Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida

Xalqimizning köp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bölgan özbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.

Özbekistonda 1989 yil 21 oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kuraşib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinişi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qöyilgan dast­labki dadil qadam edi. Aynan ana şu tarixiy hujjatga binoan özbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega böldi.

Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurişdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuç sifatida maydonga çiqdi.

Bugun Özbekistonimiz “Milliy tiklanişdan — milliy yuksaliş sari” degan boş tamo­yil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqiçiga kötarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi örni va nufuzi tobora oşib bormoqda.

Özbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qöllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni örganişga qiziqiş kuçaymoqda.

Bugungi globallaşuv davrida har bir xalq, har qaysi mus­taqil davlat öz milliy manfaatlarini taʼminlaş, bu borada avvalo öz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylaş va rivojlantiriş masalasiga ustuvor ahamiyat qaratişi tabiiydir.

Özbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miq­yosdagi obrö-eʼtiborini tubdan oşiriş, unib-ösib kelayotgan yoşlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, uluğ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalaş, mamlakatimizda davlat tilini tölaqonli joriy etişni taʼminlaş maqsadida:

1. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi, “Taraqqiyot strategiya­si” markazi va keng jamoatçilikning özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21 oktyabr sanasini “Özbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qiliş töğrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy çeklangan soni 9 ta ştat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantiriş departamenti taşkil etilsin va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantiriş departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:

davlat tilini rivojlantiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan monitoringni amalga oşiriş, uşbu sohada jamoatçilik nazoratining samarali şakllarini joriy etiş;

davlat organlari va taşkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini taşkil qiliş böyiça faoliyatini muvofiqlaştiriş;

davlat tilining amal qilişi bilan boğliq muammolarni aniqlaş va bartaraf etiş yuzasidan, şuningdek, uni rivojlantiriş sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş böyiça takliflar tayyorlaş;

özbek tilining yozma nutqi meʼyor va qoidalarini işlab çiqiş böyiça hamda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini töliq joriy etiş borasidagi işlarni jadallaştiriş;

davlat tilini rivojlantiriş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş;

davlat tilini rivojlantiriş böyiça dasturlar va “yöl xaritalari”ni işlab çiqiş, ularning amalga oşirilişini nazorat qiliş, şuningdek, “Özbek tili bayrami kuni”ni nişonlaş böyiça işlarni muvofiqlaştiriş;

ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni isteʼmolga kiritiş, zamonaviy atamalarning özbekona muqobillarini yaratiş va bir xilda qöllanişini taʼminlaş, geografik va boşqa toponimik obʼyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilişi borasidagi faoliyatni monitoring qiliş va muvofiqlaştiriş;

davlat tilini rivojlantirişga oid ilmiy-tadqiqot işlarini qöllab-quvvatlaş, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oşiriş.

4. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

a) uç oy muddatda:

“Özbek tili bayrami kuni”ni belgilaş böyiça qonun loyihasini;

“Davlat tili haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillaştirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini işlab çiqsin va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga kiritsin;

b) ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini çuqur örgangan holda ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritiş böyiça Atamalar komissiyasini taşkil etiş va uning faoliyatini tartibga soliş töğrisida qaror qabul qilsin;

v) 2020 yil 1 iyunga qadar quyidagi asosiy yönalişlarni öz içiga olgan 2020-2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş hamda til siyo­satini takomillaştiriş konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin:

mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barça sohalarida, jumladan, davlat boşqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqşunoslik, diplomatiya, harbiy iş, tibbiyot va boşqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan töliq va töğri foydalanişga erişiş;

taʼlim muassasalarida davlat tilini örgatiş va uni biliş darajasini baholaş tizimini yanada takomillaştiriş, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oşiriş;

davlat tili sofligini saqlaş, uni boyitib boriş va aholining nutq madaniyatini oşiriş;

davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmoğida munosib örin egallaşini taʼminlaş, özbek tilining kompyuter dasturlarini yaratiş;

davlat tili qoidalarining buzilişi bilan boğliq holatlarni muntazam va har tomonlama örganiş, ularni bartaraf etişga doir çora-tadbirlarni işlab çiqiş;

mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvçi barça millat va elatlar tillarining rivojlanişi uçun keng imkoniyatlar yaratiş, ularga davlat tilini örganiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratib beriş;

davlat tilining xalqaro miqyosdagi örni va nufuzi, uning boşqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilaş, xorijda istiqomat qiluvçi vatandoşlar va özbek tilini örganiş istagida bölgan çet el fuqarolari uçun özbek tili darsliklari va elektron dasturlarni işlab çiqiş va ularni keng miq­yosda tarqatiş, özbek tilini örgatiş böyiça maxsus kurslarni taşkil etiş.

5. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan özgartiş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Ş.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Ş.Mirziyoyev

Toşkent şahri,

2019 yil 21 oktyabr

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan