Tilga hurmat — millatga hurmat

Kuni keça Prezidentimizning Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining öttiz yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori ona tilimizga yuksak hurmat ramzi böldi.

Ona tilimizga eʼtibor doimiy böliş kerak va uni boyitib boriş, tilimiz tabiatiga yot xususiyatlarning kirib qolişiga yöl qöymaslik barçamizning burçimizdir.

Buyuk bobokalonimiz Alişer Navoiy özbek tili dovruğini jahonga yoydi, bu tilda dunyo adabiyotining ölmas durdonalariga aylangan asarlar ijod qildi. Ona tilimizning jozibadorligini isbotlovçi tilşunoslikka oid «Muhokamat ul-luğatayn» nomli asar yaratdi. Biz tilimizni ardoqlaşni, eʼzozlaşni eng avvalo, Hazrat Navoiydan örganamiz, desak xato qilmaymiz.

XX asrning buyuk yozuvçisi Çingiz Aytmatov va şoir Muxtor Şoxonovlarning «Çöqqida qolgan ovçining ohi zori» kitobida jahonga maşhur adibning şunday sözlari bor: «Sözni avaylab-asraş kerak, Menga qolsa, Söz tejamkorlikni yoqtiradi, derdim. Söz xuddi keçasi-yu kunduzi oqib yotgan suv misoli isrof qilinsa, Sözning har misqoli qadrlanmasa, Söz tejab-tergab işlatilmasa, öz kuçini yöqotadi — jonsiz bölib qoladi».

Bu fikrlar bizni ham hamişa xuşyorlikka undab, tilga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölişimizga, har bir sözni örni bilan mavjud qoidalarga rioya etgan holda qöllaşimizga daʼvat etadi.

Axir, «Tilga eʼtibor — elga eʼtibor», deb bejiz aytilmagan. Sözimizga qançalik eʼtiborli bölsak, u şunça gözallaşib boraveradi. Biroq hamişa ham bunga muvaffaq böla olayotganimiz yöq. Şiddatli davrimizda yuz berayotgan voqea-hodisalar, şubhasiz, birinçi navbatda tilimizda öz aksini topadi. Bugun yurtimiz dunyo bilan tillaşdi, jahon jamoatçiligi mamlakatimizga hurmat közi bilan qaramoqda. Natijada, bizning dunyo bi­lan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarimiz kun sayin kuça­yib borayotir. Yaponiya, Amerika, Janubiy Koreya, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Rossiya singari rivojlangan mamlakatlarning işbilarmonlari bilan hamkorlik mamlakatimiz iqtisodiy qudratining oşib borişida yetakçi omillardan biriga aylanmoqda. Samarqand viloyatida ham çet el investitsiyalarining faol jalb etilişi natijasida ilğor zamonaviy texnologiyalarga asoslangan işlab çiqariş quvvatlarining soni ortib borişini taʼminlamoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Farmoni bilan taşkil etilgan Urgut erkin iqtisodiy zonasi öz faoliyatini yölga qöyib, köplab xorijiy tadbirkorlarni yurtimizga çorlamoqda. Yurtimiz tadbirkorlari tomonidan köplab investitsiyalar viloyatimizga kiritilmoqda. Bu kabi işlar ham öz navbatida ona tilini mukammal biliş bilan birga çet tillarni ham puxta egallaş kerakligini talab etayotir. Ingliz, fransuz, nemis, yapon, koreys, rus va boş­qa xorijiy tillarni örganiş millatlararo köprik vazifasini ötaydi. Ammo çet tillariga ixlos qöyiş ona tilimizga eʼtiborning susayişiga olib kelmasligi lozim.

Manbalarda özbekning 92 uruği haqida maʼlumotlar keltiriladi. Bu ham özbek millatining milliy tili şakllanişida barça özbek uruğlari tillari öz hissasini qöşganligini tasdiqlaydi. Mana öşa uruğlarning nomlari: ming, yuz, qirq, jaloyir, saroy, qönğirot, olçin, arğun, nayman, qipçoq, çaqmoq, boyovut, burlandan tortib babaş qavçin, töbali, telov, kerderi, sahtiyon, qarğin, şirin, çimboy, çerki, uyğur, yobu, tarğil, turğan, tayin, köxat, faxr, şuban, kujalik, derajat, qimat, şujat, avğon, öğlon va boşqalar. Bu uruğlarning har biri önlab şajaralarga bölinib ketadi. Şajaralarning turli şoxçalari bölib, ularda odamlarning qabila-qabila bölib yaşagan davrlaridan boşlab şakllangan urf-odat va anʼanalar öz aksini topgan. Şuning uçun bir uruğ şajarasidagi şoxçalar vakillarining tilida ham özaro farqlar uçraydi. Bu esa milliy adabiy tilimiz qançalik boy içki manbaga ega ekanligini körsatadi.

Tilimizning imkoniyatlari kengligi, uning boyligi, jozibadorligi haqida har qança gapirmaylik, kundalik muloqotda, tijoriy taşviqotlarda, xizmat körsatiş şoxobçalarida ona tilimiz qolib, ajnabiy tilni qöllaş, ona tilimizdagi peşlavhalarda imlo qoidalariga amal qilmaslik, sözlarni buzib işlatiş va tal­qin etiş holatlari uçrab turibdi.

Ayniqsa, televideniye va radiokanallar orqali berilayotgan köpgina qöşiqlar, ayrim özbek kinolaridagi tilimizga behurmatlikni körib, oh çekib yuborging keladi. Bunday holatlarga töliq barham beradigan vaqt allaqaçon yetgan. Axir, tilga hurmat millatga hurmat ekanligini aslo unutmaylik!

Mirhasan Kiçiboyev,

Samarqand tumanidagi Gulobod ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji direktori.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan