O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida»gi qaroriga asosan o'tkazilgan «Eng ulug', eng aziz» respublika ko'rik-tanlovi g'oliblari

Yozuvchi va shoirlarning

badiiy asarlari bo'yicha

1-o'rin

Shukurov Eshqobil,

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir

Xalqimiz ma'naviyati va ma'rifatining asosi bo'lgan boy o'tmishimiz, milliy qadriyatlarimiz, ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga e'tibor kuchaygan bugungi kunda so'zlarning tarixi, ma'no tovlanishlari va rivojlanishi bo'yicha chuqur kuzatishlar asosida yaratilgan “Bobo so'z izidanma'rifiy kitobi uchun.

2-o'rin

Alevov O'sarboy,

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir (Qoraqalpog'iston Respublikasi)

So'nggi yillarda qoraqalpoq diyorida yuz berayotgan ijobiy o'zgarishlar, qoraqalpoq xalqining o'y-kechinmalari va orzu-umidlari, shuningdek, vafo va sadoqat, mehr-oqibat, do'stlik va hamjihatlik singari mavzular tarannum etilgan “Sezimlarimkitobi uchun.

3-o'rin

Bahodir Qobul,

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi

Xalqimizning milliy turmush tarzi, o'ziga xos xarakteri qirralari badiiy ifodalangan “Enayo'lnas­riy asarlar to'plami uchun.

Bosma ommaviy axborot vositalari

xodimlarining jurnalistik ishlari bo'yicha

1-o'rin

“Jamiyat” gazetasi tahririyati

O'tgan bir yil mobaynida gazetada chop etilgan yurtimizdagi keng islohotlar, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, “Obod qishloq”, Obod mahalla” kabi davlat dasturlari ijrosi to'g'risidagi maqola va materiallari uchun.

2-o'rin

Shukurov Saidahmad,

“Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari bosh muharriri

Yosh avlod tarbiyasi va milliy qadriyatlarimiz rivojiga bag'ishlangan reportaj va materiallari uchun.

3-o'rin

Tulenov Rustam,

“Nurlы jol” gazetasi muxbiri

Mamlakatimizda xalqlar do'stligi, ma'naviy va madaniy yuksalish, xalqimiz ijtimoiy hayotini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlar yoritilgan maqolalari uchun.

Ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatga olingan veb-saytlardagi

internet-jurnalistika materiallari bo'yicha

1-o'rin

Meliqulova Barno,

O'zbekiston Milliy axborot agentligi yetakchi muharriri

Bunyodkor zamondoshlarimizning ibratli hayoti va mehnat faoliyatini yoritishga bag'ishlangan maqolalari uchun.

2-o'rin

Alimardonov Asliddin,

21 asr.uz axborot-tahliliy portali muharriri

“Yoshlar — kelajagimiz”, “5 muhim tashabbus” kabi dastur va loyihalar ijrosi tahliliga bag'ishlangan materiallari uchun.

3-o'rin

Hafizova Muqaddas,

uztime.uz axborot portali muxbiri (Qashqadaryo viloyati)

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayoni tezkor yoritilgan materiallari uchun.

Televidenie va radio ijodkorlarining

materiallari bo'yicha

1-o'rin

Azimova Mohigul,

O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” radiokanali bosh muharriri

“Istiqlolim — istiqbolim” radiofilmi, “Yoshlar onlayn” turkum radioeshittirishlari uchun.

2-o'rin

Zunnunova Lola,

“Milliy” telekanali bosh muharriri

Yurtimizda ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirish borasidagi islohotlar jarayoni keng aks ettirilgan telemateriallari uchun.

3-o'rin

Akramova Sohiba,

O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi axborot markazi “Zamon” informatsion tahliliy dasturi muxbiri

Buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti, dunyo ilm-fani taraqqiyotiga qo'shgan katta hissasi to'laqonli yoritilgan telelavhalari uchun.

Tasviriy san'at, foto asarlari va

dizayn ishlari bo'yicha

1- o'rin

Sagatov Abdumajit,

rangtasvirchi rassom

Vatanimizning betakror tabiati, odamlarimizning Vatanga sadoqat tuyg'usi yuksak badiiy bo'yoqlarda talqin etilgan “O'zbekiston — go'zal zamin” asarlar turkumi uchun.

2-o'rin

Kenjayev Abu,

fotosuratchi

Harbiy vatanparvarlik, innovatsion texnologiyalarning hayotga tatbiq etilishiga oid fotoreportajlari uchun.

3-o'rin

Hamidbayeva Maftuna,

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Surxondaryo viloyati bo'limi dizayneri

Xalqaro baxshichilik festivali, “Boysun bahori” festivali va boshqa tadbirlarni bezashdagi dizayn ishlari uchun.

Kino san'ati asarlari bo'yicha

1-o'rin

Mignorov Abduxalil,

“O'zbekfilm” davlat unitar korxonasi kinorejissyori

Vatanimiz va xalqimizning haqqoniy tarixi, buyuk ajdodlarimizning jahon ma'naviy va ma'rifiy rivojiga qo'shgan ulkan hissasi aks etgan “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” badiiy filmidagi rejissyorlik ishi uchun.

2-o'rin

Asqarov Asenbay,

“Qoraqalpoqfilm kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi kinooperatori

Mo'ynoq tumanida amalga oshirilayotgan ulkan bun­yodkorlik ishlari, bu yerda yashayotgan odamlarning hayoti aks etgan “Mo'ynoq — do'stlik o'lkasi” hujjatli filmidagi operatorlik ishi uchun.

3-o'rin

Korobova Tatyana,

“Multiplikatsion filmlar studiyasi” davlat unitar korxonasi postanovkachi rassomi

O'zbek xalq ertaklari asosida suratga olingan “Mittivoy” multiplikatsion filmidagi animatorlik ishi uchun.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five × five =