Yangi saylov, yangi tafakkur siyosiy partiyalar deputatlikka munosib nomzodlarni qanday tanlaydi?

Bugungi parlament avvalgi quruq savlatli “oliy sovet” emas, istiqlol yillari xalq irodasi, milliy taraqqiyot ehtiyoji, ozod fikr rivoji bilan şakllanayotgan, oğir sinovlardan ötgan, jahoniy andozalarga mos demokratik minbar.

Böğotlardagi sumalaklarning eriy boşlagani qişning ayozli kunlari nihoya­siga yetib, bahor nafasi sezila boşlaganidan dalolat berganidek, Oliy Majlis va mahalliy kengaşlarga navbatdagi saylov munosabati bilan matbuotda, ayniqsa, televideniyeda  bahs-munozara, erkin fikr almaşiniş, hayajonli tortişuvlar boşlanayotganini  ham şunday iliqlikka qiyoslaş mumkin.

Televideniyemizning “Munosabat” körsatuvida Oliy Majlis va mahalliy kengaşlarga ötkaziladigan navbatdagi saylovlar munosabati bilan  siyosiy partiyalar faollari  imkoniyatidan foydalanib, deputatning maqomi, asosiy vazifasi, burç va masʼuliyati, obrösi, el-yurtda taniqliligi xususida jiddiy tortişuv böldi. Garçi, tomonlarning bu boradagi nuqtai nazarlari bir-biriga töla mos kelmagan bölsa-da, oşkora bahslaşiş, fikrini töğri bölsin, bahsli bölsin, emin-erkin ifoda qilişning özi ijobiy hol. Haqiqat şunday tortişuvlarda yuzaga çiqadi.

Körsatuvni tomoşa qilar ekanman, jamiyat hayoti şitob bilan özgarayotgani, ijtimoiy faollik oşayotgani, odamlar, ayniqsa, yoşlar davlatimizning içki va taşqi  siyosatiga, parlament hayoti, qonun ijrosi, partiya va  deputatlar  faoliyatiga endi  befarq emasliklariga amin böldim. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan özgarişlarni davlat-jamiyat-şaxs munosabatlariga doir yangiça qaraşlarda, siyo­siy va huquqiy madaniyatda, fikr erkinligini his etiş masʼuliyatida  köriş mumkin.

Uluğ mutafakkirlar dunyoqaraşi şakl­lanib bölgan insonni özgartiriş  ğoyat muşkulligini köp bor taʼkidlaganlar. Şunday bölsa-da, keyingi uç yil içida bu borada  ijobiy siljiş yuz berayotganini seziş qiyin emas. Sobiq tuzumdan qolgan hadik va qörquv örnini jurʼat, qatʼiyat, işonç  egallamoqda.  Bu — ğoyat jiddiy, hal qiluvçi, millat va mamlakat taqdiriga  bevosita boğliq natija. Buni eʼtirof etmoq zarur. Şu bilan birga, turli nuqtai nazarlar “jang”gida bir neça haqiqat  yuzaga löppiday qalqib çiqdiki, bunga töxtalmaslik mumkin emas.

Birinçisi. Jamiyat aʼzolarining maʼlum qismida (baʼzi qatlamlarda  köproq ham) siyosiy partiya haqidagi tuşunça sobiq tuzum paytida qanday bölsa, deyarli şundayligiça qolgan. Ikkinçisi, köpçilikning tasavvuriça,  deputat bugun ham uy-joy, içimlik suvi, yöl qurilişi, elektr energiyasi taʼminotidagi muammolarni hal qiladigan, taşkilotma-taşkilot yelib yuguradigan, nabiralarni boğçaga, nufuzli maktabga bir qönğiroq bilan joylaştiradigan beminnat dastyor. Şu kabi ğovlab yotgan işlarni qoyillatib bajarsa  — zör, bajarmaydigani deputatlikka tasodifan kelib qolgan noşud.

Sobiq tuzumdan qolgan bu matoh, tasavvur ötmiş yillarning aniq hayotiy voqeligi asosida şakllangani bois, ijtimoiy qaraşlarimizga nihoyatda çuqur singib ketgan. Şörolar zamonida bugungidek, qonunçilik bilan şuğullaniş, qonun loyihalarini umumxalq muhokamasidan ötkaziş asosida takomillaştiriş deputatning xayoliga ham kelmagan, tuşiga  kirmagan. Uning asosiy işi saylovçilarning maişiy “nakaz”larini bajariş bölgan, xolos. Yölini topib, köçani asfaltlab, maktab tomini yangilab bersa böldi, otasiga rahmat deyişgan.

Bu xususda  ğoyat kulgili latifalarni ham ortda qoldiradigan,  ammo saylovlar payti aniq sodir bölgan ajabtovur voqealarning son-sanoği yöq. Çingiz Aytmatovning Muxtor Şoxonov bilan suhbatida şunday misol keltiriladi: deputatlikka nomzod  tadbirkor saylovçilar bilan uçraşib, öziga ovoz berişlari uçun har bir kişiga çiroyli tikilgan tufli sovğa qiladi, ammo… bir poyini berib, ikkinçi poyini özida qoldiradi. “Saylovda yutib çiqsam, ikkinçi poyini ham olasizlar”, deydi. Bunday hotamtoyligiga qaramay, maqsadiga erişa olmaydi va tuflilarning bir poyini özi bilan birga olib juftakni rostlaydi.

Özim guvoh bölganim: ötgan asrning töqsoninçi yillari boşidagi saylovlardan birida tadbirkor nomzod qişloqning öydim-çuqur yöllarini asfaltlab beraman deb, köçalarga şağal, qum yotqizdi. Ammo… saylovda omadi kelmadi. Jahl ustida asfaltlaş uçun tekislab qöyilgan şağalni surdirib, köçani battar abgor qildi-yu ketdi. Uning raqibi ikki-uç mahallaga vodoprovod suvi olib kelib, ğalaba naşidasini surdi.

Öşa yillari nomzodlar haqida gap ketganda, kimdir “Bu yigit öqimişli, qizil diplomli, qonunçilik böyiça mutaxassis ekan, şunga ovoz bersak böladi”, desa, köpçilik: “E, qonun bilan şuğullanadigan davlat bor, olimlar bor, nima qiladi siyosatga aralaşib, undan köra ariğimizni tozalatib bersin, tomidan çakka ötadiganlarga şifer tarqatsin, omuxta yem olib kelsin” deyişardi. Zamona şunday edi. Saylovçilariga yaltiroq kaliş tarqatib ovoz olgan, ança vaqt içi böş papkani qöltiqlab yurganlar ham bölgan.  Elning dardini tinglaydigan odamning, taşkilotning özi yöq zamonda deputatlikka harakat qilayotgan odam saylovçi uçun najot tuynugiday tuyulardi.

Aytişga iymanmaylik: bunday tasavvur yaqin-yaqingaça yaşab keldi. “Falonçining nomzodi deputatlikka körsatilibdi”, deyişsa, darhol: “Kim ekan, biror iş qilib bera olarkanmi, tepada odami bormikin?” degan savollar paydo bölardi. Bunday munosabat zamonlari allaqaçon ötib ketdi. Yangi jamiyatda, yangilanayotgan mamlakatda, yangi ijtimoiy-maʼnaviy reallikda yaşamoqdamiz. Siyosiy savodxonlik, dunyo­ni anglaş, faollik, taşabbuskorlik, millat va mamlakat taqdiriga daxl­dorlik, erkin fikr – mana bugungi kunning muhim siyosiy atributlari.

Bugungi parlament avvalgi quruq savlatli “oliy sovet” emas, istiqlol yillari xalq irodasi, milliy taraqqiyot ehtiyoji, ozod fikr rivoji bilan şakl­lanayotgan, oğir sinovlardan ötgan, jahoniy andozalarga mos demokratik minbar. Uning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi örni butunlay özgardi, partiya yakkahokimligi tugatildi. Parlament majlisi televideniye orqali on-layn tarzida namoyiş etildi. Yiğilişlarda nomdor mulozimlarning hisobotlari talabçanlik bilan tinglanmoqda. Parlament va deputat sörovlariga javob beriş siyosiy madaniyat tusini oldi. Deputatlardan biri yaqinda “Men bu qonun loyihasiga qarşi ovoz beraman”, dedi. Sobiq tuzum paytida bunday deyiş öz ixtiyori bilan jahannamga yöl olişday gap edi.

Deputat ham bugun özgaça: endi u qonun loyihasini tuşunsa-tuşunmasa qöl kötarib tasdiqlayvermaydi. Minbarga çiqib, fikrini oçiq-oydin ayta oladi, bahslaşadi, taklif kiritadi. Aniq misollar, faktlar, dalillar keltirib, xom loyihalarni rad eta oladi. Faol deputatlar bu imkoniyatdan  unumli foydalanayotganlarini körib turibmiz. Ammo hamma ham faol emas. Majlislar zalida tinçgina, intizom bilan, heç narsaga qarşi çiqmay, “şakkok”lik qilmay mömin-qobil bölib ötirganlar, teleekranda ikki oğiz gapni qoğozga qarab aytayotganlar ham bor. Bundaylar hatto ozçilikni taşkil etganda ham umumiy saviyaga salbiy taʼsir körsatadi. Barça deputatlarning faolligiga erişiş uçun nima qiliş kerak?

Bu savolning özidan  boşqa savol kelib çiqadi: siyosiy partiyalarimiz faoliyati mamlakat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy hayotining bugungi talablari, saylovçilarning ong-tuşunçasi, siyosiy faolligi, yangiça qaraşlariga  mosmi? Dunyoda keçayotgan murakkab ijtimoiy jarayonlar, siyosiy partiyalar, tuzilmalar, bloklar örtasidagi ğoyaviy-nazariy kuraşlar, ulardan anglaşiladigan xulosalardan xabardormilar? Beşta partiya örtasida soğlom bahs-munozara mavjudmi? Saylovçi özi aʼzo bölgan partiyaning, şu bilan birga, muxolif partiyalarning  mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid qaraşlarini biladimi, bir-biridan farqlay oladimi?

Köpçilik AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya. Gretsiya, Italiya kabi yetakçi mamlakatlar parlamentidagi fraksiyalar rahbarlarining ekologiya, iqlim özgarişi, qoçoqlarni qabul qiliş, Yevroittifoq taqdiri, ijtimoiy himoya, sanoatni robotlaştiriş kabi muhim masalalarga nisbatan munosabatini ularning maʼruza va bayonotlari orqali yaxşi biladi. Bizda esa taassufki, bunday bayonotlar yöq yoki yetarli  emas. Şu bois partiyalarimiz yetakçilari, fraksiyalar rahbarlari, faol deputatlarning qaraşlari, ulardagi jiddiy yoki nisbatan farq  xususidagi bilimimiz juda zaif.

Ğarbda ijtimoiy-siyosiy masalalar bilan birga, sanoat, qişloq xöjaligi, iqlim muammolari, investitsiya oqimi, pulning qadrsizlanişi, tibbiyot, oziq-ovqat xavfsizligi kabi masalalarni domiy ravişda örganib, tegişli taşkilotlarga ğoyat muhim xulosalar beradigan “aql markazlari” mavjud. Bizda bunday markazlar endi-endi tetapoya qilmoqda. Jamoatçilik fikrini örganiş respublika markazi tomonidan ötkazilayotgan sörovlar natijalaridan ham anglaşiladiki,  bizda bunday markazlar, şubhasiz, bölişi kerak. Partiyalarimiz rahbarlaridan biri aççiqroq bölsa-da, “Bizda davlatga öz taʼsirini ötkaza oladigan partiyalar şakl­langan emas”, degan gapni aytdi.  Siyosiy partiya, toki u hokimiyat uçun kuraş olib borar ekan, özining “aql markazlari”ni yölga qöyişi, voqealar rivojini avvaldan köra olişi,  faoliyatini şu asosda qurişi maqsadga muvofiqdir. Har bir partiya yangi şaroitda voyaga yetayotgan yoşlarning salohiyati, qiziqişlari, orzu-umidlaridan boxabar bölsa, kelgusida ular bilan öz saflarini yanada boyitiş imkoniyati tuğiladi.

Sobiq tuzum hammani bir xilda fikr­laydigan, yiğilişlarda faqat tasdiqlovçi ovoz beradigan “labbay”çilar qilib tarbiyalaşga urindi, ammo özi tanazzulga yuz tutdi. Siyosiy partiya­larning, deputatlarning qaraşlarida maʼlum ayriçaliklar bölişi şart va tabiiy. Busiz oldinga siljib bölmaydi. Bu bilan bizda fikrlar xilma-xilligi yöq demoqçi emasman. Bor, baʼzi qonun loyihalari qizğin muhokamadan söng ham qabul qilinmayotgani, qayta-qayta işlanayotgani, ayrim deputatlar yetarli darajada işlanmagan loyihalarga  qarşi ovoz berayotganlari bunga dalil. Lekin parlament majlislari, qömitalarning yiğilişlari, u yerdagi ayovsiz tortişuvlarning hammasi ham efirga uzatilmaydi. Buning uçun alohida telekanal bölişi kerak. Hozirça esa saylovçi bu bahslar mazmunidan bexabar qolmoqda va bu uning parlament, deputatlar xususidagi tasavvuriga salbiy taʼsir körsatayotir.

Ötgan hafta “Poytaxt” biznes markazida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi taşabbusi bilan “Özbekistonning yangilangan saylov qonunçiligi — demokratik saylov ötkazişning asosi” mavzuida xalqaro konferensiya bölib ötgani maʼlum qilindi. Anjumanda saylov jarayonini yoritişda OAVning iştiroki, jurnalist etikasiga rioya qiliş masalalari ham muhokama qilingan. “Milliy tiklaniş” gazetasi vakili taşviqot paytida gazetalarda eski qolipga asosan nomzodning rasmiy fotosurati va tarjimai holi eʼlon qilinadi, xolos, bu qolipni sindiriş kerak”, degan fikrni örtaga taşlagan. Töğri gap. Ammo har galgi saylov arafasida yetakçi gazetamiz bölmiş “Xalq sözi”da siyosiy partiyalarning nomzodlariga öz qaraşlarini erkin ifoda etişlari uçun teng imkoniyat berilişini  ham unutmaylik. Faqat… bu işlar,  avvallari bölganidek, saylov yaqinlaşganida boşlanadi. Ança-munça tortişuvlar böladi. Saylovdan keyin-çi? Bahsga, munozaraga örin qolmaydimi? Saylov sababli muammolarning hammasi ham hal bölmaydi-ku? Ularni kim, qaçon va muhimi, qayerda muhokama qiladi?

“Munosabat” körsatuvi iştirokçilaridan biri “Ğarbda har bir siyosiy partiyaning ğoyaviy-nazariy masalalar bilan muntazam şuğullanadigan, jahon parlamentarizmining ilğor tajribalarini tahlil qiladigan,  yangi şioru daʼvatlarni örtaga taşlaydigan kuçli intellektual  guruhi böladi”, degan fikrni aytdi. Çindan ham şunday. Partiyalarimizga ayni şunday kuçli ilmiy guruh yetişmaydi. Haftada bir marta çop etiladigan partiya naşrlari imkoniyati bu masʼuliyatni  zimmaga  oliş darajasida emas. Ularning öziga yordam kerak.

Parlamentimizga partiyalar rahbarlari, fraksiyalarning yetakçilari va umuman, oddiy aʼzolarning ham fikr-mulohazalari, raddiyalari, nuqtai nazarlari, taklif va taşabbuslarini xolis turib yoritadigan ilmiy-amaliy jurnal yetişmaydi. Unda jahon parlamentarizmi tajribalarini muntazam ravişda yoritib boriş, saylovçilarga erkin söz beriş, muammolarni keng kölamda muhokama qiliş imkoniyati yuzaga kelgan bölardi. Yanada muhimi, siyosiy bahslar faqat saylovlar arafasida emas, yil davomida muntazamlik kasb etardi.

Parlamentning nufuzini belgilaydigan yana bir muhim jihat — qabul qilinayotgan qonunlarning barqarorligi. Qonun deyarli bir ovozdan qabul qilinsa-yu, keyingi sessiyalarda ularga tinimsiz özgartiriş va qöşimçalar kiritilaversa, bu mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan özgarişlar taʼsiri bölişi bilan birga, bir maʼnoda qonunning mukammal emasligidan ham dalolat beradi. Fransiyada Napoleon Bonapart paytida qabul qilingan ayrim qarorlar yaqin-yaqingaça heç bir özgarişsiz amalda bölgan.

Telekörsatuvda bölajak saylovlarda iştirok etadigan nomzodlar masalasi jiddiy munozaraga sabab böldi. Çindan ham, ularni kim tanlaydi, kim tavsiya etadi? Tanlov qaysi mezonlarga asoslanadi? “Adolat” SDPning  nomzodi bilan “Milliy tiklaniş” partiya­si nomzodiga qöyiladigan talablarda farq böladimi yoki yöqmi?

Bu savollarga javob topiş uçun yana “kuçli intellektual guruh”ga qaytamiz. Ayni şu guruh futbol murabbiysiga öxşab, boşlanğiç taşkilotlar faoliyatini örganar ekan, partiyaning bölajak faol aʼzolari, yoş liderlar, deputatlikka nomzodlarni aniqlaydi, ularni maʼnaviy jihatdan tarbiyalab boradi. Deputatlik mömay daromad manbai yoki sözi hammaga ötadigan nufuzli lavozim emasligini tuşuntiradi. Bu işni partiya uçun boşqa heç kim qilib bermaydi. Har kim öz zaxirasini  özi şakllantirişi kerak. Bu iş yölga qöyilsa, deputatlik nomi bilan özining şaxsiy muammolarini hal qilib olişni közlaganlar soni keskin kamayadi, binobarin, parlamentimizning nufuzi, professionallik darajasi oşadi.

Bugungi deputat milliy qonunçilik bilan şuğullanadi. U parlament qömitalari yiğilişlarida, hukumat majlislaridagi muhokamalarda  özi saylangan okrug manfaatlari uçun kuyuniş bilan çeklanib qolmaydi, asosan, umummilliy manfaatlarni himoya qiladi.

Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov suhbatlaridan birida bitta qonun yaratiş beşta roman yozişdan qiyin, degan gapni aytgan edi. Şunday ekan, bu maşaqqatli işga astoydil bel boğlaganlarni hurmat qilişimiz, eng munosiblariga  ovoz berişimiz lozim.

Ahmadjon Meliboyev.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan