Millat qalbiga nur tuşdi

“Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligini nişonlaş töğrisida”gi davlatimiz rahbarining joriy yil 4 oktyabrda imzolagan qarori yuksak azmu şijoat bilan olamşumul islohotlarni amalga oşirayotgan millatdoşlarimiz maʼnaviy hayotiga alohida şukuh olib kirdi.

Menimça, bu hujjat özida milliy ğurur va iftixorni saqlab yaşayotgan har bir vatandoşimizni befarq qoldirmadi. Zero, til masalasi millat uçun eng boş masaladir. Til millatning taşqi belgilaridan birigina emas, uning nomi, boşqa madaniyat unsurlariga öxşamagan öziga xosligidir. Olaylik, madaniyatning boş­qa yönalişlarida (masalan, sanʼat turlari, kiyiniş yoki oşxona tizimi singari xususiy körinişlarda) özga madaniyatlar bilan qorişiqlik, uyğunlik bölişi mumkin, til esa faqat öşa millatning özigagina mansubdir va uning boyligiga heç kim daʼvo qila olmaydi.

Şuning uçun ham Abdulla Avloniy öz vaqtida “Tilning yöqolmoği millatning yöqolmoğidir” deb eslatgan edi.

Dilimizga ravşanlik olib kelgan uşbu qaror haqida öylaganda bundan öttiz yil oldingi voqeliklar köz oldimizga keladi. Haqiqatan, davlat tili maqomining nisor etilişi millatning erk yölidagi ilk qadami edi, bu yaqinda erişilajak mustaqillikning xabari edi göyo. Istiqlol yillarida suveren davlatning rasmiy aloqa vositasi sifatida ona tilimiz yangiça maqom kasb etdi, yuqori darajaga erişdi. Çunonçi, tarixda birinçi marta bu tilda davlatning asosiy boş qonuni — Konstitutsiya yozildi. Davlat madhiyasi şu tildagi matn asosida ijro etildi. Juda köplab rasmiy hujjatlar, qonunlar, umumdavlat miqyosidagi iş qoğozlari şu tilda yozildi. Pul kupyuralarida özbekça sözlar paydo böldi. Milliy qomus, köplab luğatlar naşr etildi. Bularning barçasi misli körilmagan hodisalar edi.

Şuningdek, tilimizning mavqeini mustahkamlaş, uning söz boyligini oşirib boriş, sofligini taʼminlaş borasidagi saʼy-harakatlar bir zum töxtamadi. Qarorda taʼkidlanganidek, Alişer Navoiy nomidagi özbek tili va adabiyoti universitetining taşkil etilişi, maşhur yozuvçi va şoirlar nomidagi ijod maktablarining oçilişi ham ona tilimizning nufuzini oşiriş, mavqeini yuksaltiriş, malakali xodimlar tayyorlaş borasidigi jahonşumul qadamlar böldi. Zero, “Söz mulkining sultoni” Alişer Navoiy ijod qilgan til ana şunday eʼtiborga, hurmatga loyiqdir. Ayni pallada, mustaqillik şarofati bilan tilimizning dunyodagi döstlari köpaymoqda. Bu öziga xos jarangdorlik va ohangga ega bölgan, boy adabiy-ilmiy xazinani jamlagan tilning muhiblari uni iştiyoq bilan örganmoqdalar, tarovatini öz qalblarida his etmoqdalar. Axir ming yillar oldin Mahmud Qoşğariy bobomiz “Bu tilni örganing, turkiylar öz tilini örganganlarga şafqatlidir” deb bekorga qayd etmagan.

Şu zaylda yillar ötdi, bu yönalişda yutuqlar hammamizga ayon, şu bilan birga, kamçiliklar ham közga körinib turibdi. Bir omil bor — til huşyor posbon kabi mamlakat hududlarini qöriqlaşi mumkin, yaʼni şu tilni bilganlar, unda muomala qiliş layoqatiga ega kişilargina uning hududlarida erkin böla oladilar. Dunyo tajribasidan maʼlumki, qaysi davlatda bölmasin, öşa joyning tiliga munosabat mehmonning şu xalqqa, mamlakatga hurmatini va eʼtirofini aks ettirgan. Tilga davlat tili maqomi berilişi faqat hujjatlar şu tilda yuritilişigina emas, balki ijtimoiy faoliyatning barça jabhalarida fuqarolar tomonidan uning baravar qöllanilişi majburiyati hamdir. Agar bu talab bajarilmasa, Qonun töla amal qilmayotgan böladi.

Qarorda joylarda keng miq­yosli tadbirlar ötkazilişi, uçraşuvlar taşkil qilinişi barobarida amal qilinişi lozim bölgan talablar ham qatʼiy belgilab berilgan. Ayniqsa, bunday tadbirlarning Alişer Navoiy haykallari poyida ötkazilişi alohida taʼkidlanganida özgaça maʼno bor. Negaki, buyuk söz sanʼatkori bu tilning şarafi uçun butun iqtidorini sarfladi. Ul zot “Xamsa”dek muhtaşam asarni yozib tugatganida mamlakat podşosi Sulton Husayn şoirni otga ötqazib, özi jilovbardor bölgani aytiladi. Bu hol til masalasi azaldan davlat darajasidagi yumuş bölganini taʼkidlab turadi. Bugungi qaror mohiyatida ham ana şunday yuksak eʼtibor mujassam. Axir, öttiz yilda tilimizga davlat tili maqomi berilgan sanaga bu tarzda eʼtibor qaratilmagan edi.

Qarorning mohiyatidan yana şu narsani anglaş mumkinki, bu boradagi yumuşlar endi yangi sifat bosqiçiga qadam qöyadi, ötgan yillarda boy berilgan imkoniyatlar örni qoplanadi, tilimizni yuksaltiriş borasidagi saʼy-harakatlar yangi kölam kasb etadi. Jumladan, özbek tilining akademik grammatikasini yaratiş, şeva va dialektlar hisobidan luğat tarkibini boyitib boriş, atamalar qömitasining işini qayta yölga qöyiş va boşqa yetilgan masalalar endi kun tartibiga keskinroq qöyiladi. Albatta, til bayrami tadbirlari bu boradagi yumuşlarga yangiça omil va surʼat bağişlaşi, şubhasiz.

Hakim Sattoriy,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan