Oilada ibrat maktabi yaratilmasa… “Oyoği yerdan uzilganlar” safi ortaveradi

Xalqimizda “Oyoğing yerdan uzilmasin” degan naql bor. Bir qaraşda odatiy gapdek tuyuladi. Lekin buning uçun bir bahiya kifoya. Keling, gapni sal uzoqroqdan boşlaylik.

Tarix sahnasiga birrov nazar taşlasak har qanday ulkan xatolarning zamirida “oyoqning yerdan uzilişi” yotganini köramiz. Yaqinda Özbekiston xalq şoiri Xurşid Davronning “Şayx Kubro tuşlari” asarini öqib çiqdim. Unda möğullar tomonidan yurtimizning işğol qilinişi manzaralari yoritilgan. Ayançli ahvolda ölim topgan Muhammad Xorazmşoh, unga taʼsir ötkazib, mamlakat taqdirini boşi berk köçaga olib kirib qöygan Turkonxotun taqdirida ayni şunday manzaralar aks ettirilgan. Ayşu işratga berilgan Muhammad Xorazmşoh alaloqibat Kaspiy dengizidagi orollardan birida kafanlik ham topilmay öz kiyimida dafn etilgan bölsa, Turkonxotunning bir umr yaşab körgan “lazzat”lari möğullar qarşisida tiz çökib turgan holidagi arzimas lahzalarda unut böldi…

Bir yigitni bilaman. Yoşligidan köp maşaqqat tortdi. Ulğayib qöli pul kördi. Bölganda ham, behisob mablağni “aylantirdi”. Oxiri nima böldi? Oyoği yerdan uzildi. Na qarindoş uruğ, na döstu yaqinlarni “tanimay qoldi”. Tabiiyki, özi bilan özi hisob qilişga ham vaqti bölmadi. Qöşa-qöşa uylar qurdi. Maşinalarni ermakka almaştirdi. Yana nima işlar qilgani bir öziga va Xudoga ayon. Xullas, oradan köp ötmay nima yoki nimalar böldi-yu bor-budidan ayrildi. Uylar sotildi. Maşinalar qolmadi. Özi ijarada yaşay boşladi. Yana böynida bir olam qarz bilan. Pulini sörab, qidirib yurganlarning sanoği yöq?!

Öşa yigitning onasi bilan suhbatlaşib qoldim. Öğlidan nolidi: “Heç kimning aytganini qilmaydi. Qanday muammosi borligini ham bildirmaydi. Ha, deydi işontirib bu yoqqa ötadi, höp, deydi kulimsirab boşqa yoqqa ketadi. Oxirgi paytlar xavotir olib qoldim, özini biron nima qilib qöymasin deb. Rahmatli otasi maʼnaviyatli, ilmli kişi edi. Erka ösgan öğlim kimga tortdi, bilmayman”.

Eʼtibor qilgan bölsangiz, bularning barçasiga avlodlar örtasidagi riştaning mustahkam emasligi sabab bölayapti. Şu qadar jon kuydirib farzandining taqdiri uçun harakat qilgan onaning bolasi şu ahvolda. Xöş, unda katta stol qarşisida ota-onasi va mehmonlardan körib, piyolani töqiştirayotgan, hali maktab yoşiga yetmagan norasidalarning kelajagi nima böladi? Kayfi tarang kelib, öğillarining oldida xotinini içkariga sudrab kirib ketgan ota vaqt ötib öğillari bir qizni kelin qilasiz, deb yetaklab kelganida nima deya oladi?!

Yana öşa xatolik. Ibrat böladiganlar bir namunaga, nasihatga muhtoj bölib turibdi. Oilada ibrat maktabi yaratilmas ekan, çiqarilayotgan maʼnaviyatga doir kitoblar, maqolalar, ilmiy işlar, uçraşuv-u muloqotlarning nafi bölarmikan? Kaminani qiynayotgani nima bilasizmi? Mana şu yozayotganlarimizni “oyoği yerdan uzilganlar”ning jilla qursa bir nafari öqirmikan? Öqisa bir lahzaga töxtab, xatti-harakatlariga, faoliyatiga sinçiklab razm solarmikan, xulosalar çiqarib, özini tutişga harakat qilarmikan?

Qaydam. Boşqalarni ayblaş, jamiyatni, boringki başariyatni ayblaş juda oson. Lekin fikrimizça, işni har kim özini tuzatişdan boşlagani maʼqul. Bu xususda qaysidir kitobdan quyidagi iborani köçirib qöygan ekanman: “Siz qismatni, fasllarni, şamol yönalişini özgartira olmaysiz. Lekin özingizni özgartirişingiz mumkin. Koinotdagi yulduzlar burji özgarişlariga javob bera olmaysiz, lekin qanday kitob öqişingiz, kimlardan saboq olişingiz kerakligi faqat Sizning qölingizdadir. Gapirgan har gapingizga özingiz javob berasiz!”

Aziz Norqulov

Baxmal tumani.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan