ADIRMA ŞAHAR AFSONASI

Yaqinda Qamaşi tumani hududida joylaşgan va xalq tilida “Adirma şahar” deb nom olgan afsonaviy yodgorlikdan qadimşunoslar qadimgi ibodatxona mehrobi (altar) va öziga xos ossuariy (suyaklar saqlanadigan idiş) topişdi.

Balandligi 70 sm, kengligi 90 sm. Uni örab turgan joy 18×28×2,5 sm ölçamdagi pişiq ğiştlar bilan qoplangan. Atrofidagi hududga esa 2,5-3 sm qalinlikdagi loysuvoq suvalgan. Suvoq qatlamlarining bir neça bor yangilangani bu mehrobdan uzoq vaqt davomida foydalanilgani va u muntazam taʼmirlab turilganini körsatadi.

Suyak idişining taşqi yuzasida kiyik va arça daraxtiga öxşaş naqşlar tasvirlangan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, uşbu yodgorlik miloddan avvalgi III asr — milodiy III asrlarga tegişli. Bu topilmalar hududning qadimgi aholisi eʼtiqodi, yaşaş tarzi, urf-odatlari va marosimlarini çuqurroq örganişga yordam beradi.

Bir neça yil avval qöşni Boşjonböz qişloğidan bölgan Ernazar degan tanişim Adirma şahar deb nomlangan qadimiy makondan topilgan mittigina ayol haykalçasini qölimga tutqazib, şunday dedi:

— Domla, mana bu haykalni bolalar Adirmada qöy boqib yurib, topib olibdi. Bizda tursa, yöqolib qolişi mumkin, özingiz bir tekşirib körarsiz…

Men sopoldan yasalgan haykalni qölga olib, tanişimga minnatdorçilik bildirdim.

Adirma şahar…

Bir tomoni Çiyal daştlari, ikkinçi tomoni Qaşqadaryo tarafga olib boruvçi qadimgi yölda joylaşgan köhna va sirli xaroba. Bir borganimda qadamlab ölçaganim yodimda. Bir tomoni yuz yigirma qadam, ikkinçi tomoni ham taxminan şunça bölgan haybatli tepalik. Şarq va janub tomonga qurilgan darvozalar örni körinib turibdi. Qalʼa mustahkam devor bilan öralgan, örtada yana tepalik: bu saroy yoki qasr örni bölsa kerak. Balki unda podşoh yoki malika yaşagandir. Xaroba atrofida turli hajmdagi sopol parçalari soçilib yotibdi. Qörğonga kiruvçi eski ariq özani saqlanib qolgan. El-ulus orasida esa bu sirli makon haqida turli rivoyat va afsonalar yuradi. Ayniqsa, bu joylarda köp bora qöy boqqan çöponlar bu rivoyatlarni gurunglarda bot-bot sözlab berişadi. Şunday afsonalarning birini men ham eşitgandim. Keling, uni sizga ham aytib beray.

Emişki, bir zamonlar Adirma şahar qudratli davlatning poytaxti bölgan ekan. Mamlakatni odil podşoh boşqarar, uning aholisi töq va farovon yaşardi. Lekin podşohni neça yillardan buyon bir öy qiynab kelar, uning taxt vorisi böladigan farzandi yöq edi.

Kunlarning birida podşoh ğaroyib tuş köribdi. Tuşida xotini qiz tuğişi, ammo qiz ön sakkiz yoşga tölganda saltanati inqirozga yuz tutişi ayon bölibdi. Podşoh tuşining taʼbirini vazirlaridan sörabdi, biroq ular bu sirning mohiyatini yeça olişmabdi.

Nihoyat, podşohning sevikli rafiqasi homilador bölib, töqqiz oy ötib, qiz tuğibdi. Podşoh qizining şarafiga qirq keçayu qirq kunduz töy beribdi.

Oradan yillar ötib, podşoh qizining ön sakkiz yoşga tölişiga bir neça oy qolganda köçmançi yoğiylar bostirib kelib, Adirma şahar qamal içida qolibdi. Duşman qançalik hujum qilmasin, qörğonni zabt etolmabdi.

Yoğiy holdan toyib, qörğonni qölga kiritişga közi yetmay turgan bir mahalda yov laşkarboşisi qoşiga bir kal eçkiboqar kelib, qalʼani qanday işğol qiliş yölini bilişini aytibdi. Laşkarboşi unga bir hovuç tilla tanga beribdi. Eçkiboqar laşkarboşiga:

— Huv quyida daryodan ajragan bir ariq bor. Ariqning suvi yer osti quvuri orqali qörğonga boradi. Ariqni köminglar, şunda ğalaba qozonasizlar, — debdi.

Duşman askarlari ariqni kömibdi. Adirma şahardagilar suvsizlik tufayli taslim bölibdi. Yoğiy laşkarboşisi esa gözal malikani körib, oşiq bölib qolibdi. Malika unga şart qöyibdi:

— Şahrimga ziyon yetkazmay, yurtingga qaytasan. Agar şartimga rozi bölsang, senga turmuşga çiqaman.

Laşkarboşi şartga könibdi va malikani olib, öz mamlakatiga ketibdi. Malikaning tadbirkorligi va jasorati tufayli yurt omon qolibdi.

Odamlar yurtparvar malika haqida ğamgin qöşiqlar töqibdi, musavvirlar uning suratini toşlarga çizibdi, sopoldan uning siymosini yasabdi.

Möʼjazgina ayol haykalçasini qölimga olib tomoşa qilaman va sörayman:

— Kimsan, ey gözal ayol, ismingni ayt, qaysi zamonda va makonda yaşagansan? Yo öşa malika senmisan?

Haykal jim, sukut saqlaydi. Uning mendek noşud qalamkaş bilan gaplaşgisi kelmaydi.

Kunlarning birida tokçada turgan bu haykalçani nabira qizçam körib qolib, uning közi va qoşini qalam bilan böyabdi.

Uni koyidim. Keyin esa maʼbudani qölimga oldim. “Qurğur, yanayam oçilib ketibdi”, dedim özimga-özim.

Yana bisotimdagi kitoblarni titkilayman, unga öxşaydigan haykallar haqida maʼlumotlar yiğişga harakat qilaman. Ammo mening maʼbudam ularga öxşamaydi. Uning olis moziyga daxldor bölib qolişini, jonsiz tarixiy aşyoga aylanişini istamayman.

Esimda, bundan ança yillar avval qamaşilik şoir Ismat Rahmat xonadonida bölgan gurungda vohamiz tarixining bilimdoni, rahmatli Poyon Ravşanovdan Adirma şahri haqida söragandim. Domla biroz öylanib, şunday degandi:

— Ha, Adirma şaharni bilaman, bu harbiy istehkom Aleksandr Makedonskiy davridan qolgan bölişi mumkin.

— Xöş, nega odamlar bu joyni qalʼa yoki qörğon deb emas, şahar deyişgan?

Tarix kitoblarida öqiganim yodimga tuşadi.

Bir zamonlar Turonzaminni “ming şahar mamlakati” deb ham ataşgan. “Ayol haykalçasi Kuşon davridagi Budda rohibasi emasmikan?” degan öyga ham boraman.

Qurğur yaponlarga qoyil qoliş kerak: qadim ajdodlarining keçmişini axtarib, Surxondan Budda ibodatxonasini topişibdi. Biz esa yonimizdagi tarixiy aşyolarimizni bilmaymiz, eng açinarlisi, ularga beparvomiz.

Qayerdadir öqigandim: gurji xalqi, agar ötmişga daxldor bölsa, otning taqasini ham uyining töriga osib qöyar ekan.

Bundan bir neça yil oldin qişloqqa er-xotin savdogarlar kelib, köhna kiyim-boş böladimi, qadimgi munçoq yoki buyummi, neki bölsa arzon-garovga sotib olib ketişdi. Men ulardan: “Buni nima qilasizlar?” — deb söradim. Ayol indamadi. Eri esa ohista dedi: “Aka, bularning bari tarixiy osori-atiqalar. Urgutning bozorida xorijdan kelgan sayyohlarga dollarga sotamiz”.

Bugun Britaniya muzeyining gultoji bölgan, bahosi tengsiz deb baholangan “Amu xazinasi”ni ham yurtdoşlarimiz arzon-garovga sotib yuborişgan.

Bunga misollar bisyor.

Yaqinda qöşni fermer öğil-qizlarini maşinasida Şahrisabzga aylantirib keldi. Ertasiga qöşnimdan söradim:

— Bolalarni Oqsaroyga olib bordingizmi?

Qöşnim menga ajablanib qaradi:

— Ey, qiziqmisiz? Öşa eski binoni körib bolalarim nima topardi, biz bozordan qaytdik…

Vaqt — yugurik. Tinmay ötaveradi. Mening maʼbudam esa hamon özining keçmişini yaşirgança kitob javonida turibdi. Baʼzan taniş-bilişlarga körsatib maqtanib qöyaman. Keyin esa Adirma şahar va uning malikasi töğrisida heç narsa bilmasligimdan xafa bölaman.

Sabrim tugaydi. Poytaxtga — moziyşunos ukamiz Abdusattor Jumanazarga sim qoqdim. Telefon göşagidan ovoz eşitildi:

— Aka, maʼbudaning izini topdim, hademay uning qaysi davrda yaratilgani va yasalgani haqida aytib beraman. Yana Adirma şahar töğrisida ham yangi maʼlumotlar çiqyapti.

Xuşxabardan könglim toğdek kötarildi.

Xonamga kirgan nabiram haykalni qöliga olib, dedi:

— Bobo, bu momomning haykalimi?

— Ha, u bizning onamiz! — dedim.

Bolakay gapimga işonmadi. Mening esa bu gapga juda-juda işongim keladi.

Örolboy QOBIL,

Özbekiston Yozuvçilar

uyuşmasi aʼzosi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan