26 foizini jurnalist fosh etdi

Butundunyo jamoatchiligi o'rtasida o'tkazilgan ijtimoiy so'rov natijalariga ko'ra, korrupsion jinoiy kirdikorlarning 26 foizi ommaviy axborot vositalari ko'magida fosh etilar ekan.

Urganch shahrida o'tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining roli” mavzuidagi seminar-trening korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchiligimizning samaradorligini oshirishda dunyo tajribasini qo'llashga qaratildi.

OAV xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan mash­g'ulotlar Respublikamizning 11 ta hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. O'zbekistonda jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tashabbusiga binoan Urganchda o'tkazilgan mazkur seminar-trening yetuk nazariyotchi olimlar va jurnalistlar ishtirokida o'zaro jonli suhbat shaklida bo'lib o'tdi. “2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi”da ko'rsatib o'tilgan yangi faoliyat taraqqiyotimizga to'g'anoq bo'layotgan korrupsion jinoiy kirdikorlarni bartaraf etishda tahririyatlar, matbuot xizmatlari, jurnalistlar, umuman, OAV vakillarining huquqi, vakolat, burch va majburiyatlari doirasini yanada kengaytiradi.

Abdulla Sobirov.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

thirteen − six =