CALL-CENTR: murojaatlar eʼtiborsiz qolmaydi
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida taşkil etilgan “Call-centr”da iş qizğin. 1197 qisqa raqamli bepul telefon qönğiroqlari orqali mamlakatimizning barça hududlaridan tuşayotgan köpdan-köp murojaatlarga qaraganda, şu yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy kengaşlarga böladigan saylovlarga jamoatçilikning qiziqişi tobora ortib borayotir.
Saylovçilar, saylanuvçilar, saylov taşkilotçilari aholi va jurnalistlardan tuşayotgan barça savollarga Markaziy saylov komissiyasining malakali mutaxassislari, saylov qonunçiligi böyiça tajribali ekspertlar tomonidan atrofliça javoblar, tuşuntirişlar berilib, muammolarni hal etiş çoralari körilgan.
Telefon quloqçinini taqib, bir safda tizilib ötirgan yigit-qizlarning qöli-qöliga tegmaydi. Qönğiroqlarga xuşmuomalalik bilan javob qaytarib, savollarga muloyimlik ila aniqlik kiritadi. Kompyuterga yozib, javob tayyorlaşi uçun ekspertga uzatadi. Murojaat etuvçilarning lahjasi esa har xil — özbek, qoraqalpoq, rus, hatto ingliz tillarida sözlaşa olişadi. Bu yerda tilmoçga ehtiyoj sezilmaydi.
— Bu yigit-qizlar — köngilli yoşlar, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yuqori bosqiç talabalari, — deydi Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Saylov qonunçiligi va zamonaviy texnologiyalar böyiça öquv markazi direktorining örinbosari, “Call-centr” faoliyatini muvofiqlaştiruvçi Avazbek Qodirov. — Ular uç-törttadan tilni egallaşgan, saylov qonunçiligini puxta biladi. Xalqaro matbuot markazida işonç telefoni — “Call-centr” oçilganini eşitib, yordamga kelişdi. Fidoyi yoşlar. Bu mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoşlarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyati yuksalib borayotganini bildiradi.
Suhbatdoşimizdan telefon orqali bölayotgan murojaatlarning mazmun-mohiyati haqida söradik.
— Telefon orqali murojaatlarni qabul qila boşlaganimizga qariyb bir oy böldi, — deydi A.Qodirov. — Ötgan vaqt mobaynida tuşgan murojaatlarni tahlil qilsangiz, ularning, haqiqatan ham, ğoyat rang-barangligiga guvoh bölasiz.
Şundan söng, telefon orqali kelayotgan savollar va ularga berilayotgan javoblar bilan qiziqdik. Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yaşovçi Xurşid Yöldoşev bu yilgi saylovlar qaysi qonun hujjatlari asosida ötkazilayotgani, 22 dekabr kuni bölajak mazkur siyosiy tadbirning ilgarigilaridan farqli jihatlari bilan qiziqdi.
Savolni öqib unga javoban MSK eksperti Bahrom Umarov: “Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yilning 25 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksini amaliyotga joriy etişga oid qonunning imzolanişi mamlakatimiz milliy saylov tizimidagi yangi davrni boşlab berdi. Joriy siyosiy tadbirning avvalgilardan eng muhim farqli jihatlaridan biri ham şunda — saylovlar ilk bor yangi Saylov kodeksi asosida ötkazilayapti. Kodeksdan saylovlarni umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va prinsiplar asosida demokratik, oçiq-oşkora va şaffof ötkazişga xizmat qiladigan öttizdan ortiq yangi normalar va qoidalar joy oldi. Amaldagi köplab çeklovlar bekor qilindi.
Yana bir muhim yangilik — mamlakatimizning milliy saylov tizimiga ilk bor Saylov jarayonini boşqariş axborot tizimi (SJBAT) va Saylovçilarning yagona elektron röyxati (SYAER) joriy etildi. Bundan maqsad «bir saylovçi — bir ovoz” tamoyilini töliq va bexato amalga oşirişdan iborat”, dedi.
Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanidan Yöldoş Beknazarovning: “Mahalliy kengaşlar deputatligiga neça martagaça ketma-ket saylaniş mumkin?” — deb bergan savoliga ekspert: “Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasiga köra, saylov kuni 21 yoşga tölgan hamda kamida beş yil Özbekiston Respublikasi hududida muqim yaşayotgan fuqarolar mahalliy kengaşlar deputatligiga saylaniş huquqiga ega. Qonunçilikda deputatlikka neça marta saylanişni çeklaşga oid qoidalar mavjud emas”, deya javob qaytarildi.
Ha, rostan ham qönğiroqlar tinimsiz jiringlayverdi, navbatdagi qönğiroq Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi Saidmurod Yöldoşev tomonidan ekan: “Közi ojiz saylovçilar uçun alohida saylov byulletenlari joriy etiladimi?”
Ekspert: “Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi bilan Özbekiston Közi ojizlar jamiyati örtasida şu yilning 27 sentyabr kuni imzolangan özaro hamkorlik kelişuviga muvofiq tuzilgan işçi guruh tomonidan amalga oşirilayotgan tadbirlar doirasida közi ojiz saylovçilar röyxatdan ötgan okrug va uçastka saylov komissiyalari joylaşgan hududlar aniqlanib, ularni Brayl alifbosida tayyorlangan qoliplar bilan taʼminlaş çoralari körilmoqda”, deb izoh berdi.
Qoraqalpoğistonning Nukus şahridan Davlatmurod Tojimurodov: “Mamlakatimizning xorijiy davlatlarda yaşayotgan fuqarolarining saylovlarda ovoz beriş tartibi qanday?” — degan savoliga esa MSK eksperti Bahrom Umarovning: “Saylov kodeksining 10-moddasida Özbekiston Respublikasining çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida saylov uçastkalari tuzilişi, ularni muayyan okrugga biriktiriş töğrisidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etilişi belgilangan. Xorijiy davlatlardagi saylov uçastkalari Taşqi işlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi”, dedi.
Joriy yildagi saylovlarning yana bir muhim yangiliklaridan biri — xorijda istiqomat qilayotgan barça vatandoşlarimiz ovoz berişi uçun imkoniyat yaratiladi.
Avvalari bunday siyosiy tadbirda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasmiy röyxatdan ötgan özbekistonliklar özlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanar edi. Endi esa çet elda vaqtinça yoki doimiy yaşayotgan Özbekistonning barça fuqarolari xorijda taşkil etilgan saylov uçastkalariga murojaat qilişi yoki Taşqi işlar vazirligining rasmiy veb-sahifasidan röyxatdan ötib, saylovlarda ovoz berişi mumkin.
Mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari saylovini ötkazuvçi 53 ta saylov uçastkasi tuzildi.
Xorijda yaşayotgan Özbekiston fuqarolari 2019 yil 22 dekabr kuni bölib ötadigan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy kengaşlar deputatlari sayloviga oid savollariga Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida (www.elections.uz), Toşkent şahridagi +99855-502-44-44 raqamli işonç telefoni, şuningdek, “Saylov — 2019” mobil ilovasi orqali zarur maʼlumotlar olişlari mumkin.
Toşkent şahrining Şayxontohur tumanidan Manzura Karimovaning: “Deputat oliy maʼlumotli bölişi şartmi?” — savoliga A.Qodirovning özi javob qaytardi: “Saylov kodeksiga binoan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga va mahalliy kengaşlar deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan nomzodi körsatiladigan fuqarolar albatta oliy maʼlumotga ega bölişi şartligi belgilanmagan.
Ammo deputat zamonaviy fikrlaydigan, bilimli, fidoyi, xalqparvar, vatanparvar inson bölmoği zarur. Şunda xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga xizmat qiladigan adolatli qonunlar qabul qilinadi. Şunda Özbekistonimizni dunyoning eng ilğor davlatlari safiga olib çiqiş imkoniyatlari yanada kengayadi”.
Yangilanayotgan Özbekistonda saylovlar ham yangi tartibda ötişi tabiiy, Vatanimiz fuqarolarining yangi saylovga qiziqişi yuqoriligini eʼtiborga olib, Markaziy saylov komissiyasi huzurida barça qulayliklar yaratildi. Endilikda mazkur yilning 22 dekabrida bölib ötadigan saylovlar oldi aholiga özini qiziqtirgan barça savollarga elektron poçta manzili yoki işonç telefonlari orqali töliq javob oliş imkoni yaratildi.
Yusuf Jörayev,
“Hurriyat” muxbiri.
Suratda: Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyati bölimida joriy yilgi saylovda birinçi bor qatnaşadigan yoşlar iştirokida “Sening ovozing — sening kelajaging” mavzuida uçraşuv bölib ötdi.
