Integratsiya va hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar

Turkiy kengaşning 7-sammiti iştirokçilari, turkiy dunyo hamjamiyatini muhim sana – Turkiy davlatlar hamkorligi kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan bitimi qabul qilinganining 10 yilligi bilan tabriklaş menga katta mamnuniyat bağişlaydi.

Uşbu muhim hujjatning imzolanişi mustahkam tarixiy aloqalar, til, madaniyat va maʼnaviy qadriyatlar muştarakligiga asoslangan turkiy davlatlarning samarali hamkorligida yangi davrni boşlab berdi.

Bugun Turkiy kengaş aʼzo-davlatlar örtasida muloqot va kooperatsiyani kengaytiriş va mustahkamlaş, jahon miqyosida ularning manfaatlarini samarali himoya qiliş uçun nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.

Özbekiston Respublikasi katta turkiy oilaning uzviy bölagi sifatida turkiy tilli davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirişga alohida ahamiyat qaratmoqda. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Özbekiston turkiy dunyo hamjamiyati tomonidan qöllab-quvvatlangan “Turkiston — umumiy uyimiz” degan taşabbusni ilgari surdi. Mamlakatimiz turkiy tilli mamlakatlar davlat rahbarlarining ilk sammitlarida faol iştirok etdi. 1996 yil 21 oktyabr kuni Toşkent şahrida turkiy tilli davlatlar rahbarlarining tarixiy — törtinçi uçraşuvi bölib ötdi. U turkiy tilli davlatlar hamkorligini rivojlantirişda muhim davr­ni boşlab berdi va maʼlum maʼnoda zamonaviy Turk kengaşini tuzişga asos böldi. Öşanda Toşkent deklaratsiyasini imzolar ekan, davlatlar rahbarlari özaro maslahatlaşuvlarni muntazam ötkaziş zarurligini qayd etib, turkiy tilli davlatlar rahbarlari uçraşuvlari Kotibiyatini taşkil qilişga kelişib oldi. Bu muhim institut roppa-rosa 10 yil avval Turk kengaşining Naxiçevan bitimiga muvofiq taʼsis etilgan Hamkorlik kengaşining zamonaviy Kotibiyati faoliyatida öz ifodasini topdi.

Joriy yilda Özbekiston rasman Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga Naxiçevan bitimiga qöşiliş haqidagi ariza bilan rasman murojaat qildi. Mazkur murojaat Taşkilotga aʼzo barça davlatlar tomonidan iliq qarşi olindi, buning uçun ularga çuqur minnatdorlik izhor qilamiz. Ğoyat qisqa fursatda — qariyb bir iş kunida ijobiy javob berildi.

2019 yil 14 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Naxiçevan bitimiga qöşiliş töğrisidagi farmoni imzolandi. Şu kunning özidayoq uni ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonun qabul qilinib, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tomonidan Kengaş Kotibiyati va depozitariysiga Özbe­kis­ton Naxiçevan bitimiga qöşilişi töğrisida hujjat yuborildi.

Işonamanki, Özbekistonning Turkiy kengaşga aʼzo bölişi turkiy dunyoga integratsiyani mustahkamlaşga xizmat qiladi va hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Turkiy kengaş aʼzo mamlakatlarning özaro iqtisodiy aloqalarini mustahkamlaşga intilayotgani ayni damda ğoyat muhim.

Özbekiston Kengaşga aʼzo barça davlatlar bilan nafaqat ikki tomonlama, balki qator xalqaro tuzilmalar doirasida ham köplab sohalarda özaro manfaatli hamkorlik qiliş borasida katta tajribaga ega.

Turkiy kengaş faoliyati doirasidagi davlatlararo munosabatlarning ijobiy tendensiyalari biz uçun bugungi kunda nafaqat Turkiy kengaş, balki BMT, YEXHT, Islom hamkorlik taşkiloti, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti, Afğoniston böyiça “Istanbul jarayoni – Osiyo yuragi” kabi xalqaro tuzilma va mexanizmlar bilan özaro aloqalar doirasida ham hamkorlikni yanada kengaytirişning yangi istiqbollarini oçmoqda.

Kengaş maslahatlaşuv davlatlararo munosabatlarni muvofiqlaştiruvçi mexanizm va Markaziy Osiyo, Kavkaz, Örta Şarq va Yevropada teng huquqli, özaro manfaatli xalq­aro hamkorlikni ilgari suriş vositasi sifatida ulkan imkoniyatlarga ega. Mening nazarimda, aʼzo davlatlar örtasida biror-bir muammo yoki kelişmovçilik yöqligi Kengaşning eng muhim afzalligi hisoblanadi. Uning barça aʼzolari Turkiy kengaş faoliyati xalqaro va mintaqaviy kun tartibiga oid dolzarb masalalar böyiça muştarak yoki yaqin yakdil qaraş va pozitsiya­larga amal qiladi. Demak, iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar va yuqori texnologiya­lar, muqobil energetika va ekologiya, transport va kommunikatsiyalar, turizm, ilm-fan, taʼlim va tibbiyot kabi ustuvor sohalarda faol hamkorlik qiliş uçun heç qanday tösiq yöq.

Turkiy kengaş davlatlari örtasidagi har tomonlama hamkorlikning amaldagi darajasi bizni ğoyat ruhlantiradi. Ayni paytda uning haqiqiy salohiyati ança yuqori. Bizda yanada yuksak natijalarga erişiş uçun barça zarur imkoniyatlar, eng asosiysi, qatʼiy siyosiy iroda bor. Bu esa, şubhasiz, xalqlarimiz manfaatlariga töla javob beradi.

Şu maʼnoda, Özbekiston hamkorlikning muhim jihatlari va yönalişlarini belgilab oldi. Biz ularni faol qöllab-quvvatlaşga tayyormiz.

Bu, birinçi navbatda, özaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş bilan boğliq. Bugungi kunda mazkur yönaliş hamkorlikning lokomotivi bölişi darkor, çunki u xalqlarimiz farovonligining asosidir. Bunda mamlakatlarimiz yetakçi sanoat korxonalari, investitsiya kompaniyalari, bank-moliya institutlari va tadbirkorlari örtasidagi kooperatsiyani kuçaytiriş, şuningdek, mintaqalararo samarali hamkorlikni yölga qöyiş zarur.

Transport va tranzit sohalaridagi yaqin kooperatsiya aloqalarini rivojlantirişdan manfaatdormiz. Integratsiyalaşgan transport aloqasi tarmoğini taşkil qiliş dunyoning asosiy va mintaqa bozorlariga çiqiş imkonini beradi. Bu yerda söz, avvalo, Şimol-Janub va Şarq-Ğarb xalqaro transport yölaklari, Markaziy Osiyo mintaqasini Xitoy, Şimoli-Şar­qiy va Janubiy Osiyo, Yaqin Şarq va Yevropa mamlakatlari bilan boğlovçi avtomobil, temir yöl va havo yöllari haqida bormoqda.

Şu maqsadda mintaqada transport in­fratuzilmasini rivojlantiriş böyiça strategik jihatdan muhim qator loyihalar amalga oşirilgan. “Andijon — Öş — Irkeştom — Qoşğar” avtomobil yölagining rivojlanişi, şuningdek, “Xitoy — Qirğiziston — Özbekiston” temir yöli qurilişi boşlanişi bilan yanada ulkan imkoniyatlar oçilmoqda.

Barça sohalarga ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qiliş har qanday davlatning raqobatbardoşligi va barqaror taraqqiyotini belgilab beruvçi omil hisoblanadi. Şuning uçun Turkiy kengaş mamlakatlarini innovatsion rivojlantirişni biz ustuvor vazifa deb hisoblaymiz.

Şu munosabat bilan biz kelajak texnologiyalarini özlaştiriş böyiça dastur va loyihalarni ilgari suriş maqsadida innovatsion rivojlanişga masʼul idoralar, ilmiy-tadqiqot markazlari va vençur kompaniyalari örtasida yaqin hamkorlikni yölga qöyişni taklif etamiz.

Maʼlumki, turkiy tilli mamlakatlar xalq­lari butun insoniyatning boyligi hisoblangan öziga xos bebaho madaniy-tarixiy va maʼnaviy merosga ega. Mamlakatlarimizda turkiy va islom sivilizatsiyasining tarixiy yodgorliklari, buyuk olimlar, şoir va mutafakkirlar, rassomlarning merosi asrab-avaylanadi. Bu bebaho boylik butun insoniyat mulki bölib, undan butun dunyo bahramand bölişi kerak. Ziyorat turizmini faol rivojlantiriş bunga xizmat qiladi. Turizm industriyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida mamlakatlar va xalqlarni yaqinlaştirişda muhim rol öynaydi.

Bugunimiz va kelajagimiz istiqbolini belgilar ekanmiz, biz, şubhasiz, xalqlarimizning maʼnaviy-axloqiy qadriyatlari, boy tarixi va madaniyati, ularning köp asr­lik döstligi, yaxşi qöşniçilik va özaro anglaşuv anʼanalariga tayanamiz. Madaniy-gumanitar hamkorlik davlatlar örtasidagi munosabatlar muhitini şakllantiradi, insonlarni birlaştiradi. Qozoğistonda Özbekiston yilining va Özbekistonda Qozoğiston yilining ötkazilişi, Özbekiston, Qirğiziston va Turkmaniston madaniyat kunlari va qöşma döstlik konsertlari, festivallari, körgazmalari, şuningdek, insonlar qalbida iliq tuyğularni jöş urdirgan köplab boş­qa qöşma tadbirlar taşkil qilinişi bundan yorqin dalolatdir. Bu Turkiy kengaşning barça mamlakatlari uçun yaxşi anʼanaga aylanişi va, şubhasiz, xalqlarimiz örtasidagi döstlik va özaro anglaşuvni mus­tahkamlaşga xizmat qilişiga işonçim komil. Biz inson kapitalini rivojlantiriş sohasida özaro hamkorlik qiliş uçun katta salohiyatga egamiz. Tajriba almaşiş, qöşma taʼlim, ilmiy va madaniy loyihalar, yoşlar taʼlim-tarbiyasi böyiça istiqbolli dasturlarni amalga oşiriş Turkiy kengaşning ustuvor yönalişlaridan biriga aylanmoği darkor.

Dunyoda globallaşuv, beqarorlik va qarama-qarşilik kuçayib borayotgan şaroitda aynan yaqin va özaro manfaatli hamkorlik barqaror rivojlaniş va taraqqiyotga erişiş, tinçlik va xavfsizlikni taʼminlaşda muhim rol öynaydi. Fikrimça, terrorizm, ekstremizm, uyuşgan jinoyatçilik, narkotrafik, odam va qurol savdosiga qarşi kuraşiş böyiça Turkiy kengaş mamlakatlari huquqni muhofaza qiliş organlari saʼy-harakatini muvofiqlaştiriş turkiy tilli davlatlar köp qirrali hamkorligining asosiy jihatlaridan biriga aylanmoği darkor.

Bugungi kunda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi yangi, yanada jadal va masʼuliyatli taraqqiyot bosqiçiga qadam qöymoqda. Bu qardoş mamlakatlar va xalq­lar örtasidagi izçil va har tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşni talab etadi.

Turkiy tilli davlatlarning siyosiy irodasi, oçiq va konstruktiv siyosati, davlatlar rahbarlarining muntazam uçraşuvlari tufayli mintaqada özaro işonç muhiti yuzaga kelmoqda. Bu jarayonda Özbekiston ham faol iştirok etmoqda.

Turkiy xalqlarning buyuk namoyandasi, qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatov mamlakatimizning tarixdagi roli haqida gapirar ekan, «Vizantiya slavyan davlatlari taqdirida qanday rol öynagan bölsa, özbek xal­qi turkiy tilli mamlakatlar taqdirida xuddi şunday rol öynagan», deb taʼkidlagan edi.

Bugun ham tarixiy taraqqiyotning yangi va ayni damda murakkab bosqiçida Özbekiston Respublikasi turkiy tilli davlatlar örtasidagi döstlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va kengaytirişga munosib hissa qöşişga tayyor.

Turkiy tilli davlatlar xalqlarini Turkiy kengaşning 10 yilligi bilan yana bir bor çin qalbimdan muborakbod etib, ularga tinçlik, omonlik va farovonlik tilayman.

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

«Hurriyet Daily» gazetasi (Turkiya),

2019 yil 15 oktyabr

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan