Töydan oldin noğora çalmang!

Mamlakatimizda joriy yil böladigan saylovlarga har bir partiya öziga xos tarzda tayyorgarlik körmoqda. Kimdir quruq gaplar, qayerdandir öğirlangan çaqiriqlar bilan nimanidir isbotlaşga urinayotgan bir şaroitda boşqalar amaliy ğoyalar, takliflar, muhokamalar bilan iş tutişni maʼqul körmoqda.

Şunday şaroitda ayrim partiyalar tomonidan suvni körmay etik yeçiş holatlari ham kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 24 sentyabr kuni “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi karnay-surnay, noğoralar bilan özining Markaziy saylov ştabining tantanali oçiliş marosimini ötkazdi.

Hurmatli, “Milliy tiklaniş”çilar saylovda iştirok etiş, etmasligingiz maʼlum bölmasdan turib, saylov ştabini oçiş töydan oldin noğora çaliş emasmi?

Vaholanki, Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 39-moddasiga köra, “partiyani qöllab-quvvatlovçi şaxslarning imzolari soni belgilangan eng kam miqdordan yana oz bölib çiqsa, mazkur imzo varaqalari töliğiça haqiqiy emas deb topiladi. Mazkur holatda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning saylovda iştirok etişiga ruxsat bermaydi.

Agar tarixga nazar taşlaydigan bölsak, bu amaliyot Özbekiston uçun begona emas. 2007 yilgi Prezidentlik saylovlarida öşa paytda faoliyat yuritayotgan 5 ta partiyadan 2 tasi, yaʼni “Fidokorlar” va “Milliy tiklaniş” demokratik partiyalari (hali ular qöşilişga ulgurmagan vaqtlar) bittadan öz nomzodlarini taklif etadilar, biroq ikkovi ham öz nomzodlarini qöllab-quvvatlaş uçun kerakli beş foiz imzolar töplay olmagandilar. Guvohi bölganingizdek, kuzatilgan bu ikki holat ham “Milliy tiklaniş” nomi bilan boğliq. Nahot, tarğibot-taşviqotda turk siyosatining elementlarini köçirayotgan milliy tiklanişçilar milliy adabiyotimizning zabardast siymosi Abdulla Qodiriyning “Moziyğa qaytib iş köriş xayrlik, deydilar” naqlini uqmagan bölsalar?!

Kamoliddin Ergaşev,

Özbekiston “Adolat” SDP

Yoş adolatçilar qanoti faoli.

Qonun talablarini buzmaylik!

Ötgan hafta “Özbekiston 24” telekanalida “Adolat” SDP tomonidan 2019 yilning 29 sentyabr kuni Namangan viloyati Yangiqörğon tumanidagi “Beşbuloq” öyingohida ötkazilgan “Adolat — har bir inson uçun!” şiori ostidagi miting haqidagi axborot namoyiş etildi. Unda “Adolat” SDP vakili Saidolim Abdurahmonov jurnalistga intervyu berar ekan, saylovçilarni partiya nomzodlariga ovoz berişga çaqirdi.

Maʼlumki, bu yilgi saylovlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Yangi saylov, yangi Özbekiston!” şiori ostida ötişi eʼlon qilindi. Buning maʼnosi joriy yil ilk marotaba saylovlar yangi Saylov Kodeksi asosida ötkazilayotganidir. Ammo “Adolat” SDP vakilining bemavrid qiçqirgan xörozdek saylovçilarni ovoz berişga daʼvat qilgani “Adolat”çi yigitning Saylov Kodeksidan bexabar ekanligini körsatadi.

Bu intervyuni körib, Saylov Kodeksining 44-moddasidagi Saylovoldi taşviqoti nomzodlarni röyxatga oliş uçun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boşlanişini esladim.

Boz ustiga hali deputatlikka nomzodlar eʼlon qilingani yöq. “Adolat” SDP vakili odamlarni çalğitib, qonunga xilof ravişda “yöq nomzodlar”ga ovoz berişga daʼvat etişi esa xalqimizning yuqoridagi iborasini eslatadi.

Darvoqe, 20 sentyabr kuni “Adolat” SDP Siyosiy Kengaşi tomonidan ötkazilgan Toşkent şahridagi “Anhor-Lokomotiv” boğida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi aʼzosi Muxarram Dadaxodjayeva ham omma oldiga çiqib, barçani partiya nomzodlariga ovoz berişga çaqirdi.

Agarki, Oliy Majlisda qonunlar “kaşf” etayotgan deputatlarning özi qonun talablarini buzib tursa, boşqalardan nimani kutiş mumkin?

Ikrom Xudaybergenov,

ÖzMTDP «Yoşlar qanoti» faoli.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan