katta böşliqni töldirişga munosib hissasini qöşdi. Ikki jildlik asarlar bilan tanişişni boşlagan kişi ilk daqiqalardanoq bu yumuşni ança keçikib bajarayotganidan, yaʼni kitob oldinroq qöliga tuşmaganidan afsuslanişi turgan gap, çunki unda tarix yuzasidan mavjud bölgan bilimlarni boyitadigan, şakllanayotgan tasavvurlarga esa asos böladigan töq mağiz mavjud.
Muhim davlat xizmatida bölgan, Turkistonga taşrif buyurgan çor amaldori öşa yillarda urf bölgan yuksak masʼuliyat va madaniyat bilan mavzuga murojaat etadi, vazifasiga jiddiy kirişib, köplab adabiyotlar bilan tanişadi va boşqa manbalarda uçramaydigan nodir maʼlumotlar bilan kitobini boyitadi. Şuningdek, uning öşa voqelikka şaxsiy munosabati, tarixiy dalillarni öziga xos şarhlaşi ham eʼtiborga molik. Muallif asarini şunçaki “tarixiy yilnoma” deb ataydi, lekin unda rus adabiyoti oltin asrining nafasini seziş mumkin.
“Ikki tölqin”ning 1-qismi “Çingizxon” deb ataladi va unda 1147 yildan — Temuçin (Çingizxon)ning dunyoga kelişidan şavkatli avlodlarining Ğarbni böysundirib, ulkan imperiya tuzişdagi “yağmo”lari — böysundiruvçi harakatlari qalamga olinadi. Töğri, bunça ulkan davrni aks ettiriş oson emas, buni sezgan muallif voqealarni qatʼiy izçillikda bayon etmaydi, balki yorqin lavhalarda tarix suronlari bilan şaxsiy qaraşlarini omuxta qilib, badiiy manzara yaratadi va öqirmanda aniq tasavvur hosil qilişga erişadi. Töğrisi, kitob davr yuzasidan maʼlum bilimga ega öquvçi uçun köproq foydali böladi, yaʼni boşlanğiç maʼlumotga ega öquvçi uçun bundan öqiganlari oldingi taassurotlarini töldiradi va boyitadi.
Muallif öz sözboşisidan keyin Temuçin dunyoga kelgan muhit, uning öziga xosliklari taʼrifi va tasviriga ötadi. Öşa paytda Rossiya hududiga kiruvçi Nerçinsk qişloğidan 230 çaqirim janubi-ğarbda, Onon daryosining öng sohilida, xitoy Möğulistonidan 8 çaqirim narida joylaşgan Blyum-yulduz yoki Dalyun-boldoq (Taloq tepa) deb ataluvçi maskan maşhur Çingizxon dunyoga kelgan joy ekanini taʼriflaş bilan hikoyasini davom ettiradi. Uzoqdan Oltoy tizmalari körinib turgan, köz ilğagan joylarda, onda-sonda ötovlar uçraydigan bepoyon kengliklarda öziga xos turmuş tarzi hukmron. Bu joylarda girdiğum, quloqlari osilgan, qiyşiq kalta oyoqli, burni yassi va puçuq, kipriksiz qiyiq közli odamlar çiyillagan ovoz bilan şovqin solib, öziga xos tirikçilik bilan ovora.
Uçi-qiri yöq yaylovlarda çorva mollari yayrab yuribdi, asosiy taşviş ularni közdan qoçirmaslik va raqiblar hujumidan saqlaş. Bu unça oğir yumuş emas, şu tufayli odamlar ança yalqov va uyquçi. Erkaklar meçkaylik dardiga yöliqqan, vaqtini qöy va ot etidan sahroning xuşböy kökatlari qöşib qaynatib pişirilgan mazali taomlarni bökib isteʼmol qiliş, biya sutidan tayyorlangan ötkir qimizdan sarxuş bölib, böş qoldi degunça töşak maşğulotiga zör beriş bilan band. Köçmançi möğullarda rözğorning asosiy taşvişi ayollar zimmasida bölardi.
Ana şunday dorilomon kunlarning birida ota — tadjut qabilasining sardori va kelin — qönğirot uruğidan bölgan oilada farzand dunyoga keldi. Onaning köz yorişi qiyin keçdi, hatto uni ajal narigi dunyoga olib ketişiga ham oz qoldi. Ehtimol, mahalliy şamanlar va Tibetdan kelgan lamalarning ilohiy ruhlarga astoydil iltijolari ona-bolani qaytarib bergandir. Öziyam ança qurbonliklar qilindi. Bola esa qölida laxta qon bilan tuğilgan edi.
Ota Yesugey mavqeidan foydalanib, öğlining sahro muhitida şakllangan tarbiya yöriğida barkamol bölib voyaga yetişini taʼminladi. Uning ilk bolalik yillari Tibetdan ölja qilib keltirilgan çöri qiz nazoratida ötdi. Buddaga siğingan tarbiyaçi vujudda ruhning birlamçiligini, atrofdan najot kutmay, hammasini özi eplaşi kerakligini boşidanoq gödak zehniga singdirib bordi. Lekin bunday yondaşuv oila vakillarini qoniqtirmadi. Zurriyotining çöl qaşqiridek olğir bölib ulğayişini istagan, rahm-şafqat, ezgulikka çorlovçi hikoyalarning taʼsirida zaif va yumşoq tabiat bölib qolişidan çöçigan ota-ona köçmançilarning azaliy qadriyatlariga murojaat qildi — tarbiya yösini özgartirildi.
Qattiqqölligi bilan tanilgan şaman endi unga borini berişga kirişdi. U öz tanasini yölbarsga yedirgan şahzoda, qattol va şafqatsiz ins va jinlar haqidagi hikoyatlarga zör berib, bu bilan uning mehribonlikdan yaxşi işlov berilgan dalasiga yovuzlik daraxtini qadadiki, Temuçin enaganing mehrga yöğrilgan rivoyatlarini butunlay unutib, “umr böyi qora kuçlar vakili sifatida kun keçirdi”, deb yozadi V. Çerevanskiy. Uning şafqatsiz qiliqlarini körgan onasi Olon Exe (Ouelen) ham baʼzan hayron qolib, “Sening kaftingda qon bilan tuğilganing bejiz emas ekan”, deb qöyardi. Yaxşi boqilgan, soğlom Temuçin esini taniboq tulumni kamon bilan nişonga olişda, börini quvib yetişda, sirtmoq taşlab otni jilovlaşda tengdoşlaridan ustun edi. Örtoqlari unga böysunar, uning jismida yetakçilik qobiliyati yaşiringanini allaqaçon hamma sezgan edi.
Endi bobolar udumiga havas bilan qarab, ajdodlari yöliga amal qilib, qöşni qabilalarga hujumlarda ham iştirok eta boşladi. Unga tengdoşlari Subutoy va Jamuxa ham hamroh edi. Bir safar köçmançilar ustiga bosqinda qölga tuşib qoldi, yaralandi, ilk marta xiyonatga guvoh böldi. Bular hali holva ekan, uni oldinda dahşatli voqeliklar kutayotgan edi. Yurişlarning birida otasini zaharlab öldirişdi. Şundan keyin qabilada parokandalik boşlandi, içki nizolar tufayli ular bölinib, özaro duşman bölib qoldilar. Devor ortidagi (bu örinda Buyuk Xitoy devori nazarda tutilyapti, çamasi) raqiblarning tahdidi ham kuçli edi. Keyinroq raqibga aylangan tadjutlarning boşqa guruhiga asir tuşdi, uni ösmirligida otgan nayzasi köziga tegib kör qilgani alamiga öz toğasi sotgan edi. Asirni Bejin (Pekin)ga olib ketişdi.
Qölimizdagi kitob tafsilotlari tarixiy haqiqatga qançalik mos yoki muallifning xayoloti mahsulimi (u xunlarni tilga oladi va ularni Xitoy devori içidagi qabilalardan biri sifatida aks ettiradi), nima bölganda ham manzaralar yarim yovvoyi köçmançi hayotni aniq gavdalantirişga intiladi. Temuçin ölimga mahkum etiladi, faqat oliy hukmdorning farmoni kelgunça esa ijroni kutiş kerak böladi. Farmon esa… kelavermasdi. Tutqunlik çözilgandan-çözildi. Asirlikda it azobini kördi, oçlikdan odam göştini yeyişga majbur böldi. Dastlab işi boşidan oşib-toşib yotadigan jallodga yordamçilikka tayinlaşdi, keyin şahar köçalarini oçlikdan ölganlar gavdasidan tozalaşga safarbar qilişdi…
Ikki yillik hayot uni dözax xizmatkoriga aylantirdi. Ayniqsa, odam etiga örgangan itlardan murdalarni tortib oliş va yoqiş öta azob edi. Bolalikdagi zehniga singgan yovuzlik unsuri butunlay tomir otib, vujudini qamrab oldi, u çinakam vahşiyga aylandi… U şu azobda ölib ketişi mumkin edi, ammo Osmon egasining hukmi Yerda şunday zotga ehtiyoj borligini tasdiqladimi, ayni şu pallada taqdir uni yarlaqadi: “tatarlar hujum qilib qoldi” (V.Çerevanskiy). Talatöpdan foydalangan Temuçin vaqtni boy bermay qoçib qoldi, lekin qayerga borişni, uni nima kutayotganini bilmasdi. Orqa-oldiga qaramay yelib ketdi, tovonlari yorildi, sillasi quridi. U içki sezgisi bilan bolalikdagi qadrdoni Subutoy uni unutmaganini, izlab yurganini va qayerdadir uni uçratişini bilardi. Şunday ham bölib çiqdi, balki yuzinçi bor quloğini yerga qöyganida otlar dupurini eşitdi, tole unga kulib boqdi…
Şu bilan uning şarafli kunlari boşlandi. Muallif V.Çerevanskiy bu voqealar şarhiga batafsil töxtalmaydi. Temuçin şaxsiyatining şakllanişi bilan boğliq tafsilotlar uning keyingi faoliyatini tuşunişda juda asqatadi. Asta-sekin kuçga tölib borayotgan Temuçin yaxşini ham, yomonni ham unutmaydi. Ozgina öziga kelib olgaç, Pekinga ğorat uyuştiradi. Alamzada zehnida örnaşib qolgan izlar böylab şunday harakat qiladiki, kutilmagan bu hujumdan duşman özini butunlay yöqotdi va tiz çökdi. Uning qiynoqlardan çarxlangan zehni adaşmay odam tanlaşga örgatgan edi. Mağlublar safidan bir amaldorni topdiki, u umrining oxirigaça xojasiga sadoqat bilan xizmat qildi. Bu jabha — ğorat qiliş qölga ötgan edi.
Endi içki ahvolni surobga keltiriş navbati edi. Tarafdorlari bilan kelişib, qurultoy çaqirişdi. Özlarini Attila avlodlari deb bilgan va şarafli möğul tuği baland hilpiraşini istagan qavm Temuçinni yölboşçi deb eʼlon qildi. Bu tanlov köplab qabiladoşlariga yoqmadi, oqibatda uzoq vaqt içki nizolarni bostirişga töğri keldi va bu yumuş ham zafar bilan tugadi. Ğalaba alomatlaridan biri sifatida özini yovga sotgan toğasining boş çanoğidan qadah yasaşni buyurdi. U eng qimmatbaho öljalar zaxirasida saqlanadigan böldi.
Hali ulus tarqoq, uni bir qölda tutib turadigan dastak lozim edi. Eʼtiqodda ham parokandalik bölib, bir qavm hatto tuqqan onasiga uylanişi mumkin bölsa, boşqasida bu hol qatʼiy taqiqlangan; biri suvga tuflaşi yoki oy aksini oyoqosti qiladi, boşqasida bular uçun ölim jazosi joriy etilgan… 1205 yil çaqirilgan qurultoyda yagona qoidalar, yaʼni “Taqiqlar kitobi” (“Yasoqnoma”) qabul qilindi, şu maşvaratda Temuçinga “Çingizxon” (tengsiz xon, sahroyilar tasavvuridagi buyuk qudrat sohibi — dengiz xon, çin — puxta xon va boşqa maʼnolarda) unvoni nisor etildi. Bu sözni uyğur olimlari eski qölyozmalardan topdilar.
“Çingizxon” bölib qolgan Temuçin odamlarga qanday muomala qilişni yaxşi bilardi. Bir jangda Jebe asir tuşdi. Uni otning dumiga boğlab, öldirib yuboriş mumkin edi, ammo Temuçin undagi jasorat va oqibat unsurlarini adaşmay ilğadi va tirik olib qoldi. Jebe unga umrining oxirigaça sadoqat bilan xizmat qildi. Pekinni egallaganda jami boşliqlarni qiliçdan ötkazdi, ammo Udzi Çanni asrab qoldi va özining vakili qilib tayinladi. U ham işonçni butunlay oqladi. Çingizxon har qanday odamni sotib oliş mumkin deb öylardi va atrofida qonun daxl qilmaydigan qatlamni vujudga keltiriş lozimligini yaxşi tuşunar, özi yoqtirgan odamlarga yetarliça himmat körsatardi. Şu qurultoydan keyin ulus rahnamosi bölib saylangani şarafiga sovğayu inʼomlarni tökib taşladi. Hatto otasi vafotidan keyin qari şamanga tegib olgan onasini ham keçirib, ön ming ötov noibligini berdi. Töqson beş bahodir mingboşi etib tayinlandi. Safdoşlaridan biriga hatto öz xotinlaridan birini berib yubordi. Kelajagini başorat qilgan allaqanday Xorçi degan kimsaga asirlar tödasidan öttiz nafar xotin-qizni tanlab oliş huquqini berdi.
Ana şunday osmondagi bulutday erkin harakat qiluvçi va istaklari çeksiz inson jahon sahniga çiqqaç, mislsiz zafarlarni qölga kiritganini dunyo ahli yaxşi biladi. “U taxtda ötirguniga qadar egnida kiyadigan kiyimi ham yöq edi. Ammo uning qahramonliklari tufayli möğullar boy böldi, soni adadsiz köpaydi” (316-bet). Çingizxon juda ulkan imperiyaga asos solgani tarixdan maʼlum. Uning şavkatli nabiralari Botu, Haloku, Hubilayning jiddi-jahdi bilan qölga kiritilgan tekislik şunçalik bepoyon hudud ediki, uning çegaralarini aylanib çiqişga ikki yil vaqt ketar edi. Jahongirning yurişlari davomida 4-6 milliondan 60 milliongaça odam muhorabalarga tortilgani, ularning aksariyati qirilib ketgani bugungi maʼlumotlarda qayd etiladi. U odamzod ustiga balo-ofat sifatida yuborilgan edimi yoki razolatdan poklovçi vazifasidami, çunki içki tartiblari idrab yotgan, birlaşa olmagan, oddiy xalq adolatsizlik, bedodlikdan yetarliça töygan şaharlar, mamlakatlar uning oyoqlari ostiga juda oson tiz çökdi.
U Şarqning gullab turgan şaharlari Nişopur, Marv, Urganç, Ötror, Hirot, Balx, Bomiyon, Lohur, Sind, Tabrizni misli körilmagan jahd bilan böysundirdi, har birining boşiga bir-biriga öxşamagan ofatlarni yoğdirdi. Samarqand, Buxoro, Xivaning taqdiri bizga yaxşi maʼlum. Xorazmşohlar davrida yaxşigina tölişgan, yuqori salohiyat kaşf etgan bu yirik şaharlar qarşisida Çingizxonning ularning qudratidan hadigi bor edi va bu masalaga öta ehtiyotkorlik bilan yondaşganini V.Çerevanskiy ham taʼkidlaydi. Avvalo, öz uslubida turli yöllar — ayğoqçilar, tarix kitoblaridagi dalillar, asirlarning körgazmalari… vositasida yaxşigina maʼlumotga ega bölgaç, zaif nuqtaga urğu berardi. Samarqandda aholini katta maydonga töpladi va şayxulislom bilan hammaning köz öngida ularning eʼtiqodi asoslari yuzasidan savol-javob qilişga kirişdi. Unga islom dinining baʼzi qoidalari maʼqul kela boşladi (“Sening dining menga yoqyapti”, 225-bet), ammo töda içidan şia mazhabiga xos mulla sunniy yöldagi şayxning fikrlarini rad etib çiqqaç, masala hal böldi. Çingizxondagi xavotir butunlay yöqoldi va bu qavmni qanday yengiş masalasini zumda hal qildi (223-232-betlar). Qolaversa, ötgan tunda dindorlar uning qarorgohiga kelib, darvozalarni oçib berişga vaʼda berişgan edi…
Mana, oddiy bir manzara!.. Nahot dunyo öşanda şunçalar çiqindiga tölib ketgan bölsa? Bu mavzuda savollar ham, talqinlar ham köp, asrlar oşa yeçilmaydigan boş oğriq. Davr manzaralari şunçalik ziddiyatliki, baʼzi manbalarda “Bir bola oltin tovoq töla tillani mamlakatning u çetidan-bu çetiga olib yursa, birov tegişga haddi siğmasdi” degan gap öşa kunlar uçun ham işlatilgan. Lekin tarixning şunday kunlarni ham keçirgani bor gap va taraqqiyot mislsiz voqeliklar silsilasidan ulkan saboqqa ega bölgan. Saboqki, u kunlarning dahşatli manzaralarini tez-tez eslaşga töğri keladi.
Taassuf qiladigan tomoni — keyinçalik roviylar baʼzi jangu jadallarni şarhlaşda çalkaşliklarga yöl qöyişdi, jumladan, iştirokçilarning nasl-nasabinigina emas, hatto qiynoqlarning ayrim turlarini keyingi voqeliklarga aralaştirib yuborişdi ham. Bular haqida muallif V.Çerevanskiy mavridi bilan hikoya qiladi. Eslab köraylik, aynan Çingizxon faoliyatida röy bergan mana bunday holatlar yana qaysi örinlarda, kimlarga nisbatan qayd etilgan: qölga tuşganlarni taxta yaşik içiga solib, ustiga çiqib ovqatlaniş möğullarning elçilarini qatl etgani uçun Kalka daryosi sohilida asir tuşgan knyazlarga nisbatan qöllanilgan. Nişopurda şaharni oliş uçun jangda halok bölgan Çingizxonning kuyovi qasosi uçun boşlardan minora tiklangan. Urgançda har bir möğulga yigirma asirni öldiriş buyurilgan. Balxda taslim bölgan aholi yaylovga haydab çiqilib, qirib taşlangan. Hirotda bir million aholidan 40 nafari tirik qoldirilgan…
Gap tarixiy dalillarni çalkaştirmaslik va xatoga yöl qöymaslik yuzasidan ketmoqda. “Ikki tölqin” kitobining maʼrifiy qimmatidan biri ham şu — har bir davr öz qahramonlariga va öz fojialariga ega. Ularni çalkaştirmaslik, töğri anglamaslik maʼrifatsizlik hisoblanadi. Şu maʼnoda ana şunday kitoblarning maʼnaviy olamimizda paydo bölişi tarix haqiqatini, demak, hayot haqiqatini töğri anglaşimizga katta yordam beradi. Bu örinda tarjimon va noşirning benazir xizmatini eʼtirof etmaslikning iloji yöq. Negaki, Amirqul Karimov ikki jildlik asarni naşrga tayyorlaş borasida qariyb çorak asr vaqt sarflaganini qayd etadi. Heç qanday buyurtmasiz, qöllab-quvvatlovlarsiz bunday yumuşni bajariş çinakam fidoyilik.
Buning ustiga tarjima jarayoni oson keçmagani körinib turibdi. Asarning uslubi ança oğir, muallif asl yozuvçi emas, balki davlat xizmatçisi, xolos. Masʼul lavozimda işlagan, senator bölgan, harbiy yurişda intendant xizmati taftişçisi sifatida qatnaşgan. Şundanmi, bayon qiliş tartibi ham özgaça, deylik, bir fikrni: “Ovqatlanib oliş kerak” emas, “Qorinni mixlab olsak yomon bölmasdi” tarzida ifoda etadi. Bunday “tardi-aks” uslub tarjimada maʼlum qiyinçilik tuğdirişi tabiiy. Şundanmi, bu hol mutolaa jarayonida ham seziladi, baʼzi örinlarda, oçiği, “tarjimani tarjima qiliş”ga töğri kelib qoladi.
Albatta, jiddiy qimmatga ega asarni jamoatçilik eʼtiboriga havola etiş koni savob, ammo yumuş tajribali tarjimonlar nigohidan ötkazilib naşr etilganda ikki karra mukofot bölarmidi? Şunda xarakter, strategiya, partizan, diplomat singari köplab sözlarning muqobilini topiş ham mumkin bölardi. Asarda tarixiy atamalar, arxaizmlar, şu bilan birga neologizmlar tölib ketgan, ularning özbekçadagi ifodasini topişdagi tarjimonning zahmatini öta qadrlaş kerak, ammo baʼzan uçraydigan musahhihlik xatolari bu xizmatga biroz soya taşlagandek böladi. Xullas, noşirlarning öziga-özi taskin beradigan ibora bilan aytsak, “Xotin jafosiz, kitob xatosiz bölmaydi” deganlaridek, masalaning bu tomonini istisno etib, kitob javonlarimiz bir nodir asar bilan boyiganidan mamnunligimizni bildiramiz.
Aytmoqçi, Vladimir Çerevanskiy asari ikki qismdan iborat, keyingi qism “Amir Temur” deb ataladi…
Bu haqda keyingi maqolamizda söz yuritamiz.
Hakim SATTORIY.
